19.03.2013

«Yunayted» jamoasi afsonaviy yarim himoyachisining ta’kidlashicha, klubningbu mavsumda «Yil o‘yinchisi» mukofotiga bir varakayiga uch futbolchi da’vogarlikqilmoqda.

O‘tgan yili bu sovringa jamoa ekvadorlik vingeri Antonio Valensiya ega chiqqanedi. Brayan Robson mavsum yakuniga yetgach mazkur sovringa Robin van Persi, MayklKarrik va Rafael da’vogarlik qilishini aytdi. «O‘ylashimcha, bu sovringa uchta nomzodbor. Ma’lumki, Robin van Persi yozda «Arsenal»dan kelgan holda, jamoaga ajoyib kirishibketdi va bu sovringa asosiy nomzod. Biroq, Maykl Karrik va Rafaellar ham bu sovringao‘z mexnatlari bilan loyiqlar», - deydi Brayan Robson.

«Maykl ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. O‘ylaymanki, ser Aleksuni deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushirayotgani, ko‘p narsani isbotlamoqda.U juda aqlli futbolchi. Rafael bu mavsum fantastik darajada o‘sishga erishdi. Buu uchun katta mavsum. Shu sabab «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga uchtafutbolchi nomzod deb o‘ylayman»

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF: Charchoq bu jamoa dushmani

19.03.2013

Ser Aleksning ta’kidlashicha, terma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketgan ba’zifutbolchilar Angliyaga o‘z shaxsiy samalyotlarida qaytishadi.

Shotlandiyalik mutaxassis futbolchilarning charchoqqa uchramagani mavsumning so‘nggi qismida eng asosiy ahamiyatgaega ekanini aytdi. Aynan shu sabab klub o‘zgacha qarorlar ham chiqarib turadi:«Futbolchilarning o‘yinga charchoqsiz yetib kelishlari mavsumning bu qismida juda muhim ahamiyat kasbetadi. Juda muhim o‘yinlar yuqori haroratda o‘tadi. Aytish joizki, ba’zi o‘yinchilarimizshaxsiy samoletlarida Angliyaga qaytishadi. Bu orqali biz ularni juda tez ixtiyorimizgayetkabi kela olamiz», - deydi ser Aleks.

«Charchoq bu jamoa dushmani. Biroqmaydonga bahsga chanqoq futbolchilar tushishlari uchun qo‘limizdan kelgan barchaishni qilamiz. Shaxsiy samoletlar klubga katta pulga tushadi, biroq biz bunday qadamqo‘yishga majburmiz. Bu juda katta muammo, ahir Chicharito va Sindzi Kagava judakatta masofaga uchishlariga to‘g‘ri keladi. Aleks Byuttner, Rafael, Rayan Giggz,Nemanya Vidich, Anderson kabi terma jamoaga chaqiirilmagan futbolchilar ham klubningnavbatdagi o‘yinlarida muhim rol o‘ynashadi. Pol Skoulz mashg‘ulotlarga qo‘shilganidanham juda mamnunman».

«Men asosiy tarkibtanlashda qiynalmoqdaman. Maydonga eng yaxshi tarkibni tushirishni xojati yo‘q.Muhim holat charchoq yo‘qligi»

Муҳокама

19.03.2013

Angliyalik himoyachimizningso‘zlariga ko‘ra, xalqaro uchrashuvlar «Yunayted»ning ichki chempionatdagi ishlarigayomon ta’sir o‘tkazmasligi kerak.

«Yunayted»ning ko‘plab futbolchilari o‘z terma jamoalari safiga yuborilishdi.Ular qaytib kelishi bilanoq jamoamiz «Sanderlend» bilan shanba kuni va «Chelsi»bilan 48 soat o‘tgach o‘ynashi kerak. «Hozirda biz musobaqa jadvalida juda yaxshiholatda turibmiz. Biroq futbolchilarni terma jamoada o‘yinlar kutmoqda, biz klubgayaxshi kayfiyatda qaytishimiz lozim, ahir bizni «Sanderlend» va «Chelsi» bilan muhimuchrashuvlar kutmoqda», - deydi Kris Smolling.

Himoyachimiz Angliya chempionatidagi g‘alaba o‘tgan mavsumdagi omadsizlikdan so‘ng asosiy maqsadekanini aytdi: «Raqiblar bilan o‘rtamizda fraqni saqlab qolish bu biz uchun eng muhim holat. Hozirda biz xotirjamlikkaberilmasligimiz lozim. O‘z ishimizni mavsum so‘nggigacha muvaffaqiyatli bajarishimizgaishonch hosid qilmog‘imiz lozim»

Муҳокама

Янгиликлар /

Nani Portugaliyaga chaqirilmadi

15.03.2013

Portugaliya terma jamoasibosh murabbiyi Paulu Bentu JCh-2014 saralashi doirasida Isroil va Ozarboyjon bilanbo‘ladigan o‘yin uchun tarkibni e’lon qildi.

E’tiborlisi, «ManchesterYunayted» vingeri Luish Nani Angliya kubogi chorak finalida «Chelsi»ga qarshi o‘yindajarohat olgani sabab, uni Bentu termaga chaqirmagan. Uningo‘rnini Portugaliya bosh jamoasida «Volfsburg» jamoasi hujumchisi Vierina egallashikutilmoqda.

Bossning so‘zlariga ko‘ra,Nanining jarohati jiddiy emas, biroq har ehtimolga qarshi futbolchiga 1-2 haftatiklanish uchun vaqt beriladi.

Муҳокама

Янгиликлар /

7 ta «iblis» Angliya termasida

15.03.2013

Jamoamizning naq yetti futbolchisiAngliya terma jamoasining yaqin ikki uchrashuvi - San-Marino va Chernagoriyaga qarshibahsiga taklif etilishdi.

Rio Ferdinand, Kris Smolling, Maykl Karrik, Tom Kleverli, Eshli Yang, DenniUelbek va Ueyn Runi Angliya sharafini himoya qilish bahtiga muyassar bo‘lishdi.

Jamoamizningyana bir angliyalik futbolchisi Fil Jons bo‘lsa jarohati sabab bu uchrashuvlarnio‘tkazib yuboradi.

Муҳокама

15.03.2013

«PSJ» klubidirektori Leonardo parijliklar «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi transferiborasida muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«So‘nggi vaqtlarda«PSJ» har qanday futbolchini sotib olishga qodir klubga aylanib qoldi.

Biroq Runi borasidabiz hech qanday muzokaralar ham o‘tkazganimiz yo‘q, hech qanday taklif bilan hamchiqmadik.

Mening Runiganisbatan munosabatimni so‘rasangiz, men uni jahonning eng kuchli futbolchilaridanbiri deb hisoblayman», deydi Leonardo.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Runi transferi uchun 46 millionyevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar berilgan edi

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea Ispaniya termasida

15.03.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni David Dea o‘ziningklub miqyosidagi ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yini sabab Ispaniya termasining JCh-2014saralash uchrashuvlari doirasidagi Finlyandiya va Fransiya terma jamoalariga qarshiuchrashuvga chaqirildi.

22 yoshli darvozabonimiz «Real» va «Chelsi» bilan so‘nggi o‘tkazilganuchrashuvlarda haqiqiy qaxramonlik ko‘rsatdi.

De Xeaning ajoyib formasi uni davlatidagilarning e’tiboridanchetda qolmadi, David Ispaniya termasiga chaqirildi. Visente Del Boske jarohatidandavolanayotgan Iker Kasilyasni chaqirmadi, shu sabab Davidda Yevropa va Jahon chempionlarisafida debyut qilish imkoniyati bor, bu yo‘lda unga Xose Reyn va Viktor Valdes halaqitberishlari mumkin

Муҳокама

15.03.2013

«Yunayted» jamoasi boshmurabbiyi o‘z jamoasi mavsumning qolgan qismida yana «yirtqichlik hislati»ni o‘zidashakillantirishi kerak ekan.

Shotlandiyalik murabbiy o‘tgan mavsum so‘nggida ro‘y bergan voqea takrorlanmasligigaso‘z berdi. Hattoki «Siti»ni 12 ochkoga ortda qoldirayotganimizga qaramay, Ser Aleksbarcha raqiblarga rahm qilib qilib o‘tirmaslik kerak ekanini aytdi: «Biz raqiblarimiznio‘ldirishimiz kerak. Ikki bora «Uigan»ni va «Norvich»ni «Old Trafford»da 4-0 hisobidataslim etdik. Mavsumda bunday katta g‘alabalar bizda bir nechta bo‘ladi. O‘tganmavsum «Bolton», «Fulxem», «Vulverxempton», «Uigan»kabi jamoalar katta hisobda mag‘lub bo‘lishgan. Albatta «Arsenal» darvozasini 8bora ishg‘ol qilganimiz yoqimli», - deydi ser Aleks.

«Bu mavsum biz bunday hisoblarni deyarli ko‘rmayapmiz.Biz bunday katta ko‘lamda jangga kirmadik. Biz yana «yirtqichlik hususiyati»miznio‘zimizda shakillantirmoqdamiz va barchasi hali o‘z joyiga tushadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Yang: Sovrinlar uchun kelganman

14.03.2013

«Yunayted» klubi angliyalik vingeri mavsum so‘nggida jamoasi bir necha o‘nyillar davomida o‘zida shakillantirgan g‘oliblik hislati katta yordam berishinibildirdi.

Yaqindagina jarohatidan qutilgan Eshli Yang jamoasida bu mavsumni major notadayakunlashi mumkin ekaniga sha’ma qildi: «Qachon jarohat olsangiz, bor e’tiboringiztarkibga qaytishga qaratiladi. Bu mavsum men bir necha bora jarohat oldim. Bu menuchun kutilmagan hol bo‘ldi, biroq hozir yaxshi formadaman», - deydi Eshli Yang.

«Men bu klubga sovrinlar uchun kelganman. Men haqiqatdan buni juda istayman.Umid qilamanki, biz mavsum so‘nggiga yaxshi formada boramiz. Siz «Yunayted»ga kelsangiz,to‘g‘ri ko‘zingiz sovrinlar turgan shkaflarga tushadi. Bu klub tug‘ma g‘oliblar jamoasi. Bosh murabbiyimiz harbir uchrashuvda g‘alaba qozonib, har bir sovrinni qo‘lga kiritishimiz kerak ekaniniuqtiradi».

«Biz g‘alabali seriyamizni qayta boshlashni istaymiz.Biz har bir o‘yinda g‘olib bo‘lishni istaymiz. G‘oliblik mentaliteti mashg‘ulotlardashakillanadi, aynan shu kuch bilan siz maydonga tushasiz. Bizning jamoamizda unchaham ko‘p futbolchilar «Uembli»da Kubok yariim finalida ishtirok etganlar yo‘q. Bujuda muhim narsa va bu holat biz uchun chaqiruv vazifasini o‘taydi»

Муҳокама

14.03.2013

«Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Ian Rayt Roy Xodjsonni Rio Ferdinandni yaqinoradagi terma uchrashuvlariga chaqiirishga majbur ekanini bildirdi.

«Payshanba kuni Roy Xodjson termaning yaqin uchrashuvlariga kimlarni chaqirishinie’lon qiladi. Agarda u yana Rio Ferdinandni chaqirmasa, men bu mutaxassisga nisbatanxurmatimni yo‘qotaman. Vaziyat juda kulgili tus olmoqda, ahir termada markaziy himoyachilarbilan bog‘liq muammolar ko‘p-ku.

Rio«Yunayted» safida ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda. Agarda Rioni termaga chaqirishsa,endi u mamnunligidan osmonga sakraydi deb o‘ylamayman. Biroq u huddi Devid Bekxemkabi o‘z vatani sharafini himoya qilishdan tab tortmaydi. Angliyaga Rio kerak. Uo‘zining termadagi so‘nggi uchrashuvini 2011 yili yozda o‘tkazgan, biroq hamon uo‘z o‘yiin saviyasini yo‘qotmay kelmoqda.

Rio termada o‘ynash haqida nega gapira olmasligini tushunaman.Bu uning akasi va Jon Terri o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan bog‘liq. Ammo XodjsonRioni termaga chaqirmasdan axmoqlikka qo‘l urdi. Hattoki Braziliya bilan uchrashuvdankeyin ham Rio haqida undan so‘rashganida, u jahlbilan javob qaytardi. Ammo, yosh futbolchilar ham, oldilarida katta tajribga futbolchilarega bo‘lsagina g‘olib bo‘lishadi»

Муҳокама