«MYu» Marko Roysni sotib olmoqchi
12.11.2013

Dortmundning«Borussiya» klubi yarim himoyachisi Marko Roys «Manchester Yunayted» qiziqish doirasidabo’lib turibdi.
Xabar qilinishicha,«MYu» rahbariyati 24 yoshli yarim himoyachining o’rniga Sinji Kagavani «Borussiya»gataklif qilmoqchi. Yaponiyalik hujumchi aynan «Borussiya» tarkibidan mankunianliklarsafiga kelib qo’shilgan edi.
Eslatib o’tamiz, Marko Roys bilan «Barselona» va «PSJ»klublari qiziqish bildirganlarSAF «Sport dunyosining yil odami»
12.11.2013

Ser Aleks Fergyusonsportdagi uzoq yillik mehnatlari uchun VVSning har yilgi «Jahon sportida yil odamlari»sovrinini oladi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan. Sovrinni topshirish marosimi15 dekabr kuni Lidsda bo’lib o’tadi.
Xabaringiz bo’lsa,avvalroq - 2004 yilda Fergyuson VVSga boykot e’lon qilgan. Bunga Fergyuson o’g’liningagentlik faoliyatiga bag’ishlangan bahsli hujjatli filmi sabab bo’lgandi. Shundanso’ng 7 yil davomida ser ushbu kompaniya jurnalistlari bilan suhbatlashishdan ko’rabuning uchun jarima to’lashni afzal bilib keldi. Tomonlar 2011 yilda yarashishdiva bu yilgi yuqorida nomi keltirilgan sovrinning topshirilishi o’rtadagi kelishmovchiliklarningbutkul barham topishiga sabab bo’ladi.
Fergyuson busovrinni ikki marta olgan birinchi shaxsga aylanadi. Bungacha u 2001 yilda ham ushbumukofot sohibi bo’lgan.
Futbolda Fergyusondan tashqari, VVS sovriniga Jorj Best,Pele, ser Bobbi Robson, ser Bobbi Charlton va Devid Bekxemlar sazovor bo’lganlar«MYu» «Benfika» futbolchilarini kuzatmoqda
12.11.2013

«ManchesterYunayted» skautlari shanba kuni Portugaliya kubogining 1/16 final doirasidagi «Benfika»va «Sporting» o’rtasidagi o’yinni kuzatib bordilar. A Bola xabariga ko’ra, «MYu»vakillari yarimhimoyachilar Nikolas Gaitan va Nemaniya Matich, shuningdek himoyachiEsekiel Garayga alohida e’tibor bilan qaramoqdalar.
Manchesterliklar Gaitan va Matichning xizmatlariga AleksFergyuson bosh murabbiy bo’lgan paytlarda ham qiziqqandilar. Endi Angliya chempionlariDevid Moyes boshqaruvida ularni yana kuzata boshlaganlarvan Persi: G’alaba qozonishimiz muhim edi
11.11.2013

«MYu»hujumchisi Robin van Persi Angliya chempionati doirasidagi «Arsenal»ga qarshikechgan o’yin haqida fikr bildirdi.
«Biz«Arsenal»dan 11 ochko ortda qolayotgan edik va g’alaba qozonishimiz muhim edi.Endi ancha o’zimizni o’nglab oldik. Bu g’alaba bilan biz 6 ochkoni qo’lgakiritdik.
Bugun «MYu» muxlislari haqiqiy 12-o’yinchi nomigamos tarzda bizni qo’llab-quvvatlashdi. Man Manchesterga kelganimdan buyon ularmeni yolg’iz qoldirishmaydi»,- deydi RobinVidich «Arsenal»ga qarshi o’yinda jarohat oldi
11.11.2013

«Manchester Yunayted» klubi markaziy himoyachisi Nemanya Vidich,Angliya chempionati 11-turidan o’rin olgan «Arsenal»ga qarshi o’yindan (1:0) so’ng,kasalxonaga yotishiga to’g’ri keldi.
Eslatib o’tamiz, serbiyalik futbolchi jamoa darvozaboni David De Xea bilanto’qnashib ketib, boshidan jarohat oldi va o’yinni davom ettira olmadiMoyes: «Arsenal» ajoyib o’ynamoqda
11.11.2013

«ManchesterYunayted» ustozi Devid Moyes APL 11-turidan o’rin olgan «Arsenal»ga qarshio’yindan (1:0) so’ng quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi.
«Ajoyib uik-end, bizda doim ham bundaybo’lmayapti. Juda muhim g’alaba – «Arsenal» bu mavsum haqiqatdan ham ajoyibo’yin ko’rsatmoqda, shu bois ijobiy natijaga erishish uchun biz bor kuchimizbilan o’ynashimiz talab etilardi.
«MYu»o’yinni yaxshi boshladi, futbolchilar o’ziga ishonch bilan to’p tepishdi, raqibtomonidan bosim bo’lganida bu bizga yordam berdi.
Ikkinchi bo’limda raqibda ko’proq bo’sh zonalarbo’ldi. Ammo yakunda baribir biz uch ochko egasiga aylandik», – deydi Moyes"Runi: G’alabali to’plarni kiritish zavqli
10.11.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya premer-ligasining 11-turidan o’rin olgan«Arsenal»ga qarshi o’yinning muhim ekanini aytib o’tdi.
«Oldinda yana28 ta o’yin bor, ligada istalgan narsa ro’y berishi mumkin. Bitta natija barchasinio’zgartirib yuborishi mumkin. Biz egallab turgan o’rindan peshqadamga etib olishmumkin, yakshanba kuni g’alaba qozonsak bunga yanada yaqinlashamiz.
«Arsenal» judayaxshi jamoa, ammo ayni paytda g’alaba bizga raqobatchimizga yaqinlashib olish imkoniniberadi.
Menga «Arsenal»ga qarshi o’yinlar doim yoqqan, bu kattaklub. Unga qarshi o’ynash va gollar urish yoqimli. Ayniqsa g’alabali to’plarni kiritish zavqli», – deydi RuniGiggz: Intizorlik bilan o’yinni kutyapmiz
10.11.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz «Arsenal»ga qarshi o’yinda «qizil iblislarautsayder bo’lishlari haqidagi qarashlarga qo’shilmaydi.
«ManchesterYunayted» «Arsenal» bilan «Old Trafford»da o’yinab ham aytsayder hisoblanyaptimi?Men bunday demagan bo’lardim. «Kanonirlar» ohirgi haftada «Liverpu» va «Borussiya»nimag’lub etib, yaxshi natijalar qayd etishdi. Shuning uchun ham ular o’z kuchlarigaishonch komil qilishgan.
«Raqib yaxshisport formasida, shuning uchun bizni qiyin o’yin kutib turibdi. Lekin biz ulardannima kutishni bilamiz. «Arsenal» to’pga egalik qilishga urinadi. Ularda buning uchunyaxshi futbolchilar to’plangan. «MYu» esa mavsumni o’zi istagancha boshlay olmadi.Shuning uchun biz natijalarimizni yaxshilashga urinamiz».
«Old Trafford»da biz istalgan jamoani mag’lub etishgaqodirmiz. «Arsenal»ga qarshi bizning maydondagi o’yinlar doimo qiziq kechgan. Ularyaxshi formada bo’lsa, biz ham formamizni yaxshilab boryapmiz va hammamiz intizorlikbilan o’yinni kutyapmiz», dedi Giggz«Yunayted» Xaediraga qiziqish bildirmoqda
08.11.2013

«MYu» muzeyi taqdirlandi
08.11.2013

«Manchester Yunayted» jamoasining rasmiy muzeyi eng ko‘rkam va tomashabob deb topilib Manchester shahrida turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi. Taqdirlash maraosimi Selforddagi «Louri» teatrida bo‘lib o‘tdi.
«Biz jamoa Muzeyi bilan faxrlanamiz, buyuk jamoaning tajribasi va tarixi bir joyda mujassam bo‘lgan, - deydi jamoaning moliya direktori Richard Arnold. – «Endi biz «Visit England -2013» milliy taqdirlash marosimida Manchester shahri nomidan ishtirok etamiz».
«Manchester Yunayted» jamoasining Muzeyi haqidagi maʼlumot jamoaning ramiy saytida maxsus bo‘limda berilgan"