04.10.2013

Ueyn Runi «Manchester Yunayted» jamoasi muhlislariga unijamoadagi sentyabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb tanlaganliklari uchun o‘zminnatdorchiligini bildirdi.

«Har qanday mukofot olish doimo yoqimli bo‘ladi, agar bumuhlislar tomonidan tanlansa ikki barobar yoqimli», - deydi Ueyn jamoaningrasmiy saytiga bergan intervyusida.

«O‘tganoyda maydonga qaydganimdan juda xursand bo‘ldim. O‘yinni sog‘lom holadao‘tkazish va bir qancha gollar urish juda ajoyib bo‘ldi».

Ushbumavsumda urgan gollari orasidagi eng yaxshisi qaysi degan savolga Runiquyidagicha javob berdi: «Men «Kristal Pelas» ga urgan golimni tanlardim. Sababibu mening ushbu mavsumdagi birichi golim edi va bu o‘zimga bo‘lgan ishonchnioshirib ko‘plab gollar urishimda muhim rol o‘ynadi».

Ushbu mavsumdanboshlab «Manchester Yunayted» jamoasi ananaviy tarzda har oyning eng yaxshio‘yinchisini aniqlab boradi. G‘olib bo‘lgan o‘yinchi esa tadbir davomidayig‘ilgan mablag‘ni o‘zi hohlagan tashkilot xisobiga o‘tkazish xuquqiga egabo‘ladi.

«Men ushbuxayriya mablag‘larini Trafforddagi Young Enterprise fondiga o‘tkazmoqchima, -deya o‘z qarorini bildirdi Ueyn. – Bu tashkilot maktab bolalari taʼlim olibkatta xayotga qadam qo‘yishlariga katta xissa qo‘shadi».

Муҳокама

03.10.2013

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Duayt York jamoaning ChempionlarLigasi guruh bosqichidagi «Shaxtyor»ga qarshi o’yini haqida fikrlarini bildiribo’tdi.

«Bu ochko qiyin kechgan baxsda qo’lga kiritildi. Ikkinchi bo’limda«Shaxtyor» o’z o’yinini topib olib, «MYu»ni qamal qilgandek tuyuldi menga».

«Bu maydondaijobiy natijani qo’lga kiritish qiyin. So’nggi haftada bo’lib o’tgan ishlarni hisobgaolib, ushbu bir ochkoni «Manchester Yunayted» uchun yaxshi natija deb hisoblashmumkin.

«Hamma «Shaxtyor»ning qanchalik kuchli jamoa ekanigaishonch hosil qildi deb o’ylayman. Ular o’z maydonida istalgan klubni qiynab qo’yishlarimumkin», dedi York

Муҳокама

03.10.2013

«ManchesterYunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoa hujumchisi Ueyn Runiborasidagi fikrlarini bildirib o’tdi.

«Ueyndarhaqiqat jamoadan ketishni istagandi. Bu narsa chempionatdagi g’alabadanso’ng ro’y bergandi.

Runigahamma ingliz futbolining asosiy umidi sifatida qaraydi va bu narsa unga kattazarar etkazmoqda. Matbuotning e’tibori tufayli u aziyat chekadi.

Shuningdekuning atrofida turli odamlar bor va ular o’z maslahatlarini berib turadilar.Aynan shu sababli muammolar kelib chiqqan deb o’ylayman.

Men Runibilan hech qachon janjallashib qolmaganman. To’g’ri, ba’zan intizom choralariko’rilardi, ammo hammaga ham bunday choralar qo’llanib turadi. Menimcha Ueynhozir shu xonaga kirib kelsa, bajonidil qo’limni siqqan bo’lardi.

Klub uni «Chelsi»ga sotmasligini bilgach, «MYu» o’zklubi ekanini tushundi va bor e’tibori, diqqati va kuchini jamoa sharafinihimoya qilishga qaratdi. U yana avvalgidek o’yin namoyish qilmoqda», - deydiFergyuson

Муҳокама

03.10.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Uilfrid Zaa qishki transfer mavsumidajamoasini almashtirishga qaror qildi.

Angliyayoshlar terma jamoasining 21 yoshli futbolchisiga «Nyukasl», «Suonsi», «VestBromvich», «Stok Siti» va uning sobiq jamoasi «Kristal Pelas» da’vogarlikqilmoqda. Bu klub futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi va «MYu»gabu borada rasmiy taklif yuborgan.

Eslatibo’tamiz, Uilfrid Zaa Angliya Superkubogida «Uigan»ga qarshi o’tkazilgano’yindan so’ng biror marta ham maydonga tushmadi. Hozirda futbolchi «Nyukasl»gaijara asosida o’tishni istamoqda.

Eslatib o’tamiz, «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi 17 million funt evaziga sotib olgan edi

Муҳокама

03.10.2013

«Everton» klubihimoyachisi Leyton Beyns haligacha «Manchester Yunayted» klubining qiziqish doirasidaturipti.

Mankunianliklar yoz mavsumida Angliya terma jamoasining28 yoshli himoyachisi uchun 15 million funt mablag’ taklif etishgan edi. Biroq «Everton»20 million so’ragan. Ta’kidlanishicha «MYu» qishki transfer oynasi paytida yanabir bor Beynsni sotib olishga urinib ko’radi

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF: Hatto umid ham qilmang

03.10.2013

«ManchesterYunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning aytishicha, u 2003 yilda Londonning«Chelsi» klubini boshqarishdan bosh tortgan ekan.

«Roman Abramovich endigina klubni sotib olgan vaqtlarda«Chelsi» rahbariyati menga taklif bilan chiqishgandi. Men esa «Hatto umid ham qilmang»deb javob berganman», deya Fergyuson so’zlaridan Public Broadcasting Servicega asoslanganholda ESPN iqtibos keltirmoqda

Муҳокама

02.10.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq ustozi Ser Aleks Fergyusonyana jamoa bosh murabbiyi bo‘lib qaytishi mumkinligini inkor etdi. Shotlandiyalikmutaxassis klubni 27 yil boshqardi va o‘tgan yozda o‘rnini hamyurti DevidMoyesga bo‘shatib bergan edi.

««Manchester Yunayted» da boshqa ishlashni istamayman,umuman murabbiylik ishiga qaytmoqchi emasman», – deya Fergyuson so‘zlaridaniqtibos keltiradi Mirror nashri.

« Moyes boshqaruvidagi «MYu» endi ishonchli qo‘llarda deya olaman. Hammasiyaxshi bo‘ladi u ajoyib murabbiy. Agar siz mening qaytishim ustidan garovbog‘lab pul tiksangiz, mablag‘ingizni havoga uchirgan bo‘lasiz. Qaror chiqaribbo‘lganman: hayotimni qaytadan boshlayapman, orqaga yo‘l yo‘q. Men Kentukkiderbisi, golf bo‘yicha AQSH ochiq chempionati hamda Toskana uzumzorlariniko‘rmoqchiman».

Муҳокама

02.10.2013

Adnan Yanuzayning agenti Dirk De Vris futbolchi bilan jamoayangi shartnoma yuzasidan muzokara boshlanganini taʼkidladi.«Sera Aleks ketgandan so‘ng muzokara biroz to‘xtab qolgandi,hozir biz ishda davom etmoqdamiz. Men Adnanning oilasidan muzokarani davomettirish uchun ruxsatni oldim», - deydi De Vris belgiya nashirlariga berganintervyusida.

«Men qaysi jamoalar mening mijozimga qiziqaytganini aytibo‘tirmayman. Shuni aniq ayta olishim mumkinki, bular orasida yevropaning birqancha jamoalari bor».

«Adnan qaysi terma jamoani tanlashi borasida ko‘plab xatlar va fakslarolmoqdamiz turli davlatassotsiatsiyalaridan, barcha uning taqdiri bilan qiziqmoqda. Hatto Albaniyada termajamoda o‘ynashini istab tele-shou tashkillashtirishdi. Adnaning o‘zi esa o‘zishini chin yurakdan va hotirjamlik bilan qilishni istamoqda»

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz rekordga yaqin

02.10.2013

«Yunayted»afsonaviy o‘yinchisi Rayan Giggz Chempionlar Ligasi guruh bosqichi o‘yinlaridoirasidagi «Shaxtyor» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushsa ushbuturnirda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi sifatida tarixga kiradi deya Jamoarasmiy sayti xabar bermoqda.

Bugungikunga kelib39-yoshli Giggza ChLsida «Real»jamoasining sobiq o‘yinchisi Raul kabi 144 uchrashuvda maydonga tushgan.

Giggz«Yunayted» tarkibida yigirma mavsumdan beri Chempionlar Ligasi musobaqasidaishtirok etib kelmoqda va o‘tkazgan barcha uchrashuvda 29 golning muallifi hambo‘lgan..

Inside United jurnali muxbiriningxabariga ko‘ra Rayan yangi rekord xaqida quyidagi fikrni bildirgan: «Haqiqatdan?Rostanmi! Men buni bilmas ekanman. Bu ajoyib musobaqa, menga ushbu musobaqada ikkibora omad kulib boqqan va ko‘p bora yoddan chiqmaydigan uchrashuvlarda ishtiroketganman».

«Chempionlar Ligasida maydongatushish va mashhur futbolchilar bilan o‘ynash hamda Raul, bir so‘z bilanaytganda barchasi ajoyib. Raul ushbu musobaqada juda ko‘p gol urgan va uch boramusobaqa g‘olibi bo‘lgan. Agar menda undan o‘zib ketish imkoni bor ekan bubilan men faxrlanaman».

Raul hali faoliyatini to‘liqyakunlamadi va hozirda Qatarning «As-Sadd» jamoasi sharafini himoya qilibkelmoqda. U yana yevropa Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida maydonga tushishinoaniq. Rekord borasida Giggzning raqobatchisi «Barselona» jamoasi yarimhimoyachisi Xavi, uning hisobida ChL musobaqasining 136 uchrashuvi bor.

Муҳокама

Янгиликлар /

Nevill: Bu biroz vaqtni oladi

01.10.2013

«ManchesterYunayted» sobiq sardori Gari Nevil jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes borasidagi fikrlarinibildirib o’tdi.

«Shubhasiz Moyeshali jamoa nimalarga qodir ekanini to’liq bilmaydi. U «MYu»ning imkoniyatlarinio’rganmoqda.

Odamlar uningmatbuot anjumanlaridagi salbiy fikrlariga e’tibor qaratadilar. «MYu» muxlislarivaziyatga real baho bermasdan, premer liga va EChLdagi g’alabalarni orzu qilmoqdalar.

Ammo men sizni ishontirib aytishim mumkin, klub rahbariyatiMoyesni yaqin orada iste’foga chiqarmaydi. Unga yangi jamoa tashkil qilishi uchunuch yoki to’rt yil beradilar. Bu biroz vaqtni oladi, ammo Moyesga uni beradilar.Arsen Venger borasida ham «Arsenal»da xuddi shunday bo’lgandi», - deydi Nevill

Муҳокама