03.08.2013

Bir nechta Angliya nashrlari bergan xabarlarga ko’ra, Ueyn Runio’zini «muxlislar sudi»ga topshirishga va shu orqali o’z kelajagi borasida qarorqabul qilishga axd qildi.

Chorshanba kuni Ueyn Runi va Devid Moyes klubning mashg’ulotbazasi «Karrington»ga tashrif buyurishdi va ular o’rtasida qisqa suhbat bo’lib o’tdi.«Yunayted» o’z qarorini o’zgartirmoqchi emas – ular o’z hujumchilarini Angliya jamoalarigasotishga rozi emaslar.

Ueyn bo’lsa muxlislar va u o’rtasidagi yuzaga kelgan vaziyatga baho bermoqchi.U «AIK» va «Sevilya»ga qarshi o’tkaziladigan «Old Trafford»dagi uchrashuvlarda ishtiroketmoqchi va muxlislarning unga nisbatan munosabatlarini shu o’yinda bilib olmoqchi.Agarda muxlislar uni yaxshi kutib olishsa va qo’llab-quvvatlashsa, Runi qolishgatayyor

Муҳокама

03.08.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel«PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

«Zlatan nima uchun shu paytga qadar Angliyada o’ynamaganini uningo’zidan so’rab ko’rish kerak. Men uni «Manchester Yunayted»da ko’rishni istayman.Zlatan qaysi jamoaga muxlislik qilishini bilmadim-u, ammo u «Manchester Yunayted»dao’ynash uchun tug’ilgan, deb hisoblayman. U jamoaga juda mos keladi.

Agar qachonlardir ushbu transfer amalga oshsa, bizning muxlislar ham uniiliq kutib olishgan bo’lardi», - deydi Shmeyxel

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz: Taklifni rad eta olmadim

03.08.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz bu yildan boshlab klubda o’ynovchi murabbiybo’ladi.

«Men Turkiyadagi murabbiylik kurslarida ishtirok etayotgan vaqtimda DevidMoyesdan qo’ng’iroq bo’ldi. Avval bu meni o’yinchilik faoliyatimga qanday tas’irqilishini o’yladim, sababi yana bir yil futbol o’ynamoqchiman. Men bu borada ko’pchilikbilan gaplashdim va o’ynovchi murabbiy bo’lishning ijobiy tomonlari ko’pligini ko’rdim.Murabbiy bo’lish taklifini rad eta olmadim», — deydi39 yoshli uelslik futbolchi

Муҳокама

03.08.2013

«Real» futbolchisiKrishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkinligi haqida yana xabarlartarqaldi.

Daily Mail yozishicha«MYu» 28 yoshli futbolchiga 80 million funt to’lab, jamoaga qaytarib olmoqchi. AvvalroqOAVda «Real» sobiq prezidenti Visente Kalderon Ronaldu yangi shartnoma borasida«Qirollik klubi»ning ayni paytdagi prezidenti Florentino Peres bilan kelisha olmayotgaliginiaytgani haqida xabar berilgandi.

Rasmiy bo’lmaganxabarlarga ko’ra Peres «MYu» sport direktori Ed Vudvord bilan uchrashib, transfermasalasida suhbatlashgan.

«Manchester Yunayted» futbolchini qaytarish uchun80 million funt berishga tayyor

Муҳокама

03.08.2013

Yaqinda klubbilan shartnomasini uzaytirgan «Manchester Yunayted»ning markaziy himoyachisi RioFerdinand, yangi mavsumda «Qizil Iblislar» asosiy tarkibidan joy egallashni maqsadqilganini ma’lum qildi.

«O’tgan mavsumdaham shunday holat bo’lgandi. Jamoamizda o’zining o’yin uslubini shakllantirayotganhimoyachilarning ko’pligi ajoyib holat. Men ularning hammasiga qo’limdan kelganichayordam berishga tayyorman. Asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi bo’lgan «ManchesterYunayted»ning hozirgi yosh himoyachilari, men yoshroq bo’lganimda tushgan holatimgatushishmoqda», - dedi futbolchi.

Муҳокама

01.08.2013

Bunday taklif Fergyusonning ishdan ketganligidan so’ng qilingan,lekin mutaxassis buni ommaga xabar berishni istamagan, chunki Fergyuson siyosiyfaoliyat boshlashga qiziqmagan.

Mutaxassisning bunday qarorga kelishiga, uning keyingihayotini turmush o’rtog’i Ketringa bag’shlashi sabab bo’lgan bo’lishi mumkin, chunkiu ishdan ketganidan so’ng umrining qolgan qismini oilasi bilan o’tkazishini aytibo’tgan edi

Муҳокама

31.07.2013

Portugaliyalik yarim himoyachijarohatlardan holi bo‘lgan xolda safga qaytdi. Hozirda Nani jamoaningo‘rinbosarlar tarkibi bilan shug‘ullanmoqda. «Yunayted» o‘rinbosarlari «KruAleksandr» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda dublga erishdi. Dastlabki golniNani jarimadan kiritgan bo‘lsa, ikkinchisini o‘zining mahoratini ko‘rsatganholda yakka tarzda ko‘rstib kiritishga musharraf bo‘ldi. Nanining so‘zlarigako‘ra optimal holatiga chiqishi uchun yana bir hafta kifoya qiladi.

«Doimo jamoa tarkibi bilanshug‘ullanish yoqimli bo‘ladi,- deydi Nani MUTV kanaliga bergan intevyusida. –Albatta, jamoaning asosiy qismi Osiyodagi yig‘inda ishtirok etdi, lekin biz hambir nechta jamoadoshlarim bilan shu mashg‘ulotlarda ishtirok etdik. Yanamaydonni va atmosferani juda yoqimli his qildik va yangi mavsumgatayyorgarlikni boshlab yubordik».

«Men ikkita o‘rtoqlik uchrashuvidamaydonga chiqdim (yopiq holda o‘tkazilgan) va shuni xis qildimki jismoniyholatim yomon emas. Ishonamanki, yangi mavsum boshigacha o‘zimning yuqori sportformamni egallab jamoa yordamim tegadigan darajaga chiqaman. O‘ylashimcha mendahali vaqt bor va bir haftadan so‘ng men mavsumga shay holda bo‘laman».

Yangimavsumdan nima kutmoqdaligi haqidagi savolga Nani quydagicha javob berdi: «Menjismoniy holatimni yuqori cho‘qqisiga chiqib ko‘plab gollar kiritib yana jamoabilan chempionlikka erishishni chin dildan hohlayman»

Муҳокама

30.07.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes harqanday futbolchi ushbu jamoaga kelib qo‘shilishga intilishini aytib o‘tdi.

«Biz boy jamoalar bilan raqobatga kirishishga qo‘rqmaymiz.Aksincha, biz ular bilan raqobatlashishdan xursandmiz. Ha, «PSJ» katta pulsarflab, vaziyatni o‘ziga og‘dirishga intilmoqda. Ammo biz oxirigachakurashamiz.

«Manchester Yunayted» boy tarixga, jarangdor nomga ega.Futbolchilar ushbu klubning bir qismi bo‘lishga intilishadi. Qachonlardir manashu klubda to‘p surganliklarini gapirib yurishni xohlashadi. Bizning jamoa harqanday futbolchini o‘ziga jalb qiladi», - deydi Moyes.

Муҳокама

30.07.2013

Adnan Yanuzay «Manchester Yunayted»ning Osiyo va Avstraliyabo‘ylab o‘tkazilgan turne o‘yinlari yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

« «Kitchi» jamoasiga qarshi o‘yinda gol urish juda yoqimlibo‘ldi. Aleks qanotdan to‘pni ajoyib tarzda jarima maydoniga yetkazib berdi,men esa kerakli joyda davrozaga bosh bilan zarba berdim va to‘p darvozato‘ridan joy oldi, – deydi 18 yoshli o‘yinchi MUTV ga bergan intevyusida. –O‘ylashimcha barchasi yaxshi o‘tdi. Biz to‘pni nazorat qildik, eng muhimi ko‘pgol urdik, bu esa g‘alabaga erishishimizda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Turnedoirasidagi mashg‘ulotlarda ko‘p narsa o‘rgandim. Men o‘z ustimda yanadatirishqoqlik bilan ishlashda davom etaman».

Kris Smolling ham «Kitchi» bilan o‘yinda alohida ajralibturdi. Shuningdek «Old Trafford»da uning Akademiyadagi do‘sti Djessi Lingardniham katta imtihon kutib turibdi.

Муҳокама

30.07.2013

Angliyaga qaytishni istamagan SeskFabregas o‘rniga «Yunayted» endilikda «Real Madrid» vakili Luka Modrichniqo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi. Bu haqida The Times nashri xabartarqatgan.

Maʼlumotlarga ko’ra «Qizil isblislar»xorvatiyalik futbolchining transferi uchun 25 million funt sarflashga tayyor.

Муҳокама