Ronaldu: Misli ko‘rilmagan kun bo‘ldi
06.03.2013

Real» klubihujumchisi Krishtianu Ronaldu «Old Trafford»ga qaytganidan hissiyotlari jo‘sh urganihaqida gapirib o‘tdi.
«Men uchun misliko‘rilmagan kun bo‘ldi. O‘zimning hissiyotlarimni bayon etishga so‘z topa olmayman.Muxlislardan uyaldim: ikki o‘yinda ham noodatiy tarzda o‘ynadim. «Real» keyingibosqichga yo‘l olganidan xursandman.
To‘g‘risi, «ManchesterYunayted»ning chiqib ketgani biroz qayg‘ulidir. Nani bilan bo‘lgan vaziyatni ko‘raolmay qoldim. Bunaqasi futbolda uchrab turadi. Kelajagimga kelsak: u haqida bironnarsa deya olmayman. Men «Real»da baxtliman», - deydi Ronaldu.
Modrich: O‘yin juda qiyin bo‘ldi
06.03.2013

Kecha ChempionlarLigasi nimchorak finali javob o‘yinida o‘z goli bilan «Manchester Yunayted» ustidang‘alaba qozonishga yordam bergan Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi LukaModrich o‘z fikrlarini bildirdi:
«Men gol urganimdanmamnunman, lekin biz keyingi bosqichga chiqqanimizdanyanada xursandman. O‘yin juda qiyin bo‘ldi, lekin biz gol o‘tkazib yuborganimizdankeyin vaziyatni o‘nglash yo‘lini topa oldik. Ikkala o‘yinga qaraydigan bo‘lsak bizkeyingi bochqichga chiqishga munosib edik deyish mumkin.
To‘g‘risini aytsam, Nani bilan bog‘liq vaziyatda qizil kartochka ko‘rmadim, lekinhakam shunaqa deb turgandan keyin qarshilik ko‘rsatib bo‘lmaydi».
Mourino: Ammo bu futbol
06.03.2013

«Real» klubibosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi 1/8 finalida «MYU»ga qarshi kechganuchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bugun biz g‘alabagamunosib emasdik, ammo bu futbol. Men Nanining chetlatilishini izohlashga tayyoremasman. Chunki o‘sha vaziyat borasida ishonch bilan gapira olmayman. O‘sha chetlatishdanqat’iy nazar, bugun yaxshiroq bo‘lgan jamoa mag‘lubiyatga uchradi», deydi Mourino.
Mayk Felan: Yurishda davom etish kerak
06.03.2013

«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson «Real»ga qarshi Chempionlar ligasidabo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etishdan bosh tortdi vao‘rniga yordamchi murabbiyi Mayk Felanni yubordi.
«Biz o‘yingato‘g‘ri taktika tayyorlagandik. Jamoa 0:0 hisobida o‘zini yaxshi his qilayotgandi.Biz gol urishni uddaladik va yetakchilikni o‘z qo‘limizga oldik. Biz o‘yinni nazoratqilib turgandik. Ammo shundan so‘ng hakamning qarori barchasini yo‘qqa chiqardi.Hakam ajabtovur qaror qabul qildi. Ammo biz bunga rozi bo‘lishimiz kerak. «Real»gaqarshi o‘n kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin.
Biz kam bo‘libqolganimizdan juda xafa bo‘ldik. Bu hakam tomonidan chiqarilgan juda shafqatsizqaror bo‘ldi. Bu qaror bunday o‘yin uchun mutlaqo keraksiz edi. Ammo endi olg‘ayurishda davom etish kerak. O‘yinni butun dunyo tomosha qildi.
Endi odamlarbuni muhokama qiladilar. Bizning ajoyib o‘yinimiz hakamning birgina qarori bilanyo‘qqa chiqdi», dedi Felan.
Valensiya: E’tiborni yo‘qotmaslik kerak
05.03.2013

Jamoamiz ekvadorlik vingeriningta’kidlashicha, uning jamoadoshlari har biri o‘zi yopishi kerak bo‘lgan raqiblarnito‘p bilan muomila qilish imkoniyatidan cheklab qo‘yish kerak ekan.
Antonio Valensiya jamoadoshlariga«Old Trafford»dagi uchrashuvning har bir soniyasida e’tiborni yo‘qotmaslikalarikerak ekanini bildirdi: «O‘ylaymanki, bugun ochiq futbol bo‘ladi. «Real» ajoyibtarzda qarshi-hujumlarni tashkil qiladi, shu sabab raqibni bir soniyaga ham e’tibordanchetda qoldirmaslik kerak», - deydi Antonio Valensiya.
«Birinchi uchrashuvdan so‘ng qaysidur jamoa ustunlikka ega bo‘ldi deb o‘ylamayman.Mazkur saviyadagi o‘yinlar bunday bitta safardagi gol sabab tugashi mumkin emas.90 daqiqa davomida biz muvaffaqiyat qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishniqilishimiz lozim. Bu ustunlikka erishishning yagona yo‘li. Bu juda qiziq o‘yin bo‘ladi.Umid qilamanki, men o‘z vazifalarimni uddalayman va «Yunayted» muxlislarini xursandqilaman».
Runi: Umid qilaman
04.03.2013

«ManchesterYunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi o‘z formasi va faoliyatidagi gollarisonini bu mavsum 200 tadan oshirmoqchi ekanini bildirdi.
«Hozir menshunday yoshdaman-ki, bu vaqtda futbolchining faoliyati eng gullagan vaqtbo‘ladi, bu holat to‘rt yoki besh yil davom etadi. Umid qilamanki, men bilanham shunday holat sodir bo‘ladi va bu «Manchester Yunayted»ga foyda keltiradi.
Hozirchamen uncha ko‘p o‘yinlarda ishtirok etmadim, oldinlari yilning bu vaqtida judacharchagan bo‘lar edim. Shu sabab o‘zimni ancha yengil va mavsum so‘nggidajangga kirishishga tayyor his qilmoqdaman.
Yoshbo‘lishimga qaramay «Yunayted» safida juda ko‘p o‘yin o‘tkazganimdan mamnunman.Klubim tarkibidagi gollarim sonini 200 taga yetkazmoqchiman. Bunday natijabilan g‘ururlansa arziydi. Umid qilamanki, mavsum so‘nggida hali ko‘plab gollarkiritaman», – deydi Runi.
Aytishjoizki, yaqinda 27 yoshni qarshilagan futbolchi «MYU» tarkibida 195 ta golkiritgan. U klub tarixidagi to‘purarlar orasida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Ronaldu: Bu juda ajoyib damlar edi
04.03.2013

«Real»klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 finalida «MYu»gaqarshi «Old Trafford»da o‘tadigan uchrashuvda gol urishni istashini aytibo‘tdi.
«Buuchrashuvdagi gol menga juda katta hissiyotlarni taqdim etgan bo‘lardi. Agarda«Old Trafford»da gol uradigan bo‘lsam, bu menga ulkan hissiyotlarni berardi.
Bu goldanso‘ng qanday holatga tushishimni bilmayman. Hissiyotlarimni jilovlashim aniq,ammo shunday holatga tushishni juda xohlayman. Ishonchim komilki, «MYu»muxlislari meni yaxshi qabul qiladilar. Bu yerda o‘tkazilgan yillardan so‘ngyaxshi bilamanki, «Old Trafford»da meni hammadan ham ko‘proq olqishlaydilar.
Bu juda ajoyib damlar edi», - deydi portugaliyalikfutbolchiFergyuson: Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
04.03.2013

«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson «Real» hujumchisi KrishtianuRonalduning jamoaga qaytishi borasidagi xabarlarni inkor etdi.
«Krishtianu Ronalduning «MYU»ga qaytishi haqidagixabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning madridliklar bilan yana ikki yildavom etadigan shartnomasi bor. Uning «MYU»ga qaytishi borasidagi gap-so‘zlaresa o‘sha shartnomani uzaytirish yo‘lidagi muzokaraning bir qismi bo‘lishikerak. Menimcha bu gaplarning barchasi uning agentidan chiqmoqda. Bu bilan u«Real» oldida ustunlikka ega bo‘lmoqchi. Ronalduning safimizga qaytishi umidijuda zaif. Ammo u qaytgudek bo‘lsa uni barcha buyuk futbolchilar kabi quchoqochib kutib olamiz», deydi murabbiyEvra: Bu juda qiyin bo‘ladi
04.03.2013

Seshanbakuni bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan «Manchester Yunayted» - «Real Madrid»uchrashuvi juda katta hayajon bilan kutilmoqda, ayniqsa, portugaliyaliksuperyulduz uchun.
PatrisEvraning fikricha, «Manchester Yunayted» Ronalduning klubga, muxlislargabo‘lgan muhabbatidan foydalanishi mumkin. Chunki Ronalduni muxlislar juda iliqkutib olishi turgan gap, qolaversa, Krishtianu ham Myuni yaxshi ko‘radi.
— Agarmuhabbat bilan o‘ynasangiz, bu juda qiyin bo‘ladi, — deydi frantsuz «MUTV»ga berganintervyusi paytida. — Krishtianu Manchesterga yetib kelishi bilan juda katta hurmatbilan kutib olinadi. Muxlislar uning xizmatlarini hech qachon unutmaydi va shuningdek,jamoani hali ham sevishini.
Birinchi o‘yindan keyin u bilan chatdagaplashgadim. Uning uchun bu yerga kelish juda qiyin kechishini aytgandi. Buyer uning uyi, shunday ekan, hayajon bo‘ladi. Umid qilamanki, u aynan shuninguchun ham yaxshi o‘ynay olmaydi. Lekin u g‘olib, yaxshi raqib. Agar u bizniyengsa, demak, u chempion ham bo‘ladiBEKS: Ikki o‘g‘lim «MYU» muxlisi
04.03.2013

«PSJ»jamoasi yarim himoyachisi Devid Bekxem o‘z o‘g‘illari qaysi jamoaga muxlislikqilishi haqida gapirib o‘tdi.
«Menprofessional futbolchiman. Ammo o‘g‘illarim bilan birga o‘tirganda futbolgaishqibozlik qiladigan oddiy otaga aylanaman. Ikki o‘g‘lim «MYu»ga muxlislikqiladi, uchinchisi esa «Arsenal» fanati.
Qanday qilib bunday bo‘lganini aqlimgasig‘dirolmayman. O‘g‘illarimdan biri «Chelsi»da mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Qaniko‘ramiz, bundan nima chiqarkin», - deydi Bekxem>