Ferdinand faoliyatini yakunlamoqchi
20.12.2013

The Daily Mail nashrining xabar berishicha Rio Ferdinand mavsum so‘ngida futbolchilik faoliyatini yakunlab, televediniyada o‘z faoliyatini davom ettirmoqchi.
O‘tgan oyda 35 yoshli «Yunayted»himoyachisi JCh – 2014 paytida BBC telekanalida ekspert bo‘lib ishlash to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. Undan avval esa Ferdinand BT Sportskanalidan ekspert bo‘lish bo‘yicha taklif olgan.
BT Sports kanali 2013 yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib xozirda Jahonning ko‘plab futbol uchrashuvlarini translyasiya qilish xuquqiga ega. Angliya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Braziliya, Gollandiya va Shotlandiya. Shuningdek telekanal Chempionlar ligasi, yevropa Ligasiva Angliya kubogi uchrashuvlarini ham translyasiya qiladi«MYu» «Ayaks» himoyachisiga xaridor
20.12.2013

Amsterdamning «Ayaks» jamoasi himoyachisi Stefano Densvil qishgi transfer vaqtida Angliya Premer Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqida GIGAfootball.Netnashri britaniya OAV lariga tayangan holda xabar tarqatdi.
Tasdiqlangan manbaga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbarlari 20 yoshli futbolchi bilan jiddiy ravishda qiziqish bildirishgan. Futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay juda pishiq o‘yin namoyish etishga qodir.
«Qizil iblislar» bosh murabbiyi Devid Moyesiqtidorli futbolchini Rio Ferdinandga izdosh sifatida ko‘rmoqda.Angliya grandi «Ayaks» jamoasiga futbolchi uchun 5 million funt sterling mablag‘ taklif qilishni ko‘zda tutmoqda.
Evra: Bu haqiqatan qiyin o‘yin bo‘ldi
19.12.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patris Evra Angliya liga Kubogining kecha bo‘lib o‘tgan 1/4 finalidagi «Stok Siti» bilan o‘yin (2:0) bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, o‘yin natijasiga ko‘ra mankunianliklar musobaqaning yarim finaliga chiqishdi. O‘yin esa haddan tashqari sovuq va izg‘irin ob-havo sababli vaqtinchalik to‘htatib qo‘yildi.
«Hech qachon bunday ob-havoda o‘ynamagan edim. Bu haqiqatan qiyin o‘yin bo‘ldi va «MYu» o‘yinchilari jangchilardek harakat qilishdi. Stokdagi o‘yin bu jang. 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, gol o‘tkazib yubormaslik -bu bizga o‘z ishimizdan qoniqishimiz kerakligini anglatadi. Biroq, biz bu bilan to‘htab qolmaymiz.
O‘yin vaqtidagi sovuq haqida? Birinchi bo‘lim vaqtida maydon maysalari butunlay muzlab qolgan edi. Biz tanaffuzdan keyin maydonga qaytganimizda esa maydon to‘shamalar bilan yopib qo‘yilganini ko‘rdik. Murabbiy g‘alaba qozonishimizni hohlagan va shunga umid qilgan edi. Ikkinchi bo‘lim davomida yomg‘ir to‘htadi va biz yaxshi o‘ynay boshladik. Muhimi, «MYu» yakunda g‘alaba qozondi», –deydi Evra.
Yanuzay: Giggs - u afsona
19.12.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay jamoadoshi Rayan Giggz qoyil qolishini tan oldi. Metro nashriga bergan intervyusida 18 yoshli xavbek tajribali uelslik futbolchi yana besh mavsum yuqori darajada to‘p surishi mumkinligini taxmin qildi.
–«Giggz – u afsona. Qoyilmaqom sportchi va inson», – dedi Yanuzay. –« Qachonki o‘yin bo‘yicha menda qiyinchiliklar paydo bo‘lsa, men har doim unga murojaat qilaman va oqilona nasihatlar olaman».
«U menga ko‘p yordam beradi, ammo uning kuchi faqat maslahatlarida emas: o‘zining 40 yoshida Giggz hali ham maydonda kuchli va xohishiga qarab u kamida 45 yoshigacha o‘ynay oladi»Moyes: Yang ko‘p narsaga qodir
19.12.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya liga Kubogida «Stok Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin jamoa yarim himoyachisi Eshli Yangni olqishladi.
«Bir necha marta uning oyog‘iga tepishdi. Biroq, Eshli turib o‘ynashda davom etdi. Yang shuningdek darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. U mashg‘ulotlarda ajoyib tarzda harakat qiladi va keyingi paytlarda gol urishga umid qilayotgan edi.Bizda qanotlarda foydalanishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab futbolchilar mavjud. Agar sen doimo asosiy tarkibdan joy olishni hohlasang, unda tez-tez gol urib turishing va yaxshi o‘yin namoyish qilishing kerak. Yang o‘zining bugungi muvaffaqiyatli o‘yinini davom ettirishi kerak».
«MYu» Valensiya bilan yangi shartnoma tuzadi
19.12.2013

«MYu» yarim himoyachisi Luis-Antonio Valensiya tez orada jamoa bilan shartnomani uzaytirish uchun muzokaralar boshlaydi.
Xabaringiz bo‘lsa, ushbu futbolchi «MYu»ning eng kam maosh oladigan futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham u maoshini ham oshirishi kerak bo‘lgan yangi shartnomaga ko‘z tikmoqda.
Tomonlar o‘rtasida tuzilgan amaldagi shartnoma muddati 2015 yilda yakuniga yetadi. «Qizil iblislar» rahbariyati uni iloji boricha tezroq uzaytirishga harakat qilishmoqdaLiga Kubogi: 1/2 «MYu»-«Sanderlend»
19.12.2013

Angliya Liga Kubogining 1/4 finalida «Stok Siti» jamoasini mag‘lubiyatga uchratib keyingi bosqichga yo‘l olgan «Manchester Yunayted» qurʼa natijalariga ko‘ra yarim finalda «Sanderlend» jamoasi bilan uchrashadigan bo‘ldi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra yarim final bellashuvi ikki uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Dastlabki uchrashuv 6 yanvar kuni «Stedium of Layt» da bo‘lib o‘tsa javob bellashuvi 20 yanvar kuni «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa «Manchester Siti» va «Vest Xem» jamoalri o‘zaro bellashadilarMoyes: Uelbek ko‘proq gol urishi kerak
18.12.2013

«Manchester Yunayted» ustozi Devid Moyes klub hujumchisiDenni Uelbekdan yanada ko‘proq gol kutayayotganini aytib o‘tdi.
«Denni bundan ko‘proq gol urishi lozim. Bu borada u bilangaplashib oldik va mashg‘ulotlarni aynan Uelbek eng oxirgi bo‘lib tark etishigakelishib oldik.Masalan, Ueyn Runi har kuniko‘plab zarbalar ustida ishlaydi. U jarima to‘plari va burchaklardanzarbalar beradi.
Denni har bir mashg‘ulotdanso‘ng hech bo‘lmasa 15 daqiqa shunday shug‘ullanishi kerak», – deydi Moyes.
Yanuzay: Moyes albatta sovrinlarni yutadi
17.12.2013

«MYu» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay mavsum boshidagi muvaffaqiyatsiz natijalar o‘tkinchi ekanini aytib o‘tdi.
«Moyes sovrinlarni yuta oladi.- deya so‘zini boshladi Adnan MUTV ga bergan intervyusida. U «Yunayted»da yangi murabbiy ekanini esdan chiqarmaslik kerak. Hozir uning uchun barchasi yangi. Shu bois biroz vaqt kerak.
Men Moyesni - yaxshi murabbiy deya hisoblayman. Barcha futbolchilar mashg‘ulotlarda jiddiy ravishda ishlashmoqda», - deydi Yanuzay.
«Xozir men «Yunayted» jamoasida baxtliman. Manchesterga kelgan paytimda qachon asosiy tarkibda maydonga tushar ekanman deb orzu qilar edim. Men jamoada uzoq yillar mobaynida qolmoqchiman».Fardinand: Villash-Boashning omadi kelmadi
17.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand, «Tottenxem» bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning jamoadan ketishiga omadsizlik sabab bo‘lganini too‘g‘risida facebookdagi ozining rasmiy sahifasida aytib o‘tdi.
«Uning omadi kelmadi. Villash-Boashning yozdagi eng yaxshi transferi - Eriksen, jarohati tufayli uzoq muddat jamoaga yordam bera olmadi. Fikrimcha hozirgi davrda murabbiylarga ko‘proq imkoniyat yaratish kerak. Endi Villash-Boash tuzgan jamoa bilan boshqa murabbiyning ishlashiga to‘g‘ri keladi», - deydi Ferdinand>