04.11.2013

«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari «Portu»ning ikki futbolchisiga haridor bo‘lishmoqda.

Manchester jamoalari «Portu» ning ikki himoyachisi argentinalik Nikolas Otamendi va fransuz Elyakime Mangalani o‘z jamoalari tarkibida ko‘rish uchun kurashga kirishishdi.

Ikki jamoa ham futbolchilar uchun 65 million funt mablag‘ berishga tayyor, lekin «Ajdarlar»ga rasmiy taklif bilan chiqishgani yo‘q.

Munozalar kelasi haftada boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz Mangala uchun «Chelsi», «Monako» va «Barselona» jamoalari ham kurash boshlashgan.

Муҳокама

04.11.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin van Persi Angliya Premerligasida gol urish borasida gollandiyalik futbolchilar ichida birinchi o‘ringachiqib oldi.

«Fulxem»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:1) Van Persi hisobida128ta gol mavjud.

Oldinroq birinchi o‘rinni«Lids», «Charlton», «Chelsi» va «Midlsbro» jamoalarida to‘p tepgan Jimmi FloydXasselbaynk egallab turgandi. Uning hisobida 127 ta gol bor edi.

Муҳокама

02.11.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Ueyn Runi haqida gapirib,u sardor bo’lish uchun barcha kerakli sifatlarga ega ekanini ta’kidladi.

«O’ylashimcha, Ueynda sardor bo’lish uchun har doimetarli sifatlar bo’lgan. Eng muhimi - unda futbolga bo’lgan muhabbat bor. Unga iste’doditabiat tomonidan berilgan. U etakchi. Jamoadoshlarini o’z ortidan ergashtira oladiva Runi hozirda shunday qilishga ham urinyapti. Kelajakda u «Manchester Yunayted»sardoriga aylanishi mumkin», dedi Moyes

Муҳокама

02.11.2013

«Tottenxem»ustozi Andre Villash-Boash «Manchester Yunayted» yana peshqadamlar orasiga qaytishigaishonadi.

- Aytishim mumkinki ular qiyin ahvolda emaslar, jamoaqiyin taqvim tufayli o’yinlarda ochkolarni boy berdi. Endi kurashga qaytish uchunbor kuchi bilan o’ynaydi. «MYu» mavsum oxiriga qadar yana peshqadamlar orasiga qaytadi.Premer-Liga uchun juda kichik muddat o’tdi xolos, ular hatto birinchi o’rin uchunkurashishadi deb o’ylayman, - deydi Villash-Boash ESPN ga

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Menda shubha yo’q

02.11.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Runi - van Persi juftligi jahonning eng yaxshifutbolchilari darajasida o’ynay olishini ta’kidladi.

«Ueyn va Robinyaxshi sport formasida ekanliklarida nafaqat Angliyaning, balki jahonning eng yaxshifutbolchilari darajasida o’ynay olishadi. O’yinlari o’xshayotgan vaqtda ular haqiqatdanham jahonning eng kuchli futbolchilariga aylanishadi. Bunga menda shubha yo’q. Ularninghar ikkisi ham juda iste’dodli futbolchilar va tug’ma to’purarlar».

«Har ikkisi ham bir necha pozitsiyalarda o’ynay olishadi.Shuning uchun ham men ular sport formalarining eng yuqori cho’qqisiga chiqishlarinikutyapman. Jamoa o’z o’yin ritmiga tushib olgach, bu juftlikni to’xtatish imkonsizgaaylanadi», dedi Moyes

Муҳокама

02.11.2013

«ManchesterYunayted» Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Sami Xedirani yanvarda o’z safigaqo’shib olmoqchi.

Ma’lum bo’lishicha, aslida «qizil iblislar» germaniyalik futbolchiniyozga transfer so’nggida xarid qilishga uringan. Biroq 40 million evro (34 mln. funt)lik jiddiy taklifniQirollik klubi rad etgan.

Bir muncha vaqtavval Xedira o’zini Ispaniyada baxtli his qilayotgani, biroq Joze Mourino bilanqayta ko’rish ustagi ham yo’q emasligiga sha’ma qilgandi.

ESPN nashri yozishicha, «MYu» ustozi Devid Moyesningtopshirig’iga ko’ra, yordamchisi Fill Nevill futbolchining harakatlariga baho berishuchun «Real» – «Sevilya» bahsini stadionda kuzatib borgan

Муҳокама

Янгиликлар /

Evra: Endi har bir o’yin muhim

01.11.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Patris Evra, natijalarni qo’lga kiritishda jamoa barqarorlikniqaytarib olishi lozim ekanini ta’kidlamoqda.

«Muammo yomono’ynayotganimizda emas, etarlicha yaxshi o’ynay olmayotganimizda. Biz barqarorlikniyo’qotdik. Agar sovrinlar uchun kurashishni istasak uni darxol qaytarishimiz talabetiladi. Endi bir o’yinni yutib, ketidan keyingisini yutqazish yoki durang qaydetish yaramaydi. Endi har bir o’yin muhim».

«Hozir biz ketma-ket ikki-uchta o’yinda g’alaba qozonmoqchimiz.Biroq ketma-ket 10 o’yinni g’alaba bilan yakunlasakkina, «Manchester Yunayted» avvalgidarajasiga qaytdi, deb ayta olaman. Hozircha esabunday deb bo’lmaydi», dedi Evra

Муҳокама

Янгиликлар /

Bekxem: Fergyuson menga ishonardi

01.11.2013

Angliya termajamoasi sobiq sardori Devid Bekxem 2003 yil «Manchester Yunayted»dan ketganidanso’ng ikki yil davomida bu jamoa ishtirokidagi o’yinlarni ko’rmaganini aytib o’tdi.

«ManchesterYunayted»ga kelganimdan so’ng bu erdan ketishni umuman istamaganman. Meni transfergaqo’yishganida birinchi marta «Real» vakillari bilan gaplashgandim. Ikki yil davomida«Manchester Yunayted» o’yinlarini ko’ra olmaganman. Juda xafa edim. Bundan chiqibketish juda qiyin bo’lgandi», — deydi Bekxem.

«Yoshligimdan orzu qilgan jamoada o’ynash imkonini bergan inson haqida yomongap aytmoqchi emasman. Fergyuson menga ishonardi. Uning qo’l ostida 12 yil to’ptepganman. U eng zo’ri», — deydi Bekxem

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz va Gari Nevil restoran ochdi

01.11.2013

Shu yilning dekabr oyida «Yunayted» o‘ynovchi murabbiyi Rayan Giggz va jamoaning sobiq sardori Gari Nevill bilan hamkorlikda tashkil etgan restorani ishga tushirishmoqchi.

Restoran London shahring Stretford tumanidagi «Vestfild» savdo markazida joylashgan bo‘lib Cafe Football deb nomlangan. Bu haqida The Daily Mail nashri maʼlumot berdi.

Cafe Football 140 kishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib o‘ziga xos turli xil taʼomlar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Муҳокама

01.11.2013

The Daily Mail nashrining xabar berishicha «Kardiff Siti» jamoasi «Manchester Yunayted»ga Uilfrid Zaxani ijaraga olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqan va agar jamoalar kelisha olsalar yanvarda futbolchi ijaraga berilishi mumkin.
Zaxa ushbu mavsumda ikki bora rasmiy o‘yinda maydonga tushgan xolos. Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes futbolchini ijarasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish mumkinligini taʼkidlagan edi.
Zaxani ijaraga olish bo‘yicha «Suonsi», «Nyukasl», «Vest Brom» va «Stok Siti» jamoalari qiziqish bildirishgan

Муҳокама