Runi «MYu» tarkibidagi 200 chi golini urdi
18.09.2013

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Bayer»ga qarshi uchrashuvda kiritgan ikki goli tufayli 27 yoshli hujumchi «MYu» safidagi gollari sonini 200 taga yetkazdi deya jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
Bungacha faqatgina «qizil iblislar»ning 3 nafar futbolchisi 200 lik davondan o‘tgan edi. Bular ser Bobbi Charlton (249 gol), Denis Lou (237 gol), Djek Rouli (211 gol). Hujumchi buning uchun 406 uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, Runi Chempionlar ligasi bahslaridagi o‘zining 30 to‘pini ham kiritdi va shu tariqa to‘purarlik bahsida Rayan Giggzdan o‘tib ketti. Hujumchi yana 8 to‘p kiritsa Ruda van Nistelroy rekordini takrorlagan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Runi «MYu» safida 2004 yildan beri to‘p surib kelmoqda«Manchester Siti» Yanuzayni sotib olmoqchi
17.09.2013

«ManchesterSiti» «Manchester Yunayted»ning bo‘lajak yulduzi Adnan Yanuzayni sotibolmoqchi.
«MYu»ustozi Devid Moyes futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlamasa, klub esaYanuzayga yaxshilangan shartnoma taklif qilmasa u holda yosh futbolchi boshqaklubga o‘tishi mumkin.
Futbolchining«Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda tugaydi, shartnomaniuzaytirish borasidagi muzokaralar aprel oyidan buyon natijasiz davom etmoqda.
Moyes Yanuzay klub bilan yangi shartnoma tuzishigaishonishini ma’lum qilgandiFellayni: Muxlislarning kutib olishlari juda yoqdi
17.09.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Maruan Fellaini, Chempionlar ligasi doirasida«Bayer»ga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibga tushishga umid qilayotganinita’kidlab o‘tdi.
«Men «Pelas»gaqarshi maydonda 30 daqiqa o‘ynaganimdan mamnun bo‘ldim. Endi Chempionlarligasi bahsida boshlang‘ich tarkibga tushishga umid qilayapman. Bu meningmusobaqadagi birinchi uchrashuvim bo‘ladi va men unda debyut uchrashuvinio‘tkazishni kutayapman. Biroq barchasini murabbiy hal qiladi.
Biz mavsumni yaxshi boshlaganimiz muhim. Menga muxlislarning meni kutibolishlari juda yoqdi. Ularmeni har doim qullab quvatlashadi va shu sababli men maydonda o‘z kuchimgaishongan holda harakatlanaman», - deydi FellainiRio: Takroriy lavhalar yordam beradi
17.09.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand futbol simuliyatsiyaga bo’lgan munosabatihaqida fikrlarini bayon etdi. Rio simuliyatsiya ishlatgan futbolchilarganisbatan keskin chora ko’rish kerak deb aytmoqda.
«Futbolchilarnibu uchun jazolash kerak, chunki bu futbolning bir qismi bo’lib qoldi. Bu qoidaninafaqat Yevropada, balkim xar bir davlatda joriy etish kerak. Men boshqa hamkasblarimday futbolchini yiqitishni xoxlamayman, ammo raqib bilan baxsgakirishishing bilan u aniq yiqilishni boshlaydi.
Fikrimchatakroriy efirlarni joriy etish vaqti keldi, bu xakamlarga foyda vasimuliyantlarga qarshi kurashga yordam beradi».
Nani: O’z uyimdagidek xis qilyapman
17.09.2013

Luish Naniklub bilan shartnomasini uzaytirganidan xursand ekanligini va klubda o’zinierkin his qilayotganini aytib o’tdi. Portugaliyalik xavbek Angliya Chempionlarisafiga 2007-yilda kelib qo’shilgan va mavsum boshida 5 yillik yangi shartnomaimzoladi.
«Manchesterdabaxtliman va bu yerda o’zimni uyimdagidek xis qilyapman, - deya MUTVgaintervyusida Nani. – Shartnoma uzaytirilganidan so’ng hotirjam bo’ldim vayakunda e’tiborimni kelasi baxslarga qaratdim. Men bu klubda uzoq yillardanberi o’ynayapman va «qizil iblislar» safida doimo qolmoqchiman».
Ferdinand: Biz yangi davrni boshlab beramiz
17.09.2013

«Germaniya jamoalari so‘ngi yillarda juda kuchaydilar. Bu gapni ispanjamoalariga nisbatan aytsa ham bo‘ladi. Ammo menimcha bu shunchaki navbatdagisikl holos.
Agarda ohirgi o‘n yilni olib qaraydigan bo‘lsak, bu vaqtga qadar Italiya vaAngliya jamoalari kuchli edilar. Bu holat takrorlanib keladi. Umid qilamankibiz yangi davrni boshlab beramiz.
Guruh og‘ir bo‘lganda murabbiyda futbolchilarga dam berish uchun imkoniyat kambo‘ladi. Bugungi kunda Chempionlar ligasida kurash judakatta. Hamma olg‘a yurishni istaydi», - deydi Ferdinand.
Moyes: Runi 30 ta gol ura oladi
16.09.2013

Devid MoyesUeyn Runini bu mavsumda 30 ta gol ura olishini aytib o’tdi. Mavsum avvalidajarohat va transfer muammolariga duch kelgan hujumchi jamoada qoladigan ko’rinadi.Runi mavsumdagi o’zining ilk hujumchilik «ishi»ni «Kristal Pelas»ga qarshi o’yindabajardi. Ueyn ushbuda jarima zarbasini qoyilmaqom qilib bajardi.
Runi o’tganmavsumda 16 ta gol kiritdi va Moyes bumavsumda Runini van Persi bilan ajoyib tandem bo’lishiga umid qilayotganini yashirmadi.
«Men u bunibajarishini xoxlayman, - deya Moyes intervyusida. – Ueyn ham shuni mendayxoxlaydi, biz buni biragikda bajarishga harakat qilamiz. Van Persi vaRunilarning birgalikda to’p surishlari ajoyib bo’ldi. Barcha ushbu sheriklardanko’plab gollar kutishadi. Menda Chicharito va Uelbeklar ham bor. Denni mavsumnijuda ko’tarinki boshladi.
Men Runiningfaqat yuqori saviyada va hujumchilarday o’ynashini xoxlayman, - qo’shimchaqildi shotland. – U juda ko’p gol urgan. Ammo o’tgan mavsumda bu unda pasayishvujudga keldi.
Men Robinva Ueynga ishonaman. Ularning o’tgan o’yinda gol urishganlari ajoyib bo’ldi. Buyaxshi start».
Yanuzay: Ko’proq o’ynashni xoxlayman
16.09.2013

O’ziningdebyutini «Old Trafford»da shanba kuni «Kristal Pelas»ga qarshi o’yinda nishonlaganAdnan Yanuzay jamoaga to’liq moslashishni va yanada ko’proq foydasi tegishnixoxlayotganini takidlab o’tdi.
«Menmaydonda o’tkazgan 25 minutda o’zimni juda yaxshi his qildim va ozgina hayajongatushdim, bu mening Premyer Ligadagi ilk o’yinim, - deya MUTVga intervyusidaYanuzay. – Men maydonda bir necha yaxshi yurishlarni amalga oshirdim deb o’ylayman,ammo bu mening debyut baxsim bo’ldi, shuning uchun astoydil ishlashda davometaman. Men muhlislardan qo’lab-quvvatlab kuch qo’shib berganliklari uchuntashakkur aytaman. Men juda hursandman.
Men gol kiritishimgaishonaman, ammo endi jamoamdagi sheriklarim gol kiritishi uchun qo’limdankelgan barchasini qilishim kerak. Men ko’proq o’ynashni xoxlayman va asosiytarkibda yana maydonga tushish imkoniyati bo’lishiga umid qilaman. Agar mendayana imkoniyat bo’lsa, oz kuchimni jamoaga yordam berish uchun sarf etaman».
Fabio: Raqobatga tayyorman
16.09.2013

Fabio ukasi bilan asosiy tarkib uchun kurash olib borishga tayyorligini takidlab o’tdi.Braziliyalik o’tgan mavsumni «KPR»da ijarada o’tkazdi. Fabio bu ijara o‘zi uchun yaxshi bo’lganini aytib o’tdi. Fabio mavsumdagidebyutini «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda g’alaba bilan boshladi.
«O’tganmavsumdagi ijara men uchun yaxshi bo’ldi deb o’ylayman, - deya ManUtd.ComgaFabio. - Men Devid Moyesda yaxshitaasurot qoldirishni xoxlayman. Mashg’ulotlarda ishtiyoq bilan shug’ullanmoqdaman,shuning uchun ham «Kristal Pelas»ga qarshi o’yinni asosiy tarkibda boshladim.Men shunday, Rafael bilan asosiy tarkib uchun kurashish, ruhini davom ettiraman.
Bizningmunosabatlarimiz o’zgarmagan, - deya so’zida davom etarkan futbolchi. - Biz 23yoshdamiz va biz endi futbolchilarmiz. Biz uchun kim bo’lsa ham asosiy tarkibdamaydonga tushishimiz muhim. Men o’zimizni «Manchester Yunayted»ga kirishgatayyorligimizga ishonchim komil. Bu jamoada fantastik futbolchilar to’plangan.
Agar o’z o’rnimnibu yerda mustahkamlay olmasam boshqa jamoaga o’tishim mumkin. Ammo bor kuchimnishu klubda qolish uchun sarf etmoqchiman. Men shanba kuni maydonga tushdim. O’tayotganmavsumda tez-tez maydonga tushishga umid qilaman».
Moyes: Yanuzay hali o’sadi
16.09.2013

Devid Moyes Adnan Yanuzayning «Kristal Pelas»gaqarshi o’yindagi debyuti taasurotlari bilan o’rtoqlashdi. 18-yoshlik belgiyalik«Old Trafford»da kechgan baxsda ikkinchi taymda maydonga tushdi va bir nechaxavfli hujum paslarini berdi.
«Adnan judatezlik bilan o’sib bormoqda, - deyaMUTVga Moyes. – Men uni ertaroq maydonga tushurmoqchi edim, ammo mavsumningqiyin boshlanishi bunga imkon bermadi. Men agar barchasi ko’ngildagidek ketsa,uni maydonga tushurishga qaror qildim. Xatto uni asosiy tarkibdayoq tushirishnixoxladim.
Yanuzayjuda o’yin namoyish etdi, - so’zida davom etarkan shotlandiyalik, - u maydondajuda foydali ishlarni bajardi, to’pni yaxshi boshqara oldi. Bu yigitdan yaxshifutbolchi chiqadi. U atigi 18 yosh va juda istedodli».