Ferdinand: Runi fantastik futbolchi
20.09.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Rio Ferdinand klub murabbiylaridan faqat ikki hujumchidan emasqolgan hujumchilardan ham foydalanishlarini so’radi.
«ZaxirasidaUelbek va Chicharito kabi hujumchisi bor bo’lgan murabbiy xursand bo’ladi. O’ylaymanki,Runi va van Persi ajoyib duet, ular o’zini ko’rsatishmoqda. Ammo menimcha yuklamalarnito’rttala hujumchiga teng taqsimlash kerak.
Runi? U ajoyib o’ynamoqda va shunday davom etadi debo’ylayman. U fantastik futbolchi. Uning tarkibga qaytgani zo’r bo’ldi», — deydiRio Britaniya matbuotigaFA farm-klublar masalasini jiddiy ko’rib chiqadi
20.09.2013

Angliya futbolassotsiatsiyasi yaqin kunlarda premer-liga jamoalari uchun farm-klublar yaratishmasalasini jiddiy ko’rib chiqishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Sky Sports.
Mazkur rejaning maqsadi, yosh ingliz futbolchilarigako’proq o’yin amaliyatini yaratib berishdan iborat bo’ladi. So’nggi yillar FA birnecha marotaba, premer-liga klublarida o’ynayotgan yosh o’yinchilarning ko’pchiligio’z uyidan tashqarida tarbiya olganidan xavotirda ekanligini aytib o’tganLingard ijaraga berildi
20.09.2013

20 yoshli Lingard yaqin kunlarichida Li Klark jamoasiga borib qo‘shiladi. U jamoada 9-raqamda ijara asosida20 oktyabrga qadar o‘yinlarda ishtirok etadi. Yosh yarim himoyachining yangijamoadagi debyuti shanba kuni «Sheffild Uensdey» ga qarshi o‘yinda bo‘lishikutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lingard mavsum olditayyorgarlik doirasidagi uchrashuvlarda «Manchester Yunayted» tarkibidamaydonga tushib raqib darvozalarini to‘rt bora aniq nishonga olgan va jamoa to‘purari bo‘lgan edi.
Runi: Moyes - ajoyib murabbiy
20.09.2013

«MYu» hujumchisi Ueyn Runi jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesborasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Oxirgi haftalardamashg‘ulotlarda yaxshi ishladim, ammo jarohat tufayli kayfiyat ancha tushdi. Shungaqaramasdan ishlashda davom etmoqdaman va bu holat gollar timsolida o‘zfoydasini keltirmoqda.
Moyesning mashg‘ulotlari «MYu»ning avvalgi uslubidan birozfarq qiladi. Men Moyes bilan «Everton»da ishlagan vaqtlarimizni yaxshieslayman. Hozir mashg‘ulotlar ancha qiziqarliroq bo‘lgan va menga katta foydabermoqda. Men yaxshi formadaman va maydonga tushish imkoniyatidan xursandman.
Moyes - ajoyib murabbiy. U «Everton»da amalga oshirgan ishlari tufayli bu darajaga erishdi. Mengauning boshqaruvi ostida o‘ynash juda yoqadi va umid qilamanki muvaffaqiyatgaerisha olaman», - deydi futbolchi.
«MYu» rahbariyati murojati
19.09.2013

«Manchester Yunayted» rahbariyatimuxlislarga transfer siyosati borasida ochiq xat bilan murojaat qildi.
«Jamoamizning ikki muhim vazifasibor edi. Birinchisi - Ueyn Runini tarkibda saqlab qolish edi. Bu vazifabajarildi.
Ikkinchi vazifa - yarim himoyachisotib olish edi. Bu ham bajarildi. Biz Maruan Fellayni bilan shartnomaimzoladik.
Bundan tashqari Vilfrid Zaxani hamtarkibga qo‘shib oldik. O‘ta iqtidorli Adnan Yanuzay esa asosiy tarkibgao‘tkazildi. Shuningdek Nani bilan shartnomani uzaytirdik. Klub yozda yangifutbolchilar uchun 40 million funt sarfladi.
Biz bundan ham ko‘proq mablag‘sarflashimiz mumkin edi, ammo jamoalar bilan muzokaralar boshi berk ko‘chagakirib qoldi. Bizning asosiy maqsadimiz tarkibga qo‘shilib keta oladiganiqtidorli futbolchilarni sotib olish edi.
«MYu»ning barcha transferlari bosh murabbiy bilankelishuv asosida amalga oshirildi. Devid Moyes o‘z jamoasini tashkil qilishgaharakat qilmoqda, buning uchun esa vaqt kerak. «Manchester Yunayted» - uzoqmuddatli loyiha. Shu sababli murabbiy qaysi futbolchilar jamoani kuchaytiraolishi borasida o‘zi qaror qabul qilishi lozim», - deyiladi murojaatda«MYu» 363 million funt daromad ko‘rdi
18.09.2013

Daromadning asosiy qismi homiylik shartomalari, atributika va boshqa mahsulotlarning savdosidan tushgan.
«Biz natijalarimiz bilan faxrlanamiz. Bizning moliyaviy natijalarimiz klubga yanada rivojlanish va ijobiy natijalarga erishish imkonini taqdim etadi», - deydi klub vitse-prezidenti Ed Vudvard
Manda Fermentation: «Yunayted» homiysi
18.09.2013

Yaponiyaning mashhur oziq ovqat qo’shimchalari ishlabchiqaradigan Manda Fermentation Co, kompaniyasi «Manchester Yunayted» jamoasibilan 5 yillik hamkorlik shartnomasiniimzolangani haqida habar berishdi. Bu shartnoma Manda kompaniyasiga «Yunayted»brendini rasmiy ravishda Yaponiya bo’ylab tarqatish huquqini beradi.
Mandakompaniyasi o’z faoliyatini 1987 – yilda boshlagan. 20 yil mobaynida korxona mutaxassislari ozuqa qo‘shimchalarini hechqanday aralashmalarsiz tayyorlash uchun fermentatsiya jarayoni ustida ilmiytekshiruv ishlari olib borishdi. Natijada korxona sog‘liq uchun foydali bo‘lganva insonga kuch baxsh etadigan tabiiy, xavfsiz va mazali maxsulotlar ishlabchiqarishdi. Shartnomaga ko’ra kompaniya«Yunayted» brendini Yaponiyada yanayam ommalashtirish huquqini olgan. Malumotlargako’ra Yaponiyada klub muhlislari 4 milliondan ortiqroq.
ManchesterYunayted klubining tijorat bo’limi boshlig’i Richard Arnold fikricha: «Tarixdabirinchi bor «Yunayted» oziq ovqat qo’shimchalari ishlab chiqradigan kompaniyabilan hamkorlik shartnomalarini tuzdi. Biz Manda kompaniyasi bilan ishlashdanhursandmiz u Yaponiyada oziq ovqat qo’shimchalari ishlab chiqaradigan boshqakompaniyalarni orasida yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya qishloq ho’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha boshqalardan ajralib turgan. Bu shartnoma bizni Yaponiyadagi o’zmuhlislarimiz bilan yanayam yaqinroq bo’lishimizni ta’minlaydi va aholiorasida sog’lom turmush tarzinirivojlantirishga hizmat qiladi deb o’ylayman».
MandaFermentation Co. Ltd. kompaniyasi prezidenti Yoshinori Matsuura: «Shuni quvonchbilan ta’kidlashim kerakki biz Manchester Yunayted kabi buyuk tarixga egaafsonaviy jamoa bilan rasmiy shartnoma imzolaganimizdan judayam hursandmiz. «Yunayted»butun dunyo odamlarini hayratiga va quvonchiga sababchi bo’ladi, bu hamkorlikortidan biz o’z fikrlarimizni yanayam kengroq auditoriya bilan o’rtoqlashaolamiz: O’z salomatligiz uchun qayg’urib, atrof muhitni jumladan Onatabiyatimizni himoya qiling»RvP: Runi haqiqatdan ham ajoyib o‘ynadi
18.09.2013

«ManchesterYunayted» klubi hujumchisi Robin van Persi Chempionlar ligasi guruh bosqichidoirasida «Bayer»ga qarshi bo‘lgan o‘yinda, klubdagi hamkasbi Ueyn Runiningo‘yiniga (4:2) baho berib o‘tdi.
«Runihaqiqatdan ham ajoyib o‘ynadi. Menga Ueyn bilan o‘ynash yoqadi.
Runi turlixil uslublarda harakatlanishni biladi. U qisqa to‘p uzatishlarni ham,uzoq masofaga to‘p uzatishlarni ham birdek yaxshi bajaradi.
«Bayer» – kuchli raqib va biz o‘yindan oldin buklubning o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik. Biz o‘yinni ishonch bilan o‘tkazdikva oldimizga qo‘ygan maqsadni bajardik», - deydi van PersiRuni: Xursandman
18.09.2013

«Manchester Yunayted»ning angliyalik hujumchisi Ueyn RuniChempionlar Ligasi guruh bosqichidagi «Bayer»ga qarshi o‘yinda o‘zining «qiziliblislar» tarkibidagi 200-golini kiritdi va bundan mamnun ekanini ta’kidladi.
«Men bunday natijaga erisha olganim bilanfaxrlanaman. Asosiy tarkibda maydonga tushayotganimdan, ko‘po‘ynayotanimdan va gollar urayotganimdan xursandman. Biz bugun yaxshi natijaniqayd etdik. Chempionlar Ligasida birinchi o‘yinni yaxshi natijabilan boshlab olish juda muhim», deya Runi so‘zlaridan Goal.com iqtiboskeltirmodaMoyes: Runi qarsaklarga loyiq edi
18.09.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes YeChL 1-turidagi «Bayer» ustidanqozonilgan g‘alabadan (4:2) so‘ng Ueyn Runini maqtadi.
«Biz ajoyibo‘yin namoyish etdik. Bir necha oy oldin Runi goll urishda davom etibbuyuk futbolchilarning natijalarini yaxshilashi mumkin degandim. Bugun uqoyilmaqom tarzda o‘ynadi va o‘yindan so‘ng muxlislarning tashkil etib berganqarsaklariga loyiq edi. Umuman olganda u hattoki xet-trik qayd etishi hammumkin edi.
Robin van Persining goli ham ajoyib chiqdi. Agar buikki futbolchi gol urishda davom etsa, biz yengilmas kuchga aylanamiz», – deydiMoyes