Useyn Bolt: Kreativ yarim himoyachi kerak
02.09.2013

Engil atletikaningyugurish yo’nalishi bo’yicha olti karra jahon chempioni va o’z yo’nalishi qirolibo’lgan Useyn Bolt, Devid Moyesga instagram ijtimoiy tarmog’i orqali vidio xabarnomayubordi.
Bolt o’zining vidio xabarnomasida shunday deydi: «MenUseyn Bolt, «Manchester Yunayted»ning ashaddiy muxlisiman. Devid Moyes, bizga yaxshipas bera oladigan va golli vaziyatlar yarata oladigan kreativ yarim himoyachi kerak.Xoziroq!»Errere «Yunayted»ga o’tishga rozilik berdi
02.09.2013

«Atletik»klubi yarim himoyachisi Ander Errera «Manchester Yunayted»ga o’tish taklifiniqabul qildi va o’z qarori haqida o’zining bakslar klubini boxabar qildi.
Angliya Chempionlari24-yoshlik sobiq «bilbaolik» futbolchi bilan 5 yilllik shartnoma tuzishgatayyor, deya xabar bermoqda El Correo.
Endi «MYu»va «Atletik» Erreraning transfer summasi borasida kelishuvga erishishlariginaqoldi.
Eslatib o’tamiz,«qizil iblislar» xavbek uchun 30 million yevro taklif qilishgandi, ammo basklarfutbolchining kompetsasion puli bilan to’liq 36 million yevro talab qilishganedi.
Brendan Rojers: Yigitlarim bilan faxrlanaman
02.09.2013

«Liverpul»bosh murabbiyi Brendan Rojers Angliya Premer-ligasining 3-turidagi «ManchesterYunayted» (1:0) bilan o’yindan keyin jamoasi raqibiga qaraganda ruhiy jihatdankuchliroq bo’lganini ta’kidlab o’tdi. Mersisaydliklar ustozi chempionatdagibunday ajoyib startni mavsumlar oralig’idagi yaxshi ishga bog’ladi.
– Muhimi,biz bu o’yinga qanday ruhiy tayyorgarlikka ega bo’lganmiz, – deb Sky SportsRojersning so’zlaridan keltiradi. – Biz o’zimizning eng yaxshi futbolimizniko’rsatmadik. Ha, «Manchester Yunayted» yaxshi o’yin namoyish qildi, lekinbizning himoyaviy intellektimiz yaxshilanib bormoqda.
Futbolchilar shunchaki ajoyib o’ynashmoqda. Bizbunday startga erishish uchun mavsumlar oralig’ida qattiq mehnat qildik.To’rtta o’yinda to’rtta g’alabaga erishdik va o’z mehnatlarimizga mukofotoldik. O’z yigitlarim bilan juda faxrlanamanRuni Angliya termasiga yordam bera olmaydi
02.09.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi JCh-2014 saralashining Moldova va Ukrainatermalariga qarshi o’yinlarda ishtirok etolmaydi.
Runi jamoaningshanba kungi mashg’ulotida peshonasidan jarohat olgan. U Fil Jons bilan to’qnashibketgan va natijada peshonasi yorilgan. Shu tufayli Ueyn «Yunayted»ning bugun bo’libo’tgan «Liverpul»ga qarshi o’yini qaydnomasiga kiritilmadi. 27 yoshli ingliz birnecha haftani lazaretda o’tkazadi.
«Jarohat uni bir necha hafta maydondan tashqarida qoldiradi.Meni taxminimcha, unda terma jamoada o’ynash imkoniyat yo’q», – deb «MYu» ustoziDevid Moyesning so’zlaridan keltiradi BBCMarotta: «Yuventus» Nani bilan qiziqmagan
02.09.2013

«Yuventus» direktoriBeppe Marotta Turin klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Nani bilan shartnomatuzishga qiziqmaganini aytib o’tdi.
«Biz «ManchesterYunayted» bilan Nanini sotib olish bo’yicha hech qachon muzokara olib bormaganmiz.Buning ustiga u klub bilan yangi shartnoma imzoladi», – dedi Marotta.
Avvalroq Portugaliya termasi futbolchisiga «Monako»va «Zenit» qiziqish bildirgandiSneyder «MYu»ga rad javobini berdi
02.09.2013

«Galatasaroy»yarim himoyachisi Uesli Sneyder «Manchester Yunayted»ga o’tishdan bosh tortdi. Angliyachempionlari o’rta chiziqda raqobatni kuchaytirish uchun 29 yoshli gollandga qiziqishgandi,biroq futbolchi Angliyaga o’tmaslikka qaror qildi.
– Sneyder ikkihafta oldin «Yunayted»dan taklif olgandi, – deb Voetbal Krant «Galatasaroy» sportdirektori Byulent Tulunning so’zlaridan keltiradi. – Ammo u taklifni qabul qilmadi.Uni sotib olishni istagan boshqa klublar ham bor, ammo biz uni yo’qotishni xohlamaymiz.
Joriy mavsumda Sneyder turkiya chempionatida 3 o’yindabitta gol kiritdiFerdinand: «Liverpul» da’vogar emas
01.09.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand «qizil iblislar» yakshanba kuni «Enfild»daAPL 4-turi doirasida to’qnash keladigan «Liverpul» klubi chempionat g’olibligiuchun da’vogar emasligini aytib o’tdi.
– Haliularning chempionat kuchli to’rtligi uchun kurashuvchi klublar safiga kirishadideb aytishga erta, – deydi Ferdinand MUTV dagi efir vaqtida.
– Chempionat endi boshlanayotgan vaqtda ularnifavoritlar safiga qo’shishga shoshmagan ma’qul. Lekin ular mavsumni yaxshiboshlashdi, natijada uch o’yindan so’ng turnir jadvalida yaxshi o’rindajoylashishgan. Ammo men baribir raqobat «Manchester Yunayted», «Manchester Siti»va «Chelsi» o’rtasida kechadi, «Liverpul», «Tottenxem» hamda «Arsenal»to’rtinchi o’rin uchun kurashadilar deb o’ylayman«MYu» Fellayni transferi borasida kelishuvga erishdi
01.09.2013

Mirrornashri bergan xabarlarga ko’ra, «Yunayted» Maruan Fellayni transferi borasidakelishuvga erishdi, «qizil iblislar» bu transferga Jessi Lingardni ham biryillik ijara asosida qo’shib berishga rozi bo’lishdi.
«ManchesterYunayted» belgiyalik futbolini dushanba kuni rasman ommaga tanishtiradi.
Bu transferga Jessi Lingard ham bir yillik ijaraasosida qo’shib beriladi, «Everton» ustozi Roberto Martines bu futbolchinimavsum oldi turdagi ajoyib o’yinlaridan so’ng qo’lga kiritishga ahd qilganKoutinyo: Ingliz derbisi qiziqarliroq
01.09.2013

«Men «ManchesterYunayted»ga qarshi to’p surishga ulgurmadim, ammo jamoadoshlarimningaytishicha, «Milan derbisi»ga qaraganda, «Liverpul» - «Manchester Yunayted» o’yinishiddati yuqori ekan.
AngliyadaItaliyaga qaraganga futbolni ko’proq sevishdi. Jamoalar xuddi so’nggi bormaydonga tushganday to’p surishadi. Xakamlar esa A seriya hakamlaridan kamroqxushtak chalishadi», - deya aytib o’tdi Koutinyo.
«MYu» tovon pulini to’lashga tayyor
01.09.2013

«Atletik» klubiyarim himoyachi Ander Erreraning transferi borasida muzokaralar olib borishni unchaistamayotgani sabab, «Manchester Yunayted» basklarni rad javobini berish imkoniyatidanmahrum qilmoqchilar.
Mankunianliklar futbolchining shartnomasida ko’rsatilgan36 million evroga teng tovon pulini to’lashga tayyorlar. «Yunayted»da transfer oynasiyopilguniga qadar uncha ko’p vaqt qolmadi, shuning uchun jamoaga suv va havodekmuhim bo’lgan yarim himoyachi chizig’i o’yinchisini xarid qilish uchun klub rahbaariyatibor kuchini aynan shu transferga sarflaydi