Bekxem: «MYu» hali o‘z joyiga qaytadi
03.12.2013

«Yunayted» sobiq futbolchisi Devid Bekxem jamoaning hozirgi holati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Jamoa bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita olishi haqida so‘rashganda u shunday javob berdi:
«Ha, shunga umid qilaman, axir uning muxlisiman. Ularda buyuk murabbiy ishlayapti. O‘tgan yili jamoani chempion qilgan yigitlar bu yil ham safda. Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q. «MYu» hali o‘z joyiga qaytadi.» - deydi DevidSmolling: O‘zimga bo‘lgan ishonchim ortgan
03.12.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling Devid Moyes qo‘l ostida ishlash unga judayam yoqayotganini aytdi.
«Moyes maydonda qandaydur yangilik yaratishimni talab qilmayapti. U himoyachilarning ishoch bilan o‘ynashiga katta ahamiyat beradi, himoyachilar o‘zlari qo‘riqlayotgan hujumchilaridan doimo ustun bo‘lishlarini istaydi».
«Bugungi kunda mening o‘zimga bo‘lgan ishonchim ancha ortgan. Murabbiyning menga to‘g‘ri yondoshuvi o‘zimni jamoaning ajralmas bo‘lagi sifatida his qilishimni taʼminlamoqda», - deydi SmollingMoyes: Bu haqida hech narsa bilmayman
03.12.2013

«Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes hujumchi Ueyn Runi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Runi bilan yangi shartnoma imzolash? Bu haqida hech narsa bilmayman. Mavsum davomida bu masalaga aniqlik kiritamiz.
Vaqti kelib bunga mas\'ul shaxslar ish boshlashadi. Ueyn «Tottenxem»ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U o‘ziga yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanmoqda», - deydi Moyes.
Eslatib o‘tamiz, Runining «Yunayted» bilan shartnomasi yakuniga yetishiga bir yarim yil vaqt qoldiUelbek: Durangdan so‘ng alam hisi bor
03.12.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Danni Uelbek «Tottenxem» bilan durang qoniqarli natija, degan fikrda.
- Biz Londondan g‘alaba bilan qaytishimiz mumkin edi. Ammo darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Biroq, biz ushbu uchrashvuda o‘z xarakterimizni namoyish etdik. Durangdan so‘ng alam hisi bor, biroq xursandchilik hisi ham yo‘q emas, - deya Uelbekning so‘zlarini keltiradi MUTVGiggz: Mening juda omadim kelgan
29.11.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz 40 yoshga to‘lgani munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yil o‘tgani sari avvalgidek bo‘lmay qolasan, ammo men bunga yangi sinov sifatida qarayman.Ammo ko‘pchilik menga yoshim o‘tib qolgani va ketadigan vaqtim kelganini aytmoqda.
Ammo men ularga 19 va 25 yoshimda ham bir qator omadsiz o‘yinlarim bo‘lganini aytganman. Eng muhimi, menga yangi bosh murabbiyi ishonmoqda.
Agarda boshqa klubga o‘tib ketganimda, shu vaqtga qadar o‘ynay olmasdim deb o‘ylayman. Mening juda omadim kelgan, men bir jamoada o‘ynamoqdaman. Hali jamoaga foyda keltira olaman deb o‘ylayman. Buning uchun astoydil mashq qilishim lozim», - deydi Giggz.
Evra: Bizning jamoa darhaqiat kuchlidir
29.11.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi himoyachisi Patris Evra «qizil iblislar» haqida xulosaqilishga hali shoshilmaslik kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
Futbolchiingso‘zlariga qarganda, «MYu» mavsum so‘nggida ancha kuchayib ketar ekan.
«Ko‘pchilik«Manchester Yunayted»ni hisobdan chiqarib yubordi. Bunaqa gaplar o‘tgan yiliham bo‘lgandi, ammo o‘shanda biz chempionlikni qo‘lga kiritgandik.
Keling,biroz shoshilmaylik. Axir bizning jamoa darhaqiat kuchlidir», - deydi DailyMail nashri Evra so‘zlarini keltirib.
Evans: Moyes - bunday taktikaning ustasi
28.11.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Jonni Evans jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesni «Bayer»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvga juda yaxshi taktika tanlaganini aytib o‘tdi.
«Menimcha biz o‘yinning borishini to‘liq nazorat qildik va yaxshi himoyalandik. Yarim himoyamiz juda yaxshi ishladi va «Bayer» katta kuch bilan oldinga borganda ularga qarshi tura oldi.
Raqib himoyachilari balanddan o‘ynadilar va biz to‘pni olar ekanmiz, ularni osongina dog‘da qoldira oldik. Devid Moyes - bunday taktikaning ustasi. Jamoa borgan sari o‘yinni kuchaytirib bormoqda», - deydi futbolchiGiggz: 5 ta gol urish – bu buyuk natija
28.11.2013

«Manchester Yunayted» klubi faxrli yarim himoyachisi Rayan Giggz «Bayer»ga (5:0) qarshi yeChL guruh bosqichi doirasidagi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz raqibni qarshi hujumlarda «o‘ldirdik». O‘rnak olsa arziydigan gol urdik, shundan so‘ng hujumkor to‘rtlik ortidagi o‘yinimdan roxat oldim.Bundanda ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, biroq tartibliroq o‘ynashga intildik. CHL o‘yinida 5 ta gol urish – bu buyuk natija», – deydi Giggz
Runi: Men uning yoshida aniq futbol o‘ynamayman
28.11.2013

«MYu» hujumchisi Ueyn Runi ertaga 40 yoshni qarshilaydigan jamoadoshi Rayan Giggzning o‘yini borasida fikr bildirib o‘tdi.
«O‘yin vaqtida «Bayer»ning markaziy yarim himoyachisi mendan Giggz borasida so‘radi. «Qanday qilib u shu yoshda ham futbol o‘ynab yuribdi», dedi u.Rayanning qay tariqa xotirjamlik bilan to‘p surishini tomosha qilish ajoyib. Men uning yoshida aniq futbol o‘ynamayman», - deydi Runi
Tarkibda yoqotishlar bor
27.11.2013

Nemanya Vidich, Robin van Persi jamoa bilan Leverkuzenga borishmadi. Ikkala futbolchi ham kichik jarohat tufayli Manchesterda qolishga majbur bo‘lishdi.
Rafael va Fil Djonslarda ham kichik jarohat bor. Maruan Fellayn o‘tgan o‘yinda olgan qizil kartochka tufayli ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Jarohatdan qutilgan Darren Fletcher esa Chempionlar Ligasi o‘yinlari ro‘yhatigi kiritilmagan.
«Kardif» jamoasiga qarshi uchrashuvni kichik jaroxat sababli o‘tkazib yuborgan Shindzi Kagava jamoa bilan Germaniyaga yo‘l olgan.