Янгиликлар /

«MYu» Grizmannga xaridor

08.11.2013

«Real Sosedada» hujumchisi Antuan Grizmann yanvar oyidayoq La Ligadan Premer-ligaga o‘tishi mumkin, bu haqida ispan nashrlari xabar bermoqda.
22 yoshli iqtidor egasi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes katta qiziqish bildirmoqda. «Yunayted» rahbarlari ushbu masala yuzasidan aniqa taklif bilan chiqishlari kutilmoqda.
yevropaning ko‘plab OAV lari xabariga ko‘ra Antuanga hozirda ko‘plab top-jamoalar qiziqish bildirishgan.
«Grizmann hozirda jamoaning kerakli o‘yinchilaridan. Unga anchadan buyon ko‘plab yevropaning grand jamoalari qiziqish bildirishmoqda», - deydi futbolchining agenti Inyaki Ibanes.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Grizmann Primerodag 10 uchrashuv o‘tkazib raqib darvozalarini 7 bora ishg‘ol qilgan

Муҳокама

Янгиликлар /

Sasha Riter jazolanadi

08.11.2013

BBC Sport xabar berishicha Angliya Futbol Assotsiatsiyasi intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra «Fulxem» jamoasi himoyachisi Sasha Riter «MYu» (1:3) ga qarshi o‘yindagi qo‘pol xarakatlari uchun jazolanadi.

Qarorga ko‘ra futbolchi endilikda Angliya chempionatining uchta o‘yinini maydon tashqarisidan kuzatishga majbur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sasha Riter uchrashuvda «Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzayga nisbatan ishlatgan qo‘polliklari uchun o‘z rasmiy tvittiri orqali uzr so‘ragan edi

Муҳокама

08.11.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Arsenal» jamoasini Premer-liga bahsida mag‘lub etishlariga ishonishini aytib o‘tdi.
«Biz «Arsenal»ni mag‘lub etish imkoniyatiga aniq egamiz. Bu ishni avval ham bir necha bor amalga oshirganmiz.
Ayni vaqtda londonliklar juda yaxshi formadalar va chempionatda yetakchilik qilib bormoqdalar. Shu sababli o‘yin og‘ir bo‘lishi kutilmoqda.
Biz bu o‘yinga ishonch bilan chiqishimiz va «Arsenal»ga yetib olishimizga ishonishimiz lozim. Biz chempionlik uchun kurashga qaytishishimiz shart», - deydi Runi

Муҳокама

06.11.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoadoshi Robinvan Persining «Real Sosedad»ga qarshi kechgan uchrashuvda penaltidan gol uraolmagani borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Albatta hamma ham bunday vaqtda adashishi mumkin. Dunyodagiko‘plab hujumchilar penaltidan gol ura olmaganlar. Ishonchim komil, van Persigabu taʼsir o‘tkazmaydi», - deydi hujumchi.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Moskvaga kelishi mumkin

06.11.2013

Sports.ru portalining xabar berishicha Moskvaning «Spartak»jamoasi yangi o‘yingohining ochilishi munosabati bilan «Manchester Yunayted» jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida muzokaraga kirishgan.

«Spartak» jamoasi «Old Trafford» ga ushbu masala yuzasidan rasmiy taklif bilan chiqdi. Ikki narsa ushbu o‘yinni o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin: biri ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun Angliya chempionlari rahbariyati 3 million yevro so‘rashi mumkin bo‘lsa, ikkinchi sabab esa o‘yinning sanasi yani o‘yin JCh-2014 bahslari yakunidan 11 kun o‘tib bo‘lishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz,«Spartak» jamoasining yangi o‘yingohi ochilishi 2014 yil 24 iyul kuniga belgilangan.

Муҳокама

06.11.2013

Northwest Football Awards marosimida ser Aleks Fergyuson yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi.

May oyida murabbiylik faoliyatini yakunlagan murabbiy Lifetime Achievement tomonidan taqdirlandi. Ser Aleks «Old Trafford»da deyarli 27 yil ishladi va 13 karra Angliya chempioni bo‘ldi, besh marta Angliya kubogi, to‘rt marta Liga kubogi va ikki marta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.

«Men Lifetime Achievement ga ushbu sovrin uchun rahmat aytaman, – deydi Fergyuson. Menga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bu sovrin futboldagi eng so‘nggisi bo‘lib men uchun juda qadrli»

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz: Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz

06.11.2013

«MYu» yarim himoyachisi Rayan Giggz Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugun biz o‘yinni nazorat qilib turdik. Ikki, uch marta gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldik. O‘yinimizdan xursandmiz, ammo natijadan ko‘nglimiz to‘lmadi.

Ammo uydagi o‘yinlarning barchasida g‘alaba qozonsak va mehmondagi uchrashuvlarda durang natijaga erishsang, oldinga yurish imkoni bo‘ladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz», - deydi Giggz

Муҳокама

05.11.2013

2 dekabr kunidan boshlab britaniya kinoteatrlarida «Sinf-92» (The class of 92) deb nomlangan hujjatli film ekranlarga chiqadi. Film «Manchester Yunayted» jamoasi akademiyasi tarixidagi iqtidorli bitiruvchilari hayotiga bag‘ishlangan.

Fullwell 73 kino kompaniyasi tomonidan suratga olingan filmda akademiyaning afsonaviy bitiruvchilari – Devid Bekxem, Niki Batt, Rayan Giggz, Pol Skoulz, Gari va Fil Nevillar ishtirok etishgan.

Fullwell 73 kompaniyasi xabariga ko‘ra film dastlab London va Manchester shaharlarida namoyish qilinadi. Kelasi haftada esa filmning namoyish ko‘lami haqida batafsil maʼlumot berilishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Zaxa+7 milion= Beyns

05.11.2013

«Yunayted» jamoasi rahbarlari «Everton» jamoasi himoyachisi Leyton Beynsni sotib olish niyatidan qaytishmadi.
Britaniya matbuotining xabar berishicha «qizil iblislar» «Everton» jamoasiga yangi taklif bilan chiqishni rejalashtirishgan. Unga ko‘ra Beyns uchun«Yunayted» Uilfrid Zaxa va unga qo‘shimcha ravishda 7 million funt taklif qilishmoqchi.

Муҳокама

05.11.2013

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Marko Roysga«Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

GIGAfootball.Net nashrining xabar berishicha «Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes 24 yoshli Germaniya terma jamoasi azosi uchrashuvlarini kuzatib bormoqda va tez orada«Borussiya» jamoasiga ramiy taklif bilan chiqish rejalashtirilmoqda.

Futbolchining taxminiy bahosi 25 million funt sterling ekanligi maʼlum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Marko Roysga shuningdek «Barselona», «Chelsi» va «Arsenal» jamoalari ham qiziqish bildirishgan

Муҳокама