Янгиликлар /

Germaniyada kutilmagan xodisa

27.11.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi joylashgan Monarch Airbus 321 avialayner Germaniyaga qo‘nish vaqtida kutilmagan xodisa ro‘y berdi.

185 o‘ringa mo‘ljalangan Monarch Airbus 321 avialayneri aeroportga qo‘nishiga 400 metr masofa qolganda qo‘nish yo‘lakchasida boshqa bir samolyot paydo bo‘lgan. Natijada samolyot uchuvchisi tezlik bilan yuqoriga ko‘tarilishga majbur bo‘lgan. Oradan 10 daqiqa o‘tgach jamoa joylashgan samolyot eson-omonlikda qo‘nishga musharraf bo‘lishgan.

Rio Ferdinand o‘z rasmiy tvittirida quydagicha fikr bildirgan: «Germaniyaga qo‘ndik… va nihoyat. Juda asabiy qo‘nish bo‘ldi........ ».

«Yunayted» ning boshqa o‘yinchilari bu haqiqa Manchester Evening News nashri muxbiriga quydagilarni aytib o‘tishdi: «Bu juda daxshatli bo‘ldi. Samolyot kapitani passajirlardan uzr so‘radi va biz osonlik bilan yerga qo‘ndik»

Муҳокама

26.11.2013

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoaning sobiq futbolchisi Bill Foulksning o‘limidan qattiq taʼsirlandi.

— Bu xabar eshitish men uchun og‘ir bo‘ldi. Kechagina Kardiffga ketayotib Bobbi Charlton bilan Bill haqida gaplashgandik. U rostdanam haqiqiy inson va jonkuyar futbolchi bo‘lgan. Uning hayoti juda ajoyib tarzda o‘tdi. Bill jamoa tarixida qolishga arziydigan mehnat qildi, ayniqsa, Myunxendagi fojeadan keyin, — deya Fergyuson so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «MYu» rasmiy sayti.

Муҳокама

25.11.2013

The Mirror nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati «Old Trafford» stadionini o‘zgacha zamonaviy arxitektura bilan uyg‘unlashtirilgan xolda taʼmirlashni loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

Loyihaga ko‘ra Stadionning tom qismida o‘ziga hos ko‘rinishga ega bo‘lgan muhlislar uchun mo‘ljallangan maydon tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Loyiha muallifi mashhur arxitektor Kristofer Li. U jahonning 30 ga yaqin mashhur o‘yingohlarini loyihalarida ishtirok etgan. O‘yingohning yangi infrastrukturasi qachondan boshlab ishga tushishi tez kunlarda eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Муҳокама

25.11.2013

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabariga ko‘ra jamoaning afsonaviy futbolchisi Bill Foulks vafot etdi.
«Manchester Yunayted» ning afsonaviy markaziy himoyachisi Bill Foulks 81 yoshda bu olamdan ko‘z yumdi»- deya xabar berdi jamoa rasmiy sayti.
Foulks jamoa tarkibida 1950 yilda «Liverpul» ga qarshi o‘z debyut uchrashuvni o‘tkazgan edi. U jamoa tarkibida 18 mavsum davomida 688 uchrashuvda maydonga tushgan. Unadan faqatgina uch futbolchi– Rayan Giggz, ser Bobbi Charlton va Pol Skoulzlar ko‘proq uchrashuv o‘tkazishgan.
Jamoa rahbariyati Bill Foulks oila aʼzolariga xamdardlik bildirgan.

Муҳокама

25.11.2013

«MYu» bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar ligasida «Bayer»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan jamoadagi muammolar borasida aytib o‘tdi.

«Kagava Yaponiya terma jamoasi safida jarohat olgan. Shu sababli «Kardiff»ga qarshi o‘ynay olmadi. Ammo bu jarohatning jiddiy tomoni yo‘q.

Van Persining chovidan olgan jarohati esa katta muammo. Oyoq barmoqlari biroz yaxshi bo‘lib qolgan. Umid qilamizki u tezroq oyoqqa turadi. Van Persi va Vidichni tezroq oyoqqa turg‘izishni o‘ylayapmiz. Ammo ular «Bayer»ga qarshi o‘ynay olishi muammo».

«Shuningdek «Bayer»ga qarshi Fil Jons ham o‘ynay olmasligi mumkin», - deydi murabbiy

Муҳокама

25.11.2013

«Yunayted» «Kruzeyro» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Everton Ribeyro bilan qiziqmoqda.

Yaqinda jamoa vakillari 24 yoshli braziliyalik futbolchini kuzatib qaytganlar. Xabar qilinishicha, Ribeyro «Liverpul» va «Fiorentino» jamoalari tomonidan ham kuzatilmoqda.

Ribeyroning transfer qiymati 8 million yevroga baholangan. Yarim himoyachi Braziliya chempionatining 34 uchrashuvida 7 ta gol kiritgan

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Runi dam olishi kerak

24.11.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Ueyn Runining jismoniy formasihaqida gapirib o’tdi.

«Men uningterma jamoa safida ikkala o’yinda ham ishtirok etishini bilardim, lekin uningmaydonda bu qadar ko’p o’ynashini xayolimga ham keltirmagandim.

Men Ueynterma jamoada oz bo’lsa-da dam olish imkoniyati bo’lishiga umid qilgandim, ammotarkibni Roy Xojson tanlaydi va o’rtoqlik uchrashulari u uchun muhim. Shusababli men uning qarorini hurmat qilaman.

Biroq endiRuniga mavsum davomida dam olish imoniyatini o’zim berishim kerak. Uningholatini ko’rib qaror chiqaraman.

Ehtimol bu martda o’tadigan Daniya bilan uchrashuv vaqtida bo’lar,lekin Ueyn unda ham ishtirok etishni istashiga ishonchim komil.

Martgacha mening jamoam ham 25-30 o’yin o’tkazib ulguradi, shuninguchun terma jamoaga Runiga hordiq olish imkoniyatini bering deb aql o’rgatmoqchiemasman.

Ehtimol o’zim yaqin ikki oy ichida unga ma’lum vaqt ta’til berarman», – deydiMoyes

Муҳокама

24.11.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes klub 40 yoshli yarim himoyachi Rayan Giggzgayangi shartnoma taklif qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

«Uning o’yinidayaqin orada pasayish kuzatilmasa kerak. Rayan murabbiylikka dastlabki qadamlarnitashladi, ammo hali yana futbol o’ynay oladi.

Bunday qarorlarso’nggi lahzada qabul qilinadi. Uning yoshida yarim yilda qaror qabul qilish og’ir.

Yozda markazni kuchaytirmoqchi edik, ammo bittaginafutbolchi sotib oldik xolos», – deydi Moyes The Telegraph nashriga

Муҳокама

24.11.2013

«Benfika» yarim himoyachisi Nemanya Matich uchun «Manchester Yunayted» va «PSJ» jamoalari raqobatga kirishdilar.
25 yoshli yarim himoyachini har ikki jamoa vakillari «Braga»ga qarshi kechgan uchrashuvda kuzatganlar. Ushbu o‘yinda Matich yagona golni kiritib, «Benfika»ga g‘alaba keltirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvval «Real», «Napoli» va «Chelsi» jamoalari ham Matich bilan qiziqqani xabar qilingan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Haridlarni inkor etmayman

24.11.2013

«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Devid Moyes jamoasining yanvar oyidagi haridlarihaqida gapirdi.

«Bu klub boshqalardankelajakni o’ylashi bilan farq qiladi. Men yaqin 4-5 yil ichida Premer-liga va ECHLdatengsiz bo’ladigan jamoa tuzishni reja qilmoqdaman.

Bu uzoq davometadigan reja. Buni ustida ishlamoqdamiz, boz ustiga bitta transfer mavsumida barchanarsani ildizi bilan o’zgartirib bo’lmaydi.

Buning uchunikki, uch, hattoki to’rtta transfer mavsumi kerak bo’ladi. Yanvar oyidagi haridlarbilan barcha qiyinchilik va muammolardan qochish mumkinligi haqidagi fikr - noto’g’ri.

Men hech kimnisotib olmoqchiman demoqchi emasman. Agarda imkoniyatlar paydo bo’lsa biz undan foydalanamiz,biroq sotib olmoqchi bo’lgan futbolchilarimiz bizning talablarga javob berishlarikerak.

Aks holda biz yozni kutishimiz kerak bo’ladi», – deydiMoyes

Муҳокама