19.11.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining murabbiylar shtabini kuchaytirishda davom etmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Moyes premer-liganing «elita» futbolchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jon Mertoni «Old Trafford»ga o‘tishiga ko‘ndirgan.

Moyes Merto bilan «Everton»dagi faoliyatidan juda yaxshi tanish, o‘sha vaqtlarda Jon jamoa akademiyasini boshqargan edi. Biroq yangi mutaxassisning kelishi ayni damda Angliya chempionlari akademiyasini yugrazayotgan Brayan MakKlerning faoliyatiga to‘sqinlik qilmaydi.

Klub skautlari tarkibini yana bir inson to‘ldiradi – Moyes bilan avvaldan «Everton»da ishlagan, «Chelsi»ning yevropa bo‘ylab skautlari boshlig‘i, Mik Dogerti.

Moyes butun dunyo bo‘ylab yaxshi aloqaga ega bo‘lgan ishonchli jamoa qurmoqchi, bu yo‘l orqali u transfer bozoridagi bo‘lajak muvaffaqiyatlarga tamal toshi qo‘ymoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik yangi shartnoma imzoladi

19.11.2013

The Daily Mail xabariga ko‘ra jamoa Maykl Karrik bilan yangi shartnoma imzoladi, unga ko‘ra futbolchi «Old Trafford»da yana 2,5 yil faoliyat olib boradi.

Xabarda aytilishicha futbolchi bilan bir necha hafta muzokara olib borilgan va natija ijobiy yakun topgan. Bu xaqida 32 yoshli futbolchi hafta yakunida xabar berishi kutilmoqda.

Futbolchi bir necha oy avval jurnalistlarga bergan intervyusida faoliyatini «Yunayted» da yakunlamoqchi ekanligini bildirgan edi.

Maykl Karrik: «Men «Yunayted» da o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Bu fantastik jamoa, men bu yerda faoliyatimning asosiy davrini o‘tkazmoqdaman. Xozirgi vaqtda men o‘zimni yaxshi xis qilmoqdaman. 32 yosh bo‘lishimga qaramay yana bir necha mavsum jamoada to‘p surmoqchiman»

Муҳокама

19.11.2013

Manchester Evening News nashri xabar berishicha «Yunayted»yarim himoyachisi Anderson yanvar oyida «Fulxem» jamoasiga ijaraga berilishi mumkin.

25 yoshli braziliyalik futbolchi yetti mavsumda buyon «Old Trafford» da faoliyat olib bormoqda.

Uning «Fulxem» ga ijaraga berilishiga asosiy sabab qilib «Yunayted» ning sobiq bosh murabbiyiser Aleksning yordamichisi Rene Melensten ushbu jamoa murabbiylar shtabidan o‘rin olgani ko‘rsatilmoqda.

Ushbu mavsumda Anderson asosiy tarkibda ikki bora maydonga tushib ikkinchi bo‘limda almashtirilgan.

Муҳокама

19.11.2013

­Nigeriya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Kelechi Ixenachofaoliyatini «Manchester Yunayted» jamoasida davo ettirishi mumkin.Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra «Qizil iblislar»rahbariyati 17 yoshli vunderkinni jamoga olib kelish uchun kurashga qo‘shilgan.

Futbolchi uchun hozirda yevropning bir qtor top jamoalari qiziqish bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kelechi Ixenachoyaqinda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yahshi o‘yinchisi siftida tan olingan edi. Ushbu musoboqada futbolchi raqiblar darvozasini 6 bora ishg‘ol qilib 7 golga assistentlik qilgan edi

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» kichik Messiga xaridor

19.11.2013

«Dandi Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Rayan Gauldga «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida GIGAfootball.Net nashri britaniya OAVlarga tayanga holda xabar bermoqda.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes futbolchining o‘yinlarini bir nechabor kuzatgan. 17 yoshli xujumkor yarim himoyachiga «kichik Messi» sifatida qarashmoqda.

«Dandi Yunayted» jamoasi rahbariyati futbolchi uchun 5 million funt sterling mablag‘ talab qilishmoqchi.

Муҳокама

19.11.2013

The Daily Mail nashrining xabar berishicha, «Yunayted» ning yosh vingeri Uilfrid Zaxa yanvar oyida «Nyukasl»jamoasiga ijaraga berilishi mumkin.

Nashrning xabariga ko‘ra ushbu haftada jamoa rasmiylari bu xaqida muzokara o‘tkazib olishga kelishishgan. Muzokara ijobiy yakun topsa 20 yoshli futbolchi mavsumni qolgan qismini «Nyukasl» jamoasi tarkibida o‘tkazishi mumkin.

Futbolchi «Yunayted» jamoasi tarkibida ushbu mavsumda bir bora Kubok o‘yinida maydonga tushdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Uelbekning jaroxati jiddiy

19.11.2013

Denni Uelbek 5-6 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqida The Daily Mail nashri «Yunayted» shifokorlari xabariga tayangan holda xabar berdi. 22 yoshli xujumchi tizzasidan olgan jarohati tufayli jarohlik amaliyotidan ham o‘tishi kutilmoqda.

Uelbek hozirda davolanishda, uning tiklanish jaryoniga qarab operatsiya qilinishi ham mo‘ljallangan. Bundan avval ham futbolchi ushbu jarohat tufayli bir necha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Taxminlarga ko‘ra futbolchi maydonga yanvar oylarida qaytishi mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Sanches - kuchli hujumchi

17.11.2013

MYu va Angliyaterma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanchesnimaqtadi.

«Sanches yana bir bor kuchli hujumchi ekanligini isbotlayoldi. U Chili va «Barselona» tarkibidagi o’yinlarda buni namoyish etib kelmoqda.O’ylashimcha, Aleksis buyuk futbolchi bo’la oladi», - deydi Runi El Mercurio nashriga.
Eslatib o’tamiz, kuni kecha bo’lib o’tgan Angliya - Chili o’rtasidagi o’rtoqlikuchrashuvida (0:2) Sanches ikkita gol urdi

Муҳокама

17.11.2013

«ManchesterYunayted» o’z hujumchisi Xaver Ernandes bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaraboshladi, deb xabar bermoqda Goal.com.

Klubdagilar Ernandesga jamoaga juda muhim o’yinchi ekanliginitushuntirishgan.
«Manchester Yunayted» futbolchining maoshini 60 ming funtgacha oshirib uzoq muddatlishartnoma taklif qilmoqchi. Ernandesning hozirgi shartnomasi yana ikki yil amalqiladi.
Eslatib o’tamiz, yaqinda meksikalik futbolchiga «Arsenala» va «Tottenxem» qiziqayotganihaqida xabarlar chiqqandi

Муҳокама

Янгиликлар /

Qishki transfer uchun 100 million

15.11.2013

Britaniya nashrlariningxabar qilishicha, «MYu» ustozi qishki transfer uchun klubdan 100 million evro olgan.Shotlandiyalik murabbiy bu mablag’ga birinchi navbatda hujum chizig’ini kuchaytirishnirejalashtirgan.

Bundan tashqari,OAV vakillari Roysning transferi haqida ham yozishgan. «MYu» yozda Marko Roys bilanjiddiy qiziqqan edi. Ammo «Borussiya» hujumchini 35 milliondan kamiga qo’yib yubormoqchiemas. «MYu» esa Shinji Kagava va qo’shimcha pul bermoqchi.

Manchesterliklarfaqat Roys bilancheklanmasdan, Kolumbiya va «Monako» hujumchisi Radamel Falkaoga ham ko’z tikmoqda.

«MYu» rasmiylarining xabar berishicha, Moyes kolumbiyalikniqishki transferlar paytida eng muhim xarid, deya baholamoqda. Ular Falkao uchun katta summa sarflashga tayyor

Муҳокама