04.07.2013

«Manchester Yunayted» jamoasining afsonasi Rayan GiggsniDevid Moyes murabbiylar shtabiga kirdi, deya The Guadian nashri xabar bermoqda.Giggs Britaniyaning eng ko‘p unvon yutgan futbolchisi xisoblanib, faoliyatining22 yilini «qizil iblislar» safida o‘tkazgan.
Giggs may oyida mankunianliklar bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirganedi. Shuningdek, u bir necha muddat oldin murabbiylik litsenziyasini ham qo‘lgakiritdi.
Bu tayinlov haqida o‘zining yangi murabbiylar shtabini tuzayotgan Devid Moyesquyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: «Men Rayanning murabbiylar shtabigakirganidan juda hursandman. Uning faoliyati har qanday yosh futbolchi uchunyaqqol misol bo‘la oladi. Rayanning murabbiy etib tayinlangani biz uchunfoydali bo‘lishiga ishonaman».

Муҳокама

04.07.2013

The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, «Everton» klubidasobiq bosh skat bo’lib ishlagan Robbi Kuk endilikda «Manchester Yunayted»daxuddi shunday lavozimda faoliyat yuritadi. Bungacha bu vazifani Ser Aleks Fergusonning ukasi Martin bajaribkelayotgan edi.

56 yoshlik mutaxassis oldin «Piterboro», «Brentford» klublarida, 2002-yildanesa «Everton» da Devid Moyesga yordam bergan.
Manbaa xabariga ko‘ra, tez vaqtlar ichida «ManchesterYunayted» va «Everton» klublari sobiq futbolchisi Fil Nevill hammurabbiylar shtabiga qo‘shiladi.

Муҳокама

02.07.2013

«Manchester Yunayted» jamoa o‘yinchilari 2013/14 mavsum o‘yinlariga tayyorgarlikmashg‘ulotlarini yangi libosda o‘tkazishadi, bu haqida jamoaning rasmiyvakillari xabar berishdi. Liboslar Nike korxonasi tomonidan tayorlangan bo‘libunda jamoaning bosh homiysi AON logotipi tushirilgan. Mashg‘ulotuchun mo‘ljallangan libos asosan ko‘k rangda.

Eslatib o‘tamiz jamoa rasman 1 iyuldan boshlab Devid Moyes qo‘l ostida Karringtondagi bazada mashg‘ulot olib bormishmoqda.

Муҳокама

01.07.2013

«Benfika»jamoasi himoyachisi Ezekil Garay kelasi mavsum «ManchesterYunayted» libosida to‘p suradi, deya ishonchbilan xabar beradi «Mail on Sunday»nashri.

Klublaro‘zaro transferni kelishib qo‘yishgan, yaqin orada bu haqida rasman maʼlumotberiladi.

Муҳокама

01.07.2013

Bir necha soatlar oldin Devida Moyes murabbiy sifatida «ManchesterYunayted» jamoasidagi rasmiy faoliyatini boshladi hamda unga yordam beradiganmurabbiylar shtabini ham eʼlon qildi. Bular Stiv Raund, Kris Vuds va DjimmiLamsden lardir.

Stiv Raund katta murabbiy

Kris Vuds darvozabonlar murabbiyi

Djimmi Lamsden birinchi jamoa murabbiyi

42-yoshli Raund Angliya chempionlari safiga kelishdan avvalDevid Moyes bilan «Everton» jamoasida 2008 iyundan birga ishlab kelmoqda edi.

53-yoshli Vuds, 2011 yil oktyabr oyidan buyon AQSh termajamoasining darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi edi.

65-yoshli Lamsden esa Devid Moyes bilan «Preston Nort End» jamoasida va keyinchalik «Everton»jamoasidabirgalikda faoliyat yuritgan.


Jamoaning vitse-prezidenti Ed Vudvord so‘zlariga ko‘ra: «MenDevidga va uning yangi jamoasiga hamda uning boshqa yordamchilariga ishonaman. Bizyangi mavsumga tayyorgarlikni aʼlo kayfiyatda boshlab olidik. Kelayotgan mavsum«Manchester Yunayted» jamoasi uchun yanada maroqli va qiziqarli bo‘lishiga ishonaman».

Муҳокама

01.07.2013

Bir qator ingliz nashrlari «Manchester Yunayted» darvozabon David De Xea mavsumni yaxshi o‘tkazgani uchun yaxshilangan shartnoma taklif qilishi haqida xabar tarqatishdi. De Xeaning amaldagi shartnomasi 2016 yilda nihoyasiga yetadi va haftalik maoshi 55000 funtni tashkil etadi. Yangi shartnomga ko‘ra Davidning haftalik maoshi 75000 funtni tashkil etishi mumkin ekan.
David mavsumni to‘la omadli o‘tkaza oldi va klubning darvozabonlik raqobatida Lindegarni do‘g‘da qoldira oldi.

Муҳокама

28.06.2013

«MYu» «Everton»ga Beyns transferi borasida 10–12 millionfunt taklif qildi

«Everton»klubi o‘ng qanot himoyachisi Leyton Beyns faoliyatini «Manchester Yunayted»klubida davom ettirishi mumkin. «MYu» «Everton»ga 28 yoshli futbolchi transferiborasida rasmiy taklif bilan chiqqan. Xabarlarga ko‘ra, mankunianliklar «Everton»klubiga 10 milliondan 12 million funtgacha bo‘lgan taklif yuborishgan.

Aytish joizki, Beynsning amaldagi shartnomasi ikki yildanso‘ng o‘z yakuniga yetadi.

Manba: www.sports.ru

Муҳокама

26.06.2013

«Inter» klubi markaziy himoyachisi Andrea Ranokkiya «ManchesterYunayted» jamoasining transfer maqsadiga aylandi.

Angliyachempioni rahbariyati Italiya klubi bilan 25 yoshli Italiya terma jamoasifutbolchisining amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer borasida aloqagachiqqan, deya xabar beradi CNN telekanali muxbiri Tankredi Palmeri Gazzettadello Sport nashriga tayangan holda. Ilgari, Ranokkiyaga «Yuventus» va «Zenit»jamoalari ham qiziqishgan edi.

O‘tgan mavsum himoyachi Italiya chempionatining 32uchrashuvida ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Муҳокама

25.06.2013

Britaniyaning mashhur «The Guardian» nashri Ueyn Runi «Manchester Yunayted»daqolishga qaror qildi, va u bu haqida keyingi haftada Devid Moyes bilanbo‘ladigan uchrashuvda eʼlon qilmoqchi, deya xabar tarqatmoqda.

Manbaa maʼlumotiga ko‘ra, Devid Moyes xam hujumchini «OldTrafford»da qolishidan mamnun, klub bilan muammo bartaraf bo‘lgani va Runiningikki yildan so‘ng yakunlanadigan shartnomani uzaytirish niyatida.

«Thu Guardian» xabariga ko‘ra, Ueyn Runi istalgan inglizklubiga o‘tishi uning faoliyatida orqaga yurish bo‘lishi mumkin debhisoblamoqda va Ueyn o‘zining tug‘ilgan ikkinchi farzandi bilan boshqadavlatlarga ko‘chmoqchi emas.

Муҳокама

25.06.2013

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Shinji Kagava jamoasi safidagi o‘yinlaridanqoniqmayotgani haqida gapirib o‘tdi.

«Men uchunqiyin vaqtlar bo‘ldi. «Manchester Yunayted»dagi faoliyatidan ko‘nglim to‘lmadi. Ko‘p gol urganim ham yo‘q, jarohatim halaqit berdi. Ha, chempionlikunvonini qo‘lga kiritdim. Lekin bunga o‘zim xohlagandek erishganim yo‘q.Mavsumni shaxsan men uchun yaxshi deb baholab bo‘lmaydi», deydi 24 yoshliyaponiyalik futbolchi. Eslatib o‘tamiz, Kagava APL yakunlangan mavsmida 20o‘yinda maydonga tushdi, 6 ta gol va 3 ta samarali pasga mualliflik qildi.

Муҳокама