23.10.2013

Italiyaning «Milan» jamoasi yarim himoyachisi Rikkardo Montolivo faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Britaniya matbuotining habar berishicha, «Manchester Yunayted» rahbarlariyaqin orada jamoaga 28 yoshli Italiya terma jamoasi aʼzosini olib kelishni mo‘ljallab qo‘yshigan. «Qizil iblislar » yarim himoyachi uchun 20 million yevro berishga tayyor.

Futbolchining «Milan» jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2016 yil iyun oyida nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyiKarlo Anchelotti rahbariyatdan Rikkardo Montolivoni harid qilishni so‘ragan edi

Муҳокама

23.10.2013

«Ayaks» jamoasining iqtidorli hujumchisi Viktor Fisherga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari skautlarida qiziqish uyg‘otgan. Bu haqida GIGAfootball.Net nashri britaniya OAV lariga tayangan holda xabar berdi.

Angliya jamoalari 19 yoshli o‘yinchi uchun 10 million yevro berishga tayyorlar. Futbolchining o‘zi esa jamoani tark etishga shoshmoqchi emas.

«Men hali ko‘p narsa o‘rganishim kerak. Xozircha jamoani tark etish niyatim yo‘q. Jamoada avval yaxshi natijaga erishib keyin o‘ylab ko‘rib bir qarorga kelish mumkin», -dedi Fisher Four Four Two nashriga

Муҳокама

23.10.2013

«Manchester Yunayted» 18 yoshli yarim himoyachisi Adnan Yanuzay Chempionlar Ligasi doirasidagi «Real Sosedad» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Bu haqida jamoa rasmiy sayti habar bergan.
«MYu» bosh murabbiyi Devid Moyes shuningdek uchrashuvda yarim himoyachi Tom Kleverli va hujumchi Denni Uelbek ham maydonga tushishiga umid qilmoqdaligini aytib o‘tgan.

«Manchester Yunayted» – «Real Sosedad» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugan Toshkent vaqt– 23.45 da boshlanadi.

Муҳокама

22.10.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q.

Futbolchining «Qizil iblislar» bilan tuzgan shartnomasi 2015 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Jamoa rahbarlari ham xozircha biror yangi taklif bilan chiqishmagan.

Soccernews nashri xabar berishicha «MYu» qishda Ueynga yangi shartnoma taklif qilishni mo‘ljallagan.

27-yoshli hujumchiga Londonning «Chelsi», «Arsenal» va Fransiyaning PSJ jamoalari qiziqish bildirishgan

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu»ga Lyuka Shou kerak

22.10.2013

«Manchester Yunayted» rahbarlari qishgi transfer chog‘ida jamoaga «Sautgempton» jamoasi chap qanot himoyachisi Lyuka Shouni olib kelishmoqchi.

Mirror nashrining xabariga ko‘ra «qizil iblislar» rahbarlari 18 yoshli iqtidor egasi - Lyuk Shouga tez orada taklif rasmiy taklif bilan chiqishmoqchi. Futbolchining trasferi jamoga 15 million funt sterlingga tushishi mumkin.

Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki yosh futbolchiga Londonning «Chelsi» va «Arsenal» jamoalari ham qiziqish bildirishgan

Муҳокама

22.10.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyesjamoa tarkibida «Real Madrid» hujumchisiKarima Benzemani ko‘rmoqchi, bu haqiqad GIGAfootball.Net nashri britaniya matbuotiga tayanga holda xabar tarqatdi.

Shotlandiyalik mutaxassis fransuz futbolchisi uchun 50 million yevro taklif qilishni mo‘ljallab yuribdi. Bu borada futbolchining fikri qanayligi xozircha maʼlum emas.

Ispaniyada omadi unchalik yurishmayotganBenzemani muhlislar bir necha bor hushtaklar bilan «siylashgan» edi.

Eslatib o‘tamiz, bunadan avval hujumchining agenti mijoziga Angliya jamoalaridan biri taklif bilan chiqqani to‘g‘risida maʼlumot bergan edi

Муҳокама

Янгиликлар /

Yanuzayga 12 davogar

22.10.2013

Belgiyaning Voetbal Nieuws portalining xabar berishicha Adnan Yanuzay «Yunayted» bilan o‘tgan haftada uzoq muddatli shartnoma imzolangan edi.

Ushbu shartnoma imzolanishga qadar futbolchiga yevropaning 12 jamoasi qiziqish bildirgan.

Dastlab Belgiyalik yosh futbolchi uchun «Yuventus», «Milan», «Napoli», «Roma» va «Fiorentina» jamoalari qiziqish bildirgan,deya xabar bergan Voetbal Nieuws . So‘ngra esa Ispaniyaning «Real» va «Barselona» jamoalariham qo‘shilgan. Shuningdek «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi», Dortmundning «Borussiya» va «PSJ» jamoalari ham futbolchi uchun davogarlar qatoriga qo‘shilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli yarim himoyachi «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida o‘tkazgan so‘ngi ikki uchrashuvda uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. «Manchester Yunayted» da hozir qiyin vaziyat bo‘lishiga qaramay futbolchi jamoa bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi

Муҳокама

22.10.2013

«ManchesterYunayted» ximoychisi Patris Evra jamoa bilan yangi shartnoma tuzmasligini vakelasi yozda shaxsiy sabablarga ko‘ra jamoani tark etishini takidlab o‘tdi.

TELEFOOTko‘rsatuvining boshlovchisi Evraga yangi shartnoma taklif qilishmayotganidan xavotirgatushmayabsizmi deb bergan savoliga Evra quidagicha javob berdi.

«Yo‘q, men bu borada xavotirdaemasman. «Yunayted» yangi shartnoma taklif qilmagani uchun emas. Shaxsiysabablarga ko‘ra jamoadan ketmoqchiman. Shunchaki menda shartnomani uzaytirmaslikuchun sabablar bor. Jamoadagilar meni shu jamoada faoliyatimni yakunlashimniistashmoqda, lekin men bazi sabablarga ko‘ra bu ishni qilmaslikka qaror qildim»dedi Evra.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Marek Gamshikka xaridor

22.10.2013

«Manchester Yunayted» Italiyaning «Napoli» jamoasi yarim himoyachisi Marek Gamshik uchun transfer taklifi tayyorlamoqda.

Qishki transferlar oynasi paytida mankunianliklar 26 yoshli futbolchi uchun 35 million funt taklifi bilan chiqishni rejalashtirishgan.

Biroq yaqinda Gamshik bilan shartnomani uzaytirgan «Napoli», o‘z yetakchisini berib yuborishini istamasligi ham mumkin

Муҳокама

21.10.2013

«Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson,klubdan ketayotganidan katta shubha ostida qolganini aytib o’tdi.

«Bir kun menga klubning ijroiya direktori Devid Gill qo’ng’iroqqildi va uchrashishni iltimos qildi. So’ngra biz mening uyimda ko’rishdik va u mengamavsum tugashi bilan klubni tark etishini aytdi.

Men seskanib:«Voy Xudo men ham bahorda klubni tark etmoqchiman» dedim. O’shanda juda og’ir vaziyatdaqolgandim va klubni yomon ahvolda qoldirib ketmayapmanmi deb o’yladim.

So’ngra fevraloyining oxirida biz Joel Gleyzer bilan uchrashdik va men unga nega klubni tark etishimhaqida aytib o’tdim.

Juda qiyin bo’ldi, chunki bu qarorim haqida hattokioila a’zolarim ham bilmas edi», - deydi Fergyuson

Муҳокама