20.08.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Aleksandr Byutner tez vaqtlar ichida Turkiyaning«Beshiktash» klubiga o’tishi mumkin.

Gollandiyalikhozirada Istanbulda, klub mutasaddilari bilan shahsiy sharnoma bo’yichamuzokaralarni davom ettirmoqda. Bu hafta yakunida ushbu transfer rasman e’lonqilinishi mumkin.

«Yunayted» tarkibiga o’tgan mavsum avvalida kelibqo’shilgan gollandiyalik «qizil iblislar» libosida barcha turnirlarda sakkiztao’yin o’tkazdi va ikkita golga mualliflik qildi

Муҳокама

19.08.2013

«Roma»hujumchisi Pablo Osvaldoning sotuvidan tushgan 15 million funtni «ManchesterYunayted» vingeri Luish Nanini sotib olish uchun sarf etmoqchi, deya xabarbermoqda The Daily Mail nashri.

Italiyaklubi bosh murabbiyi endi Angliya chempionlari bosh murabbiyi bilan Luishtransferi bo’yicha suhbatlashishga u uchun taklif kiritishga tayyor.

«Kristal Palasdan» Uilfrid Zaaning «Old Trafford»gako’chib o’tishi Nanining «Yunayted»dagi kelajagini so’roq ostida qoldirdi. Ammo 26-yoshlik futbolchi o’tgan xaftada agar o’zining optimal formasinitikkalay olsa, jamoada qolishni xoxlayotgani va asosiy tarkib uchun kurashishgatayyorligini aytib o’tgan

Муҳокама

19.08.2013

«Yana bir futbolchi Fil Jons Ueyn Runini mavsumdagi«Manchester Yunayted» libosidagi dastlabki baxsi, «Suonsi»ga qarshi o’yinidamaydonga tushganida uni qo’llab-quvvatlab o’tdi.

Runi – fantastik futbolchi va zahiradan maydongatushib o’zini yaxshi ko’rsatdi, - Jons so’zlaridan parcha keltirmoqda The DailyMail. - Tribuna uni juda yaxshi qabul qildi. U bundanhayron qoldiimi? U shunchaki maydonga tushdi va o’z ishini juda yaxshi bajardi.Murabbiy va yigitlar bundan juda xursand bo’lishdi

Муҳокама

19.08.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Maykl Kerrik jamoa futbolchilari Runini qo’llab quvvatlashlariniaytib o’tdi.

Runi yana safgaqaytganidan xursandman. O’ylaymakni, u maydoga tushgandan keyin yaxshi o’yin namoyishetdi. U ikkita golli vaziyat yaratib berdi. Bu Runiga xos ish.

U doimiy ravishdaraqib darvozasi oldida xavf yarata oladi. Uelbek gol urgan vaziyatda u tovonidanbiroz jarohat oldi. Biroq ishonamanki, hammasi joyida bo’ladi.

U «Manchester Yunayted»dagi eng muhim futbolchi. U bizningjamoadoshimiz va biz doimo u bilan birga bo’lamiz, dedi Kerrik

Муҳокама

19.08.2013

«Everton» klubi«MYu»ning Maruan Fellayni va Leyton Beynslar transferi uchun qilgan taklifini radetdi.

«Everton»ningsobiq bosh murabbiyi Devid Moyes ikkala futbolchi uchun 28 mln. funt taklif etgan.

«MYu» belgiyalikyarim himoyachi uchun 16 mln funt va Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun esa12 mln funt berishga tayyor edi.

«Everton» esao’z navbatida o’z etakchilarini qo’yib yubormoqchi emas va ularni o’zida saqlabqolishga qat’iy qaror qilgan.

Angliya premer-ligasi birinchi turida, ikkala futbolchiham «Norvich»ga qarshi o’yinda (2:2) asosiy tarkibda maydonga tushgan va o’yinnito’liq o’tkazishgan

Муҳокама

19.08.2013

«Yunayted»ningmeksikalik hujumchisi Xavier Ernandezning agenti Eduardo Ernandez so’zlariga ko’ra,hujumchiga bu yozda «Valensiya»dan taklif olgani, ammo u «Yunayted»ni tark etmaslikni xoxlamoqda.

«Valensiya»dantaklif bo’lgani rost, - aytib o’tdi El Universalga futbolchining agenti. –Menda ularning sport ishlari direktori bilan suhbatlashish imkoni bo’ldi, ammoChicharito menga «Yunayted»da qolishni xoxlayotganini aytdi – bu uning tanlovi».

«Xavierdaaniq maqsad - «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida o’ynash istagi bor. U «Yunayted»dahar kuni nafaqat maydonda, balkim kiyinsh honasida ham u uchun katta raqobatborligini biladi.»

Eduardo ErnandezChicharito jarohat tufayli so’nngi baxsni o’tkazib yuborganligi haqidagi quruqgaplarga izoh berib o’tdi. Xujumchida jarohat bor, ammo u ushbu haftadan to’liqmashg’ulotlar bilan mashg’ul va juda tez vaqtlar ichida maydonga qaytishimumkin: «U besh kundan buyon shug’ullanmoqda va hozir uning o’ynashiga xechnarsa xalaqit bermayapti».

Муҳокама

18.08.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi klub tarkibidako’proq maydonga tushishni xoxlayotganini aytib o’tdi.

Men jamoabilan ketmaganim uchun, «Yunayted» bilan ko’p shug’ullana olmadim, - TheTelegraph Runi so’zlaridan iqtibos keltirmoqda. – Men o’yinimni tiklashgaulgurmadim, ammo uni tiklanishiga umid qilaman.

Menga o’zustimda ishlashim va yana ko’plab o’yinlarda maydonga tushishim kerak. Doimomavsum oldi tayyorlovlarni muvaffaqqiyatli o’tkazishni xoxlayman. Baxtga qarshi men u boshlanganidatizzamdan keyin belimdan jarohat oldim.

Menmashg’ulotlarda tirishqoqlik bilan ishladim va Shotlandiyaga qarshi baxdao’ynaganim uchun Xojsonga rahmat aytaman.

«Suonsi»bilan baxsda men bir necha yelka og’rig’ini qoldiradigan vositalar bilano’ynadim, - deydi Runi.

– Maydonga tushganim ajoyib bo’ldi va keyingibaxslarda maydonga tushishga umid qilaman

Муҳокама

Янгиликлар /

«Chelsi» Runidan voz kechdi

18.08.2013

«Chelsi» klubitransfer bozorida boshqa maqsadni ko’zlashini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha,londonliklarning e’tiboriga «Portu» hujumchisi Jekson Martines tushgan.

26 yoshli futbolchiuchun «ko’klar» 25 million evro taklif qilmoqdalar. Ammo «Portu» rahbariyati hujumchiuchun 35 million evro talab qilmoqda. Shunga qaramasdan «Chelsi» rahbariyati buborada muvaffaqiyatga erishishiga shubha qilmayapti.

Agarda JeksonMartines borasida muzokaralar kerakli natija keltirmasa, Joze Mourino uchinchi nomzodniham tayyorlab qo’ygan. Bu holatda londonliklar «Anji» hujumchisi Samyuel EtoOnisotib olish borasida ish boshlaydilar.

Eslatib o’tamiz, Martines o’tgan mavsum «Portu» tarkibida43 uchrashuvda 34 gol kiritishga muvaffaq bo’lgan va u bilan «Real», «Barselona»,«Tottenxem» klublari qiziqish bildirgan edilar

Муҳокама

18.08.2013

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi bu mavsum ham«Old Trafford»da qoladigan bo’ldi.

Ueynmashgu’lotlarda tirishqoqlik bilan shug‘ulanmoqda va shuning uchun ham utarkibga qaytishni xoxlamoqda.

«Klub unisotmasligini tushundi va u o’zini yaxshi tomondan ko’rsatishga intilmoqda. Unitez vaqtlar ichida klubning asosiy tarkibining kuchli futbolchisi sifatidaqaytadi deb o‘ylayman,» - deya takidlab o’tdi The Daily Mailga «Yunayted»vakili.

Premyer Liga birinchi turida «Suonsi»ga qarshizahiradan maydonga tushgan Runi ikkita gollik pas uzatdi

Муҳокама

18.08.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes AngliyaPremyer Ligasi 1-tur «Suonsi» ustidan qozonilgan g’alaba borasida fikrlarinibildirib o’tdi.

Biz«Manchester Yunayted» kabi o’yin namoyish etishimiz kerak. Hujumda juda erkinbo’ldik va raqib hujumlarini qaytara oldik, bu meni juda hursand qildi.

«Suonsi»bilan ularning maydonida to’p surish qiyin bo’ladi, ammo biz g’alaba qozonaoldik. Bugungi baxs «Manchester Yunayted» boshqaruvidagi dastlabkio’yinim bo’ldi. Men juda hayajonda edim, ammo bu menga yordam berdi.

«Suonsi»bugun yaxshi o’yin namoyish etdi, ular ko’p bor to’pga egalik qilishdi vapaslarda yomon o’ynashmadi, ammo biz ular ko’p imkoniyatlar yaratishlariga yo’lqo’ymadik. O’ylashimcha, bundanda yaxshi o’yin namoyish etishimizmumkin, ammo barchamiz g’alabadan hursandmiz.

Runi haftao’rtasida terma jamoada 65 minut to’p surdi va menimcha bu unga foydali bo’ldi,deb o’ylayman. Uning jismoniy holati o’yinga tayyor emas edi, ammo ubugun yaxshi o’yin ko’rsatdi. Bugungi oyinda maydonda to’p surish Ueyn uchunfoydali bo’ldi.

Муҳокама