Янгиликлар /

Bruklin Bekxem «MYu» ko‘rigida

01.11.2013

Afsonaviy yarim himoyachi Devid Bekxem o‘zining 14 yoshli o‘g‘li bo‘lgan Bruklin Bekxemni «Manchester Yunayted» jamoaning mashg‘ulotlariga olib keldi.

Devid o‘g‘li - Bruklinning iqtidorini o‘zining jonajon jamoasida sinab ko‘rishni istayapti.

Agar «Manchester Yunayted» jamoaning mutasaddilari Bruklinning iqtidorini yetarli deb hisoblashsa, kichik-Bekxem jamoa Akademiyasida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Bekxemlar oilasi Los-Andjeles shahrida yengil avtohalokatga uchragandi. Unda hech kim shikast olmadi.

Муҳокама

01.11.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Rayan Giggz tez kunlarda Uels terma jamoasi qabul qilib olishi mumkin.

Sport Mediaset nashrining xabariga ko‘ra, Uels futbol federatsiyasi rahbariyati futbolchiga rasman taklif bilan chiqqan.
Lekin, «qizil iblislar» bosh murabbiyi Devid Moyes veteran futbolchini ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas. U Giggzni «Yunayted» ning o‘ynovchi murabbiyiga aylantirishni istayapti

Муҳокама

Янгиликлар /

Fauzi Gulam «MYu» nigohida

01.11.2013

Fransiyaning «Sent-Eten» jamoasi himoyachisi Fauzi Gulamni «Manchester Yunayted» qishki transfer vaqtida o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.

Express nashrining tasdiqlashicha «Qizil iblislar» rahbarlari 22 yoshli iqtidor egasiga qiziqish bildirishgan. Aljira terma jamoasi himoyachisiga Devid Moyes Patris Evraga o‘rinbosa sifatida qaramoqda.

Fauzi Gulamga shuningdek Italiyaning ikki jamoasi «Milan» va «Yuventus» ham qiziqish bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi «Sent-Eten» jamoasida 2010 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda

Муҳокама

01.11.2013

Qurʼa natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» Angliya Liga Kubogining 5-bosqichida «Stok Siti» jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

«Qizil iblislar» ushbu musobaqada avval «Kulolchilar» bilan besh marotaba uchrashishgan. So‘ngi bora ushbu musoboqada 1993/94 yilgi mavsumda jamoa «Stok» ustidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida ustun kelgan edi.O‘sha uchrashuvlarda «Stok Siti» jamoasining xozirgi bosh murabbiyi Mark Xyuz «Yunayted» tarkibida maydonga tushgan.

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 16 dekabr kuni «Britaniya» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qurʼa natijalari:

Leisester sity -Manchester Sity
Stoke sity - Manchester Yunayted
Sanderland/Southampton v Chelsea
Tottenham Hotspur v Vest Ham Yunayted>

Муҳокама

Янгиликлар /

Darren Fletcher maydonga qaytdi

31.10.2013

Darren Fletcherasosiy tarkibga qaytish uchun yana bir qadam tashladi, u dushanba kuni kechquruno’rinbosarlar tarkibida «Fulxem»ga qarshi maydonga tushdi.

29 yoshli shotlandiyalikfutbolchi bu mavsumda birinchi bor rasmiy o’yinda qatnashdi. U oxirgi marta2012 yil dekabr oyining oxirlarida «Nyukasl»ga qarshi o’yinda zaxiradan maydongatushgandi.

«Men anchadanberi o’ynamayotgan edim, shuning uchun bugun kechasi vazifamga qaytganim yaxshibo’ldi», - deydi Fletcher jamoa telekanaliga bergan intervyusida. «Men bir nechahaftadan beri mashq qilayotgandim va menga yaxshi imkoniyatlar yaratib berishdi,keyingi harakatim esa o’yin o’tkazish edi».

«Biz bir taymo’ynashni, keyin esa o’z holatimni baholash kerakligini rejalashtirgandik. Agarhammasi joyida bo’lsa men 60 daqiqagacha o’ynashim va maydonni tark etishim kerakedi. Hattoki ozgina ko’p ham o’ynadim, biz shifokarlarimizning rejalarini buzishnixohlamagan edik».

«Bizning shifokorlarimizo’z vazifalarini juda yaxshi bajarishmoqda, men shaxsan Stiv MakNolliga minnatdorchilikbildirishni xohlayman. U men bilan juda yaxshi ishladi va har bir a’zoyim xolatidanxabardor bo’lib bordi va jamoaning ham qo’llab quvvatlashi shunchaki fantastika!Meni barcha qo’llab quvvatladi, ser Aleksdan boshlab, Devid Gil ham, yangi murabbiyimizham. Bundan boshqasini xohlab bo’lmasdi».

«Albatta, mengaoson bo’lmagan paytda har doim yonimda bo’lgan ajoyib oilam borligidan xursandman.Men allaqachon taslim bo’lib bo’lgan paytimda ular meni qo’llab quvvatlashdi, o’zimkoniyatlarimni saqlab qolishimga va oldinga qarab intilishimga yordam berishdiva o’z sog’ligimni tiklab olgunimcha ko’maklashishdi».

Darren Fletcherningkeyingi maqsadi esa Uorren Joysning o’rinbosarlari jamoasida to’liq o’yin o’tkazish.

«Men shunchaki jamoaga qancha kerak bo’lsa shuncha yordamberishni va bor kuchim bilan ishlashni xohlayman. Murabbiyimizning rejalariga kirishniva yana asosiy tarkibda tushishni istayman, lekin meni qaytishim qarorini DevidMoyes qabul qiladi. Xozir men o’rinbosarlar jamoasida yana bir qancha o’yinlardaishtirok etishni va 90 daqiqa harakat qilishni xohlayman. Agar men imkoniyatga egabo’lsam bundan to’liq foydalanish uchun tayyor bo’lishim lozim»

Муҳокама

31.10.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Xaver Ernandes Liga Kubogi 1/8finali doirasidani «Norvich»gaqarshi kechgan uchrashuvdagi birinchi gol kiritilgan vaziyat haqida gapirib o’tdi.

Bu vaziftdauchrashuv bosh hakami Kevin Frend Yanuzayga nisbatan qo’pollik ishlatildi deb topib,«Norvich» darvozasi tomon penalti belgiladi. Ernandes uni golga aylantirdi.

«Hakamlar haqida gapirishni istamayman. Ular ham bizgao’xshagan inson. Biz to’pni noto’g’ri uzatishimiz, noto’g’ri qaror qabul qilib qo’yishimizmumkin. Penalti bormidi, yo’qmi, bilmayman. Chunki vaziyatni ko’rmay qoldim. Hakam11 metrlik jarima belgiladi va men uni aniq bajardim», dedi Ernandes

Муҳокама

29.10.2013

FIFA yil yakunlari bo‘yichaaniqlanadigan mukofot nomozodlarning so‘ngi ro‘yxatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra «Manchester Yunayted»xujumchisi Robin van Persi «Oltin to‘p» ga nomzod 23 nafar futbolchilar qatoridan joy oldi. SerAleks Fergyuson esa o‘tgan mavsumning eng yaxshi murabbiylaridan iborat 10 tanomzod orasiga kiritildi.

«Oltin to‘p» ga nomzodlarning umumiyro‘yxati : GaretBeyl («Real»), Edison Kavani (PSJ), Radamel Falkao («Monako»), Eden Azar («Chelsi»),Zlatan Ibragimovich (PSJ), Andres Inesta («Barselona»), Filipp Lam («Bavariya»),Robert Levandovski («Borussiya»), Lionel Messi («Barselona»), Tomas Myuller («Bavariya»),Manuel Noyer («Bavariya»), Nyemar («Santos» / «Barselona»), Mesut Ozil («Real»/ «Arsenal»), Andrea Pirlo («Yuventus»), Frenk Riberi («Bavariya»), Aren Robben(«Bavariya»), Krishtianu Ronaldu («Real»), Bastian Shvaynshtayger («Bavariya»),Luis Suares («Liverpul»), Tiago Silva (PSJ), Yaya Ture («Manchester Siti»), Robinvan Persi («Manchester Yunayted»), Xavi («Barselona»).

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomzodlari : Karlo Anchelotti (PSJ/«Real»), Rafael Benites («Chelsi» / «Napoli»),Antonio Konte («Yuventus»), Visente Del Boske (Ispaniya t.j), ser AleksFergyuson («Manchester Yunayted»), Yupp Xaynkes («Bavariya»), Yurgen Klopp(«Borussiya», Joze Mourinyu («Real» / «Chelsi»), Luis Felipe Skolari (Braziliyat.j.), Arsen Venger («Arsenal»).

Муҳокама

29.10.2013

«MYu» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson yaqinda chiqargan kitobi borasida qilingan tanqidlarga javob berib o‘tdi.

«Men bu kitobni matbuot uchun emas, balki muxlislarga atab yozdim. Ular nima sababdan baʼzi qarorlarni qabul qilganimni tushunishlarini istadim. «MYu»da ishlash qanchalar og‘ir ekanini bilsinlar dedim. Bu dunyodagi eng og‘ir mehnatdir.

Futbolchilar bilan kelishmovchilikka keladigan bo‘lsak, 27 yillik ishim davomida 6 martagina shunday bo‘lgan va bu hayratga soladi.

Albatta jamoa manfaati yo‘lida qaror qabul qilish kerak va natijada futbolchilar uchun yaxshi bo‘lmay qolasan. Bu holat oxirgi haftalarda ko‘rinib qoldi. Ammo mening ishimning bir qismiga jamoa anʼanalarini saqlash, intizomni ushlab turish va futbolchilar murabbiyni hurmat qilishlariga erishish ham kiradi. Chunki boshqa biror kimsa emas, balki men murabbiyman», - deydi Fergyuson

Муҳокама

29.10.2013

«Yunayted» yarim himoyachisi AdnanaYanuzay ananaviy ravishda beriladigan European Golden Boy mukofoti nomzodlariorasiga kiritildi.

Mukofotning asosiy tashkilotchisiitalyaning Tuttosport nashri. 2003 yildatashkil etilgan mukofot g‘oliblari yevropaning ko‘zga ko‘ringan sport nashrlari l'Equipe,Marca,A Bola,Bild,The Times,DeTelegraaf,Mundo Deportivo,France Football iSport-Ekspress jurnalistlari orasidao‘tkaziladigan so‘rov natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

«Manchester Yunayted» jamoasifutbolchilaridan ikki nafari ushbu mukofot sovrindori hisoblanishadi. 2004yilda Ueyn Runi va 2008 yilda Anderson.

Mukofotga nomzod 40 nafarfutbolchilar ro‘yixati quyidagicha:

Raphael Varan (RealMadrid), Jes (Real Madrid), Richmond Boakye (Elche), Bruma (Galtasaray), EmreCan (Bayer Leverkusen), Sebastian Cristóforo (Sevilla), Lucas Digne (PSG),Julian Draxler (Schalke 04), Yannick Ferreira Carrasco (Monaco), Viktor Fischer(Ajax), Fred (Shakhtar Donetsk), Serge Gnabry (Arsenal), Mauro Icardi (Inter),Juan Iturbe (Verona), Adnan Januzaj (Manchester United),Geoffrey Kondogbia (Monaco), Mateo Kovacic (Inter), Diego Laxalt (Bologna),Nicolas López (Udinese), Romelu Lukaku (Everton), Adam Maher (PSV Eindhoven),Lazar Markovic (Benfica), Marquinhos (PSG), Aleksandar Mitrovic (Anderlecht),Matija Nastasic (Manchester City), M’Baye Niang (Milán), Kenneth Omeruo(Chelsea), Alex Oxlade-Chamberlain (Arsenal), Brayan Perea (Lazio), Paul Pogba(Juventus), Juan Quintero (Porto), Josip Radosevic (Nápoli), Rafinha (Celta),Ante Rebic (Fiorentina), Yaya Sanogo (Arsenal), Florian Thauvin (Olympique deMarsella), Tiago Ilori (Liverpool), Óliver Torres (Atltico), Tonny Vilhena(Feyenoord), Vitinho (CSK А ) .

Муҳокама

29.10.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin van Persi jamoadoshi Ueyn Runi va Xaver Ernandeslar borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ueyn - ajoyib futbolchi. Menimcha yaxshi futbolchilar har doim birga o‘ynay oladilar. Biz buni «Stok»ka qarshi o‘tkazilgan o‘yinda ko‘rsata oldik. Shuningdek o‘tgan mavsumda ham, bu yil ham namoyish etganmiz va bundan keyin ham shunday qila olamiz.

Shuni ham unutmangki, bizda yana Chicharito ham bor. U ham ajoyib futbolchi. Undan o‘rnak olsa bo‘ladi. Chicharito ko‘p ishlaydi va aytish mumkinki, men uning muhlisiman. Bizga hamma hujumchilar kerak bo‘ladilar»,- deydi gollandiyalik futbolchi

Муҳокама