21.08.2013

Fahriydarvozabon va hozirda «Manchester Yunayted» elchisi hisoblanadigan PeterShmeyhel Ueyn Runi sotilmasligini aytib o’tdi.

«Men SerAleks Runi o’zini transferga qo’yishini so‘raganini aytgandi, ammo men Ueyn bilansuhbatlashganimda, u menga bunday bo’lmaganini aytib o’tdi. U «Chelsiga» ham, «Arsenalga»ham, boshqa klubga o’tishni ham xoxlashini aytmagan edi, - Shmeyhel so’zlaridanparcha keltirmoqda The Sun. – Men Runini dushanba kuni «Chelsiga» qarshi o’ynashigava barchasini unutib yuborishiga ishonaman».

«DevidMoyes bir necha bor Ueyn hech yerga ketmasligini aytdi. Agar Ueyn hujumda o’ynasao’z-o’zidan 25-30 ta gol uradi, agar yarim himoyada o’ynasa, u Pol Skoulz o’rnigaeng yaxshi voris bo’lishi mumkin. Men esa u o’tkir hujumda o’ynashni xoxlaydi,deb o’ylayman».

Муҳокама

21.08.2013

«ManchesterYunayted» «Everton» futbolchilari Maruan Fellayni va Leyton Beynsni sotibolish fikridan voz kechmadi.

Bu haftadaAngliya chempionlari mersesaydliklar himoyachisi va xavbeki uchun 35 millionfunt taklif qiladi, deya xabar bermoqda ESPN nashri.

Eslatib o’tamiz,«Yunayted»ning oldingi 28 millionliktaklifi rad etilgan va keyinroq «qizil iblislar» «Everton» futbolchilarinialohida sotib olishini xabar qilgan edi.

Муҳокама

20.08.2013

«Manchester Yunayted» Runi borasidagi muzokaralarni kelishuvga Xuan Mata kiritilsa, davom ettirishini maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» «Chelsi» ning Runi ikki taklifini rad etgan edi. Shundan keyin esa Runi hyech qanday pulga sotilmasligi maʼlum qilingan.
Shunday bo‘lsada Goal.com aynan Mataning qo‘shib berilishi, «MYu»ning muzokaralarni qayta boshlashiga sabab bo‘ladi, deb yozmoqda.

Муҳокама

20.08.2013

«Everton» himoyachisiLeyton Beyns «Manchester Yunayted»ga o’tishdan cho’chimoqda.

28 yoshli futbolchi«MYu»ga o’tsa va asosiy tarkibga kira olmasa Angliya terma jamoasiga chaqirilmayqo’yishidan qo’rqmoqda.

Shunday qilib,Beyns «Old Trafford»ga o’tishga shoshmayapti va «Everton»da qolmoqchi.

O’tgan mavsumda «Yunayted»ning chap qanot himoyachisiPatris Evra premer liganing 38ta o’yinidan 34tasida maydonga tushgandi

Муҳокама

20.08.2013

Redmancunian.comnashri xabariga ko’ra, bugun «Manchester Yunayted» himoyachisi Skott Vutton «Lids»gao’tish shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin.

Skott «Yunayted»ningkechagi «Liverpul»ga qarshi zahira vakillari o’yinida ishtirok etmadi. U buguno’zining o’tishini to’liq bajarishi zarur.

«Tovuslar»futbolchi bilan tezroq shartnoma imzolashmoqchi va uni «Ispvich Taun»ga qarshio’yin qaydnomasiga kiritmoqchi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ferdinand: Bu sharmandalik

20.08.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand APL 1-turida bo’lib o’tgan «Manchester Siti»va «Nyukasl» o’rtasidagi (4:0) o’yin haqida o’z fikrini bildirdi.

«Sharmanda, bugun atiga uchta ingliz maydonga tushdi.Angliya terma jamoasi kelajagi haqida gapira olmayman», – deb yozadi o’z tvitteridaFerdinand.

Ushbu o’yinda inglizlardan Jo Xart, Joleon Leskott(ikkisi – «Manchester Siti») va «Nyukasl» himoyachisi Stiven Teylor maydonga tushishdi.«Siti» safida Jeyms Milner va Jek Roduell zaxirada qolishdi

Муҳокама

20.08.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Robin van Persini maqtab,u albatta medallarga ega chiqishi shart ekanini ta’kidladi.

Jamoa tarkibidagiko’pgina futbolchilardan farqli o’laroq 30 yoshli golland faqatgina bir marotabaAngliya chempioni bo’lishga erishdi.

«Robin uchun asosiy maqsad - medallarga ega chiqish.Menimcha u bini tushunib turibdi. U muvoffaqtyatga erishishni istaydi. Uning mashg’ulotlardagiharakatlari va o’yinini yanada kuchaytirishga intilishi meni hayratga solyapti»,deya murabbiy so’zlaridan SkySports iqtibos keltirmoqda

Муҳокама

20.08.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand «Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourinoning «qiziliblislar»ning kuchsizligi haqidagi gapiga javob berdi.

Oldinroq Mourino«MYu» o’tgan mavsumda boshqa raqiblarning kuchsizligi tufayli chempion bo’lganiniaytgandi.

– Bu Mourinoningyangi mavsumdagi birinchi «hamlasi» edi, – deydi Ferdinand ESPN ga. – Biz buni kutgandik.Har mavsum boshida «MYu»ni uchinchi to’rtinchi o’rinlarga qo’yadigan odam topiladi.Bizni ko’p yillardan buyon favorit hisoblashmaydi. Ko’p odamlar «Manchester Yunayted»yutqazishini kutishadi.

Angliya chempionlari 1-turda safarda «Suonsi» ustidanyirik 4:1 hisobida zafar quchishdi

Муҳокама

20.08.2013

«ManchesterYunayted» bir necha bor rad javobini olganiga qaramay, «Everton» vakillari LeytonBeyns va Maruan Fellaynini sotib olish fikridan qaytgani yo’q.

Avvalroq manchesterliklarbu ikki futbolchini bir kelishuv asosida sotib olishga intilishgan bo’lishsa,endi har biri uchun alohida kelishuv taklif etishga tayyorlar, deya xabar bermoqdaThe Guardian.

Gazetaning xabarlarigako’ra, agar «Everton» Fellaynini sotsa, «Uigan» yarim himoyachisi Jeyms Makkartiniharid qilishi yoki «Man. Siti» vakili Garet Berrini ijaraga olishni rejalashtiryapti.

Avvalroq «Everton» «MYu»ning bu ikki futbolchi uchuntaklif qilgan 28 million funtlik taklifini «haqoratomuz va kulguli» deb baholab,uni rad etgandi

Муҳокама

20.08.2013

«Galatasaray»«Manchester Yunayted»ning chap qanot himoyachisi Patris Evrani sotib olishniyatida, deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Nashrxabariga ko’ra, ushbu transfer «Yunayted» «Everton» qanot himoyachisi LeytonBeynsni sotib olsagina amalga oshishi mumkin.

FransuzBraziliyadagi jahon chempionatidan chetda qolmaslik uchun ham Turkiyaga ko’chibo’tishi mumkin deya aytilmoqda.

Муҳокама