10.04.2013

Patris Evra «Stok Siti» ustidan g‘alaba qozonish, manchester derbisidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, juda kerakligini aytib o‘tdi. «Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonib chempionlik poygasini tugata olmaganimizdan juda xafa bo‘ldik, biz mag‘lubiyatga uchradik, - MUTVga intervyusida himoyachi. - «Yunayted» futbolchilari uchun «Siti»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat juda alamli bo‘ldi. Ikkinchi taymni birinchi taymdagidan yaxshiroq o‘tkazgandik, biz g‘alabamizga ishongan edik, birgina gol bizni o‘ldirdi. Kechagi oqshom juda omadsiz o‘tdi. 12 ochkolik farq bizni keyingi o‘yinda yanada g‘alaba qozonishimizga undaydi. Men klubdaligimda birin ketin ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizni eslolmayman. Shuning uchun keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak.» «Men jamoaning bu holatidan so‘ng, tirishqoqlik bilan ishlaymiz deb ayta olaman. Biz «Stok» bilan o‘yinda g‘alaba qozonishimiz va «Yunayted» - Angliyaning eng yaxshi klubi ekanligini isbotlashimiz kerak.» «Stokga qarshi mehmonda o‘ynash doim qiyin kechadi, shuning uchun biz jangga tayyor turishimiz kerak. Biz o‘tgan mavsumda «Stok»dan uch ochko olib qochgandik, ammo kelayotgan o‘yinda bu oson bo‘lmaydi. Biz keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishga urinib ko‘rishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim. Bu bilan yanada yaxshi holatga ega bo‘lamiz.»

Муҳокама

10.04.2013

«o‘yindan so‘ng kiyinish honasida barcha natijadan xafa edi, bu o‘yinda emas, mag‘lubiyatga uchragan barcha o‘yinlardan so‘ng shunday bo‘ladi, - Jons MUTVga intervyusida. - Biz ruhiyatimizni tushirmasligimiz kerak, jamoamiz hamon juda yaxshi holatda turibdi. Xa, unvon uchun jang tugagani yo‘q, ammo bizda yaxshigina ustunlik bor. «Stok»ga qarshi o‘yinda Premyer Ligadagi g‘alabali o‘yinimizni va titul sari davom etishimizga umid qilamiz.» Jons «Siti»ga qarshi o‘yinda rekoshetdan gol kiritdi va unga goli haqida berilgan savolga javob berdi: «To‘grisi buning unchalik ahamiyati yo‘q. Agar biz g‘alaba qozonmasak, bu menga kerak emas, gol urdimmi yo‘qmi.» «Biz bu mavsumda bir necha marta gol o‘tkazib yuborib, vaziyatni to‘grilay oldik, - so‘zida davom etdi Jons. - Bu holat kuchli raqibga qarshi o‘ynaganingda juda qiyin kechadi. Bunday holatga tushishni biz xoxlamaymiz, agar bunday bo‘lsa ham tezda o‘yinni qaytarib olishga harakat qilamiz.» ««Yunayted» bugungi o‘yinni g‘alabagacha olib borishi mumkin edi. Ammo ikkinchi to‘pni o‘tkazib yuborganimiz barchasini hal qildi. Baxs ochiq o‘yin bilan boshlandi va ikkala jamoa ham hujumkor o‘ynadi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ammo bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi.»

Муҳокама

08.04.2013

Keyingi turda «Old Trafford»dagi g‘alaba «Yunayted»ni mavsumso‘nggiga 7 tur qolganda 18 ochko farqni vujudga keltirishi mumkin. David DeXea va jamoadoshlari derbida g‘alaba qozonishni juda xoxlayotganliklariniaytib o‘tishdi.

«Men vajamoadagi do‘stlarim ushbu mavsumda chempionatda zafar quchishni judaxoxlaymiz. Biz barchamiz eʼtiborimizni xar-bir o‘yinda g‘alabaqozonish uchun qaratganmiz. Shuning uchun biz turnir jadvalida eng yuqorio‘rinida turibmiz. Endi biz o‘z ishimizni muvaffaqqiyatli yakunlashnixoxlaymiz», - darvozabon so‘zlaridan parcha keltirmoqda Inside United nashri.

«Men hozir maydonda muvaffaqqiyatga erishishimiznixis qilyapman. To‘g‘ri ovqatlanish, hordiq va boshqa narsalar menibu mavsumda ko‘plab o‘yinlar o‘tkazishimga taʼsir etmoqda. Menda jamoada doimiyo‘yin amaliyoti va tajribasi bor. Men ayni damda o‘ynashdan juda rohatolyapman»

Муҳокама

Янгиликлар /

Fergyuson: Derbi murosasiz kechadi

06.04.2013

«MYU» ustoziser Aleks Fergyuson dushanba kuni bo‘ladigan Manchester derbisi haqida fikr bildirdi.

«O‘yin murosasizkechishi aniq. Bu uchrashuvni butun dunyo ko‘radi. Bu har ikki jamoa uchun ham muhimbahs. Uni o‘tkazib yuborolmaysiz.

Bu «Siti» uchunkatta o‘yin bo‘ladi. Ularning holati qanday ekanini bilmayman, lekin har ikkimizgaham bir xil narsa kerak.

Hujumchilarhaqida gapiradigan bo‘lsam, otam doim to‘pni egallab olishing bilan zarba ber, agar,uni jarima maydonchasida to‘xtatib himoyachini aldayman desang to‘pni olib ketishadider edi.

Men hujumchilarimga ham shuni aytaman. Agar hujumchidarvozaga zarba bersa va darvozabon uni egalab olsa, buni yaxshi seyv deysh mumkin.Lekin to‘pni yo‘qotib qo‘ysang, seni tanqid qilishadi»,- deydi murabbiy

Муҳокама

Янгиликлар /

Jeko: Bu muhim o‘yin

06.04.2013

«ManchesterSiti» hujumchisi Edin Jeko «Yunayted» bilan bo‘ladigan derbini mavsumdagi eng muhimo‘yin deb atadi.

«15 ochkolikfarqqa qaramay, bu muhim o‘yin, chunki derbi har doim derbi. Bu mavsumdagi eng yaxshio‘yin bo‘ladi va biz g‘alaba qozonish uchun barcha ishni qilamiz.

O‘tgan yilginatijani (6:1) takrorlay olamizmi? Bunday o‘yinlar hayotingizda bir bora ro‘y bersaham ajoyib bo‘lardi. 1:0 hisobida yutsak ham xursand bo‘laman.

Bizda juda yaxshi jamoa bor va «Yunayted»ni ularningmaydonida qanday yutishni bilamiz. Biz uchun hech qanday yangilik yo‘q», — deb Jekoningso‘zlaridan keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti

Муҳокама

06.04.2013

«Blekpul» boshmurabbiyi Pol Insning ta’kidlashicha, uning o‘g‘li Tomas «MYU» safiga o‘tgan «KristalPelas» futbolchisi Uilfrid Zaxadan qimmat turadi.

«Agarda Zaauchun 15 million funt beriladigan bo‘lsa, Tomas 25 million deya baholanishi shart.Agarda bu ikki futbolchini solishtirsangiz, Tomas qimmat turishi kerak», – deydikatta Ins.

Aytish joizki,Tomas Ins chempionshipning eng yaxshi futbolchisi maqomini oldi, Zaxa bo‘lsa o‘tganyili bu maqomga loyiq ko‘rilgan edi.

Bu mavsum Ins hisobida 18 ta gol va 11 ta golli pasbor, u bu natijalarga 38 o‘yinda erishgan

Муҳокама

06.04.2013

«ManchesterSiti» klubi italiyalik bosh murabbiyi Roberto Manchinining ta’kidlashicha, uningjamoasi hali APLda yetakchilik qilayotgan «Manchester Yunayted»ni quvib yetishimumkin.

Aytish joizki,chempionat tugashiga 8 tur qolganida «MYU» «shaharliklar»ni 15 ochkoga ortda qoldirmoqda.

«Bizning oldimizda hali sakkiz uchrashuv bor, agardaularning har birida g‘olib bo‘lsak, «MYU» bilan o‘rtamizdagi farqni yo‘q qila olamiz.«Manchester Yunayted» ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, ular ko‘plab uchrashuvlarni yutishdiva adolatli ravishda birinchi o‘rinda turishibdi. Biroq biz 15 ochko ortda qolishgaloyiq emas edik», - deydi Manchini

Муҳокама

05.04.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson hujumchi Robin Van Persiningformasi nega o‘sishdan to‘xtab qolganini tushuntirib bera olmadi.

Klub uchun so‘nggi12 uchrashuvda Van Persi bor yo‘g‘i bitta gol kiritdi – uning bu goli Premer-Liga31-turidagi «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda Titus Brambl nomiga avtogol sifatidayozildi, dushanba kungi «Chelsi»ga qarshi o‘yinda bo‘lsa Robin uchun bor yo‘g‘i15 daqiqa vaqt berildi.

Fergyuson uchunnega mavsumda «Yunayted» uchun 23 gol urgan futbolchi birdaniga gol ura olmay qolganiso‘roq bo‘lib turibdi.

«Biz Robinni kuzatib borishimiz kerak, biz u haqida hali to‘liq bilmaymizva u oldinlari qanday bosimda mavsum o‘tkazgani bizga qorong‘u. «Arsenal» safidaunda bunday katta bosimdagi mavsum bo‘lgan deb o‘ylamayman, shu sabab biz bu savolnio‘rganib chiqishimiz kerak», - deydi Fergyuson

Муҳокама

05.04.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi va himoyachi Rafael umumiy guruhga qaytishdi, debxabar qiladi klub rasmiy sayti. Ikkala o‘yinchi ham Angliya Kubogi chorak finalitakroriy uchrashuvi doirasida «Chelsi» (0:1) bilan bahsda maydonga tusha olishmagandi.

Shunday qilib,ular Angliya chempionatining 31-turida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushishehtimollari katta. Bu bahs kelayotgan dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.

«MYU» lazaretini himoyachilar Jonni Evans va NemanyaVidich hali ham tark etishmadi

Муҳокама

05.04.2013

«ManchesterYunayted» sardori Nemanya Vidich «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin yaqinlashayotganbir paytda shaharliklar takibidagi hamyurtlari Aleksandr Kolarov va Matya Nastasichto‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi:

«Hech qachon o‘yindan oldin raqiblarim bilan gaplashmayman.Kolarov va Nastasich mening do‘stlarim, lekin ungacha ular bilan gaplashmayman.Men o‘yinga borib o‘z ishimni qilishni istayman. o‘yin kuni men faqat o‘yin haqidao‘ylayman. Aks holda o‘yinga charchab tushishga to‘g‘ri kelishi mumkin»

Муҳокама