Laudrup: Tezkor gol ularga ishonch berdi
12.01.2014

«Suonsi» boshmurabbiyi Mikael Laudrup Angliya chempionati doirasida «MYu»ga qarshi kechgan uchrashuvborasidagi fikrlarini bildirib o’tdi (0:2).
«ManchesterYunayted» ikkinchi bo’lim boshlangani hamono gol kiritishga muvaffaq bo’ldi. Golurish har doim yaxshi, ammo ular bu ishni juda muhim vaziyatda amalga oshira oldilar.
Biz birinchibo’limda vaziyatni nazorat qilib turgan edik va «Yunayted» uchta o’yinda qatorasigamag’lub bo’lgani uchun asabiylashayotganini tushunib turgandik. «MYu» birinchi bo’limdahech narsa qila olmadi.
Ammo ikkinchi bo’limdagi tezkor gol ularga ishonch berdi»,- deydi murabbiy.Evra: Qiyin o’yin bo’ldi
12.01.2014

«ManchesterYunayted» himoyachisi Patris Evra «Suonsi» uchtidan qozonilagn g’alabadan so’ng(2:0), o’yin haqidagi fikralri bilar o’rtoqlashdi.
«Qiyin o’yin bo’ldi. Bugun xatoga yo’l qo’yishga vaochko yo’qotishga haqqimio’ yo’q ekanini juda yaxshi tushunib turgandik. Birinchigolni urib olgunimizgachao’yin ancha asabiy o’tdi. Uelbek uchun juda xursandman.U gol urishga munosib o’yin ko’rsatdi», deya Evra so’zlaridanThe Guardianiqtibos keltirmoqda.Yanuzay: Bosh murabbiyni qo’llab quvvatladi
12.01.2014

«ManchesterYunayted»ning yosh azosi Adnan Yanuzay bosh murabbiyni qo’llab quvvatladi.
DevidMoyes - albatda sovrinlarga erisha oladi. Uning yangi murabbiyekanligini unutman.
U uchunhamma narsa yangi. Unga ozgina vaqt berish kerak. O’ylashimcha u yaxshimurabbiy. Hamma o’yinchilar qattiq mehnat qilishga tayyormiz va natija ham bo’lishigaishonaman.
Men Manchesterga kelganimda asosiy tarkibda o’ynashnihohlardim. Hozirda hammasi joyida. Men bu yerda borimkoniyatim darajasida harakat qilib, uzoq vaqt shu yerda qolmoqchiman.Shmexel: Yoshlarni jalb etish kerak
12.01.2014

PeterShmexelning aytishicha, «MYU» kiyinish xonasidagi tajribali o’yinchilar yosh o’yinchilargaruhan ko’mak berishlari kerak.
«Ayrim o’yinchilar borki natijani javobgarligini o’zbo’yniga olishmaydi bu - uyat ular uchun. Yanaayrimlari xattoki kiyinish xonasiga kirishmaydi ham. O’ylashimcha murabbiyularni olib qolish haqida bir to’xtamga kelishi kerak, ularni o’rniga esayoshlarni jalb etish kerak. Agar siz tajribali, katta yoshli o’yinchi bo’lsangizva jamoangizga haqiqatdan yordam berishni istasangiz yoshlarga yo’l ko’rsatishingizkerak».Moyes «MYu»dagi eng omadli debyutant
12.01.2014

Devid Moyes«Manchester Yunayted»da ishlagan murabbiylar orasida eng omadli chiqib qoldi. Ya’ni1970-yillardan boshlab murabbiylikka qo’l urgan mutaxassislar ichida muvaffaqiyatlisi.
Imkoniyatlarniteng taqsimlash maqsadida avvaliga 31ta uchrashuv misol qilib olindi. Har bir murabbiyning31ta o’yindagi g’alabalari teng taqsimlandi. Natijada, Devid Moyes so’nggi 44 yildagieng omadli murabbiyga aylandi.
Hatto afsonaviyMett Basbi ham hech bo’lmasa yarim o’yinni g’alaba bilan yakunlamagan ekan. 31tauchrashuvda 15ta g’alaba (48,3 foiz). Ser Aleks Fergyusonda esa umuman ahvol chatoq:31ta o’yinda 12ta g’alaba (38,7 foiz).
Aleks Fergyuson o’zining birinchi mavsumini (1986G’87)juda omadsiz yakunlagan. Angliya kubogi nimchorak finalidan («Koventri»ga 0:1 hisobidayutqazib), Angliya liga kubogi nimchorak finalidan («Sautgempton»ga 0:0 va 4:1 hisoblaridayutqazib) chiqib ketgan, premer ligani 11- o’rinda (42ta o’yin, Q14q14-14) yakunlagan,evrokuboklarda esa 5- mavsumdan qatnasha boshlagan.Pellegrini: «MYu» hali sovrin uchun kurashadi
11.01.2014

«ManchesterSiti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Angliya chempionatidagi vaziyatgabaho berib o’tdi.
«ManchesterYunayted» hali sovrin uchun kurashadi, deb hisoblayman. Bizning asosiy raqiblarimizsifatida «Arsenal» va «Chelsi»ni ko’rsatish mumkin. Ammo «MYu», «Liverpul» kabijamoalar ham etakchilar safida borishlariga ishonchimiz komil.
Yuqoridagi barchajamoalar ajoyib o’yin ko’rsatishmoqda. 5-6ta jamoa birinchi o’rin uchun kurashishadi»,- deydi Pellegrini.
Eslatib o’tamiz, hozirda «MYu» Premer-ligada 7-o’rindabormoqda.Mourino: Men bu haqida gapirishni istamayman
11.01.2014

«Chelsi» boshmurabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted» hujumchisi Runining transferi haqidagisavolga javobni mankunianliklardan so’rash kerakligini ta’kidlab o’tdi.
«Men bu haqidagapirishni istamayman. Bir necha kundan so’ng «MYu» bilan o’ynaymiz va raqib futbolchisihaqida fikr bildirishim noto’g’ri bo’ladi deb o’ylayman.
Bu haqida yaxshisiRunidan so’raganingiz ma’qul. Bunday holatlar haqida yo futbolchining o’zidan vayoki uning klubidan so’rash lozim. Chunki Runining «MYu» bilan imzolagan shartnomasibor va bu shartnoma mavsum oxirida yakuniga etmaydi», - deydi Mourino.
Eslatib o’tamiz, Runining «MYu» bilan 2015 yilning yozigaqadar davom etadigan shartnomasi bor. Hujumchi joriy mavsumda 17 uchrashuvda 9 tagol kiritib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.Uelbek: Bizga barqarorlik etishmayapti
11.01.2014

«ManchesterYunayted» hujumchisi Denni Uelbek jamoa inqirozni yaqin vaqt ichida engib o’tishgaurinadi, deya ta’kidlamoqda.
«Yunayted» muxlislarininghavotirini tushunib turibman. Jamoa hozir Chempionlar Ligasiga yo’llanma beruvchio’rinlardan pastroqda ketyapmiz. Imkon qadar tezroq formamizni tiklab, ketma-ketbir necha g’alabalarni qo’lga kiritishimiz kerak.
Ketma-ket uchta o’yin yutqazish - bu juda yomon va bizvaziyatni o’nglamoqchimiz. Nega bunday bo’layotgani haqida biror nima deya olmayman.O’tgan yili biz chempion bo’lgandik. Bu mavsumdaesa bizga barqarorlik etishmayapti», deydi Uelbek.Moyes: Barchasini to’g’ri bajarmoqdamiz
11.01.2014

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes uch bora ketma ket mag’lubiyatga uchraganigaqaramay, o’z ishini to’g’ri bajarayotganini ta’kidlab o’tdi.
«Biz olib borayotganishimizni davom ettirmog’imiz lozim. Agarda biror narsani o’zgartirgudek bo’lsak,bu holat o’z ishimizni noto’g’ri qilganimizni bildiradi. Ammo biz barchasini to’g’ribajarmoqdamiz.
Mag’lubiyatlar- murabbiyning ishining bir qismi. Hali hech qachon mag’lub bo’lmagan murabbiynibilmayman. Har bir inson o’z faoliyatining omadsiz qismini boshidan o’tkazadi.
Umuman olgandafutbolchilar yomon o’ynamayaptilar. Biz shunchaki yaxshiroq ishlashimiz va vaziyatlardanfoydalanishimiz lozim. Ammo biz yaxshi o’ynamoqdamiz. Shunchaki ba’zi vaziyatlarbizning foydamizga yakunlanmadi. Ammo takrorlayman, biz yaxshi o’ynamoqdamiz.
Bizning statistik ko’rsatkichlarimiz juda yaxshi. Ammofutbolda eng muhimi - gollar. Afsuski shu masalada bizda oxirgi vaqtlarda muammobor», - deydi murabbiy.Giggz: Ko’ngilsizliklarni engib o’tamiz
11.01.2014

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz jamoainqirozdan tezroq chiqishi lozim ekanini aytdi.
«Bizni irodamizni qay darajada kuchli ekanini ko’rsatadigan vaqtkeldi, biroq biz barcha ko’ngilsizlarni engib o’tishimizga va barchasi o’z joyigatushishiga aminman.
Doimo mag’lubiyat g’alabadan ko’ra qattiq ta’sir ko’rsatishiniaytganman. Ular sizni ko’nglingizga zarba beradi. Mag’lub bo’lish juda og’riqlihissiyot. So’nggi yillar davomida biz g’alabalar ta’miga ancha o’rganib qolgandik.
Bizdek mag’lubiyat ta’mini avval totib ko’rgan tajribali futbolchilardanhozirda bu hisni boshidan kechirayotgan yosh futbolchilarga yordam berish talabetiladi», – deydi Giggz.