12.12.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Shaxter» bilan bo’lib o’tgan o’yindan (1:0) so’ngo’z fikrlarini bildirdi.

- G’alabaliseriyaga qaytib guruhda birinchi o’rinni olish kerak edi. Ba’zi holatlarda biz yaxshiroqo’ynashimiz mumkin edi, ammo g’alaba bizda qolganidan xursandman. Bugungi o’yindag’alaba qozonishimiz zarur edi. Ketma-ket ikkita mag’lubiyatdan so’ng g’alaba kerakedi.

Evropada birtekisda o’ynayapmiz, Premer-Ligada ham bu narsani amalga oshirish kerak. Umid qilamanki,keyingi o’yinlarda biz buni uddalay olamiz va musobaqa jadvalida yuqorilaymiz.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes Madridga tashrif buyurdi

12.12.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes «Atletiko» – «Portu» bahsiga (2:0) tashrif buyurdi.

50 yoshli mutaxassis madridlmklar yarim himoyachisi Kokeni o‘yinini kuzatib bordi. «Atletiko» Moyesga VIP-sektordan joy ajratib berdi, bundan tashqari Devid jamoaning sport direktori Xose Luis Kaminero bilan ham gaplashdi.

«Taxminimcha, Moyes bizning o‘yinimizni ko‘rgani kelgan, ahir biz ham ChLda 1/8 final bosqichiga chiqdik. Biz suhbat qurdik, biroq u nima maqsadda kelganini aytmadi», – deydi Kaminero.

«Devid Moyes uchrashuvga tashrif buyurganini bilmagan edim. Nima bo‘lgan taqdirda ham, meni bu tashvishga solmaydi, men yaqinda shartnomamni uzaytirdim», – deydi Koke.

Eslatib o‘tamiz Koke hozircha ushbu mavsumda 3 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi

Муҳокама

12.12.2013

«Shaxtyor»gaqarshi o’yindagi yagona gol muallifi «Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jons,o’yindan keyin bergan intervyusida raqib haqida iliq fikrlar bildirib o’tdi.

«Bizga g’alabajuda zarur edi. Faqat guruhda birinchi o’rinni egallash uchungina emas... Umid qilamanki,keyingi o’yingacha ham yaxshi jismoniy holatni ushlab tura olamiz. Golni qandayurganimmi? Shunchaki yaxshi masofadan zarba yo’lladim va to’p darvozadan o’rin oldi»

«Shaxtyor» ajoyib jamoa ekan. Biz uchun ularga qarshi o’ynash ancha qiynikechdi», dedi Jons

Муҳокама

11.12.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa rahbariyatining u bilan shartnomani uzaytirish borasidagi taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatgan.

Hujumchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozida yakuniga yetadi. «Qizil iblislar» uni yana 4 yil o‘z saflarida ko‘rishni istashmoqda. Ammo futbolchining o‘zi ham, uning agenti ham muzokaralar o‘tkazishga ko‘nmayapti. Runi jamoadandan ketmoqchi ekanini ham inkor qilmayapti va yevropaning top-klublaridan takliflar kutmoqda.
Mavsumda Runi Robin van Persi bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 10 tadan gol bor

Муҳокама

Янгиликлар /

Evans: Ishonch biroz yo‘qolgan

09.12.2013

«MYu» himoyachisi Jonni Evans jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ygan deb hisoblaydi. Xabaringiz bor, Devid Moyes shogirdlari so‘nggi ikki turda bir xil - 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Shubhasiz, o‘yinchilarda ishonch biroz yo‘qolgan. Aytish mumkinki, to‘p nazoratini raqibga berib qo‘yyapmiz, kreativlik yo‘q. Futbolchilar endi o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynay olmayaptilar. O‘zingga bo‘lgan ishonching yo‘qolsa shunday bo‘ladi.

Odatda «Old Trafford»da to‘p o‘tkazib yuborsak, javob qaytarish niyatida raqibga juda kuchli bosim o‘tkazamiz. Ammo ishonch va yaratuvchanlik kayfiyati yo‘qligi sabab hozir bu qo‘limizdan kelmayapti. Keskinlik yetishmayapti. To‘p bilan muomala qilishda pala-partishliklar bor. Bular o‘tgan bahsda «Nyukasl»ga o‘yinni nazorat qilish imkonini berdi.

Angliya chempionatida g‘alaba qozonish har doim qiyin. Bizda esa allaqachon 5 ta mag‘lubiyat bor. Bu qo‘yilgan vazifani bajarishni anchagina qiyinlashtirmoqda. Ammo biz professionallarmiz va oxirigacha kurashamiz», - dedi Evans

Муҳокама

09.12.2013

Angliya Kubogi 3-bosqich o‘yinlariga qurʼa tashlash marosimining natijalari maʼlum bo‘ldi.
Ushbu bosqichda «Arsenal»-«Tottenxem» bilan ro‘baro‘ kelsa, «Manchester Yunayted»-«Suonsi» bilan kuch sinashadi.

Qolgan juftliklar quyidagicha:

«Liverpul» – «Oldxem»/ «Mensfild»
«Nottingem Forest» – «Vest Xem»
«Vest Bromvich» – «Kristal Pelas»
«Stok Siti» – «Lester»
«Sautgempton» – «Bernli»
«Nyukasl» – «Kardiff»
«MYu» – «Suonsi»
«Norvich» – «Fulxem»
«Aston Villa» – «Sheffild Yunayted»
«Blekbern» – «Manchester Siti»
«Everton» – «KPR»
«Arsenal» – «Tottenxem»

«Derbi» – «Chelsi»

Aytish joiz, 3-bosqich o‘yilari 2014 yilning 4-5 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan

Муҳокама

09.12.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar ligasi bahslarida «Shaxter»ga qarshi kechadigan bahs borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz o‘yinimizni yaxshilash uchun har bir imkoniyatdan foydalanishimiz lozim. Buning ustiga Chempionlar ligasi guruh bahslarini birinchi o‘rin bilan yakunlash imkonini qo‘lga kiritishga yaqinmiz. Bu holat bizga katta ustunlik beradi, ikkinchi o‘yin o‘z uyimizda o‘tkaziladi.

Biz guruhda birinchi bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bizni hyech kim mag‘lub eta olmadi va biz guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlashni istaymiz.
Biz keyingi bosqichga chiqib bo‘lganmiz va endi rotatsiya haqida o‘ylasak ham bo‘ladi», - deydi Moyes

Муҳокама

06.12.2013

Braziliyaning «Kruzeyro»jamoasi xavbeki Evertona Ribeyroning agenti Robson Ferreyrning gaplariga ko‘ra uning mijoziga «MYu» jiddiy qiziqish bildirgan.

«Evertonga «MYu» qiziqish bildirgan. Moyesga uning o‘yinlari maqqul kelgan. Men Angliyaga tashrif buyurib jamoa rahbarlari bilan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazdim. «MYu» uchun yarim himoyachi Everton yaxshi xarid bo‘ladi», - Robsonning so‘zlaridan ilova keltirdi Estadao nashri

Муҳокама

06.12.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz «Everton»ga mag‘lub bo‘lgandan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu mag‘lubiyatlarga chalg‘ib qolmaslik kerak. Shu kungacha o‘tgan 12 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmaganmiz, shuning uchun yana g‘alabali seriyani boshlash kerak. Hozircha o‘yinimiz chiqmayotgandir. Lekin tez orada ochkolarni yig‘ib olishimizga umid qilaman», — deydi Giggz «MUTV»ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi turda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Everton»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1)

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» aʼzolariga ovoz bering

06.12.2013

"

David De Xea va Robin van Persi UEFA tomonidan anʼanaviy tarza aniqlab kelinadigan «Yil jamoasi»ga nomzodlar qatoriga kiritildi. Bu xaqida UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Nomzodlarga ovoz berish 2014 yil 9 yanvargacha davom etsa, «Yil jamoasi» ning yakuniy ro‘yxati 2014 yil 15 yanvarda eʼlon qilinadi.

«Manchester Yunayted» aʼzolariga quyidagi havola orqali ovoz berish mumkin"

Муҳокама