17.08.2013

«MYu» klubibosh murabbiyi Devid Moyes, ser Aleks Fergyusonning klubdagi o’rnini hech kim bosaolmasligini ta’kidlab o’tdi.

«Men ser AleksFergyusondek bo’la olmayman. Uning oldida bo’lishdan yaxshiroq narsa yo’q.

Klub oldingaintilishda davom etishi kerak. Men haqiqatdan ham bu ishga tayyorman. «Preston» va «Everton» klublarida qo’limdan kelgancha yaxshimurabbiylik qilishga harakat qildim.

Men bu kabijiddiy klubga kelguncha juda uzoq va mashaqqatli yo’l bosib o’tdim. Fikrimcha endiginajiddiy ishga ega bo’ldim.

Bir tomondan«MYu»da yangi bo’lsamda, boshqa tomondan bu klubni juda yaxshi bilaman. Men «Yunayted»niyuksak cho’qqilarga olib chiqish uchun qo’limdan kelgan barcha ishni qilaman.

Men Ser Aleksning jamoada qolish tarafdori edim va shundayham bo’ldi. Biz u bilan ko’p marotaba suhbat olib bordik» – deya ta’kidladi Moyes

Муҳокама

17.08.2013

«Beshiktosh»klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich, o’z klubi tarkibiga «Manchester Yunayted» klubihimoyachisi Aleksandr Byuttnerni qo’shib olmoqchi, deb xabar beradi goal.com.

Mankunianliklar yangi mavsumda futbolchiga unchalikishonch bildirmayotganliklari sababli, Byuttnerga «Benfika» va «Beshiktosh» klublariqiziqish bildirayapti. Biroq futbolchi Portugaliya klubidan tushgan taklifni radetgan va ayni paytda Turkiya klubi taklifini o’ylab ko’rmoqda

Муҳокама

17.08.2013

«Manchester Yunayted» klubi darvozaboni David De Xea, klubningsobiq murabbiyi Ser Aleks Fergyusonga, uni qiyin vaziyatlarda qo’llab turganligiuchun minnatdorchilik bildirdi.

- Menga og’ir damlarda ishonch kerak bo’ldi va shu vaziyatlardamurabbiy yonimda turib, meni qo’llab turdi. Meni haligacha yuqori natijalarga erishib kelayotganim, ser Aleksning mengabildirgan ishonchi va yordami natijasidan deb o’ylayman.

Boshqa davlat,boshqa klub va boshqacha futbol uslubiga o’ta turib, qiyinchiliklarga duch kelishinganiq. Shu sababli men uchun bu erga kelib, tezda ko’nikish sal qiyin kechdi.

Biroq oradan ikki yil o’tib, men bu erda o’zimni o’zuyimdek his etayapman, - De Xeaning so’zlarini keltiradi The Telegraph

Муҳокама

17.08.2013

Ueyn Runi bu mavsumdagi «Manchester Yunayted»dagi dastlabkio’yinini o’tkazishi mumkin. Forvard asosiy jamoa bilan birga shug’ullanmoqda vajamoadoshlari bilan Uelsga uchib ketdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.

Runi Angliya termasida ko’rsatgan o’yini, o’zining holatini to’liqtikkalay olmagani sababli baxsni zahira o’rindig’ida boshlashi mumkin

Муҳокама

17.08.2013

Fahriy RayanGiggs bo’lg’usi mavsumda jamoa o’zi uchun asosiy vazifa sifatida APL chempionliginiushlab qolishligini takidlab o’tdi.
«Xar mavsumoldidan futbolchilarda chempionatni yutish istagi bo’ladi va bu bizningbirinchi o’rindagi vazifamiz bo’lib qoladi.Qolgan barchasi – bu lotareya. Biz bunga o’tgan mavsumda Chempionlar Ligasida «Real»ga qarshi o’yinda ishonch hosil qildik, » -deya SkySportsga Giggs.

«Murabbiytopshiriqlarini bajarsangiz yaxshi o’ynashingiz mumkin, ammo ba’zan shunchaki g’oliblikni qo’lgakirita olmaysiz. Biroq biz chempionlarmiz va o’z unvonimizni himoya qilishnixoxlaymiz.»

Муҳокама

17.08.2013

«ManchesterYunayted»ning serbiyalik himoyachisi Nemanya Vidich mankunianliklar transferbozorida faol bo’lmasalar ham yangi mavsumda jamoa muvaffaqqiyatga erishishiuchun klub shunga qodir futbolchilarga ega ekanligini aytib o’tdi.

«Bizdaajoyib tarkib tanlash va chempion bo’lish uchun bizda yaxshi jamoa bor, -deyaSkySportsga Vidich. – Tarkibimizda o’tgan mavsumda tajribasini oshirgan ko’plabyosh futbolchilar bor,bu biz uchun judaham kerak. Bizda barcha unvonlarni qo’lga kiritish uchun kurasha oladigankuchli jamoa mavjud.»

«Bir ikkifutbolchi bilan shartnoma imzolansa yomon bo’lmaydi, biroq ular bizningkuchimizga qo’shimcha bo’lishadi.»

Муҳокама

16.08.2013

«Manchester Yunayted» xabar berib o‘tganimizdek, bugun o‘zfutbolchilari uchun 2013/14 mavsumda harakat qilishi mumkin bo‘lgan raqamlarnielon qildi.

Antonio Valensiya o‘zining avvalgi 25 raqamida harakatqilmoqchi ekanligini bildirgach, bu raqamning egasi bo‘lib turgan Nik Pouello‘ziga 32 raqamni tanladi. Fabio Da Silva o‘ziga o‘tgan mavsum faoliyatiniyakunlagan Pol Skols harakat qilgan 22 raqamni tanlab oldi.

Jamoamiz yangi aʼzolari Zaha hamda Varela 29 hamda 30raqamlarda harakat qilishadi.

Barcha futbolchilarraqamlari bilan tanishing:

1.Dе Хеa, 2. Rafael, 3. Evra, 4.Djоns, 5. Fеrdinand, 6. Evans, 8. Andеrsоn,10. Runi, 11. Giggz, 12. Smоlling, 13. Lindеgaard, 14. Ernandеs, 15. Vidich,16. Karrik, 17. Nani, 18. Yang, 19. Uelbek, 20. Van Pеrsi, 21. Enrikеs, 22.Fabiо, 23. Klеvеrli, 24 Flеtchеr, 25. Valеnsiya, 26. Kagava, 27. Makеda, 28.Byuttnеr, 29. Zaхa, 30. Varеla, 31. Vuttоn, 32. Pauell, 33. Bеbе, 34. Kоul, 35.Lingard, 36. Vеrmiyl, 38. M.Kin, 39. Tоrp, 40. Eymоs, 42. Blekett, 44. Yanuzay, 45. Pеtruchchi, 49. U. Kin,50. Djоnstоn

Муҳокама

16.08.2013

TheMirrorning xabar berishicha ser Aleks David Moyesga xalaqit qilmaslik uchuno’zining ishchi xonasini «Old Trafford» tashqarisida yoki Karrington bazasigajoylashtirishni rejalashtirmoqda.

Fergyuson «ManchesterYunayted»dagi ishiga taxminan bir oydan keyin qaytadi. Bu paytda u soninioperatsiya qildiradi va tiklanish kurslarini o’taydi.

U jamoadadirektorlik vazifasini egallaydi va jamoaning elchisi ham bo’ladi. Biroqser Aleks o’z xonasini «Yunayted»dan tashqariga joylashtirishnirejalashtirmoqchi, bu bilan u jamoani yangi murabbiyini bosimdan xalosetmoqchi.

Nashriyotningxabar berishicha ser Aleks bu bilan ser Met Basbi ketgan vaqtdagi vaziyattakrorlanmasligini xohlamoqda.

O’shandaser Met Basbi ham iste’fodan keyin direktorlik vazifasini egallagandi, biroqo’z ishtiroki bilan yangi murabbiy Uilf MakGinnesning xayotini jiddiy axvolgasolib qo’ydi va oxirida o’zi egalladi.

FergyusonMoyes bilan o’rtadagi masofani ushlab turishni rejalashtirmoqda va o’z xonasiniCheshirdagi o’g’li Jeysonning ofisiga joylashtirmoqchi.

Ser Aleks yangi murabbiyga yordam kerak bo’libqolsa qo’lidan kelgancha yordam bermoqchi faqat Moyesning o’zi undan yordamso’rasa

Муҳокама

Янгиликлар /

Transfer 2013

16.08.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi «Real Madrid» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.

«ManchesterYunayted» 40 million funt evaziga Germaniya terma jamoasi aʼzosini qo‘lgakiritishga tayyor, deya xabar beradi Punto Pelota.

Ispaniyachempionati-2012/13 mavsumida O‘zil 32 uchrashuvda 9 ta gol urgan va 15 tagolga assistentlik qilgan.

Shuningdek, The Daily Mail va The Telegraph nashrlariningxabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati «Anji» yarim himoyachisiVillian uchun kechayotgan kurashga qo‘shildi. Mankunianliklar futbolchi uchun 30 million funtto‘lashga rozi bo‘lganlar va bu borada «Liverpul» va «Tottenxem»ni ortdaqoldirmoqchilar.

Villianningo‘zi ham «MYu» tomonidan bildirilgan taklifni qabul qilishga qiziqmoqda. Eslatibo‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «Manchester Siti» klubi ham Villian borasidarasmiy taklif bilan murojaat qilgani xabar qilingan edi.

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi murabbiylarshtabi, klub «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregasni xarid qilaolishidan umidini uzmagan, deya xabar beradi ispan matbuoti. Shu sabab,mankunianliklar rahbariyati so‘nggi urinishga qo‘l urmoqchi va Ispaniya termasifutbolchisi uchun 48 million yevro taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘k-anorliklar ustozi Xerardo Martinoyaqin mavsumda Fabregas bilan hayrlashmoqchi emasligini maʼlum qildi. Futbolchiningo‘zi ham «Barselona»da to‘p surishda davom etmoqchiligini maʼlum qildi. Shungaqaramay, ingliz klubi vakillari, o‘yinchida «Barselona» uchun to‘p surishdadavom etish maqsadga muvofiqligi borasida shubhalari borligiga amin.

Муҳокама

15.08.2013

Devid Moyesjamoasining ushbu transfer oynasi vaqtida qilinadigan ishlar haqida aytib o’tdi.Avvalroq «Yunayted» Leyton Beyns, Maruan Fellayni, Sesk Fabregas va KrishtianuRonalduga qiziqayotgani xabar qilingandi, biroq ushbu transferlar amalga oshmayqolgandi. Bosh murabbiy yozgi transfer oynasi vaqtida klub albatta futbolchisotib olishini aytib o’tdi.
«Klub bir necha futbolchilar bilan muzokaralarniolib bormoqda, biz bu ishni to’xtatganimizcha yo’q, - deya SkySportsga Moyes. – Biz transferyakunigacha bunga ulguramizmi? Men buborada biz qator ish olib borishimizga ishonaman.»
«Shubhasiz, bu transfer oynasi men uchun judaog’ir kechmoqda. Men «Manchester Yunaytedni» 1-iyuldan qabul qilib oldim vafutbolchilar bilan yetarli tanishishim va kuzatishim uchun vaqt kamlik qilmoqda.»

«Albatta,yozgi transferda qanday ishlar olib borishimizni bilaman. Ammo mening mutlaqoboshqa ishim – futbolchilar ustida ishlashim va ularni o’rganishim bor.»

Муҳокама