15.07.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi yarim himoyachisi Eshli Yang APL yangi mavsumi boshinio‘tkazib yuboradi, deya xabar beradi Goal.com nashri .

Oldinroqklub Yangning «qizil iblislar» mavsum oldi mashg‘ulotlar yakuniga qadarsafga qaytishiga umid bog‘lashgan edi. Biroq Yang o‘z jarohatini biroz yangilaboldi, endi u maydonga avgustning ikkinchi qismida qaytishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz Yang o‘tgan mavsumningso‘ngi turlarida oyog‘ida jaroxat olgan edi.

Муҳокама

15.07.2013

"«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Devid Moyes u uchun cheklanmagan transferbyudjeti taqdim etilganini va u «eng yaxshi o‘yinchilarni sotib» olishgaintilishini aytdi.

Moyesmoliyaviy jihatdan ancha qashshoq «Everton» klubida hatto baʼzi transfer oynasivaqtida bir funtsiz ham qolib ketar edi, shunga qararmay u hali «Yunayted»dabirorta transferni amalga oshirmadi, biroq ""qizil iblislar» o‘z sobiqfutbolchisi Krishtianu Ronalduni qaytarishlari yoki «Tottenxem» yulduzi GaretBeylni sotib olishlari haqida mish-mishlar to‘xtamayapti.

Ammo Moyes kerakli futbolchilarniqidirishda davom etayotganini aytdi. Murabbiy oldiga klub hyech qandaymoliyaviy to‘siq qo‘ymagan.

«Hech qanday byudjet yo‘q,hohlagancha pul ol va kimni istasang sotib ol, shunchaki ol va sotib ol» – axirbuni eshitish ajoyib emasmi.

«Biz eng yaxshi o‘yinchilarniqidirmoqdamiz. O‘ylashimcha, biz anʼanalarga sodiq qolishimiz va oldingaintilishimizni odamlarga ko‘rsatishimiz kerak. Hyech kimni ismini aniqaytmayman, biroq biz doimo eng yaxshi futbolchilarni qo‘lga kiritishgaintilganmiz. O‘ylaymanki, biz bir-ikkita chiziqni kuchaytirishimiz kerak.Ayniqsa yarim himoya chizig‘imizda muammolar yetarli».

«Bundan tashqari klubimiz yoshfutbolchilar bilan tarkibni boyitishda davom etadi, shu sabab aynan yoshfutbolchilar ham kelishini kutsak bo‘ladi. Biz birinchi harid to‘g‘ri bo‘lishiustida qattiq ish olib bormoqdamiz. Menga haqiqatdan ajoyib jamoa topshirildi,men unga birozgina o‘zgartirish kiritaman holos», - deydi Moyes.

"

Муҳокама

Янгиликлар /

DJ Patris

12.07.2013

"«Manchester Yunayted» kiyinish xonasida musiqaga javobberadigan Patris Evra aynan uning sayi-harakatlari «Yunayted»ga20-chempionlikni olishda yordam berganini aytdi.

«Kiyinish xonasida biz asosan o‘yin haqida suhbat quramiz,biroq bu DJ Patrisning ham yulduzli daqiqalari, - deya hazillashdi Evra.

-Men ajoyib musiqalarni tanlab qo‘ya bildim, shu sabab hamchempionlikni qo‘lga kiritdik – bu musiqalar sadosi shunchaki sehrli edi! Agardakimdur o‘z musiqasini qo‘ymoqchi bo‘lsa, uni hushtakbozlik bilan siylardik vabutsalarni unga hazillashib otardik».

Biroq The Daily Mail nashri xabar berishicha, «Yunayted»ningkamida bitta futbolchisi Evraning musiqiy tanlovidan norozi – David De Xeao‘zining og‘ir musiqalarga muhabbati bilan tanilgan va kiyinish xonasida umaxsus quloqqa tiquvchi ""naushnik”lardan foydalanadi.

"

Муҳокама

12.07.2013

Ueyn Runi jarohat olib Manchester shahriga tezda qaytganigao‘zining Facebook dagi rasmiy sahifasida izoh berib o‘tdi.

«Mashg‘ulotlar juda yaxshi boshlangan edi, afsuski kichikjarohat mashg‘ulotni to‘liq o‘tkazishimga to‘sqinlik qildi. Manchester shahrigatekshiruvlardan o‘tish va davolanish uchun qaytdim, xavotirga o‘rin yo‘q tezorada safga qataman».

Runi «Uigan» bilan bo‘ladigan superkubok o‘yinida ishtiroketishi gumon, lekin chempionatning dastlabki turidagi «Suonsi» jamoasiga qarshibo‘ladigan uchrashuvda maydonga qaytishiga umid qilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi jarohat oldi

12.07.2013

«ManchesterYunayted» rasmiylarining bayonatiga ko‘ra jamoa hujumchisi Ueyn Runi Bankokdagidaslabki mashg‘ulot paytida jarohat olgan.

Jamoa rasmiy bayonotida bu holatga quyidagicha izoh berilgan: «Ueyn o‘tganmavsum tizzasidan olgan jarohatini yangilab oldi va shu sababli Manchestershahriga tekshiruvlardan o‘tish va davolanish uchun qaytarib yuborildi, utaxminan 3-4 hafta safda bo‘lmaydi»

Муҳокама

11.07.2013

Uilfrid Zaxa o‘zining yangi jamoasi «Manchester Yunayted»safida o‘tkazyotgan kunlari borasida intervyu berdi.

«Boshida biroz asabiylashdim, ko‘p yillar mobaynida muxlislik qilgan jamoamnio‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Endi barchasi joyida, men jamoaga moslashdim. Menbuni til bilan izohlab bera olmayman, chunki Ueyn Runi bilan birga mashg‘uloto‘tkazish yoki kiyinish xonasida Rayan Giggz bilan birga suhbatlashish bushunchaki fantastika va orzuning o‘zginasi», - deydi Uilfrid Zaxa.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vidich tez kunda safga qaytadi

11.07.2013

«Manchester Yunayted» vakillarining xabar berishicha jamoasardori Nemanya Vidich jamoa bilan Bangkokka safariga bormagan. Himoyachiningkichik jarohat bezovta qilgan va u tarkibga bir necha kunlardan so‘ngqo‘shiladi.

Bu haqida jamoa matbuot kotibi quydagilarni aytib o‘tdi: «Vidichdahyech qanday jiddiy jarohat yo‘q. Faqatgina bel qismidagi tomirlari biroz tortishibqolgan. U tarkibga tez kunlarda qo‘shiladi. Hozirda himoyachi Manchestershahridagi jamoaning mashg‘ulot kompleksidayengil mashg‘ulot olib bormoqda».

Муҳокама

Янгиликлар /

Moyes: Zaxa Osiyoga boradi

10.07.2013

«MYu» bosh murabbiyi Devid Moyesning taʼkidlashicha, «KristalPelas»dan sotib olingan jamoa yangi vingeri Uilfrid Zaxa «qizil iblislar»ning Tailand, Avstraliya vaYaponiyadagi yig‘inida ishtirok etadi.

«U biz bilan birga bo‘ladi. U jamoa bilan ikki kundan berishug‘ullanmoqda, biroq biz uni albatta o‘zimiz bilan olib ketamiz, uni maydondako‘rmoqchiman. Bizning jamoayosh futbolchilarni iqtidorini ko‘rsatish berish bo‘yicha nom qozongan. Umidqilamanki, Uilfrid ana shunday futbolchilardan biri bo‘ladi», – deydi Moyes.

Муҳокама

10.07.2013

«Manchester Yunayted» Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi(@ManUtd) rasmiy sahifasini va xitoyliklarning Sina Weibo mikroblogi ishga tushirilganligi haqida maʼlumot berib o‘tdi.

Ushbu sahifa orqali muhlislar «Manchester Yunayted»jamoasi haqidagi yangiliklarni birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishlari mumkin. Twitter dagi sahifadayangiliklar hozircha faqat ingliz tilida berilib borilsa, keyinchalik boshqatillarda ham faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, jamoa matbuot-kotibiyatining Twitter dagi sahifasi o‘zgartirildi(@MU_spokesperson), bu sahifada jamoaning tijorat va ish faoliti tegishlimaʼlumotlaro‘rin oladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionlarining Facebooktarmog‘idagi rasmiy sahifasiga bugungi kunda 34 milliondan ortiq foydalanuvchiaʼzo bo‘lgan.

Муҳокама

10.07.2013

Afsonaviy «Mashhurlar-92» dushanba kuni to‘liq tarkibda to‘planishdi. Devid Bekxem «Manchester Yunayted» jamoasi bilan professional shartnoma imzolaganining 22 yilligini nishonladi. Shu sababli Rayan Giggz, Pol Skoulz, Niki Batt va aka-ukaNevilllardan tarkib topgan jamoa Manchester shahridagi «Artisan Bar Restaurant»da ushbu kunni nishonlashdi.

Муҳокама