Chicharito: De Xea ajoyib darvozabon
29.10.2013

Xaver Ernandes o‘z jamoadoshi David De Xea o‘yinlarini«MYu» ning sobiq darvozabonni Edvin van der Sarga o‘xshatganini va 22 yoshli ispan darvozabonni jahonning eng yaxshi darvozabonlardan biri ekanligini taʼkidladi. De Xeaning «Stok Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda amalga oshirgan seyvlari maqtovga loyiqligini aytib o‘tdi.
«U ajoyib darvozabon, - Chicharitoning so‘zidan iqtibos keltirdi jamoa rasmiy sayti. – Men xar doim taʼkidlab kelaman, biz bir jamoamiz va yagona qaxramon yo‘q bizda, ammo baʼzi uchrashuvlarda bunday o‘yinchilar bo‘ladi. «Stok Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvdagi harakatlari uchun David shunday nomga loyiq».
«U benazir, men uchun u dunyoda eng kuchli. David va Edvin van der Sar – ikki eng kuchli darvozabonlar, men ular bilan birga shug‘ulanganman va bir jamoa safida maydonga tushganman. Ularning o‘yin uslublari o‘hshash, Davidkundan kunga yanada yahshi o‘yin ko‘rsatmoqda».
«Boss aytib o‘tkanidek, De Xea o‘tgan o‘yinda g‘alabaga erishishimizning asosiy sababchisi, David sababli biz 3 ochkoga ega bo‘ldik. U 2-3 ta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi!»Moyes: Zaxaga imkon beramiz
28.10.2013

Devid Moyes Liga Kubogi doirasidagi «Norvich» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda Uilfrid Zaxani asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkinligini taʼkidlab o‘tdi.
Zaxa ser Aleksa Fergyuson murabbiyiligi vaqtida xarid qilingan so‘ng o‘yinchi bo‘lib, ushbu mavsumda u hali Premer Liga uchrashuvlarida maydonga tushmadi. U so‘ngi bor «qizil iblislar» tarkibida «Uigan» ga qarshi o‘tgan Superkubok uchrashuvida maydonda harakat qilgan edi.
«Zaxaga albatta asosiy tarkibda o‘ynashga imkon beramiz. Men Zaxaga maydondan joy topilmasa uni qishgi transferlar oynasida boshqa jamoalarga ijara asosida berishmiz mumkinligi haqida gapirgan edim».«Tarkibimizda qanotlarda harakat qilayotgan futbolchilar orasida raqobat juda ham kuchli tarzda ketmoqda: Nani, Yang, Valensiya, Yanuzay va Kagavalar bor.
Zaxa mashg‘ulotlarda yahshi ishlamayotgani uchun emas, balki kuchli raqobat sabablimaydonga tusha olmayapti. Men hali ham unga avvalgidek ishonaman» dedi Moyes.
Runi 2015 yilda erkin agentga aylanishi mumkin
28.10.2013

Xabar qilinishicha, Angliya terma jamoasi hujumchisi maoshi oshirilishini talab qilgan. Shunday ham uning haftalik maoshi 250 ming funtni tashkil qilardi. Buning ustida hujumchi 5 yillik shartnoma imzolashni istagan.
Garchi Runi ajoyib o‘yin namoyish qilayotgan bo‘lsada, mankunianliklar 28 yoshli hujumchining bu talablarini rad etishga qaror qilgan. Shu bilan birga qishki transfer mavsumida ham «MYu» Runi bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. Eslatib o‘tamiz, yozda Runini «Chelsi» va «PSJ» sotib olishga urinib ko‘rgandi. U joriy mavsumda Angliya chempionatining 8 uchrashuvida maydonga tushgan va 4 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan
«MYu»jamoasi «Bazel» himoyachisiga haridor
28.10.2013

Dailystar nashrimaʼlumotiga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati «Bazel» jamoasining 18 yoshli vunderkini Mixail Gonsalvesga qiziqish bildirishgan. Xabar berilishicha «Qizil iblislar» Gonsalvesni qishgi transfer chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishlari mumikn ekan.
Avvalroq «MYu»bosh murabbiyiDevid Moyes yosh futbolchilar izlash borasida xarakat boshlaganini aytib o‘tgan edi.Eslatib o‘tamiz, «MYu» futbolchi bilan shartnoma imzolasi bu jamo tarkibidagi shveydsariyalik ikkinchi futbolchiga aylanadi. Bundan avval jamoa o‘z tarkibiga «Syurix» jamoasidan Said Yankoni qo‘shib olgan
Xyuz: Moyes «MYu» da uzoq vaqt ishlaydi
28.10.2013

«Stok Siti» bosh murabbiyi Mark Xyux «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng mankunianliklar bosh murabbiyi Devid Moyes borasida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
«Unda qancha vaqt bo‘ldi? Bor yo‘g‘i 9 ta o‘yin. Devid Moyes «MYu»da uzoq yillar murabbiylik qiladi. Buning uchun unga yetarlicha vaqt berishadi.Devidning qo‘l ostida shunday futbolchilar borki, ular hali mavsum davomida uning uchun ko‘p sovrinlar yutib beradilar. Garchi mavsum ancha qiyin boshlangan bo‘lsa ham», - deydi Xyuz.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» o‘tkazilgan 9 tur uchrashuvlaridan so‘ng 14 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 8 o‘rinda bormoqda«MYu» Pyanich uchun 30 mln. bermoqchi
28.10.2013

Mankunianliklar 23 yoshli yarim himoyachi uchun 30 million yevro bermoqchi. Futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2015 yilga qadar tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Roma» Pyanichni 2011 yilda «Lion»dan 11 million yevro evaziga sotib olgan edi
Beyns yanvarda «MYu»ga o’tishi mumkin
27.10.2013

«Everton» chapqanot himoyachisi Leyton Beyns yanvar oyidayoq «Manchester Yunayted» futbolchisigaaylanishi mumkin.
«Irislar»28 yoshli himoyachini 15 million funt evaziga sotib yuborishga tayyorlar.
«Everton» Beynsnibaribir o’zida olib qololmasligini bildi va uni o’rniga boshqa o’yinchi qidirishniboshladi.
Eslatib o’tamiz, Beynsni sotib olishni klubning sobiq ustozi, ayni paytda«MYu»ni boshqarayotgan Devid Moyes so’ramoqdaErnandes: Biz buni uddalaymiz
27.10.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Xaver Ernandes keyingi o’yinlarda maydonga tez-tez tushirilishidanumidvor ekanini ta’kidlayapti.
«Jamoaga yoqdamimtekkanidan va uch ochkoni qo’lga kiritganimdan mamnunman. Bu jula muhim edi. Endibiz «Old-trafford»da Norvichga qarshi kubok doirasida yana bir o’yin o’tkazamiz.Unda g’am g’alaba qozonishimiz kerak».
«Umid qilamanki, biz buni uddalaymiz. Shaxsan o’zimbuning uchun menga bog’liq barcha ishni qilaman. Maydonda bir daqiqa o’yinasam ham,90 daqiqa harakat qilsam ham. Hamma ham butun o’yin davomida harakat qilishni istaydi.Biroq men jamoa va jamoadoshlarimni huomat qilaman. Ular ham, muxlislar ham mengayaxshi munosabatdalar. Umid qilamanki, keyingi o’yinlarda ko’proq vaqt davomidao’ynayman. Lekin qarorni murabbiy qabul qiladi. Men esa o’yinim bilan bunga munosibekanimni isbotlamoshim lozim»The Times: «MYu» Beylni taklif qilishi mumkin
27.10.2013

«ManchesterYunayted» kelasi yozda «Real» qanot yarim himoyachisi Garet Beylni sotib olish variantiniko’rib chiqyapti, deya xabar bermoqda The Times.
Ingliz klubifutbolchining Ispaniya chempionatiga moslashuvi qay tarzda kechishini diqqat bilankuzatib borib, kezi kelsa yozda «Qirollik klubi»ga taklif bilan chiqish istagida.
O’tgan o’zgitransfer mavsumida ham klub bosh murabbiyii Devid Moyes hamda ijroviy direktoriEd Vudvord futbolchini «Tottenxem»dan sotib olishga urinishgandi.
Eslatib o’tamiz, bu mavsumda Beyl to’rt o’yinda maydongatushib, bir golga muallifdik qildiVan Persi maydonga tushishga tayyor
26.10.2013

«StokSiti»ga qarshi o’yindan oldin «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi DevidMoyes jamoadagi jarohat olgan futbolchilar haqida ma’lumot berib o’tdi.
«Roben vanPersida «Stok»ga qarshi o’yinda maydonga tushish imkoniyati mavjud. Futbolchidajarohat bo’yicha kichik muammo bor, biroq o’yingacha barchasi o’z o’rnigatushadi.
Danni Uelbekning tizzasidagi jarohati jiddiy,bundan tashqari Tom Kleverlida ham muammo mavjud, fikrimcha ular o’yinnio’tkazib yuborishadi. Lekin jamoadagi boshqa futbolchilarda hech qanday muammoyo’q», - deydi Devid Moyes