26.10.2013

«Arsenal»bosh murabbiyi Arsen Vengerning taxminiga ko’ra Aleks Fergyuson murabbiylikfaoliyatini davom ettirishi mumkin.

«Siz bundaybo’lmaydi deb ishonch bilan ayta olmaysiz. 30 yil davomida qilib yurgan ishnibirdaniga tashlab yuborish oson emas. Yaqin olti oy ichida vaziyatoydinlashadi, – deydi Venger.

Eslatib o’tamiz, Fergyuson o’tgan yozda murabbiylikfaoliyatini yakunlagandi

Муҳокама

26.10.2013

«Qiziliblislar» rahbariyati klub hujumchisi Ueyn Runi «Old Trafford»da yana to’rt yilqolishiga ishonishmoqda, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

28 yoshli futbolchi ayni paytda haftasiga 250 mingfunt maosh olmoqda va «Yunayted»da baxtli. Ammo taklif etilgan yangishartnomaga imzo qo’yishga hozircha shoshilayotgani yo’q. Shunga qaramay«Manchester Yunayted»dagilar Runi baribir shartnomani uzaytirishigaishonishmoqda

Муҳокама

26.10.2013

«ManchesterYunayted» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Patris Evra futbol jamoatchiligistadionlardagi irqchilikni to’xtata olmasligini aytib o’tdi.

«Irqchilikni to’xtata olamiz deb o’ylamayman. FIFAbiron bir chora o’ylab topishi shart, sababi har yili bir xil narsa takrorlanayapti.

Qora tanli futbolchilarqolgan odamlar kabi insonlardir. Bu haqda gapirish uyat hatto.

Bundan keyin irqchilikka duch kelishni istamasdim, ammobunday bo’ladi deb o’ylamayman. O’ylashimcha, bu hech qachon tugamaydi», – deydiEvra

Муҳокама

25.10.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Devid Moyes bilan birga ishlash unga yoqishini aytib o‘tdi.
«Jamoada murabbiylar shtabi almashganidan so‘ng, jamoada butunlay yangi hayot boshlandi. Men haqiqatdan ham Devid Moyes bilan hamkorlikda ishlashdan rohat olyapman».
«Faoliyatimning yuqori cho‘qqisida ekanimni his qilib turibman. Jamoaga foydang tegayotganini seziyu turish va futboldan shunchaki rohat olish - juda yoqimli».
«Bilmadim, nimaga asoslanib Fergyuson mening Moyes bilan munosabatlarim yaxshi emasligini aytgan. Axir men ser Aleks bilan u ishdan bo‘shaganidan buyon ko‘rishganim yo‘q», dedi Runi.

Муҳокама

25.10.2013

«MYu»ning sobiq ustozi ser Aleks Fergyusonga bir necha yillar yordamchilik qilgan Mayk Felanning taʼkidlashicha, Ser hozir jamoada bo‘lganida birorta jahon darajasidagi yulzuzni Manchesterga olib kelgan bo‘lardi.

«Agar Fergyuson va Devid Gill (sobiq jamoa prezidenti) jamoada bo‘lishganida ular birorta jahon darajasidagi yulduzni «Yuneyted»ga olib kelishardi. Bu qaysi futbolchi ekanini sizga ayta olmayman.

Fergyuson bu haqda Gillga aytgan edi va o‘z navbatida prezident ham tranferni amalga oshirishga kirishgandi. Shuni aytishim mumkinki, bunday futbolchilar jahon futbolida barmoq bilan sanoqli. Kim haqida gap ketayotganini sezgandirsiz.

Biz ser bilan jamoani tubdan o‘zgartirish shart emasligini maslahatlashgan edik. Shuning uchun faqat mana shu transfer haqida o‘yladik. Birgina transfer jamoani butunlay o‘zgartirishi mumkin. Buni Robin van Persi misolida ham ko‘rish mumkin»,- deydi Felan.

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda «MYu» Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu va Sesk Fabregaslarni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan edi

Муҳокама

Янгиликлар /

Nike bilan yangi shartnoma

25.10.2013

The Daily Mail nashrining habar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi Nike kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzolashga yaqin turibdi.

Shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 300 million funt sterlinga baholanmoqda. Bundan qo‘shimcha tarzda jamoa atributiklar sotiuvidan tushgan mablag‘ning ham bir qismiga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Umumiy hisobda shartnomadan «Manchester Yunayted» 375 million funt sterlinga yaqin mablag‘ga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.Shartnoma rasman tez kunlarda imzolanishi kutilmoqda.

Муҳокама

24.10.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Real Sosedad»ga (1:0) qarshi Chempionlar Ligasi 3-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu uchrashuvda uch, to‘rt yoki besh to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Chempionatda durang natija qayd etganimizga qaramay bu uchrashuvda g‘alaba qozona olganimizdan mamnunman.
Jamoa yaxshi o‘yin namoyish qildi, yaxshi himoyalana oldi. Xar doim «quruq» uchrashuv o‘tkazish yoqimli, lekin bu uchrashuvda g‘alaba yanada yoqimliroq bo‘ldi.
Tezkor gol kiritishga muvofiq bo‘ldik, tanaffusga qadar hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishimiz ham mumkin edi, shunda bizga ancha oson bo‘lgan bo‘lar edi. Ikkinchi bo‘limda esa biroz sekinroq harakat qildik» dedi Runi

Муҳокама

Янгиликлар /

Happy birthday Wayne Rooney!!!

24.10.2013

Ueyn Mark Runi (angl.Wayne Mark Rooney) 1985 yil 24 oktyabrda AngliyaningLiverpul shahrida tavallud topgan. Bugun u 28 yoshini qarshi oldi.

Undan kelgusi faoliyatida yanada yorqin o‘yinlar kutib qolamiz.

Муҳокама

24.10.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Maykl Kerrik bilan yaqin kunlar ichida yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Mankunianliklar 32 yoshli futbolchi bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolashni ko‘zlamoqdalar.

Karrikning ayni vaqtdagi shartnomasi yozga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Futbolchi yangi shartnoma imzolab, faoliyatini «MYu»da yakunlashga qarshi emas. U mankunianliklar safida haftasiga 85 ming funt maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum yakuniga yetgach Rio Ferdinand, Patris Evra va Nemanya Vidich, Rayan Giggzlarning shartnomalari o‘z nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

23.10.2013

«Arsenal» va «MYu» jamoalari «Monpele» yarim himoyachisiRemi Kabellni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishmoqchi.

23 yoshli fransuz futbolchisini«yangi Zidan» deyishmoqda. «Kanonirlar» futbolchi uchun 15 million funt mablag‘dan voz kechishga tayyorlar. «Qizil iblislar» esa ulardan ikki milion kam mablag‘ taklif qilishmoqchi.

«Monpele» bosh murabbiyi esa futbolchini qanday bo‘lmasin jamoada olib qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi ushbu mavsumda Fratsiya Ligasida 8 uchrashuvo‘tkazgan va 5 golga mualliflik qilgan hamda o‘z hisobiga 4 ta golli uzatma qayd qilgan.

Муҳокама