Runi: Biz buni uddalay olamiz
17.12.2013

Ueyn Runi o‘z intervyusida «Manchester Yunayted» bor kuchi bilan chempionlik uchun kurashishi kerak ekanini aytdi.
«Klubimiz tarkibidagi har bir futbolchi o‘z maksimum imkoniyatlarini ishga solishi kerak. So‘nggi vaqtlarda biz kerakli darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatmadik, biroq jamoa o‘z irodasini ishga solib, amaldagi chempion qanday o‘ynashi kerakligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak. Umid qilamanki, biz buni uddalay olamiz va muvaffaqiyatga erishamiz», - deydi Ueyn Runi.
«Hozirda ajoyib sport formasidaman deb o‘ylamayman. Eng asosiysi – bu jamoa. Agarda u omadsizlikka uchrasa – men ham mamnun bo‘la olmayman va buning aksi ham. Biz o‘z yo‘limizga tezroq tushib olmog‘imiz darkor. Musobaqa jadvaliga qarash biz uchun juda og‘ir. O‘ylashimcha, ayna shu jadval bo‘lajak mexnatlarimizning rag‘batlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi»Kleverli: Bu omadli o‘yinlarimning boshlanishi
16.12.2013

«MYu» yarim himoyachisi Tom Kleverli «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda bir yildan beri davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi.
«Barcha yarim himoyachilar yil davomida hyech bo‘lmasa besh-oltita gol urishim kerak, deb hisoblaydi. Biz uchta markaziy yarim himoya bilan o‘ynadik, shu sababdan hujumda o‘ynashimiz qulayroq bo‘ldi. Gol urganimdan keyin juda xursand bo‘ldim, sababi bir yildan beri gol kirita olmayotgandim. Umid qilamanki, bu omadli o‘yinlarimning boshlanishi», - deydi KleverliKarrik: Biz hali kurashda davom etamiz
16.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi markaziy yarim himoyachisi Maykl Kerrik jamoasi hali chempionlik uchun kurash olib borishini taʼkidlab o‘tdi.
«Qishki o‘yinlar - ligada qanday o‘rinda bo‘lishingdan qat\'iy nazar, juda muhim ahamiyat kasb etuvchi vaqt. Bu vaqt oralig‘ida ko‘p narsalarga erishish mumkin. Tezda yuqoriga ko‘tarilish ham, pastga tushib ketish ham mumkin.
Bizning futbolchilarimiz va murabbiylarda katta tajriba bor. Biz birga ishlashda davom etamiz va umid qilamanki, yaxshi natijalarga erishamiz. Chempionlik kurashi hali oldinda. Bu yil birinchi o‘rin uchun ko‘p jamoalar kurashmoqdalar va ular orasidagi farq juda kichkina. Biz hali kurashda davom etamiz», - deydi Kerrik.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «qizil iblislar» musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turishibdi.
«MYu» ning 1/8 finaldagi raqibi «Olimpiakos»
16.12.2013

Shveytsariyaning Non shahrida yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 final uchrashuvlari uchun qurʼa atashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra «Manchester Yunayted» 1/8 finalning dastlabki uchrashuvni safarda «Olimpiakos» jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda o‘rin oldi.
«Olimpiakos» – «Manchester Yunayted»«Zenit» – «Borussiya» Dortmund
«Manchester Siti» – «Barselona»
«Milan» – «Atletiko»
«Bayer» – «PSJ»
«Galatasaray» – «Chelsi»
«Shalke-04» – «Real»
«Arsenal» – «Bavariya»
1/8 finalning dastlabki uchrashuvi 18/19 va 25/26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi javob uchrashuvlari esa 11/12 va 18/19 mart kunlariga belgilandiYanuzay: Nima dеsangiz dеyavеring
15.12.2013

18 yoshli «Manchеstеr Yunaytеd»ning eng iqtidоrli yarim himоyachilaridanbiri Adnan Yanuzay butun faоliyatini «Оld Traffоrd»da o‘tkazishga tayyor ekanini aytdi.
«Yunaytеd» safida Devid Mоyеs qo‘l оstida kim o‘sishga erishgan bo‘lsa, mazkur futbоlchilar ro‘yхatini so‘zsiz birinchi jamоaga bu yili ko‘tarilgan va оktyabr оyida yangi shartnоma imzоlagan Yanuzay bоshqarib turadi. Endilikda Adnan klubbilan uzоq muddatli hamkоrlikni оrzu qilmоqda.
«Agardayanada yaхshirоq futbоlchi bo‘lishni istasang dоimо оldingaintilish va tinimsiz mехnatqilish kеrak. Mеning оta-оnam dоimо o‘z maqsadimda qattiq turishim kеrak ekanini va jahоnning eng yaхshi futbоlchisi bo‘lishga intilishim kеrak ekanini aytishgan.
Futbоlda yosh ahamiyat kasb etmaydi. Agardasеn haqiqatdan maydоnga tushishga lоyiq o‘yin ko‘rsatsang, sеn o‘z imkоniyatinggaega bo‘lasan. o‘ylashimcha, murabbiy mеnga katta imkоniyat bеrdi, sababi uyoshlarga imkоn bеrishni yaхshi ko‘radi. Nima dеsangiz dеyavеring, birоq Mоyеstоp-saviyadagi murabbiy va u futbоlchilar, klub bilan qanday ishlashni juda yaхshibiladi.
«Manchеstеr Yunaytеd» bilan yangi shartnоma dоimо mеning birinchi tanlоvim bo‘lgan. 5 yillik shartnоmaga ega bo‘lganimdan mamnunman.Agarda «Manchеstеr Yunaytеd» safida butun umr to‘p surish imkоniyatibo‘lganida, klub uchun bu imkоniyatdan fоydalangan bo‘lar edim. Mеn shunchaki sоvrinlaryutishni va jahоnning eng yaхshi futbоlchisi bo‘lishni maqsad qilganman», - dеydiYanuzay MUTVga bеrgan intеrvyusidaRuni APLda eng boy futbolchi
15.12.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya premer ligasida qatnashayotgan futbolchilarichida eng boyvachchasi deb topildi. Mahalliy agentliklardan biri futbolchininghisob raqamida 45 million funt bor deb xabar bermoqda.
Quyida premerligada qatnashayotgan 10ta eng boyvachcha futbolchilar ro’yxati bilan tanishishingizmumkin.
1. Ueyn Runi(«Manchester Yunayted») — 45 mln.
2. Rio Ferdinand(«Manchester Yunayted») — 37 mln.
3. Frenk Lempard(«Chelsi») — 31 mln.
4. Jon Terri(«Chelsi») — 29 mln.
5. Stiven Djerrard(«Liverpul») — 29 mln.
6. Jo Koul(«Vest Xem») – 22 mln.
7. Eshli Koul(«Chelsi») — 20 mln.
8. Maykl Kerrik(«Manchester Yunayted») — 16 mln.
9. Eshli Yang(«Manchester Yunayted») — 13 mln.
10. Jeyms Milner («Manchester Siti») — 13 mlnJоns: Endi оchkоlar yig’ish payti kеldi
15.12.2013

«Manchеstеr Yunaytеd» klubi himоyachisi Fil Jоns Angliya chеmpiоnati 16-tur dоirasidagi«Astоn Villa» bilan o’yinоldidan o’z fikrlaribilan o’rtоqlashdi.
«Bizni «Astоn Villa»ga qarshi muhim o’yin kutibturibdi. Angliya chеmpiоnatidagi hоlatimizni yaхshilamоg’imiz lоzim. Buni yaхshisi yakshanbadan bоshlashlоzim.
Оmadsiz sеriyamizni yakunlash uchun g’alaba qоzоnishimiz lоzim. Ikki hafta davоmida biz muхlislarinimizni hafa qilib kеldik.Endi оchkоlar yig’ish payti kеldi.
Ushbu o’yinda muhim natijja. Biz ko’zlaganmizdan ancha kam оchkо to’pladik»,– dеydi JоnsKleverli: Jamoaga ko’proq foyda keltira olaman
15.12.2013

«Manchester Yunayted»yarim himoyachisi Tom Kleverli bu mavsumdagi o’yinlaridan ko’ngli to’lmaytganini aytib o’tdi.
«Jamoaga ko’proqfoyda keltira olaman. Buni his qilib turibman. Bu mavsumda bir necha o’yinni o’rtacha darajada o’tkazdim.
O’tgan mavsumning ayni shu paytida ko’rtsatgichlarim hozirgidan yaxshiroq edi.
Men maksimum darajamda o’ynashga ko’nikkan futbolchiman.Umid qilamanki, o’z ritmimga tushib olaman va nafaqat o’yinlarim soni balkiajoyib o’tkazgan uchrashuvlarim soni tez orada ortadi», dedi futbolchi«MYu» Guaringa xaridor
12.12.2013

«Manchester Yunayted» «Inter» jamoasi yarim himoyachisi Fredi Guarinni sotib olmoqchi.
Goal.com nashri bergan xabarlarga ko‘ra, «qizil iblislar» mazkur futbolchi uchun 15 million funt sterling to‘lashga tayyorlar.Italiya jamoasi ham ayni damda futbolchi transferidan aynan shuncha pul ishlab olmoqchi.
Yang: Qarorni hakamlar qabul qilishadi
12.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Eshli Yang simulyasiyalar borasidagi ayblovlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Simulyasiyalar borasidagi ayblovlar haqida hech narsa deya olmayman. Bu savolni hakamlarga berish kerak. Axir ular jarima to‘plari va penaltilar belgilashadi. Men turli nashrlardagi sarlavhalar va bahslarga ahamiyat bermayman. Nimalarnidir muhokama qilish – OAVning ishi. Odamlar o‘z fikrlarini bildirish huquqiga egalar».
«Qarorlarni hakamlar qabul qilishadi – bu borada faqat shuni ayta olaman. Avvalgi va hozirgi murabbiylar bu mavzuni jamoada muhokama qilishardi, ammo bu gaplarning barchasi jamoa ichida qolishi kerak. Men bu gaplarni tashqariga olib chiqmoqchi emasman», - deydi Yang