«Kardiff» – Zaxaga da’vogar
08.01.2014

«Kardiff» «ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Uilfrid Zaxani ijaraga olish bo’yicha asosiy da’vogarsanalmoqda.
Klub 21 yoshliAngliya yoshlari terma jamoasi o’yinisini olish bo’yicha birinchi o’rinda bormoqda.Bunga esa, klubni yaqinda «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ole-GunnarSulsher boshqari sabab bo’layapti. Sulsher Zaxani ijara olish bo’yicha dastlabkikelishuvga erishgan, deb xabar beradi The Guardian.
Ushbu mavsum Angliya chempionatining 2 ta o’yinida ishtiroketgan o’yinchi, hali hech qanday natija qayd eta olmagan.Vidich yozda jamoani tark etishi mumkin
08.01.2014

Ferdinand jaroxat oldi
08.01.2014

Transfer uchun 200 mln. funt
07.01.2014

Koentrao «MYu»ga kelishi mumkin
06.01.2014

Van Persi Gollandiyada davolanmoqda
04.01.2014

«ManchesterYunayted» hujumchisi Robin van Persi bugun «PSV» klubi bazasida mashg’ulot o’tadi.
30 yoshli hujumchifizioteravevt Arno Filipsning nazorati ostida tiklanish mashqlarini o’tash uchunGollandiyaga kelgan. Xabar qilinishicha, van Persi Filipsdan Angliyaga kelishiniiltimos qilgan. Ammo shifokor buning iloji yo’qligini aytgan, sababi ayni vaqtdau «PSV» jamoasining bir necha nafar futbolchisinining tiklanish mashqlarini hamnazorat qilmoqda.
Shu sababli van Persi Gollandiyaga kelishga majbur bo’lgan.Eslatib o’tamiz, hujumchi 10 dekabrdan buyon maydonga tusha olmayapti.Moyes: Kutishimizga to’g’ri keladi
04.01.2014

«MYu» bosh murabbiyiDevid Moyes hujumchi Ueyn Runi atrofidagi vaziyat to’g’risida Goal.com ga intervyu berdi.
-Jamoangiz yakundakuchli to’rtlikka kira olmasligini e’tiborga olgan holda Runi bilan shartnomaninguzaytirilishiga qanchalik ishonasiz?
-Kutishimizgato’g’ri keladi. Ko’raylik-chi voqelar rivoji qanday tus olarkin.
Ammo Runiningo’yinlariga e’tibor bersangiz, u bor imkoniyatini ishga solib o’ynayotganiga aminbo’lasiz», - deydi Moyes.
Eslatib o’tamiz,«MYu»ning Moyes bilan shartnomasi 2015 yil yakuniga etadi.
«O’n yil davomida kubok musobaqasida birorta ham sovringaega bo’lmaslik biroz ajablanarli, albatta. Biroq biz shunga intilyapmiz. Umuman,barcha musobaqalarda g’alaba qozonishga urinyapmiz. Angliya kubogi ham har bir klubgabo’lgani kabi bizga ham, menga ham muhim», - deya qo’shimcha qiladi «MYu» bosh murabbiyi."«MYu» aktsiyalari arzonlashdi
04.01.2014

«ManchesterYunayted»ning Premer-ligadagi omadsiz ishtiroki klubning aktsiyalari narxi 220 millionfuntga arzonlashishiga olib keldi, deb yozadi The Telegraph.
Runi, van Persiva Yangning xizmatlaridan foydalana olmayotgan Angliyaning amaldagi chempionlariaktsiyalari 10.68 funtdan 9,36 funtga arzonlashgan. Shunga qaramay, S–P 500indeksida «Yunayted»ning umumiy hisobda 2 foizga o’sishga erishgani qayd etilgan.
6 dekabr holatiga ko’ra, klubning narxi 1,75 milliardfuntni tashkil etayotgandi. Oradan deryali bir oy o’tib - 4 yanvarda bu narxi,53 milliardga tushgan."Moyes: U hali o’sishda davom etadi
04.01.2014

«MYu» bosh murabbiyiDevid Moyes «Tottenxem»ga qarshi o’yinda simulyatsiya qilganlikda ayblanib, tanqidqilinayotgan Adnan Yanuzayni oqlab chiqdi.
«Bu meni mutlaqotashvishga solmaydi. U juda iqtidorli futbolchi. Adnan mamlakatning eng kuchli futbolchilaridanbiri bo’lishiga shubha qilmayman.
Yodimda, KrishtianuRonaldu haqida ham xuddi shunday gaplarni aytishgandi. Men aslo Yanuzayni Ronaldubilan solishtirmayapman. Yigitcha endi 18 yoshga to’ldi. U hali o’sishda davom etadi.O’yinni yaxshiroq tushunadi. Menimcha «Tottenxem»ga qarshi o’yinda hakam unga sariqkartochka ko’rsatib nohaqlik qildi.
Men har doim simulyatsiyaga qarshi bo’lgan birinchiinson bo’lib kelganman. Bu muammoni ham hal qilishga urinib ko’raman. Shu bilanbirga nohaqlik qilinayotgan futbolchilarimni himoya qilishda ham davom etaman. O’shanda hakam noto’g’ri qaror qabul qilgan edi», - deydi murabbiy.Eshli Yang safdan chiqdi
04.01.2014

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Eshli Yang AngliyaKubogi doirasidagi «Suonsi» bilan o’yinda ishtirok etmaydi.
Angliyalik xavbekPremer-liganing (1:2) 20-tur doirasidagi «Tottenxem» bilan o’yinda Ugo Loris bilanto’qnashuv natijasida elkasini jarohatlab oldi.
«Elka jarohati uni noma’lum muddatga safdan chiqardi. Hozircha bizga hech narsama’lum emas», – deydi «MYu» ustozi Devid Moyes.