19 yil oldingi rekord transfer
11.01.2014

1995 yilning10 yanvarida Angliyaning «Manchesteryunayted» klubi o’sha vaqtda Britaniya tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirganedi.
«MYu» 7 millionfunt evaziga «Nyukasl»dan hujumchi Endi Koulni xarid qilgandi.
Ungacha Britaniyaningeng qimmat transferlari Pol Gaskoynning «Latsio»ga o’tishi va Devid Plattning «Bari»ga ko’chib o’tishi bo’lgan.Eng qimmat futbolchi esa Keyt Jillips edi.
Koul etti yil davomida «MYu»da o’ynadi va besh martaAngliya chempioni bo’ldi. Bu vaqt davomida 196 o’yinda maydonga tushib, 93 martagol muallifiga aylandi.«Manchester Yunayted» uchun beshta taklif
10.01.2014

Rossiyaning «SE» nashri barcha musobaqalarda qiynalayotgan «ManchesterYunayted»ga yanvar oyidagi transfer bozorida xarid qilish uchun beshta futbolchinitaklif qilmoqda.
Ander ERRERA (24 yosh, yarim himoyachi, «Atletik»)
Taxminiy transfer narxi – 30 million funt.
Qobiliyatlibaskni «MYu» avgust oyidayoq sotib olmoqchi bo’lgandi, ammo barchasi hal bo’lganbir vaqtda transfer oynasining so’nggi kunida barchasi barbod bo’lgandi. Errera2012 yil mart oyida «Atletik» safida «Yunayted»ni Evropa ligasidan chiqarib yuborgandanazarga tushgandi.
Devid Moyesjamoasiga ayni paytda yaxshi yarim himoyachi juda zarur. Maykl Kerrik 32 yoshgato’ldi, yaqindagina jarohatini tuzatgan futbolchi barchasini bir o’zi qila olmaydi.Tom Kleverli o’z imkoniyatlaridan past darajada o’ynamoqda. Fil Jons himoyada ko’proqkerak. Andersonning klubda ekanini ko’pchilik yodidan chiqarib ham yubordi. Og’irkasallikdan tuzalgan Darren Fletcherdan mo’jiza kutish g’alati. Shu bois «MYu» bosslariyozni kutib o’tirmay Errerani hozirni o’zida sotib olishsa yaxshi bo’larmidi?
Yann M’VILA (23 yosh, yarim himoyachi, «Rubin»)
Taxminiy transfer narxi – 10 million funt.
Agar Erreranisotib olishni imkoni bo’lmasa barchaga tanish frantsiyalik futbolchi «Yunayted»gaas qotishi mumkin. Ha, M’Vila familiyasi «Liverpul» bilan bog’lanayotgandi, u hattodekabr oyi boshida «Everton»ga qarshi derbiga ham kelgandi, ammo nima uchun urinibko’rmaslik kerak?
To’g’ri bu futbolchiu qadar mashxur emas, bu yil uni jarohatlar ham qiynab qo’ymoqda. Ammo M’Vilaningqobiliyatli ekaniga shubha yo’q. U o’zining imkoniyatlari bilan jahonning eng kuchlitayanch yarim himoyachilaridan biriga aylana oladi. Frantsiyalik futbolchi qiyindamlarni boshdan kechirayotgan «Rubin»da qolishni istamasa kerak.
Ivan RAKITICh (25 yosh, yarim himoyachi, «Sevilya»)
Taxminiy transfer narxi – 12 million funt.
«MYu»da muammolarfaqat markazda emas hujumlarni tashkil etishda ham bor. O’z vaqtida Aleks Fergyusonbuni tushunib «Inter»dan Uesli Snayderni sotib olmoqchi bo’lgandi. Ueyn Runi birvaqtning o’zida yarim himoyada ham, hujumda ham o’ynay olmaydi. «Yunayted»ning so’nggivaqtlardagi barcha hujumlari bir xil chiqmoqda: Antonio Valensii qanotdan to’pnijarima maydoniga uzatadi, u erda esa kimdir to’p kiritishga urinadi.
Rakitich esa«Yunayted»ning o’yiniga o’zgacha ruh va nostandart harakatlar qo’shishi mumkin.Xorvatiyalik futbolchini «Sevilya»da sevishadi, ammo uning saviyasi Andalusiya klubidano’sib ketib bo’ldi.
Muhammad SALOH (21 yosh, hujumchi, «Bazel»)
Taxminiy narx – 15 million funt.
«MYu» hujumniham kuchaytirib olsa yomon bo’lmasdi. Robin van Persi davolanmoqda, yozda klubdanketishi ham mumkin. Runi, esa yuqorida yozilganidek barchasiga ulgura olmaydi. DenniUelbek va Xaver Ernandes bilan mavsumni o’tkazib bo’lmaydi.
Shu bois nimauchun Salohga e’tibor qaratmaslik kerak? Misrlik futbolchi o’tgan mavsumda EvropaLigasi doirasidagi «Tottenxem» va «Chelsi»ga qarshi o’yinlarda o’zini yorqin namoyisheta olgandi, uni ko’pchilik o’tgan yozdayoq Angliyada kutgandi. Ammo futbolchi «Bazel»daqoldi va bu safar Chempionlar ligasida o’zini ko’rsata oldi. Tezkor va texnikasikuchli, Saloh «MYu»ning hujumdagi o’yiniga o’zgacha yaratuvchanlik olib kelishimumkin. Ayniqsa u britan klublariga qarshi qanday o’ynashni biladi.
Esekiel GARAY (27 yosh, himoyachi, «Benfika»)
Taxminiy transfer narxi – 16,5 million funt.
Yaxshi markaziyhimoyachilar hech qachon ortiqchalik qilmaydi ayniqsa hozirgi «MYu»ga. Rio Ferdinandningfaoliyati yakunlanib bormoqda, Nemanya Vidich ham qarimoqda, Jonni Evans, Kris Smollingva Jons bilan birga uzoqqa borib bo’lmaydi. Ularga kuchli va stabil bo’lgan sherikkerak.
Xuddi Garaygao’xshagan. Argentinalik futbolchi jismoniy tomonlama kuchli, o’yinni yaxshi uqiyoladi, birinchi pasni juda yaxshi bera oladi. Albatta ba’zida u xatolarga yo’l qo’yadi,ammo yillar o’tgani sari bu o’z joyiga tushib ketishi kerak.
Garay yozdayoq«MYu»da paydo bo’lishi mumkin edi, ammo o’sha vaqtda shaxsan Moyesning o’zi bu transferdanvoz kechgandi. Bu qaror xato bo’lganga o’xshaydi. Biroq xatoni to’g’rilash uchunyanvar oyida vaqt bor.
Narzulla Saydullaev tarjimasiFerdinand: Ronalduga rosa qo‘ng‘iroq qildim
10.01.2014

«Yozda Ronalduga rosa qo‘ng‘iroq qildim. Uning raqami telefonimda eng ko‘p terilganlardan bo‘ldi. Ammo endi uni sotib olish imkonsiz deb o‘ylayman». «Agarda Ronaldu qaytganda, o‘tgan yili yozda qaytishi lozim edi. Ammo endi uning «Real» bilan yangi shartnomasi bor. Ronalduning o‘ziga keladigan bo‘lsak, 2013 yilda u eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Uning gollariga bir qarang! U bir yil davomida hatto ba’zi jamoalardan ko‘ra ko‘proq gol kiritgan».«Ronaldu yana dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lmoqchi. Ammo unga hamon shubha bilan qarayotgan odamlar bor. Balki bu hasadning bir ko‘rinishidir. Krishtianu esa ularning xato qilayotganlarini isbotlamoqchi», - deydi Ferdinand>
Transfer yangiliklari
10.01.2014

Transfer oynasi ochilgan kundan boshlab jamoaga bir qator yangi futbolchilar kelishi kutilmoqda.
Shulardan «Benfika» jamoasi himoyachisi Esekiel Garay hamon «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish doirasidadir.
Angliya chempioni vakillari lissabonlik jamoasi vakillari bilan 27 yoshli Argentina termasi o‘yinchining transferi borasida aloqaga chiqishdi, deya xabar beradi Sky Italia nashri.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» markaziy himoya chizig‘iga yangi o‘yinchilar zarur, sababi, Rio Ferdinand va Nemanya Vidich, jamoani erkin agent sifatida tark etishlarining ehtimoli yuqori.
Ushbu mavsum, Garay Portugaliya chempionatining 14 uchrashuvida 2 ta gol muallifiga aylandi.
«Monako» jamoasining portugaliyalik futbolchisi Joau Moutinyu Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tib ketishi mumkin. Bu haqida A Bola nashri xabar tarqatgan.
Ushbu manbaning maʼlumotiga ko‘ra, bu futbolchini aynan «qizil iblis»lar bosh murabbiyi Devid Moyes Angliyaga olib kelishni istayotgan ekan.
Transfer qiymati 21,5 million funt sterling deya, baholanmoqda.Runi jamoaning dekabr oyidagi eng yahshi futbolchisi
10.01.2014

Jamoaning dekabr oyidagi eng yahshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan Ueyn Runi ManUtd.com saytiga bergan interyusida jamoani doimo qo‘llab quvatlashdan charchamaydigan muhlislarga o‘z minatdorchiligini izhor etib o‘tdi.
«Biz uchun muhlislarni qo‘llab quvatlashlari doimo yoqimlidir, – deya alohida ta’kidladi Runi. «Muhlislar haqiqatdan bizlarga yordam berishmoqda. Bir necha uchralgan mag‘lubiyatlardan so‘ng biz yana o‘zimizning yahshi o‘yinlarimizni davom ettirish umididamiz. Bunday holatda jamoa qo‘llab quvatlashga muhtojdir. Biz kuchli va samarali o‘yin ko‘rsatishga shaymiz. Men ishonaman bizning bunga kuchimiz yetadi».De Xea: Chicharito – xaqiqiy professional
10.01.2014

Van Persi tez orada umumiy guruhga qaytadi
10.01.2014

Moyes oyning eng yahshi murabbiyligiga nomzod
10.01.2014

Giggz: Durangga mos o’yin ko’rsatgandik
08.01.2014

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggzning fikricha jamoa «Sanderlend»ga qarshiLiga Kubogi baxsida mag’lubiyatga munosib o’yin ko’rsatmagandi.
«Hakam o’yindao’zini g’alati tutdi, deb aytsa ham bo’ladi. Biz kamida durangga haqli edik. Yakuniynatija esa hammaga ma’lum. «Sanderlend»ning har ikki golida ham hakam baxsli qarorlarqabul qildi. Bu bizning kunimiz emasdi.
Biroq biz qattiq mehnat qilamiz va «Old Traffordagijavob uchrashuvini sabrsizlik bilan kutamiz», deydi Giggz.Moyes: Ishonaman
08.01.2014

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildiribo’tdi.
«Sanderlend»gaqarshi kechgan bahsda muxlislar bizni qo’llab, quvvatladilar. Buning uchun ulargaminnatdorchilik bildirmoqchiman.
Biz og’ir vaziyatgatushib qolganda ular bizga yordam bermoqdalar. Muxlislar bunday yomon natijalarnianchadan buyon ko’rmagan bo’lsa kerak.
Ammo men vaziyatni o’nglab olishimizga batamom ishonaman.Menimcha futbolchilar ham mavjud vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonadilar», -deydi murabbiy.