Moyes: Ular «MYu» jamoasining bir bo‘lagi
24.12.2013

Devid Moyes jamaoning ijara berilgan futbolchilari to‘g‘risada maʼlumot berib o‘tdi.
«Men doimi ravishda ijaraga berilgan Jessi Lingard, Nik Pauell va Rayan Tanniklifflarni o‘yinlarini kuzatib kelmoqdaman. Ularning o‘yinlarida sezilarli darajada o‘sish bor. Bu yoshlar jamoaning kelajagi. Ular ijarada bo‘lsalarda «Manchester Yunayted» jamoasining bir bo‘lagi. Biz barcha ijaraga berilgan futbolchilarni diqqatlik bilan ularning har birini kuzatib kelmoqdamiz» - deydi MoyesRibeyro: Men «MYu»ni tanlagan bo‘lar edim
24.12.2013

«Kruzeyro» jamoasi yarim himoyachisi va Braziliya chempionatining ushbu mavsumdagi eng yahshi o‘yinchisi Everton Ribeyro agarda «Manchester Yunayted» hamda Madridning «Real» jamoasidan taklif kelib tushadigan bo‘lsa, angliyaliklarni tanlagan bo‘lishini aytdi.
Ribeyro Globoesporte ga bergan intervyusi chog‘ida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan:
«Ha, men «Yunayted»ni tanlagan bo‘lar edim. Bu jamoa strukturasi Jahondagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Ularning mashg‘ulot maydonlarining o‘zida beshta maydon borligi meni hayratga soldi. Men ser Aleks Fergyusonning maʼruzalariga qatnaganman, bu ham menga o‘z kuchini o‘tkazmasdan qolmadi».
Braziliya va britaniya OAVlarining xabariga ko‘ra Ribeyro Devid Moyesning qishgi transferlar oynasidagi dastlabki haridi bo‘lishi mumkinMoyes: Runi jamoamiz afsonasiga aylanib ulgurgan
23.12.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Ueyn Runi borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bilasizmi Runi nimasi bilan ko‘proq ajralib turadi? yetakchilik qobiliyati bilan. U har doim mas\'uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Uning uchun o‘z o‘yini bilan birgalikda jamoa o‘yini ham muhim ahamiyatga ega. Aynan mana shunday men Ueynni ko‘raman».
«U ancha o‘sdi va endi yosh bola emasligini tushunadi. Hozir u jamoaning faxriy futbolchilaridan biri. Ayni vaqtda u jamoamiz afsonasiga ham aylanib ulgurgan. Futbolchilar unga quloq soladilar», - deydi MoyesMoyes: van Persining biroz jaroxat bor
23.12.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes «Shaxtyor» bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan Roben van Persining ahvoliga to‘xtalib o‘tdi.
«Robbenning tiklanish jarayonida ijobiy o‘zgarish bor. Biz uni bu borada shoshiltirmasligimiz va to‘liq tiklanib olishini kutishimiz kerak. Uning oyog‘ining son bo‘g‘imlarida muammo bor. Bu eskitdan, uni «Arsenal»da to‘p tepayotganida ham shunday muammosi bor edi. Men undan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turibman. O‘ylaymanki, tez kunlarda u safimizni to‘ldiradi», - deydi shotlandiyalik mutaxassis jamoaning rasmiy saytiga bergan intervyusida.Byuttnerga xaridorlar bor
23.12.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Aleksandr Byuttner faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi De Telegraaf nashri.
24 yoshli gollandiyalik futbolchi «Roma» jamoasining qiziqishini jalb etdi. Transfer yanvarda amalga oshishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, futbolchini ham ijaraga olish ham uning huquqlarini to‘liq sotib olish varianti bor. Shuningdek o‘yinchi bilan «Jenoa» ham qiziqmoqda.Ushbu mavsum, Byuttner Angliya chempionatining atigi bir uchrashuvida ishtirok etdi.
«MYu» skautlari Karvalyuni kuzatib borishmoqda
23.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi «Sporting» yarim himoyachisi Vilyam Karvalyuni kuzatib borishmoqda. Jamoa futbolchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy kirishgan.
Futbolchini kuzatish uchun «Sporting»ning so‘ngi o‘yiniga, shuningdek, «Arsenal», «Sevilya», «Keln» kabi jamoalar vakillari kelishgan.
Karvalyu ushbu mavsumda 14ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.Moyes: Kerrik Yangi yilda safga qaytishi mumkin
21.12.2013

«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Devid Moyes yarim himoyachi Maykl Kerrik vaMaruan Fellayni borasidagi fikrlarini bildirib o’tdi.
«Mayklmashg’ulotlarda ishtirok etishni boshlab yubordi va yaqinda safga qaytishgayaqin turibdi. Menimcha u Yangi yil bayrami atrofida maydonga tushishi mumkin.Umid qilamanki, u bundan ham avvalroq o’ynay oladi.
Fellayniningelkasida jarohat bor. Uning bir qism mushaklari suyakdan ajralgan. Uningholatini rentgen yordamida kuzatuvdan o’tkazamiz. Agarda jarohati halituzalmagan bo’lsa, balki boshqacha yo’l qo’llarmiz.
Umid qilamanki, Fellayni 10 kun ichida o’zigakeladi. Chunki uning holatida yomonlashish kuzatilmayapti», - deydi murabbiyNani safdan chiqdi
21.12.2013

ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Devid Moyes, yarim himoyachi Nani jarohat sabab,bir necha hafta davomida maydonga tusha olmasligini tasdiqladi.
«Jarohat biz taxmin qilganimizdan ancha jiddiyroq bo’lib chiqdi»,– deydi shotlandiyalik mutaxassis.
So’nggi bor portugaliyalik futbolchi 7 dekabr kuni Premer-ligadoirasidagi «Nyukasl»ga (0:1) qarshi o’yinda maydonga tushgan edi.
Eslatib o’tamiz, yaqindagina «Yunayted»ning boshqao’yinchisi Robin van Persi ham jaroahat oldi. U bir oy davomidamaydonga tusha olmaydiAgent: Unga ko‘proq imkon berishlari zarur
20.12.2013

Xavera Ernandesning agent Eduardo Ernandes uning mijozi to‘g‘risida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritib o‘tdi.
«Taxminan o‘n kunlar avval «Manchester Yunayted» jamoasining rasmiy vaqillari bilan uchrashdim, - deya so‘zini boshladi Eduardo Ernandes ESPN ga bergan intervyusida.
«Albatta ular tasdiqlashdi Xaverga yevropaning bir qator yetakchi jamoalaridan takliflar borligini, lekin jamoaning rejasida uni sotib yuborish aslo yo‘q».«Ha, ular tushinib turishibti hozirda Xaver kam uchrashuvda maydonga tushmoqda, va unga ko‘proq o‘yin amaliyotini yahshilash niyatidalar. «Stok Siti» qarshi uchrashuvda u golga asistentlik qildi, shunday ekan unga ko‘proq imkon berishlari zarur»
Rafael Angliya termasida o‘ynashni o‘ylamoqda
20.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Rafael da Silva Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilish haqida jiddiy o‘ylamoqda.
Rafael shu kungacha Braziliya milliy terma jamoasi tarkibida ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan. Bundan tashqari Olimpiya termasi tarkibida ham bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan. RafaelAngliyada besh yildan beri to‘p surayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, u bemalol mazkur davlat termasida to‘p surishi mumkin.