Янгиликлар /

«Yuve» Yanuzayga qiziqmoqda

25.09.2013

Turinning «Yuventus»klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanzayga qiziqishbildirmoqda.

OldinroqYanuzayga yangi shartnoma taklif etilgan, ammo u shartnomani qabul qilishniistamagan edi. Hozirgacha «Barselona» va «Manchester Siti» klublari futbolchiagentlari bilan aloqaga chiqishga ulgurishgan.

Eslatib o’tamiz,«Yuventus» «Yunayted»ning yana bir yosh futbolchisi Pol Pogbani tekinga, uyangi shartnoma imzolashni istamagani uchun olib kelgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Bu yerda ishlash yoqadi

25.09.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Ser Aleksning ketishi jamoaga ta’sirqilishini va uning klubda uzoq muddatlirejasi borligini aytib o’tdi.

«Bu ajoyibklub, - deya Moyes. – Bu buyuk futbolchilar bilan ishlash uchun fantastik joy. Bujoyda ishlash menga juda yoqmoqda.

Kimdir buyukmurabbiy ketganidan so’ng jamoa avvalgidek o’yin namoyish etadi deb o’ylagan bo’lsa,adashishadi. Buyuk murabbiy ketganidan so’ng, jamoani og’ir damlar kutayotganima’lum edi.

Futbolnitushunadiganlar murabbiy kelganidan keyin jamoada ko’p o’zgarishlar bo’lishikerakligini tushunadilar. O’zgarishlar uchun esa vaqt talab etiladi. «Yunayted»mutasaddilari esa o’zgarishlar asta-sekinlik bilan amalga oshishini tushunibturishibdi.

Menga buyerda, bu yerdagi barcha yigitlar bilan ishlash juda yoqadi. Bu ajoyib jamoa.Biz barchaga to’g’ri yo’ldan ketayotganimizni ko’rsatishimiz kerak».

Муҳокама

25.09.2013

«Liverpul» klubibosh murabbiyi Brendar Rojers Angliya Liga Kubogida «Manchester Yunayted» klubigaqarshi o’tkaziladigan uchrashuv oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

«Old Trafford»kabi stadionlarda o’ynash har doim og’ir bo’lgan. «Manchester Yunayted»da og’irtaqvim bor. Bizda ham o’tgan yili xuddi shunday holat edi. Bunday vaziyatlarda shunchakitezroq yaxshi natija ko’rsatishga intilish lozim bo’ladi xolos.

«MYu» futbolchilarimavsumning boshlanishidan ancha xafa bo’ldilar. Ammo uy uchrashuvlarida g’alabaqozonish ular uchun katta imkoniyat. Biz uchun esa avvalgi mag’lubiyatlardan o’nglanibolish uchun yaxshi vaziyat yuzaga kelgan.

«Yunayted» - chempion va hamon kuchli tarkibga ega.Bu tarkibdan bir necha futbolchilar joy olganlar. Devid Moyesning g’oyalari esaertami, kech, bir kun kelib amalga oshishi lozim», - deydi Rojers

Муҳокама

25.09.2013

«Manchester Yunayted» jamoasing 18 yoshli belgiyalik yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsata olishiga ishonishinitaʼkidlab o‘tdi.

«O‘z o‘yinimdan ko‘nglim to‘ldi. Men o‘tgan yili zaxiratarkibida bir qator uchrashuvlarda maydonga tushdim va fikrimcha yomon o‘yin namoyish qilmadim.

Keyin yozgi turne davomida o‘zimni ko‘rsatish imkoni bo‘ldi.Endi bo‘lsa Devid Moyes «Kristal Pelas»ga qarshi o‘ynash imkonini berdi», -deydi Yanuzay.

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Olg’a initilishim kerak

24.09.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya Kubogi doirasidagi «Liverpul»gaqarshi o’yin oldidan fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Moyes ushbu baxs jamoa uchuntiklanish o’yini bo’lishini kutayotganini aytib o’tdi.

««Liverpul»gaqarshi baxs biz uchun juda muhim. Xa, biz «derbi»da mag’lub bo’ldik, ammo bu o’tibketdi. Biz keyingi o’yinlar haqida o’ylashimiz kerak.

Robin vanPersi ertaga o’ynay oladi deya olmayman, «Vest Bromvich»ga qarshi baxsga esatayyor bo’ladi.

Liga Kubogibaxslari tarkibga kira olmayotgan va yosh futbolchilar o’zlarini ko’rsatishlariuchun ajoyib imkoniyat, ammo bunday baxslarda emas,» - deydi Moyes.

Муҳокама

24.09.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Robin van Persi Angliya Kubogi baxsida ishtirok etaolmaydi, deya xabar bermoqda M.E.N nashri. Robin «Liverpul»ga qarshi mavsumdagidastlabki Premyer Ligadagi baxsda maydonda to’p surgan edi, biroq gollandjarohat tufayli Kubok uchrashuvida ham maydonga tusha olmaydi.

Van Persibundan oldin «Siti»ga qarshi baxsni ham o’tkazib yuborgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz: 40 yosh bu 30 yoshdek gap

24.09.2013

Noyabr oyiso’nggida 40 yoshga to’ladigan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi RayanGiggzning ta’kidlashicha, u yoshiga unchalik ham ko’p e’tibor qaratavermaydi.

Uningso’zlariga ko’ra, 40 yosh ham bu huddi 30 yoshdek gap.

«40 yosh men uchun huddi 30 yoshdek gap. Mensabrsizlik bilan tug’ilgan kunimni kutyapman, chunki bu bayramni yaxshiko’raman. To’g’risini aytsam, hech qachon yoshim nechida ekaniga ko’p hamahamiyat bermaganman. Masalan, hozir men o’yindan keyin tiklanish uchunavvalgidan ko’ra ko’proq vaqt sarflayman, biroq futboldan hozir yanada ko’proqzavq olyapman», deya Giggz so’zlaridan «Manchester Yunayted» rasmiy saytiiqtibos keltirmoqda

Муҳокама

24.09.2013

Rossiya termajamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, «Roma» yarim himoyachisi Danielde Rossi o’zini «Manchester Yunayted»da sinab ko’rsa bo’lardi.

«De Rossiningo’rnida bo’lganimda o’z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo’ygan klubda to’p surishuchun «Manchester Yunayted»da o’zimni sinab ko’rgan bo’lardim. Bir necha oy ilgariDevid Moyes Danielning o’yini borasida mening fikrim bilan qiziqqandi. Albatta meningbu boradagi fikrim ijobiy edi».

«Manchesterderbisida, menimcha, «Siti» raqibdan kuchliroq o’yin namoyish etdi. «MYu»ning yozgitransfer mavsumidagi amalga oshirgan ishi meni qoniqtirmadi. Ular yomon futbolchilarsotib olishmadi. Biroq harid qilinganlar top futbolchilar emas», dedi Kapello

Муҳокама

Янгиликлар /

Vidich: «MYu» hali qaytadi

24.09.2013

«Mancheter Yunayted»ningmohir himoyachisi Nemanya Vidich jamoasining «Manchester Siti»dan nima uchun1:4 hisobida engilganini izohlab berdi.

«Derbida imkoniyatni boy berish juda alamli, - deydi serbiyalik futbolchi.– Ishoning, jamoamizdan hech kim bu o’yinni eslashni xohlamayapti. Jamoa yutqazgandako’pchilik murabbiy yaxshimi, futbolchilar kuchlimi degan savolni boradi. Men esabu haqda ko’p ham bosh qotirayotganim yo’q. Chunki bizda boy tarixga ega ajoyibjamoa bor va futbolchilarning har biri o’z terma jamoalarining a’zolari hisoblanadi.Yangi bosh murabbiy agar keyingi o’yinda g’alaba qozonsak, hammasi joyiga tushishiniaytdi. Tan olishimiz kerak, «Siti» bizni har tomonlama mag’lub etdi, lekin shuniunutmangki, MYu hali qaytadi»

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Inestaga qiziqmoqda

24.09.2013

Angliyaning«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari, «Barselona» klubi yarim himoyachisiAndres Inestaga qiziqishmoqda, deb xabar beradi ispan OAV.

Shu bilan birgalikdaInesta bilan yaqindan tanish bo’lgan Pep Gvardiola qo’l ostidagi myunxenning «Bavariya»klubi ham futbolchiga qiziqmoqda. O’yinchining o’zi esa kataloniyaliklar klubi bilanshartnomani uzaytirish bo’yicha muzokara olib borayapti.

Tomonlar haliyangi shartnoma imzolashmagan bo’lishsada, biroq bunga juda yaqin turishibdi.

Eslatib o’tamiz, Inesta yillik maoshini 17 million evrogachako’tarishni so’rayapti

Муҳокама