«Old Trafford»da afsonalar o‘yini
05.04.2013

Zinedin Zidanva Luish Figu «Real» faxriylar safida «Manchester Yunayted» faxriylariga qarshi2013 yil yozida hayriya uchrashuvida maydonga tushadi, deb xabr bermoqda TheDaily Mail. O‘yin 2 iyun Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi.
O‘yinda «Real» tarkibida Stiv Makmanaman, Fernando Yerro,Fernando Redondo, Emilio Butrageno, Kristian Karambe va Ivan Elgera kabi futbolchilarto‘p tepishadi. «MYu» safida esa Duayt York, Endi Koul, Denis Irvin, Li Sharp, DionDablin, Kvinton Forchun, Edvin van der Sar, Yap Stam, Teddi Sheringem va Niki Battkabi futbolchilar yana qadrdon stadionlarida maydonga tushishadi.Aleks Fergyuson: Chicharito sotilmaydi!
01.04.2013

Ammo van Persi,Runi va Kagavalar bilan asosiy tarkib uchun kurashish ham og‘ir. Ernandesning uzoqmuddatli shartnomasi bor va biz uni sotmoqchi emasmiz. U biz uchun muhim ahamiyatgaega. U istalgan o‘yinning borishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Boshqa hujumchilarbilan solishtirilganda Ernandes o‘yinga o‘zgacha ruh olib kira oladi», deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Xaver Ernandes bilan «Real» klubi qiziqmoqda29.03.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jons Angliya Kubogi Chorak finali javobuchrashuvidagi «Chelsi»ga qarshi kechadigan dushunba kungi uchrashuvda maydongatusha oladi.
Shanba kuni «Qizil iblislar» safarda Premer-Liga doirasida «Sanderlend» mehmonibo‘lishadi, 48 soat o‘tib bo‘lsa Londonda «Chelsi» qarshiligini yengishga urinibko‘rishadi. Bunday tig‘iz taqvimni hisobga olgan holda, «Yunayted» bosh murabbiyiser Aleks Fergyuson tarkibda bir nechta o‘zgartirishlar kiritishi kutilmoqda.
The Guardian nashrining xabar berishicha, Fergyuson yana Jons xizmatlaridanfoydalana olishi mumkin, Fil Angliya Kubogi nimchorak finalida «Reding»ga qarshikechgan bahsda (2:1) jarohat olgan edi. Biroq hozirda 21 yoshli angliyalik futbolchimashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
«Fil Jons kelasi hafta mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kerak. U qaytshga yaqin»,- degan edi Fergyuson terma jamoalar o‘yinidan oldin.
Xabarlarga ko‘ra, ser Aleks Jonsga o‘z formasini tiklashuchun yana bir necha kun beradi, shundan so‘ng Fil «Stemford Bridj»dagi uchrashuvdamaydonga tushishi mumkin. Jamoa endi Pol Skoulz xizmatlaridan foydalana oladi, utizzasi bilan bog‘liq muammolarini hal qildi va «Sanderlend» bilan uchrashuvdayoqsariq sochli shag‘zodani muxlislar maydonda ko‘rishlari mumkinManchini: APL chempionligi «MYU»ga boy berildi
28.03.2013

«ManchesterSiti» bosh murabbiyi Roberto Manchini Angliya chempionligi uchun kurash boy berilganinitan oldi.
«Chempionlikuchun kurash allaqachon tugagan. Ammo bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Chunki bizmavsum yakuniga qadar bor kuchimiz bilan o‘ynashda davom etishimiz kerak.
Hatto birinchio‘rinni egallay olmagan taqdiringda ham, yaxshi o‘yin ko‘rsatishda davom etish shart.Bundan tashqari Angliya Kubogida yaxshigina imkoniyatga egamiz.
«Chelsi» bizdanto‘rt ochkoga qolib ketgan, «Tottenxem» esa besh ochko. Oldinda yana to‘qqizta o‘yinbor.
Men «Monako»ga ketamanmi? Bu jamoa Frantsiya ikkinchidivizionidagi eng yaxshi klublardan biri va ularning kuchli murabbiyi bor. Men esa«Manchester Siti»da hali uzoq yillar ishlayman», deydi ManchiniSAF APLni rekord ochko bilan yutmoqchi
28.03.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson bu mavsum Premer-Ligada ochkoyig‘ish bo‘yicha chempionat tarixida rekord qo‘yish orzusida ekanini ta’kidladi.
Ayni damda buko‘rsatgich «Chelsi»ga tegishli bo‘lib ular95 ochko bilan 2004/05 mavsumda Premer-Liga g‘olibligiga ega bo‘lishgan.
Hozirda «Yunayted»chempionlik tomon ishonch bilan qadam tashlamoqda va agarda ser Aleks shogirdlariqolgan barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsalar, naq 101 ochko yig‘ishadi. «Chelsi»rekordini takrorlash uchun bo‘lsa, «Qizil iblislar» yana yettita g‘alabaga erishishlarilozim.
«95 ochkolik rekord natija»Chelsi»ga tegishli. Agardabiz 95 ochko yig‘sak, meni juda ko‘nglim to‘ladi. Bu fantastik mavsum bo‘lgan bo‘laredi. Agarda biz buni uddalasak, biz albatta chempionlikni rasmiylashtiramiz», -deydi FergyusonVan Persi faoliyatini «MYU»da yakunlamoqchi
28.03.2013

Hujumchi RobinVan Persi «Manchester Yunayted» jamoasida juda baxtli ekani va aynan shu yerda futbolchilikfaoliyatini yakunlamoqchi ekani haqida intervyu berdi.
Robin «Old Trafford»gao‘tgan yilgi yozda «Arsenal»dan 24 million funt evaziga o‘tgan edi. O‘shandan beriRobin 38 uchrashuvda «Qizil iblislar» uchun 23 ta gol kiritdi.
Van Persi o‘zjamoadoshlari Pol Skoulz va Rayan Giggzlardan ilhos olmoqda va qolgan professionalfaoliyatini «Yunayted»ga bag‘ishlashga qaror qilgan.
«Kelasi birnecha yilni «Manchester Yunayted»da o‘tkazaman balkim, bundanda ko‘proqdir. «Yunayted»mening so‘nggi klubim bo‘lishi mumkin».
«Yevropada yoshikattaroq futbolchilar o‘zini yaxshi his qiladigan va ularni qadrlashadigan bir nechtaklub bor. «Yuventus», «Milan»va bugungi «Manchester Yunayted» shu klublar orasiga kiradi. Shu sabab, buklubda uzoq ushlanib qolishim mumkin».
«Yunayted»dagi har bir kun bu men uchun yangi chaqiruv. Men o‘sishda davometmoqdaman. Sen bu yerda qo‘shimcha kuch olasan, yangi murabbiy va futbolchilarmeni ilhomlantirishdi, ularning g‘oyalari bilansen umuman yangi hayotga tushib qolgandek o‘zingni sezasan», - deydi VanPersi o‘z intervyusi chog‘idaDarren Fletcher mashg‘ulotlarni boshladi
28.03.2013

The Sun nashrining xabar berishicha, Darren Fletcher yanvar oyidaqilingan oshqozon osti yarasi bilan bog‘liq operatsiyadan so‘ng yengil mashg‘ulotlargaqaytgan, mazkur kasallik bilan 29 yoshli shotland yarim himoyachimiz bir yarim yildanberi kurashmoqda.
Ayni damda Fletcher jismoniy holatini tiklash uchun mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda,bundan tashqari yoshlar jamoasi bilan ham ba’zi mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Birinchinatijalar yaxshi emasligi va «Yunayted» Darren xizmatlaridan yozda, mavsum olditayyorgarliklar vaqtida foydalanishi mumkin ekani xabar qilinmoqdaValensiya: Ular - haqiqiy professionallar
27.03.2013

Antonio Valensiya o‘z braziliyalik jamoadoshining bu mavsumdagio‘sishini «ishonib bo‘lmas» deya baholadi va kelajakda Rafael Jahonning engyaxshi himoyachilaridan biri bo‘lishiga ishonishini bildirdi.
Rafael bu mavsumda jamoamizning eng xatosiz va bir maromda o‘yinko‘rsatayotgan o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi, tom ma’noda uningsayi-harakatlari bilan «Yunayted» chempionatda 15 ochkolik farq bilan oldindabormoqda.
Braziliyalik futbolchi bu mavsum yanada muxlisbop o‘yin ko‘rsatmoqda,Valensiya bo‘lsa uning o‘yinidagi o‘sishni payqadi.
«Uning bunday o‘sishiga ishonish qiyin», - deydi Antonio. «Men unio‘yindan-o‘yinga o‘sishini kuzatib bormoqdaman».
«Agarda u shu ketishda davom etsa, u Jahonning eng kuchli o‘ng qanothimoyachilaridan biri bo‘ladi».
Valensiya barchamizga ma’lum-ki uncha yaxshi mavsum o‘tkazmayapti,sababi yarim himoyachimizni jarohatlar qiynab qo‘ydi.
Biroq u mavsum so‘nggida muhim o‘yinlarda g‘alabalar keltirish umidida.Antonio doimo navqiron Rayan Giggz haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men mavsum so‘nggida muhim rollardan birini o‘ynashni istayman. Umidqilamanki, imkoni boricha ko‘proq uchrashuvda harakat qilaman».
«Men Giggz va Nanilarni uo‘rib shunchaki qoyilqolaman. Ular - haqiqiy professionallar. Bu futbolchilar doimo mexnatqilishadi, shu orqali yuqori natijalarga erishishadi. Rayanning g‘olib bo‘lishistatiga hech narsa tenglasha olmaydi»Lui van Gal: Persi Jahon-saviyasidagi golni urdi
27.03.2013

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gall JCh-2014 saralash uchrashuvlaridoirasidagi Ruminiya ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabaga o‘z qarashlarinibildirar ekan, dubl qayd etgan jamoa hujumchisi Robin van Persini alohida tilgaolishga majbur bo‘ldi.
«Van Persiga birinchi bo‘limdauncha omad kelmadi, biroq ikkinchi bo‘lim aynan uning nomiga yozildi u shunchaki ekstra-saviyadagi ajoyib gol kiritdi.O‘sha u gol kiritgan vaziyatda bosh bilan o‘ynashning iloji yo‘q edi, biroq u g‘ayritabiiyiqtidori yordamida darvoza uzoq to‘sini tarafni nishonga ola bildi. Undan keyinbo‘lsa penaltini a’lo darajada golga aylantirdi.
O‘ylayman-ki, mening qo‘lostimdagi terma ko‘rsatgan eng yaxshi uchrashuv shu bo‘ldi», deydi van Gal.
Eslatib o‘tamiz, Robin van Persi uchrashuvning eng yaxshifutbolchisi sovriniga loyiq ko‘rildiSmolling: Mavsumni omadli yakunlamoqchiman
26.03.2013

Kris Smolling Angliya terma jamoasi asosiy tarkibidan o‘rin egallamoqchiekanini tan oldi.
Angliyalik himoyachimiz Joleon Leskott bilan San-Marinoga qarshi uchrashuvdamarkaziy himoya chizig‘ini tashkil qildi, endi bo‘lsa Chernogoriya bilan o‘yindau yana birinchi daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda: «O‘tgan mavsum shaxsiynatijalar taraflama omadli kelmadi, sababi meni jarohatlar bezovta qildi. «Suonsi»bilan o‘yinda men mushaklaridan jarohat oldim, keyin Yevro 2012ni o‘tkazib yubordim.Men termaga yozda qaytdim, u bilan birga shug‘ullanib yana jarohat oldim, shundanso‘ng faqat noyabrda maydonga qayta oldim holos», - deydi Kris Smolling.
«Biroq so‘nggi ikki oy men juda yaxshi sport formasiga kirib oldim, umidqilamanki bu sport formasini saqlab qola olaman. Bu men uchun ideal mavsum emas,biroq imkon boricha ko‘proq uchrashuvda maydonga tushishga umid qilaman. Hozirdao‘zimni yaxshi his qilmoqdaman va mavsumni omadli yakunlashni istayman».
«Senga ishonadigan odamlarning borligi ajoyib. Men uchun ular ser Aleks klubda va Roy Xodjson termada.Bu menda o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni uyg‘otadi. Men har bir o‘zimning imkoniyatimdanfoydalanishga urinib ko‘raman, shu sabab qanchauchrashuv ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. Murabbiy meni asosiy tarkibda ko‘rmoqchibo‘lsa men tayyorman. Seshanba kuni bizni katta o‘yinkutmoqda»