18.10.2013

Adnan Yanuzay alban tekanali KTVga o’zining birinchi televizionintervyusini berdi, intervyu jarayonida u «Manchester Yunayted»da baxtli ekanligidanva bundan keyin ham jamoa uchun ishlashda davom etishini aytib o’tgan.

«Xozir hammasiyaxshi ketmoqda. Boshida men «Yunayted» uchun o’ynashni xohlardim va men bu imkoniyatgaega bo’ldim. Men oxirgi o’yinda ikkita gol ura olganimdan xursandman. Yigitlar bungajuda yaxshi munosabatda bo’lishdi, shuning uchun ham «dubl»ga erishganimdan judaxursandman. Men mashg’ulotlarda qattiq mexnat qildim va murabbiyimiz menga imkonberdi».

«Umid qilamankibu mavsum muvaffaqiyatli bo’ladi. Men «Manchester Yunayted»ga borimni berishni xohlaymanva dunyoning eng kuchli futbolchisi bo’lishni orzu qilaman. Van Persi, Patris Evrava barcha o’yinchilar yordam berishyapti va meni qo’llab quvvatlashyapti».

«Men Rayan Giggzdanjuda ham ko’p o’rganyapman, chunki biz bir xil pozitsiyada o’ynaymiz va men hardoim undan maslahat so’rab turaman. Shuningdek menda ser Aleks bilan ham yaxshimunosabatlar bor edi va u menga birinchi jamoaga o’tishimga imkon bergan».

«Men ikkitagol urganimdan baxtliman va o’yinning eng yaxshi o’yinchisi bo’lganimdan ham judaxursandman va endi keyingi o’yinda ham o’ynay olamanmi yo’qmi kutaman. Men «Yunayted»uchun o’ynayman va «Yunayted»ga borimni beraman».

«Men Kosovolikmuhlislardan meni qo’llab quvvatlashayotgani uchun minnatdorman. Biz otam bilanbuyerga oilamiz bilan ko’rishish uchun keldik, men har doim Kosovo bilan aloqadabo’lib turaman. Biz otam bilan birga qaysi termada o’ynashni muxokama qilib turamiz,lekin men xozir faqat «Yunayted» xaqida o’ylamoqdaman».

«Men bor kuchim bilan mexnat qilmoqdaman va jamoa bilanbirgalikda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. Mening o’ylashimcha bu mavsumda sovrinyutishga kuchimiz etadi»

Муҳокама

18.10.2013

Rayan Giggz klubdagi o’zining yangi lavozimi haqida o’z fikrlarini bildirdi.

«ManchesterYunayted»da murabbiylik qilish menga yoqmoqda.

To’g’ri hozirchakiyimxonaga kirganimda barcha jim bo’lib qolayotgani yo’q. Ammo murabbiylikka o’qishva o’rganish oldimda turgan maqsadlardan biri.

Yangi bosh murabbiy bilan ishlashdan xursandman. Albatta,natijalarimizni yaxshiroq bo’lishidan umid qilgandim, ammo hozircha faqat mavsumningdastlabki 7-8ta o’yini bo’lib o’tdi», – deydi Giggz

Муҳокама

17.10.2013

Adnan Yanuzayning otasi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmotsning uning o‘g‘li haqidagi fikrlaridan jaxli chiqib ketgan.

«Bu pastkashlik! Biz hali biror marta Belgiya futbol Federatsiyasining xat, xabarlariga ham, qo‘ng‘iroqlariga ham javob berganimiz yo‘q. Ular Yanuzay termada o‘ynashishi istashyapti, biz emas», dedi katta Yanuzay.

Avvalroq Vilmots Adnanning Bellgiya termasida o‘ynash-o‘ynamasligi haqidagi savolga hyech kim bilan, hyech qanday muzokara olib bormayotgani va umuman bu futbolchini tanimasligini taʼkidlagandi.

«Men hyech qanday muzokaralar olib borayotganim yo‘q. Yigitcha Belgiyada tug‘ilgan ekanmi? Jamoada o‘ynamoqchimi? Yana qanaqa muammo va taklif bo‘lishi mumkin?!»

«Real hayotda haqiqatdan ham shunday bolakay bormi? O‘ynagisi kelyaptimi? Ajoyib! Menga uni ko‘rsating».

Agar sen «Manchester Yunayted»da o‘ynasang ham, avval nimalarga qodir ekaningni ko‘rsat. Agar menga kerak bo‘lib qolsang chaqiraman. Hozir esa, Yanuzayi bilan ham, boshqachi bilan ham qiziqayotganim yo‘q», degan edi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu»ga Koke kerak

16.10.2013

The Guardian nashri maʼlumotiga ko‘ra «Manchester Yunayted» yanvarda Madridning «Atletiko» yarim himoyachisi Kokeni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
Shartnoma bandiga ko‘ra Kokeni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoa 16 million funt mablag‘ni «Atletiko» hisobiga o‘tkazishi kerak.
Hozirgi kunda Ispaniyada unga «yangi Xavi» sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yinlari orqali Koke Ispaniya terma jamoasi safiga chaqirilgan edi.

Муҳокама

16.10.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi va Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Shinzi Kagava mankunianliklar safida maydonga tushmayotgani terma jamoadagi o‘yiniga taʼsir o‘tkazayotganidan nolidi.
«Men terma jamoada yaxshi o‘yin namoyish qila olmayapman. Menimcha «Manchester Yunayted»da maydonga tusha olmayotganim bunga sabab bo‘lmoqda.
Yaponiya terma jamoasi safida ikkita uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, rohatlandim. Ammo bu yerdagi ichki muhit «Manchester Yunayted»dagidan ancha farq qiladi.
Hozir mening faoliyatimda og‘ir damlar boshlangan, ammo men bu qiyinchiliklarni bartaraf etishim lozim», - deydi Kagava

Муҳокама

16.10.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati qo‘lga kiritilgan 20-chempionlikni nishonlash uchun United Trophy Tour turnesini tashkil etdi. Bu turne doirasida Chempionlik kubogi yer yuzining 30 nuqtasida namoyish qilinadi.

Tur 30 oktyabr kuniRio-de-Janeyrodan boshlanadi va 5 oy davomida ko‘plab shaharlarda bular qatorida Dubay, Mumbay, Jjakarta, Shanxay, Nyu-York, Los-Andjeles, Singapur, Tokio, Bangkok va Stambul shaharlari ham bor. Bular qatoriga shuningdek Moskva shahrini ham kiritilishi ehtimoli yuqori.

Turne davomida bir qator qiziqarli tadbirlar ham tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Yaʼni, «Manchester Yunayted» jamoasining afsonaviy futbolchilari Endryu Koul, Denis Irvin, Brayan Robson va Duayt Yorklar bilan uchrashuv tashkil etilishidir.

Муҳокама

Янгиликлар /

Robin van Persi to‘purar

16.10.2013

«Manchester Yunayted» va Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Robin van Persi JCh-2014 saralash uchrashuvlari yevropa mintaqasi doirasida barchadan ko‘ra ko‘proq gol urdi.
Robin van Persi 9 uchrashuvda 11 bora raqib darvozabonini ranjitishga erishdi, ikki golni u penaltidan kiritdi.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko 10 ta gol bilan bu ro‘yxatdan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Vedad Ibishevich (Bosniya va Gersegovina) va Mesuta O‘zil (Germaniya) hisobida – 8 tadan gol bor

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Shu tarzda davom etmoqchiman

16.10.2013

Ueyn Runi «Yunayted» ning navbatdagi uchrashuvida boshidagi himoya vositasisiz maydonga tushmoqchiligini taʼkidlab o‘tdi.

«Hursandman terma jamoa tarkibida raqib jamoa darvozasini bosh bilan zarba berib ishg‘ol qilganimdan. Umid qilamanki, kelasi uchraushvlarda himoya vositasisiz maydonga tushaman. Terma jamoa tarkibidagi saralash uchrashuvlaridagi ishtirokim men uchun foydali bo‘ldi. Men o‘z ustimda ishlashda davom etaman va mavsum yakunigacha shu tarzda davom etmoqchiman», - deydi Ueyn Runi Theguardian.com nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Runi Angliya terma jamoasi tarkibida yevropa mintaqasi JCh-2014 guruh bosqichi saralash uchrashuvlarida 6 uchrashuvda maydonga tushib 7 boraraqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va terma jamoani Braziliyada bo‘ladigan JCh-2014 ga yo‘llanma olishiga o‘z xissasini qo‘shdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ser Aleks fahriy fuqaroga aylandi

15.10.2013

Kecha Ser Aleks Fergusonga Trafford rayoni fahriy unvonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Serga maxsus «unvon» bilan birgalikda «Old Trafford»ga tutash «Water,s Rich» ko‘chasiga uning nomi berildi. Endi sobiq «Water\'s Rich» ko‘chasi Sir Alex Ferguson Way nomi bilan yuritiladi.

Shu yilning sentabrida Ser Aleks ushbu rejalar haqida gapirib o‘tgan edi: «Meni Trafford organining bunday eʼtibori juda xursand qildi. 1986 yil «Old Traffford»ga kelganimda bunday narsalar meni kutayotganini bilmas edim. Mening «fahriy» degan nom bilan eʼtirof etilishim va ko‘chalarning birining nomi mening ismim bilan atalshi bu - ajoyib.»

Муҳокама

Янгиликлар /

Zaa ijaraga ketmoqchi

15.10.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Uilfrid Zaa vaqtinchalik boshqa klubga o‘tmoqchi.

21-yoshlik futbolchi «qizil iblislar» tarkibidagi o‘yin amaliyotidan norozi. Zaa Angliyaning biror klubiga ijaraga o‘tish niyatida.

Takidlab o‘tish joiz, Angliya chempionlariga besh klub qishki transfer vaqtida vinger ijarasi bo‘yicha taklif bilan chiqishmoqchi. Ushbu ro‘yhatga «Nyukasl», «Vest Xem» va «Fulhem» klublari kiritilgan.

Муҳокама