Янгиликлар /

Tim Xovard: Moyes uddalaydi

15.11.2013

«Everton» posboniTim Xvard Devid Moyesning «MYu» bilan yaxshi natijalarga erishishiga ishonmoqda.Xabaringiz bor, murabbiy «Everton»da o’n yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olibborgan.

«Men uning qo’lostida futbolchi sifatida o’sdim. Ortga qarar ekanman u mening faoliyatimda kattao’rin tutgani haqida o’ylayman. Men yaxshi o’ynaganimda u menga bildirmay olqishlardi.Yomon o’ynaganimda esa yuzimga aytardi. U otaga o’xshardi.

Moyes mengaishonardi, lekin bu ishonch ostida katta masuliyat yotardi. Uning halol inson ekaninialohida qadrlayman.

Moyes yuqori darajadagi murabbiy va qo’l ostidagi futbolchilarninghammasini eng yaxshi o’yinchiga aylantira oladi. U «MYu»ga mos tushadi. Albatta,Aleks Fergyusonning o’rnini egallash oson emas, lekin Moyes uddalaydi»,- deydi futbolchi

Муҳокама

14.11.2013

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasirahbariyati «Barselona» yarim himoyachisi Andres Inestaning kataloniyaliklarbilan yangi shartnoma borasidagi kelishuvlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Agar 29 yoshli futbolchi Ispaniyagrandi bilan yanvar oyigacha kelisha olmasa, «Manchester Yunayted» darhol uningtransfer huquqini to‘laligicha sotib oladi. Bu haqida Daily Mail nashri xabartarqatdi.

Sal avvalgi xabarlarda «Barselona»Inestaning maoshini yiliga 12 million yevrogacha ko‘tarishni vaʼda bergandi. Ammo,muzokaralar futbolchining ko‘proq pul talab qilayotgani bois cho‘zilib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachiningklub bilan amaldagi shartnoma 2015 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

13.11.2013

«Liverpul»sardori Stiven Jerrard «Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi AleksFergyusonning tanqidiga o’z munosabatini bildirdi.

Mutaxassiso’z avtobiografiyasida «Jerrard hech qachon top-futbolchi bo’lmagan» debyozgan.

– U o’zfikriga ega. Aslida men uning muxlisiman. Fergyuson dunyoning eng yaxshimurabbiylaridan biri edi. Ushbu fikrdan so’ng men tunlari uxlamay qo’ymayapman.Faoliyatim davomida ko’plab odamlar, shu jumladan Fergyuson ham maqtagandi. Xattobir marta u menga shartnoma taklif qilgandi.

Ayni paytda «Liverpul» ustozi Brendan Rodjers vaAngliya bosh murabbiyi Roy Xodjsonning fikri menga qiziqroq. Menimcha ulargamening o’yinlarim yoqmoqda, shu eng muhimi, – deydi Jerrard «Daily Mail»nashriga

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea: Tanqid kimga ham yoqardi?

13.11.2013

«ManchesterYunayted» darvozaboni David De Xea klubdagi faoliyati biroz omadsiz tarzda boshlangani,keyinchalik o’yinlari yaxshilanib ketishiga sabab bo’lganini ta’kidladi.

«ManchesterYunayted»ga endi kelgan vaqtlarimda ancha qiynalganman. Har tomondan tinimsiz ravishdatanqid eshitaverish kimga ham yoqardi? Biroq o’sha tanqidlar menga qo’shimcha motivatsiyaberdi va yanada kuchli bo’lishimga ko’mak bo’ldi».

U payt ancha yosh edim. Yangi o’yin uslubiga o’rganishim,yangi jamoadoshlar bilan hamkorlikka ko’nikish qiyin kechgan. Ko’nikishga vaqt talabetilgani, normal holat deb bilaman», deydi de Xea

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik jarohat oldi

13.11.2013

«Manchester Yunayted» rasmiylari jamoa yarim himoyachisi Maykl Karrikni jarohat olganini rasman tasdiqlashdi.

Maʼlumotga ko‘ra futbolchi safga qaytishi uchun 3-6 hafta kerak bo‘lar ekan. Uni oyog‘ining to‘piq qismidagi og‘riq bezovta qilgan.

32 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda jamoaning o‘tkazgan 18 uchrashuvning 15 tasida maydonga tushishga ulgirgan. U dekabr oylarida safga qaytishi kutilmoqda.

Муҳокама

13.11.2013

«Manchester Yunayted»ning «Real» yarimhimoyachilari Anxel Di Mariya va Sami Xediraga nisbatan qiziqishi ortib bormoqda.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar skauti Fil Nevill «qirollik klubi»ning «Sevilya»ga qarshi uchrashuvini (7:3) tomosha qilgan va Xediraning o‘yiniga baho bergan. Ushbu futbolchi 42 million yevroga baholanmoqda.

Bundan tashqari, «MYu» Di Mariyaga ham befarq emas. Inglizlar uning uchun 21 million yevro to‘lashga tayyorlar

Муҳокама

13.11.2013

«MYu» hujumchisi Robin van Persi Gollandiya terma jamoasining Yaponiya va Koloumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, futbolchi Angliya chempionatidagi tanaffusdan foydalanib, oyog‘ining barmog‘idagi jarohatini davolatmoqchi.

Taʼkidlash joizki, futbolchi o‘tgan turdagi «Arsenal»ga qarshi o‘yinda og‘riq qoldiruvchi preparatlar yordamida maydonga tushgan.
Joriy mavsumda van Persi premer liga doirasidagi 10ta uchrashuvda maydonga tushgan va 7ta golga mualliflik qilgan

Муҳокама

13.11.2013

Angliyaning «Yunayted» klubi yarim himoyachisi Maykl Karrik «qizil iblislar» bilan yangi shartnoma imzolamoqchiligini taʼkidlab o‘tdi.

«Yunayted» da faoliyatimnining oxiriga qadar qolishga umidvorman. Bu fantastik jamoa va bu yerda ajoyib damlarni o‘tkazyapman. Men 32 yoshdaman. Men yaxshi sport formadaman hamda yana bir necha yil davomida samarali o‘yin ko‘rsata olaman», - dedi Karrik

Муҳокама

Янгиликлар /

Lindegor Italiyaga ketishi mumkin

13.11.2013

«Manchester Yunayted» klubi darvozaboni Anders Lindegor jamoani tark etishi mumkin.

Goal.com nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Italiyaning bir nechta klublari «MYu» bilan daniyalik posbonning transferi borasida bog‘lanishgan, biroq hozircha rasmiy taklif bo‘lganicha yo‘q.

«Yunayted» 29 yoshli darvozabonini 4-5 million funt evaziga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Lindegor so‘nggi bora premer-liga doirasida o‘z jamoasi darvozasini o‘tgan yilning dekabr oyida qo‘riqlagan

Муҳокама

13.11.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin van Persi «Arsenal»ga qarshi kechgan uchrashuv yakuniga yetgach, sobiq jamoasi kiyinish xonasiga kirib, Arsen Venger shogirdlariga tasalli bergan.

Robin van Persi sobiq jamoasining Angliya chempionatida yetakchilik qilayotganidan hayratga tushganini alohida taʼkidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 1:0 hisobida «Manchester Yunayted» foydasiga hal bo‘lgan va yagona golni Robin van Persi kiritgan edi

Муҳокама