Biz irodali tarzda g‘alaba qozondik
27.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand va hujumchi Runi premer liga 18-tur doirasidagi «Xall Siti»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu mavsum biz uchun kurash mavsumi. «Yo‘lbarslar» bizga qo‘lidan kelgancha qarshilik qildilar, ammo biz ularga o‘z o‘rnini ko‘rsatib qo‘ydik», — deb yozadi Ferdinand facebook dagi rasmiy sahifasida.
««Xall» bilan o‘yin oxirida bizga biroz qiyin bo‘ldi, ular durangga erishishmoqchi edilar. Lekin biz irodali tarzda g‘alaba qozondik», — deydi Runi VVS manbasiga bergan intervyusida«MYu» tarkibida jaroxatlar epidemiyasi
27.12.2013

«Manchester Yunayted» tarkibida jaroxatlar epidemiyasi davom etmoqda. Bosh murabbiy Devid Moyesning xabar berishicha Fil Jons tizzasidan jarohat olgan. Shu sababli Jons tahminan 2 hafta jamoaga yordam bera olmaydi.
«Xall Siti»ga qarshi uchrashuvning 18-daqiqasida jaroxat sababli almashtirilgan Rafael Da Silvaning ham jarohati jiddiy bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Aniq maʼlumot Rafael tibbiy teshkiruvdan o‘tgandan so‘ng aytiladiRuni APLdagi 150-golini urdi
27.12.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runining «Xall Siti» jamoasiga qarshi o‘yinda kiritgan goli hujumchining Premer-ligada jamoa tarkibidagi 150-gol sifatida tarixga kiradigan bo‘ldi.
Runi fransiyalik Teri Anridan keyin bir jamoa tarkibida 150ta gol kiritgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Teri Anri «Arsenal» tarkibida 150ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandiFerdinand «MYu»dan ketishi mumkin
26.12.2013

«ManchesterYunayted» himoyahisi Rio Ferdinand mavsum tugagach jamoadan ketishi mumkin.
Futbolchiningshartnomasi kelasi yilning yozida o’z nihoyasiga etadi. Klub esa unga yangi shartnomahaqida lom-mim degani yo’q.
Devid Moyesham himoya markazida Kris Smoling, Fil Jons va Joni Evanslardan foydalanmoqda. RioAngliya chempionatida joriy mavsumda atigi 7 marta maydonga tushgan.
Futbolchining o’zi esa jahon chempionati vaqti televideniyadaekspert bo’lib ishlamoqchi ekanini ta’kidlagan edi. Ferdinandga Amerika va Osiyo klublari qiziqish bildirishgan«MYu» ijaradagilarini qaytarmoqchi
26.12.2013

Bu haqda jamoabosh murabbiyi Devid Moyes ma’lum qiladi.
Bugunda Angliyabirinchi ligasi, chempionship-ligada «Manchester Yunayted»ning bir qator futbolchilariijara asosida faoliyat olib boryaptilar. Moyes ular ichidan, Jessi Lingard («Birmingem»),Nik Pauell («Uigan»), va Rayan Tannikliff («Ipsvich Taun»)larni bosh jamoaga qaytarishnio’ylayapti.
«Bu ish masalasida yanvar oyida shug’ullanishga harakatqilamiz. Ularni o’yinlarini sinchiklab o’rganib chiqdim. Ular bizning kelajagimiz,jamoaning to’laqonli a’zolari. Ularni qaytishlari va «MYu»ga yordam berishlariniistaymiz», - deydi shotlandiyalik mutaxassisGiggz: APL qishki tanaffusga chiqsa yaxshi bo’lardi
25.12.2013

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz, chempionatdaqishki tanaffus berilishi kerakligini aytib o’tdi.
«Fikrimcha,Angliya chempionatiga qishki tanaffus berilsa yaxshi bo’lardi. Aynan rojdestvo kuniberilishi shart emas, yanvarda berilsa ham bo’laveradi.
Masalan uchhaftalik ta’tilga berilsa, ikki haftasida dam olib, uchinchi haftada chempionatgatayyorgarlik ko’rish uchun mashg’ulot olib borardik.
Bunday tig’iz grafik jamoaga salbiy ta’sir ko’rsatishimumkin. Tanaffus esa futbolchilarni ham ruhan ham jismonan tetik bo’lishlariga yordamberadi», - deydi GiggzFellayni bilagidan operatsiya qilindi
25.12.2013

«ManchesterYunayted» xavbeki Maruan Fellayni bilagidan operatsiya qilindi. Endi u tiklanishmuolajalarini oladi. Futbolchining safga qaytishi uchun olti hafta kerak.
Mankunianliklarjarrohlik amaliyotini yozgacha ortga surib turishni rejalashtirishgan edi. Biroq,yakunda operatsiya qilishga qaror qilindi. Bunga bir necha sabablarga ko’ra amalgaoshirildi.
Birinchidan,Fellaynida shunday jarohat elkasida ham bor va uning ikkita jarohat bilan bir vaqtdaharakatlanishi mumkin emas. Ikkinchidan, yaqin vaqtlar ichida Maykl Kerrik safgaqaytadi va u kelgusi o’yinlarda belgiyalikning o’rnini bosa olishi mumkin. Shuningdek,Belgiya futbol Federatsiyasi ham vaziyatga aralashgan va jamoaga bosim o’tkazgan.
Ular Fellayni jarohatlaridan yozda boshlanadigan JChgacha qutilishini va terma jamoaga to’laqonli yordam berishi kerakligini ma’lum qilishganRibeyro: «MYu» variantini ma’qul ko’raman
25.12.2013

«Kruzeyro» yarimhimoyachisi Everton Ribeyro «Manchester Yunayted»da o’ynashni istashini aytib o’tdi.
Ribeyroningxizmatlariga «Real» hm qiziqib qolgan, biroq Ribeyro aynan «MYu»da to’p surmoqchi.
Ha, men «Manchester Yunayted»ga ko’chib o’tish variantinima’qul ko’raman. Bu jamoada dunyodagi eng yaxshi infrastrukturalardan biri bor.Men u erda ser Aleks Fergyusonning lektsiyasida qatnashganmanValensiya: Barchasi ortda qoldi
24.12.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Antonio Valensiya, jamoada o’zini yaxshi his etayotganinita’kidladi.
«2012 yilniyaxshi o’tkazdim deb o’ylayman, ammo keyingi yili jarohatlar jismoniy holatimgaqattiq ta’sir qildi.
Biroq endi barchasi ortda qoldi. Men o’zimni juda yaxshi his etayapman vao’zimni yuz foiz ko’rsatishga tayyorman. Fikrimcha 25-raqamni qaytib olganimdanso’ng, omad menga yana kulib boqdi», - deya ta’kidladi ValensiyaMoyes: Uelbek faol qatnashmoqda
24.12.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Denni Uelbekning «Xall Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga umid qilmoqda.
«O‘yindan keyin Uelbekka nima bo‘lganini aniqlay olganim yo‘q. Bir necha hafta ilgari uning tizzasida og‘riq paydo bo‘lgandi, ammo maʼlum bo‘lishicha u tizzasiga zarba qabul qilib olgan.Zarba kuchli bo‘lishiga qaramay, Denni mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqda, umid qilamizki hammasi yaxshi bo‘ladi», - deydi Moyes