13.08.2013

BritaniyaningThe Guardian nashri xabariga ko‘ra «Yunayted» vingeri Luish Nani klubdaqolishni va yangi shartnomani imzolashgni xoxlamoqda.

Boshmurabbiy Devid Moyes portugaliyalikni jamoasiningkeraklifutbolchisi sifatida ko‘rmoqchi.

Naniningklub bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga ikki yil qoldi, klub vingerning «OldTrafford»dagi kelajagi so‘roq ostida qolishiga qaramay, ubilan birnecha yil oldin yangi shartnoma bo‘yicha muzokarani boshlagan.

AmmoLuishning agenti Jorje Mendeshning ushbu nashrga bergan xabariga ko‘ra, u «OldTrafford»daqolish niyatida.

Муҳокама

13.08.2013

«ManchesterYunayted» klubi vingeri Nani yaqinlashib kelayotgan mavsumda o’zining eng yaxshisport formasini tiklab olmoqchi ekanini aytdi.

Shu kungacha26 yoshli portugaliyalik futbolchi boshqa klublarga o’tib ketishi borasida gap-so’zlaryurgan edi. Bunday mish-mishlar Nani o’tgan mavsum o’z saviyasida o’yin ko’rsataolmagani va shartnomasi yana ikki yilgina amal qilishi bilan bog’liq edi.

Biroq yarimhimoyachi yana o’z kuchni to’plamoqchi va «Yunayted»ga Premer-Liga chempionlik unvoninihimoya qilishda yordam bermoqchi.

«Men yana chempionatni yutib olishni o’z oldimga maqsadqildim, mening shaxsiy maqsadim bo’lsa yaxshi sport formasiga kirish va ko’plabgollar urish. Agar o’z kuchimga ishonsam, barcha ish qo’limdan keladi», - deydiNani

Муҳокама

13.08.2013

«ManchesterSiti» klubi va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xart «Manchester Yunayted» klubihujumchisi Ueyn Runining atrofidagi gap-so’zlar uning «uch sherlar» safida Shotlandiyagaqarshi maydonga tushishiga qarshilik qila olmasligini aytdi.

«Ueyn har doimgidek shug’ullanmoqda, u barchadan doimo yarimsoat oldin mashg’ulotlarni boshlaydi, sababi u futbolni sevadi. U o’zgardi deb o’ylamayman.

Uning hayoti va klubida nimadurlar sodir bo’layotandur, biroq hozirda u vatani termasi safida va aminmanki, Runi Angliya termasi haqida o’ylamoqda, klubdagi ishlari haqida emas.

To’g’ri, men faqat o’zim uchun gapirishim mumkin, biroqterma safiga kelsam, faqat uning holati haqida o’ylamoqdaman», — deydi darvozabon

Муҳокама

13.08.2013

Angliya termajamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Ush sherlar» terma jamoasi ayni vaqtdainqirozni boshdan kechirmoqda deb hisoblaydi.

«O’sha Xoddldavridan buyon Angliya terma jamoasi jamoasi o’yinini tomosha qilib, uning o’zigaxosligi ko’rilmadi va hech kim uning o’yinini tomosha qilib, «Ha, bu - Angliya termajamoasi», deydigan holat ko’zga tashlangani yo’q.

Agar futbolkaortidagi familiyalar va rangga e’tibor qaratilmay, faqat o’yinning o’ziga qarab«Bu Angliya termasi, bu esa bizning o’zigga xos o’yinimiz, biz mana shunday o’ynaymizdeb aytib bo’lmaydi».

Italiya, Gollandiya,Ispaniya, Germaniya va Braziliya terma jamoalariga qarang - futbolkadagi ismlarniko’rmay turib ularni jaratib ololasiz. Chunki ular o’zlarining uslublaribo’yicha o’ynashadi.

Bizning yoshlar,o’smirlar va asosiy termamiz o’yinlarida esa hech qanday bog’liqlikni topa olmaysiz.

Bunda esa Angliya terma jamoasi uchun hech qanday foydalijihat yo’q», deydi Rio Ferdinand

Муҳокама

12.08.2013

Angliya termajamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson hujumchi Ueyn Runida jarohat borligi haqidagixabarlarni butkul inkor etdi.

«Uning o’yingaqay darajada tayyor ekanini darhol aniqlash qiyin, ammo jarohati mutlaqo yo’qligianiq.

Biz mashg’ulotlar davomida tahlil olib boramiz va uningnatijalari qiziqarli bo’ladi. Men Runi bilan muloqotda bo’ldim va umid qilamankibarchasi joyida bo’ladi. Oxirgi voqealar futbolchiga salbiy ta’sir ko’rsatadi debo’ylamayman. Shaxsan menga Runi mashg’ulot davomida astoydil ishlagandek ko’rindi»,- deydi Xojson

Муҳокама

12.08.2013

Agar «Real»«Tottenxem» bilan londonliklar yarim himoyachisi Garet Beyl borasida kelishuvgaerisha olmasalar, madridliklar «Manchester Yunayted» forvardi Ueyn Runini sotibolishga tayyorlar, deb xabar qiladi fichajes.net.

Eslatib o’tamiz,«Qirollik klubi» uelslik futbolchi uchun jami 120 million evro to’lashga tayyorlar,biroq «shporlar» o’z etakchilari bilan xayrlashishga shoshilmayaptilar.

Angliya termasihujumchisiga «Chelsi» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kecha ESPN Runi London klubigao’tishga qat’iy qaror qilgani haqida xabar tarqatgandi.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes esafutbolchini o’rinbosarlar jamoasiga tushurib yuborgandi

Муҳокама

12.08.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz mankunianliklar transfer bozorida faol emasligidantashvishga tushmaganini aytib o’tdi.

«Jamoamiz sifatinisaqlab qolgan. Umuman, ligada transfer bozori ancha kech boshlandi. Faqat «ManchesterSiti» tez kunlarda o’z xaridlarini amalga oshirdi. Boshqa tomonlama hech qandaydovrug’li transfer bo’lgani yo’q.

Shunday ekan, keling hozircha kutib turamiz. Ammo bizshu futbolchilar bilan ham chempion bo’lganmiz. Agar «MYu» yana kimnidir sotib olsa,yaxshi. Sotib olmasa ham hech qisi yo’q, shu tarkib bilan ishlashda davom etaveramiz»,- deydi futbolchi

Муҳокама

12.08.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Antonio Valensiyayettinchi raqam ostida to‘p surishdan voz kechdi.

Ekvadorlik futbolchi yangi mavsumda 25-raqam ostidao‘ynaydi. U «Old Trafford»dagi ilk mavsumida shu raqam ostida harakat qilgandi.

2011\\12 yilgi mavsumda muvaffaqiyatli o‘ynagach, Valensiyao‘ziga yettinchi raqamni olishga qaror qilgandi. Ilgari bu raqam ostida «MYu»afsonalari Jorj Best, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldular to‘psurganlar.

Ammo o‘sha mavsumdan eʼtiboran Valensiyani jarohatlar taʼqibqila boshladi va u yaxshi o‘yin namoyish eta olmay qoldi.

Shu sababli yangi mavsum oldidan Valensiya 25 - raqaminiqaytarishga qarorq ilgan. U bu raqam ostida Angliya Superkubogida «Uigan»gaqarshi maydonga tushishga ulgurdi.

Shu tariqa «MYu»da yettinchi raqam bo‘sh qolib turibdi. Shu bilan birgato‘qqizinchi raqamning ham egasi yo‘q.

Муҳокама

12.08.2013

«Fikrimcha «Manchester Yunayted» – dunyoning eng yirikklublaridan biri va bu klubdan ketishda hech qanday mantiq yo’q.

Ayni paytda Runini klubni tark etishi bo’yicha har xilmish-mishlar yuribdi. Lekin uning bu klubdan ketishidan nima naf?.

Tan olishkerak, so’nggi 4 yil ichida menda ham shu kabi holatlar yuz berdi.

Odamlar meni boshqa klubga ketayapti deya gap traqatishaboshlashdi.

Lekin ko’rib turganingizdek men shu erdaman va menga «Yunayted»dao’ynash yoqadi», - deydi Vidich

Муҳокама

12.08.2013

«Manchester Yunayted» bu yilgi Osiyo bo‘ylab tashkil etganturnesi orqali 4 million funtga boyidi, deb xabar bermoqda Goal.com.

«Mankunianliklar»Tailand, Avstraliya, Yaponiya va Gonkong kabi davlatlarga safar qilishdi va birqator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

«MYu» futbolchilari jami 40 ming kilometrdanko‘proq parvoz qilishdi

Муҳокама