Makeda jarohat oldi
10.10.2013

«Yunayted» hujumchisi FederikoMakedani omadsizlik hech tar etmayapti. «Donkaster» jamoasiga ijaraga berilgan22 yoshlik italiyan futbolchisi jarohat sabab yana Manchesterga qaytib keldi.
Makeda Pol Dikov jamoasida o‘tkazgan5 uchrashuvda raqiblar darvozasini 4 bora ishg‘ol qilgan edi. Yoshfutbolchining jarohatidan hatto «Donkaster» jamoasi rahbarlari ham afsusda.Rahbarlar futbolchi salomatligini tiklagandan so‘ng ijara shartlari qaytadankuchga kirishiga kelishishgan.
Eslatibo‘tamiz, futbolchining agentini xabariga ko‘ra Makeda yozda «Yunayted» ni erkinagent sifatida tark etadiVan der Sar: de Xea g‘aroyib o‘yinchi
10.10.2013

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Edvin van der Sarjamoaning ayni vaqtdagi golkiperi David De Xea o‘yinida o‘sish borliginitaʼkidladi.
«Bu g‘aroyib: u «MYu»ga boshqa chempionatdan juda yoshvaqtida keldi, David 20 yoshda edi. Ispaniyadan ko‘chib o‘tdi va tilni hambilmasdi. Bu yerda butunlay boshqacha taomlar, boshqacha o‘yin tarzi,mashg‘ulotlardagi uslublar ham o‘zgacha. Burchak va jarima zarbalaridagi to‘pyetkazishlar ham Ispaniyadagi kabi emas edi.
Boshida unda bu muammolar ko‘zga tashlanardi, ammo uningo‘tgan yanvardan ko‘rsata boshlagan o‘yini «Yunayted» jamoasini yanadakuchaytirdi.
Davidning ishonchli o‘yini o‘tgan mavsum chempionat g‘olibligisabablaridan biri deb ayta olaman», – deydi van der Sar.
10.10.2013

Aslida Fellayni yaqin vaqtlar ichida operatsiya qilinishilozim edi, ammo futbolchi Belgiya terma jamoasiga jahon chempionatigachiqishida yordam bermoqchi va premer liga bahslarida yaqin oylar ichida o‘ynabturishni istamoqda. Shu sababli jarrohlik amaliyoti dekabrga qoldirildi.
Ayni vaqtdaMaruan milliy terma jamoa tarkibida bo‘lib turibdi va qo‘lida maxsus moslamabilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi Chempionlar ligasida «Shaxtyor»gaqarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qo‘lidan jarohat olgan edi. Yaqinda esa Fellayniuch oyga safdan chiqqani haqida xabar tarqatilgandi.
«Yunayted» futbolchilari terma jamoa tarkibida
09.10.2013

«Yunayted» hujumchisi Robin van Persini kichik jarohat qiynamoqda, xatto u oxirgi mashg‘ulotnio‘tkazib yuborgan. Gollandiya sardori jarohati sabab tarkibdan joy olmasligiham mumkin.
Angliya terma jamoasiga «qizil iblislar» ning oltita nafaro‘yinchisi Fil Jons, Kris Smolling, Denni Uelbek, Ueyn Runi, Maykl Karrik va TomKleverli terma jamoaga yordam berishlari kutilmoqda chaqirilgan. Roy Xojsonjamoasi ikkita o‘yinda ham g‘alaba qozonsa Braziliyaga 2014 yo‘llanma olishimumkin.
Portugaliya o‘z guruhida Rossiyadan bir ochko ortda qolmoqdava Nani o‘z jamoasiga birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga yordam berishnirejalashtirmoqda.
Patris Evra Fransiya tarkibida Finlandiya bilan o‘yindaishtirok etishi mumkin.
Xaviyer Ernandes Meksikaning asosiy tarkibida Panama vaKosta-Rikalarning ustidan g‘alaba qozonish uchun maydonga tushushi mumkin.
Shinji Kagava o‘z terma jamoasi tarkibida Serbiya vaBelorussiya bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.
Antonio Valensiya esa Ekvador tarkibida Chili terma jamoasijamoasi bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
«Barselona» Yanuzay uchun kurashga kirishdi
08.10.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay mavsum yakuniga qadar klub bilan yangishartnoma imzolamasa, erkin agentga aylanadi. Shuning uchun ham u bir qator topklublar e’tiboriga tushgan.
Avvalroq unga«Yuventus», «Bavariya» va «Real»dan qiziqish bo’layotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.Endi ESPNga asoslanib Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi uchun «Barselona»ham kurash olib boradi.
«Barselona»dagilaragar Yanuzay «MYu» bilan shartnoma tuzmasa, albatta katalon klubiga kelishiga ishonchikomil.
Avvalroq Angliyaning amaldagi chempioni futbolchi bilan yangi shartnoma tuzishgatayyor ekanliklari va unga ko’ra Yanuzay haftasiga 60 ming funt olishi ko’zda tutilayotganito’g’risida xabar berilgan edi«MYu» Aksel Vitselga xaridor
08.10.2013

CalcioMercato nashrining xabar berishicha «ManchesterYunayted» jamoasi «Zenit» ning belgiyalik yarim himoyachisi Aksel Vitselgaqiziqish bildirgan.
Vitsel hozirgi kunda yevropaning eng iqtidorli markaziyyarim himoyachilardan biri hisoblanadi.
24 yoshli futbolchi bilan «Manchester Yunayted» boshmurabbiyi jamoaning markaziy yarim himoyasini yanada kuchaytirmoqchi. Qishgitransfer vaqtida «Yunayted» «Zenit» rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qishgi transferda «MYu» raxbariyati 50mln.funt streling sarflashi xaqida avval xabar berib o‘tgan edi.
Rafael: «MYu» dan ketmoqchi emasman
08.10.2013

Jamoadan ketishimga sabab hamko‘rmayapman. Men «MYu» tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushishni hoxlayman.Braziliyaga qaytish niyatida emasman», –deydi Rafael da Silva.
Fabio va Rafael «Manchester Yunayted»jamoasiga 2008 yil «Fluminense» tarkibidan kelib qo‘shilgan.
Rafael «MYu»tarkibida 130 uchrashuvda maydonga tushishga erishgan.
Fellayni tez orada safga qaytadi
08.10.2013

So‘ngi maʼlumotlarga ko‘ra Maruan Belgiya terma jamoasitarkibida JCH-2014 doirasidagi saralash uchrashuvida Xorvatiya terma jamoasigaqarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
25 yoshli yarim himoyachi holati borasida yakuniy qarorni «Yunayted»jamoasi shifokorlari tez orada maʼlumot berishlari kutilmoqda.
Yanuzay Belgiya terma jamoasi taklifni rad etdi
08.10.2013

«Biz uni terma jamoaga chaqirdik, ammo Andad «Manchester Yunayted» rahbariyatiga murojaat qilib, hozircha qaysi terma jamoada o‘ynash borasida bir qarorga kelmaganini maʼlum qildi.
Men uni terma jamoaga chaqirib, bizning qarorimizni aniq bildirdim. Ammo futbolchiga bosim o‘tkazmaslik lozim debo‘ylayman.
U juda yaxshi futbolchi va qaysi terma jamoada o‘ynashni o‘zi hal qilish huquqiga ega», - deydi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots.
Eslatib o‘tamiz, Adnan Yanuzay Belgiyada tug‘ilgan bo‘lib, uning ota-onasi asli Albaniyalikdir. Futbolchi maʼlum shartlarga rioya qilgan taqdirda Angliya terma jamoasida ham o‘ynashi mumkin
Daily Mail: 15 million funt + Valensiya=Beyns
07.10.2013

«Manchester Yunayted» klubi haligacha «Everton» klubiningchap qanot himoyachisi Leyton Beynsni sotib olishni istayapti.
«Qizil iblislar» 28 yoshli futbolchini o‘tgan yozda sotibolishga urinib ko‘rishgan edi, biroq tomonlar transfer masalalari borasidakelisha olishmagan. Endi «MYu» himoyachini qishki transfer oynani paytida sotibolishga harakat qilib ko‘radi.
«Manchester Yunayted» Beyns uchun 15 million funt va yarimhimoyachisi Antonio Valensiyani taklif etayapti, deb xabar beradi Daily Mail.
Agar «Everton» bu safar ham rad javobini bersa, mankunianliklar «Real»himoyachisi Fabiu Koentrauni o‘z saflariga qo‘shib olishga urinib ko‘rishadi