08.09.2013

«ManchesterYunayted» klubi raxbariyati hujumchi Ueyn Runi bilan yangi shartnoma imzolashgatayyor, deya xabar beradi The Telegraph.

Angliya termajamoasi hujumchisining amaldagi shartnomasi 2015 yili o’z nihoyasiga etadi. Xabarlargako’ra, yangi shartnoma kelasi yili imzolanadi.

Shu yo’l bilan, «MYu» Runini «Arsenal» va «Chelsi» klublarigao’tib ketmaslikka chorlamoqda

Муҳокама

Янгиликлар /

Ferdinand: Nimadir qilish kerak

08.09.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand legionerlarga limit qo’yish haqida o’zfikrlarini bildirib o’tdi.

«Premer-ligadaingliz futbolchilarining kamligi terma jamoaga ham zarar keltirmoqda. Angliyadalegionerlarga limitini qo’yish kerak. Ko’pgina jamoalarda ingliz futbolchilari zaxiradao’tirishibdi. Biz bo’lsa bu erda Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqchibo’lib yuribmiz.

Menga Turkiyaningtizimi yoqadi. U erda bitta klubda 10dan ortiq legioner bo’lishi mumkin emas. Shuningdek,ushbu legionerlarning faqat 6tasini bitta o’yin qaydnomasiga kiritish mumkin.

Bilaman, Evropa qonunlari bunday cheklov qo’yilishigayo’l bermaydi. Ammo agar biz Angliya futbolini, uning kelajagini himoya qilmoqchibo’lsak, nimadir qilish kerak», - deydi Ferdinand

Муҳокама

Янгиликлар /

Jerard: Uelbek yo’qligi bilinadi

07.09.2013

Angliyaterma jamosi sardori Stiven Jerard Moldova (4-0)ga qarshi o’yindagi DanielUelbekning o’yinini yuqori baxolab, uning o’rni Ukrainaga qarshi baxsda bilinishini takidlab o’tdi.Xabar berib o’tganimizdak, Moldovaga qarshi o’yinda Uelbek dubl qayd etib jamoasi g’alabasiga hissasini qo’shdi.

«BizgaUelbekning yo’qligi bilinadi. Hozir u termamiz uchun eng kerakli futbolchi. Sizuning sariq kartochkadan so’ng hujum qilishdan to’xtamaganini va ikki golkiritganini ko’rdingiz.

Seshanbakuni jarohatlar borligi jarayonida va uning yo’qligi bizga ta’sir qiladi, ammo biz to’xtamasdano’z ishimizni qilishimiz kerak.

Moldovagaqarshi o’yinda o’z ishimizni proffesanial darajada bajardik. Ular bizning o’yinimizni, ruhimiznitushurishga va ishimizni qiyinlashtirishga xarakat qilishlarni bilar edik. Ammotezkor gol, shubhasiz ishimizni yengillashtirdi», - aytib o’tdi Jerard.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fellayni: Debyutimni kutyapman

07.09.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni klubdagi dastlabki o’yinidamaydonga tushishni kutayotganini va «Yunayted»dagi dastlabki mavsumidayoq bir nechaunvonlarni yutishni xoxlayotganini aytib o’tdi.

«Bu mavsumboshlanganida niyatim «Manchester Yunayted»ga ko’chib o’tish edi. Shuning uchunhozir juda xursandman. Klubdagi dastlabki o’yinimni intizortlik bilan kutyapmanva men jamoada o’z o’rnimga loyiq ekanligimni isbotlashim uchun ko’p ishlashimkerakligini bilaman.

«Yunayted»tarkibida ko’p oyinlarda maydonga tushmoqchiman va ko’plab unvonlaryutmoqchiman. Albatta xar mavsum raqiblar kuchayib boraverishini inobatga olsakbu qiyin. Ammo bunga kuchimiz yetarli deb o’ylayman.

Bu menuchun katta qadam. Men Angliyada besh yil o’ynadim, chempionat, futbolchilarniqandayligini bilaman va bu ko’chib o’tish men uchun qiyin bo’ladi deb o’ylamayman»,- aytib o’tdi Fellayni.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ernandez: FIFA 14 rolikida

07.09.2013

"

«ManchesterYunayted» hujumchisi Xavier Ernandez EA Sports kompaniyasining eng ilg’orloyihasi bo’lmish FIFA 2014 uchun maxsus videorolikida sur’atga tushdi.

Chichadantashqari rolikda Leonel Messi, Garet Beyl va Stefan al-Sharavilar ham ishtiroketgan. Xavier va Leo ushbu o‘yinning yuzi hisoblanishadi.

Ma’lumot o’rnidaushbu o’yinni mamlakatimiz maxsus do’kon rastalaridan keyingi oydan haridqilishingiz mumkin.

Video

"

Муҳокама

Янгиликлар /

Uelbek: Juda xafaman

07.09.2013

«ManchesterYunayted» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Daniel Uelbek JCh saralashbosqichi Moldovaga qarshi o’yin haqida gapirib o’tdi. «H» guruhida baxs olibborayotgan Angliya termasi «Uembli»da minglab muhlislar ko’z o’ngida Moldova termasinimaxf etdi. O’yinni asosiy tarkibda «qizil iblislar» safidan yolg’iz o’zi boshlaganUelbek ikki gol muallifi bo’lgan bo’lsa, birinchi taym yakunlarida bitta sariqham ishlab oldi. Ushbu sariq Daniel uchun turnirdagi dastlabkisi emas edi va uendi Ukrainaga qarshi baxsni diskvalifikatsaiya tufayli baxsni maydontashqarisidan kuzatishga majbur bo’ladi.

Uelbekbundan juda xafa ekanligini va xakam xushtagini muhlislarning shovqini tufaylieshita olmaganini takidlab o’tdi.

«Men sariqkartochka olganimdan juda xafaman, - deya Bbc hujumchi so’zlaridan parchakeltirmoqda. - Maydondagi minglab muhlislarning hayqirig’i tufayli hakamxushtagini eshita olmadim. Menga bu holatdan so’ng juda qiyin bo’ldi. Ukrainabilan kerakli natijani qayd etishga umid qilamiz».

Ma’lumot o’rnida,Uelbek ushbu baxsdagi dublidan so’ng to’purarlar baxsida to’rtta gol bilan 10 o’rindagifutbolchilar qatoriga yetib oldi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Byuttner «Old Trafford»da qoladi

06.09.2013

«Yunayted»himoyachisi Aleksandr Byuttner yangi mavsumda «Old Trafford»da qolishini va «Beshiktash»gaijaraga bormasligini takidlab o’tdi. Byuttner transfer oynasi vaqtida «Beshiktash»gaijaraga o’tishga xarakat qildi va o’z navbatida «Yunayted» Fabio Koentrauniijaraga olish bo’yicha muzokaralarni olib bordi, ammo ikkala muzokara ham «o’xshamadi».

«Men DevidMoyes bilan ochiq uchrashuv o’tkazdim. – deya Gollandiyaning Da Telegraafnashriga 24 yoshlik Byuttner. – U menga bu mavsumda maydonga yetarli darajadatushishimni va bundan xavotir olmasligimni aytdi. U meni qo’yib yubormoqchiemas».

Iqtidorli himoyachishuningdek «Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolash haqida xam gapirib o’tdi.

«Shubhasiz,o’tgan mavsum men uchun omadli kechdi. – so’zida davom etarkan Aleks, – klub hamshuni tasdiqlaydi. Klub bilan yangi shartnoma esa men uchun katta narsa».

Byutner o’tganmavsumda «qizil iblislar» safida 13 marta maydonga tushib ikkita gol kiritgan.

Муҳокама

06.09.2013

«Qiziliblislar»ning yosh yulduzi Adnan Yanuzay Chempionshipga ijaraga yuborilishimumkin, uning hizmatlaridan «Blekbern» foydalanish istagini bildormoqda. 18yoshlik belgiyalik mavsum oldi tayyorgarlik turne vaqtida «Yunayted» safidagi o’yinlaribilan Devid Moyesda iliq taasurot qoldirdi va endi unga o’yin amaliyoti kerakbo’lishi mumkin.

«Blekbern»bosh direktori Derek Shou Moyes bilan bu kelishuv borasida batafsilsuhbatlashib olish niyatida. Hozirda Yanuzay Albaniyaga qarshi o’yin o’tkazishuchun Belgiya termasi ihtiyorida, u«Blekbern» safiga o‘tsa«daydilar»ning eng yaxshi to’purariJordan Roudsu bilan maydonga tushishi mumkin.

Муҳокама

Янгиликлар /

Bolt: Fellayniga «MYu»da omad

06.09.2013

Olimpiada o’yinlariningolti karra chempioni va «Manchester Yunayted» muhlisi Useyn Bolt ijtimoiytarmoqlarining biridagi sahifasida Maruan Fellaynining «Yunayted»dagifaoliyatiga omad tiladi. Oldinroq dunyoning eng tezyurar odami Moyesga shutariqa, jamoaga yangi jonkuyar yarim himoyachi sotib olish kerakligini aytganedi.

«Men «ManchesterYunayted» muhlisiman, - deya Bolt. – Shuning uchun ham «Yunayted» tarkibiga qo’shilganbarcha futbolchilarga omad tilayman. Fellayni ham bundan mustasno emas. Unga omad».

Муҳокама

Янгиликлар /

Nani: Umid qilaman

06.09.2013

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Luish Nani klub bilan uzaytirgan 5-yillik shartnomasi qarori haqidagapirib o’tdi. Nani o’tgan mavsumda o’yin amaliyotisiz qolayotgani uchunjamoadan ketishi haqida gap so’zlar oralagan va unga haridorlar ham topilganedi, biroq jamoa tizimidagi qator o’zgarishlar o’zi uchun yaxshi tomonga o’zgarishinikutgan va yangi bosh murabbiy Devid Moyes bir necha bor unga ishonchbildirishini aytganidan so’ng u yangi shartnomaga imzo chekdi.

««ManchesterYunayted»ga kelib men ulkan tajribaga ega bo’ldim, - deya Nani MUTVga. – Men klubgakelganimda jamoa natijalariga hissa qo’shishimni o’ylamagan edim.

Xar kuniyilda bir necha unvon yutish niyatida bo’lgan eng yaxshi futbolchilar bilanishlash menga ajoyib turtki bo’ladi. Men bosh murabbiy o’zimni kuchimni ko’rsatishuchun ishonch bildirganidan xursandman va bu mavsumda jamoamga katta unvonlaruchun kurashda yordam berishga umid qilaman».

Муҳокама