Nevill: Ko’p vaqt borga o’xshaydi
21.10.2013

«Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi Gari Nevill,klubning Angliya chempionati 8-turidan o’rin olgan «Sautgempton»ga qarshi o’yini(1:1) borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
«MYu» o’z uyida o’tkazgan «Vest Bromvich»ga qarshi o’yinga nisbatan«Sautgempton»ga qarshi yaxshiroq o’ynadi. Biroq menga Moyes haligacha o’yinchilarnio’rganayotgandek tuyildi.
Eng asosiy muammo shundaki, «Yunayted»ning yarim himoyasi etarlichatezkor harakat qilmayapti. Ilgari qarshi hujum uyushtirganimizda raqibimiz qarshihujum taktikasini ilg’ab ololmasdi va taslim bo’lishga majbur bo’lardi.
Moyesning «MYu» uchun foydali murabbiy bo’lishiga shak-shubhamyo’q. Biroq bungacha hali ko’p vaqt borga o’xshaydi», - deya ta’kidladi NevillEvra gaplariga javob beradi
21.10.2013

«Manchester Yunayted» va Fransiya termasi jamoasi himoyachisi Patris Evra jurnalistlarni haqorat qilgani uchun javob beradigan bo‘ldi.
32 yoshli futbolchi Fransiya Futbol Federatsiyasining maxsus majlisiga chaqirtirildi. U yerda FFF prezidenti Noel Le Gre va bosh murabbiy Dide Desham ham ishtirok etishadi.Eslatib o‘tamiz, yaqinda Evra jurnalistlarni «bekorchi» va «parazitlar» deb haqorat qilgandi
Moyes: Runi Charltonning rekordini yangilay oladi
21.10.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Ueyn Runiga yuqori baho berib o‘tdi.
«Menimcha Ueyn jarohatga uchramasa, Charltonning rekordini yangilay oladi. U shu saviyada o‘ynashda davom etaversa, yangi rekordlarga yaqinlashaveradi. O‘tgan mavsum Runi uchun jamoada ham, terma jamoada ham yaxshi kechgandi. Umid qilamanki, u mana shu rekordlarni o‘rnata oladi. Chunki bunday ajoyib natijalar bilan Runi jamoamiz afsonasiga aylanishi mumkin», - deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi Charltonning 249 goldan iborat rekordini takrorlashi uchun «Manchester Yunayted» tarkibida 47 ta gol urishi kerak. Terma jamoada esa Charlton 49 gol kiritgan va Runidan 11 ta gol talab qilinadiKerrik: Ishonchni saqlab qolish muhim
21.10.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Maykl Kerrik «Sautgempton» bilan o‘yindagi durangdan so‘ng (1:1) jamoa futbolchilarini vaziyatni qo‘lga olishga chaqirdi.
«Musobaqa jadvaliga qarash va biz o‘rtada ekanimizni ko‘rish juda g‘alati. Biz hayronmiz, barcha narsa yengil kechmayapti. Barcha futbolchilar katta qadam tashlashlari, javobgarlikni o‘z bo‘ynilariga olishlari va yaxshiroq o‘ynashlari lozim».
«Hozirda o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolish muhim», – deydi Kerrik.
Pokettino: Runining o’yinlaridan hayratdaman!
20.10.2013

«Sautgempton»ustozi Maurisio Pokettino «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn RuniniKrishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan qatorga joylashtirdi.
«Men UeynRuni haqida yordamchilarim bilan gaplashdim, u qoyilmaqom o’yinchi.
Hujumdafantastik tarzda o’ynaydi! Bir so’z bilan aytganda Runi fantastik futbolchi!
Runini Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan birqatorga qo’yaman. Uning o’yinlaridan hayratdaman»Ferdinand «Nyu-York Siti»ga o’tishi mumkin
20.10.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand «Nyu-York Siti» klubi qiziqishlari doirasidano’rin oldi, deb xabar bermoqda Goal.com.
34 yoshli himoyachining«qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2014 yilgacha mo’ljallangan.
Amalga oshishimumkin bo’lgan bu transferning moliyaviy masalalari haqida ma’lum qilinmayapti.
Ma’lumot uchun shuni aytish joizki, ushbu klub ham «ManchesterSiti» xo’jayini shayx Mansurga tegishli«MYu» qishda Yangni sotishga tayyor
20.10.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Eshli Yang qishki transfer oynasi vaqtida klubni tarketishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal.com.
Futbolchi boshmurabbiy Devid Moyesning rejalariga kirmayapti va klub Yang bilan yanvar oyida xayrlashishimumkin.
«ManchesterSiti»ga qarshi o’yindan keyin (1:4) Yang tarkibga kiritilmay qo’yildi.
Undan tashqariMoyes, futbolchining juda ko’p hollarda simulyatsiya ishlatishiga ochiqchasiga noroziliginibildirib o’tgandi.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» qonot futbolchilaridanYanuzay va Nani bilan yangi shartnoma imzolab ulgurdiSAF: Moyes sovrin yutsa ajoyib natija bo’ladi
20.10.2013

«ManchesterYunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson hozirgi murabbiy Devid Moyes haqidao’z fikrlarini bildirdi.
«Bu mavsumdaMoyes bitta sovrin yutsa bu ajoyib bo’lardi. Bu qanday sovrin bo’lishi ahamiyatsiz– Liga kubogi, Angliya kubogi, Chempionlar ligasi yoki premer-liga.
Moyes klubdaoxirgi 20 yilda amalga oshirilgan ishlarni davom ettirishidan umidvorman, jamoaunga yordam berishi aniq.
Klub rahbariyati ajoyib insonlardan tashkil topgan,jamoaga omad kerak xolos», – deydi Fergyusonvan Persi Moyes mashg’ulotlaridan norozi
20.10.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Robin van Persi jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes o’tkazayotganmashg’ulotlardan qoniqish hosil qilmayapti, deb yozmoqda Goal.com.
Gollandiya termajamoasi futbolchisiga mashg’ulotlar davomida yugurish va chidamlilikka haddan tashqariko’p urg’u berib yuborilayotgani yoqmayapti. Uning aytishicha, bu mashqlarga AleksFergyuson davridagidan ham ancha ko’proq e’tibor qaratilayotgan ekan.
Mashg’ulotlargabunday yondashuv, uni jarohat olish ehtimolini oshirishidan Robin havotirda. Gollandiyalikfutbolchi shuningdek, yozda Moyes murabbiylar shtabida Rere Melenstenni olib qolmaganidanham hafa.
Yanuzay «MYu» bilan yangi shartnoma imzoladi
20.10.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay klub bilan yangi shartnoma imzoladi, deyaxabar bermoqda «MYu» rasmiy sayti.
18 yoshli futbolchiva klub o’rtasidagi shartnoma 5 yilga mo’ljallangan. Masalaning moliyaviy tomonihaqida hozircha ma’lumot berilganicha yo’q.
Eslatib o’tamiz,uning eski shartnomasi kelasi yozda o’z nihoyasiga etar edi.
Ushbu mavsumda u chempionat doirasida 3ta o’yinda maydongatushib, ikki golga mualliflik qilishga erishdi