Sulsher: Haligacha «biz» deb gapiraman
23.11.2013

Taniqli norvegiyalikfutbolchi «Old Trafford»da 10 yil o’ynadi va «Manchester Yunayted» safida 235 uchrashuvo’tkazib 91 gol kiritdi. Sulsher klubning yuqori o’rinlar uchun kurasha olishigaishonmoqda va mankunianliklar murabbiyi o’zgargan bo’lsa ham jamoa sovrinlar uchunkurasha olishiga umid qilayapti.
«Devid (Moyes)juda sekin start oldi, lekin mexanizm ishlab ketdi. Shu sababli klubning ishlaridanxursandman, boshqa nomzod jamoalar ham u qadar uzoqlashib ketishmagan».
«ManchesterYunayted» va «Chelsi» – menimcha chempionlik uchun ikki asosiy nomzod. Albatta «Yunayted»dasovrin olish imkoniyatlari mavjud. Ular boy tarixga ega klubda o’ynashadi va mahoratlio’yinchilar ham etarli».
«Devid futbolchilar bilan til topishib olgach hammasibundan-da yaxshi bo’ladi. Haligacha «biz» deb gapiraman! Garchi bu erda faoliyatimniboshlaganimdan 15 yil o’tgan bo’lsa ham o’zimni klub ichida his qilaman», – deydiSulsher Sky Sports nashriga bergan intervyusidaFerdinand: Buni qabul qilish qiyin
23.11.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand joriy mavsum uning uchun «Old Trafford»dagiso’nggisi bo’lishi mumkinligini rad qilmayapti.
Ferdinand o’tganturdagi «Arsenal» (1:0) bilan o’yinda asosiy tarkibga kirmay qolgandi.
«Murabbiy buo’yinda shunchaki mendan foydalanmaslikka qaror qildi. Men hafta o’rtasida o’ynagandim,uikendda esa jamoadan chetda qoldim. Har bir uchrashuvda maydonga tusha olmasligimhaqidagi faktga ko’nikishim kerak.
Buni qabul qilishqiyin, ammo professional bo’lish kerak. Endi bu barcha o’yinchilarga taalluqli.Jamoamizda iste’dodli o’yinchilar talaygina, ayniqsa mening pozitsiyamda.
Keyingi mavsumda ham «Yunayted»da o’ynaymanmi? Bilmayman.Men oldim ushbu mavsumni tugatishim kerak. Umid qilamanki, uni tugata olaman. O’tganmavsumda ham shunday degandim. Men joriy mavsum oxiriga nazartashlamoqchi emasman, u erga etib borganda kelajagim haqida o’ylab ko’raman», –deb Ferdinandning so’zlaridan keltiradi Daily MirrorMoyes: Bizda murabbiy o’zgardi
23.11.2013

«ManchesterYunayted» ustozi Devid Moyes fikricha, u hech qachon jamoasi chempionlikpoygasidan chiqib ketishi haqida o’ylamagan.
«Men hechqachon jamoa chempionlik uchun kurashni to’xtatgani haqida o’ylamaganman.
Avvaldanoqbarcha voqealar qay yo’sinda davom etishini yaxshi bilardim. Bizda murabbiyo’zgardi, bu jarayon hamisha ayrim muammolar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.Men bu haqida bir necha bor takrorlaganimdek, «Manchester Yunayted» natijalarivaqt o’tgan sari faqat yaxshilanmoqda.
«Everton»da ham men mavsumni ko’ngildagidek boshlayolmagandim. Biz o’z o’yinimizni ko’rsatishni boshlashimizga va buyog’iga faqatrivojlanishda davom etishimizga umid qilaman», – deydi shotlandiyalikmutaxassisFerdinand: Drakslerda nimadir bor
23.11.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand «Shalke-04» yarim himoyachisi YulianDrakslerning o’yiniga baho berib o’tdi.
Ferinandningaytishicha unga yosh futbolchining o’yini yoqqan va gelzenkirxenliklar yoshyarim himoyachisiga Evropaning bir necha grandlari qiziqayotgani bejiz emas.
«Yosh Drakslerdanimadir bor … Uning o’yinidagi o’ziga xoslik menga juda yoqdi», – deydiFerdinand.
Eslatib o’tamiz, yozgi transferlar vatqidaDrakslerga «Real», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Siti» qiziqishgandi.Drakslerning transfer qiymati 45,5 mln evroni tashkil etadiAnderson: Sharoitlar meni qoniqtiradi
23.11.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Andersono’yin amaliyotiga kam ega bo’layotganiga qaramay jamoadan ketish niyatiyo’qligini ma’lum qildi.
«Bu yilgimavsumda atigi ikki o’yinda maydonga tushdim, bor kuchim bilan o’ynab jamoagafoyda keltirishga urindim. Ammo maydonda qisqa fursatda nimadirqilishing qiyin.
Lekin menbundan norozi emasman. Sharoitlar meni qoniqtiradi. Agar murabbiy foydam uchunqaror chiqarishni istasa uning fikriga qo’shilishga tayyorman.
Moyes bilanvaziyat borasida gaplashganim yo’q chunki uni u qadar yomon deb hisoblamayman.Ushbu klubni sevaman va olti yildan oshiq vaqt davomida bu erda o’ynabkelayapman.
Menendigina 25daman va oldinda hali yana 7 yilcha vaqtim bor. «Old Trafford»dayana ancha vaqt qolishim mumkin va hamma narsadan qoniqayapman», – deya so’zigayakun yasagan braziliyalik futbolchi.
Avvalroq Andersonning xizmatlariga «Fulxem»qiziqayotgani xabar qilingandiMakeda yana «Donkaster»ga berildi
22.11.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Federiko Makeda yana «Donkaster» klubi safiga ijara asosida o‘tdi.
Klublar o‘rtasidagi kelishuv 31 dekabrgacha mo‘ljallangan, deya xabar beradi Angliya chempionlari rasmiy tvitteri.
Eslatib o‘tamiz, Makeda «Donkaster» safida sentyabr va oktyabr o‘ylarida to‘p surgan, biroq maʼlum muddat jarohati sabab Manchesterga qaytgan edi«MYu» Vidichga yangi shrtnoma taklif qildi
22.11.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi hamda sardori Nemanya Vidich jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi.
Britan OAVlarining maʼlumotiga ko‘ra, serb shartnomasini yana bir yilga uzaytirmoqchi. Shartnoma borasidagi yakuniy qaror tez kunlarda e’lon qilinadi.
Avvalroq Vidichga «Roma» va «Yuventus» jamoalari qiziqish bildirishgan edilar«MYu» Draksler bilan qiziqmoqda
21.11.2013

Mankunianliklar skautlari ushbu mavsum besh bora o‘yinchini ko‘zatib borishgan. «Manchester Yunayted» 2014 yilning yozida futbolchining transferi borasida taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
«Qizil iblislar» rahbariyati Germaniya termasi aʼzosini 30 million funt evaziga qo‘lga kiritmoqchi, ammo uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 39 million funtni tashkil qiladi.
Aytish joiz, Drakslerga shuningdek, «Chelsi», «Arsenal», «Bavariya», «Real» va «Manchester Siti» kabi klublar ham qiziqish bildirishmoqda
«Everton» Beynsni sotishga rozi
21.11.2013

Fil Jons jaroxat oldi
20.11.2013

The Daily Mail nashri xabar berishicha jamoa himoyachisi Fil Jons jarohat tufayli 10 kun maydonga tusha olmasligi mumkin.
21 yoshlifutbolchi Angliya terma jamoasi yig‘ini vaqtidagi mashg‘ulotlarda kichik jaroxat olgan shu sababli futbolchi APL dagi «Kardiff» va Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi «Bayer» jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi majbur.
So‘ngi uchrashuvlarni Jons ajayib tarzda o‘tkazib kelmoqda edi. Shu sababli u terma jamoa yig‘inlariga chaqirilgan