Янгиликлар /

«Chelsi» bilan o‘yin 1-aprelda

13.03.2013

Angliya Kubogi chorak finalidano‘rin olgan «Chelsi» hamda «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi1 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan 12:30da bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.

Bu haqida, «Manchester Yunayted» matbuot xizmati jurnalistlari o‘z tvitterlariorqali xabar berishgan.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar bilan birinchi uchrashuv 2:2 hisobidagi duranghisob bilan yakunlangan edi, bu safar tomonlar 1 aprel, Toshkent vaqti bilan17:30da o‘zaro kim kuchliroq degan savolga javob topish uchun jangga kirishishadi

Муҳокама

Янгиликлар /

Rio jazodan qutildi

13.03.2013

«Yunayted» himoyachisi Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidanFernando Torres bilan bo‘lgan kelishmovchilik sabab jazolanmaydigan bo‘ldi.

Hujumchi va himoyachi o‘rtasidagi kelishmovchilik «Old Trafford»dagiKubok bahsining 86-daqiqasida yuz berdi. Angliya Futbol Assotsiatsiyasi mazkur vaziyatniyaxshilab o‘rganib chiqdi, Xovard Uebb bo‘lsa o‘sha vaziyat borasida ko‘rsatma berdi.Arbitr Assotsiatsiya oldida chiqish qilib, bu holat futbolchiga jazo berish uchunyetarli asoslarga ega emasligini ko‘rsatib bergan.

Shu holat bilan bir vaqtda Futbol Assotsiatsiyasi o‘sha vaziyatnio‘zi ham mutaxassislar yordamida ko‘rdi. Videotakrorlarni o‘rganib chiqqan AFA futbolchiniaybdor deya topmadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Robson Uelbek va Runi haqida

13.03.2013

«Yunayted» klubi buyuk yarim himoyachisi Denni Uelbekning hozirgi jamoadagiholati haqida gapirdi, afsonamiz angliyalik hujumchiga o‘z natijalarini yaxshilashikerak ekanini maslhat berdi.

«Bu mavsum bir nechta yosh futbolchilarimiz o‘yinida o‘sish yuz berdi. Aynanmana shu holati Denni Uelbekning «Real» bilan uchrashuvda asosiy tarkibda maydongatushishiga sabab bo‘ldi, kimsan Ueyna Runi bo‘lsa zaxirada qoldi. Bu juda jiddiyqaror edi, biroq Denni katta ko‘lamdagi ishni olib bordi. Asfuski, u o‘zining tug‘ma«gol kiritish» qobiliyatini topib ola olmayapti. U doimo mexnat qiladigan va o‘zustida ishlaydigan chiziqda to‘p surmoqda. Denni yuqoridagi ikki narsani qilishiga ishonaman»,- deydi Brayan Robson.

Robson Ueyn Runi va serAleks o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni rad etdi: «Runi «Real» bilan uchrashuva taktikjihatdangina maydonga tushmadi. Katta klublarda bu holatuchrab turadi, shu sabab bunga ko‘nikmoq lozim. Bu holat bo‘lmag‘ur gap-so‘zlar keltirib chiqarishinitushunaman. Biroqso‘nggi kunlardagi gap-so‘zlar yolg‘on».

Муҳокама

13.03.2013

Angliyalik himoyachimizning ta’kidlashicha, «Yunayted» «Chelsi» bilan uchrashuvda,raqib gol kiritishidan ancha oldin intrigani o‘ldirishga urinishi juda muhim bo‘lganekan.

Rio Ferdinandning ta’kidlashicha, uning jamoasi kecha «Chelsi»ga o‘yin tizgininio‘z qo‘liga olishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘lgan ekan: «Biz natijadan hayratdamiz,ayniqsa ajoyib o‘tkazgan birinchi bo‘limimizdan so‘ng. Biz uchrashuvdagi intriganiancha oldin o‘ldirishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda biz ularga hali imkoniyatbor ekanligiga umid berdik», - deydi markaziy himoyachi.

«David ajoyib seyvni amalga oshirdi va bizni Angliya Kubogida qolishimizgaimkoniyat yaratib berdi. Biz g‘olib kim ekani haqidagi savolga birinchi bo‘limdayaxshiroq javob bermog‘imiz lozim edi. Birinchi bo‘limdagi hujumdagi ajoyib o‘yinimizniyakuniy hisobni nazarda tutib hech kim gapirmayotgani alam qiladi. Biz yaxshi futbolnamoyish etdik, biroq ba’zi vaziyatlar bundan mustasno. Biroq siz ba’zi vaziyatlardaxatolar uchun katta jarima to‘laysiz. Bugun aynan shunday bo‘ldi».

«O‘ylaymanki, bizning yigitlarning charchog‘ini sizham sezdingiz. Ochiq o‘yin boshlanib ketganda, bizning charchoq ko‘rinib qoldi.Biroq bu o‘zimizni oqlashga sabab bo‘la olmaydi. O‘yinni biz g‘alaba bilan tugatmog‘imizshart edi. Biz hamon Angliya Kubogidamiz, «Uembli»da ishtirok etish uchun «Yunayted»ningva «Chelsi»ning imkoniyatlari teng. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Bizda «StemfordBridj»da g‘olib bo‘lish uchun barcha narsa bor. Biz bu mavsum u yerda to‘p surdikva yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Hozirda bizning tarkibda yig‘ilgan futbolchilar bilan,biz hech qanday raqibdan qo‘rqmaymiz»

Муҳокама

11.03.2013

Yakshanba kungi uchrashuvdagi natijadan so‘ng, Maykl Karrik Angliya Kubogichorak finali doirasidagi «Stemford Bridj»da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda yaxshinatijaga erishishlariga ishonishlarini aytdi.

«Albatta, biz bu uchrashuvga g‘alaba uchun boramiz. Bu bizning qonimizgasinggan. «Stemford Bridj» - juda qiyin joy, va «Chelsi» ham yaxshi jamoa. Biroqbu bittagina o‘yin holos. Umid qilamanki, kelasi safar biz omadliroq bo‘lamiz»,- deydi Maykl Karrik».

Bu uchrashuvdan so‘ng biz juda kulguli hissiyotlarnituydik. Biz o‘yinni g‘alaba bilan yakunlay olmaganimizdan juda hayratdamiz. Bu vaziyatdabiz o‘zimizni oqlay olmaymiz. Biroq boshqa tarafdan biz David Mataning so‘nggi daqiqalardabergan zarbasini qaytarganini va bizning bu musobaqadagi ishtirokimizni saqlab qolganidanmamnun bo‘lishimiz kerak. Biz unga bu uchun raxmat aytmog‘imiz kerak. U doim bizniqiyin holatlarda qutqaradi. Biz bu o‘yindan o‘zimiz uchun yaxshi tomonlarni darsqilib olmog‘imiz lozim: biz hamon Angliya Kubogidamiz va keyingi bosqichga chiqishdayaxshi imkoniyatimiz bor»

Муҳокама

Янгиликлар /

Rio Ferdinand jazolanishi mumkin

11.03.2013

Angliya Futbol AssotsiatsiyasiXovard Uebbning Rio Ferdinand va Fernando Torres bilan bo‘lgan vaziyati borasidagiko‘rsatmasini kutmoqda, faqat shundan keyingina mamlakat futbol assotsatsiyasi birqarorga keladi.

Himoyachi va raqib hujumchisio‘rtasidagi kelishmovchilik «Old Trafford»dao‘tkazilgan uchrashuvning 86-daqiqasida bo‘lib o‘tgan. AngliyaFutbol Assotsiatsiyasi mazkur holat ustidan aniq qarorga kelish uchun Xovard Uebbdanko‘rsatma talab qilgan», - deya xabar beradi Daily Mail.

Himoyachi ham, ser Aleks ham mazkur holat yuzasidano‘z qarashlarini bildirishmagan. Mazkur holat yuzasidan Rafael Benitesdan izoh talabqilishdi: «Men o‘sha vaziyatning takroriy lavhasini ko‘rmadim. Siz g‘alabaga yaqinroqturganingizda bunday narsalarga e’tibor bermaysiz. Men boshqa gapirmayman. Bundayvaziyatlarni sharxlamoqchi emasman»

Муҳокама

10.03.2013

Bugun birdaniga ber nechta Angliya nashlari Ueyn Runiga yangi shartnoma taklifqilinishi haqidagi xabarlar bilan uning klubni tark etish bilan bog‘liq mish-mishlargato‘liq yakun yasashdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2015 yilgacha mo‘ljallangan, biroq klubser Aleks va Ueyn Runi o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqidagi gap-so‘zlargayakun yasamoqchi, - deya xabar beradi Daily Mail.

«Chelsi» bilan o‘yin oldidan ser Aleks angliyalik hujumchijamoani tark etmasligi aytgan edi: «U eng yaxshi angliyalik futbolchi. Ueyn o‘zidabir vaqtda ser Bobbi Charlton va Pol Gaskoynning sifatlarini mujassam qila olgan.Hozirda u o‘zining shashtini maydonda ko‘rsata oladigan yoshga yetib keldi. Bu mavsumu bir nechta jarohatlarga uchradi, biroq shunga qaramay, juda kam o‘yinda maydongatushib 14 ta gol urdi va gollarga assistentlik qilish borasida umuman Angliyadaeng zo‘rlaridan. Mavsum so‘ngigacha Ueyn 20tadan ortiq gol urishiga hech kim shubhaqilmasa kerak»

Муҳокама

10.03.2013

«Yunayted» jamoasi sobiq sardori Krishtianu Ronaldu «Old Trafford»ga qaytishikerak ekanini aytgan.

«Uning qaytishi haqidagi xabarlar, u o‘z sobiq klubini mag‘lub etgani sababchiqib keldi. Ahir Ronaldu «Real» safida o‘ynashni istashini hech qachon yashirmagan.«Yunayted»ni tark etgan futbolchilarning juda kam qismini «Old Trafford» mamnuniyatbilan qabul qiladi» , - deydi Gari Nevill.

«O‘ylashimcha, Krishtianu hozirdaoldingidek havfsiz, do‘stlar orasida emas, bu holatni unga faqat «Yunayted» beraoladi. Uni muxlislar seshanba kuni ajoyib kutib olishdi va u uchun ham u o‘zgachakun bo‘ldi. Ha «Yunayted» haqida hozir esdan chiqarib turing. Angliya futboli nuqtainazaridan, uning «Old Trafford»ga qaytishi ajoyib bo‘ladi.

Ronaldu «Yunayted» bilan o‘yindan so‘ng quyidagi fikrlarnibildirdi: «Men «Yunayted»dan uzr so‘rayman, biroq mening ishim shu. Birinchi borao‘z faoliyatim davomida stadiondagi atmosferadan lol qoldim. Men o‘zimni qulay hisqilmadim. O‘yin boshlanishidan oldin muxlislarning qullab-quvvatlashidan men judako‘p hissiyotlar tuydim»

Муҳокама

Янгиликлар /

AFF Zaxani jazolanishi mumkin

10.03.2013

Uilfrid Zaxa Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan «Lids» muxlislari tomonqilingan odobsizligi uchun jazolanishi kutilmoqda.

«Kristal Pelas» va «LidsYunayted» o‘rtasidagi uchrashuvda angliyalik vinger raqib jamoa muxlislariga qo‘liningo‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan. Xabarlarga ko‘ra, Zaxaningmazkur qilig‘idan irqchilikka oid hech qanday ayb topilmagan.

«Manchester Yunayted» va «Lids» o‘rtasida tarixiy qarama-qarshilikbor ekani siz muxlislarga ma’lum. Aynan mana shu qarama-qarshilik Uilfrid tomonraqib muxlislarining haqorat qilinishiga olib keldi, sababi barchangizga oydin,qishki transferlar oynasi vaqtida «qizil iblislar» mazkur yosh iqtidor sohibi bilanshartnoma imzolashgan

Муҳокама

Янгиликлар /

Manchini: Yomon xabar

10.03.2013

Roberto Manchini «Yunayted»ningChempionlar ligasidan chiqib ketgani uning jamoasini 12 ochkolik fraqni yo‘qqa chiqarishidayanada qiyinchilik uyg‘otishini bildirishini ta’kidladi.

«Manchester Siti» birdaniga uchta frontda to‘p surgan holda ser Aleks shogirdlario‘z ichki chempionatlarida ochko yo‘qotishlariga umid bog‘lashgan edi. «Bu biz uchunyomon xabar, endi ular bor kuchlarini ichki chempionatga qaratishadi. O‘ylashimcha,biz uchun «Yunayted» Chempionlar ligasida o‘ynashni davom ettirgani yaxshi edi.Ular har uch kunda o‘yin o‘tkazar, bu esa ularga qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lar edi»,- deydi Manchini.

Italiyalik mutaxassis Yevropa arenalaridan chiqib ketish, «Yunayted»ga yomonta’sir qilishiga umid qilishini aytdi: «Bu mag‘lubiyat ularning o‘z kuchlariga bo‘lganishonchlarini yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi degan umiddamiz. Ba’zida shunday bo‘ladi,biroq bu mavsum «Yunayted» juda kuchli. Bizning asosiy maqsadimiz qolgan barchauchrashuvlarda g‘alaba qozonish. Biz shu ustida ishlaymiz».

So‘nggi kunlarda Ueyn Runi «Yunayted»ni tark etishihaqidagi xabarlar tarqalgan edi. U uchun asosiy nomzod etib «Siti» e’tirof etilgandi.Manchini bo‘lsa angliyalik hujumchi transfrini rad etdi: «Ueyn Runi Yevropadagi eng yaxshi hujumchilardan. Biroq menu «Yunayted»ni tark etadi deb o‘ylamayman. U so‘nggi uchrashuvda asosiy tarkibdamaydonga tushmaganini tushunsa bo‘ladi. Biroq bunday holat barcha klubda ham sodirbo‘ladi. Aminmanki, keyingi o‘yindan keyin barcha gap so‘zlar tamom bo‘ladi»

Муҳокама