Fergyuson: Krishtianu yuragini «MYU»ga bergan
04.03.2013

Ser AleksFergyuson jamoa veteranlari bo‘lmish Rayan Giggs va Pol Skoulz ungamurabbiylikda yordam berishlariga ishonadi. Kelajakda klubni boshqarishi hammumkin.
— Bu ikkovimening texnik xodimlarimga aylanishadi. Buning uchun hamma narsa tayyor. Ular(Giggs va Skoulz) yosh futbolchilar va zaxiradagilar bilan mashg‘ul bo‘lishadi.Ular uchun hali vaqt bor, lekin 10 yillardan keyin ularning joyi aniq bo‘ladi.Ikkalasi ham aqlli, bir so‘zli. Ular biz bilan qoladi.
«Real»bilan o‘yin haqida ham boss o‘z fikrini bildirib ketdi:
— Krishtianu yuragini «Manchester Yunayted»gabergan. Men unga va’da bergandim: yana bir mavsumdan keyin qo‘yib yuboramandeb. U bir mavsum juda yaxshi o‘ynadi. U yaxshi o‘yinchi, doim yonib yuradi.Menimcha, ayni damda Ronalduni Angliyadan ko‘ra Ispaniyada ko‘proq yaxshiko‘radilarFergyuson: Sabrsizlik bilan kutmoqdamiz
04.03.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Ispaniya Kubogidoirasidagi bahsda «Real» «Barselona» ustidan qanday ustunlikka ega bo‘lganiniko‘rib hayron qolganini ta’kidlab o‘tdi.
«Men «Real»«Barsa»ni qanday qon qaqshatganini ko‘rib, hayron qoldim. Madridliklar ajoyibo‘yin o‘tkazishdi. Krishtianu Ronaldu, O‘zil va Di Mariya qarshi hujumlardajuda tezkor harakat qilishdi. «Real» qarshi hujumda juda xavfli harakatqiladigan jamoalardan biri ekanini juda yaxshi bilamiz. Shu sababdan ulargaqarshi o‘yinda qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslik borasida ish olibbormoqdamiz.
Biz «Real»ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilankutmoqdamiz», - deydi FergyusonSAF: Balki Manchinining omadi bordur
04.03.2013

Angliyaning«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson «Manchester Siti»jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini tomonidan aytilgan gaplarga o‘z izohiniberib o‘tdi. Manchini «qizil iblislar» faqat omad tufayligina turnir jadvalidabirinchi o‘rinda turganini ta’kidlab o‘tgan edi.
«Juda omadimiz kelgan. Biz mana 25 yildirki buniodat tarziga kiritib oldik. Bu juda qo‘rqinchli odat. Oradagi farq bor yo‘g‘i12 ochkoni tashkil qilishi esa balki Manchinining ham omadi borliginibildirar», deya Fergyusonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sky Sports»nashriBlatter: Giggzdan o‘rnak olsa arziydi
04.03.2013

FIFAprezidenti Yozef Blatter «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirganuelslik yarim himoyachi Rayan Giggzning professional faoliyati davomida shupaytgacha 999 o‘yin o‘tkazganiga yuqori baho berdi:
«RayanGiggzdan barcha o‘rnak olsa arziydi, sababi uninig qilayotgan ishlari haqiqatanajoyib va hayratlanarli. Kimdir 1000 ta o‘yin o‘tkaza olishiga, ayniqsaularning aksariyatini bir jamoada o‘ynaganiga ishonish qiyin. Men uning1000-o‘yinidan ham zavqlanishini va faqat yaxshi tilaklarni tilaymane o‘yindanva hayotdan zavqlaning».
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar»ning tirikafsonasi o‘zi to‘p surgan yagona klub «Manchester Yunayted» tarkibida 931 ta,Uels terma jamoasi safida 64 ta va Buyuk Britaniya Olimpiiya terma jamoasisafida 4 ta o‘yin o‘tkazganFil Jons: Umid qilaman
03.03.2013

«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi Fil Jonsning ta’kidlashicha, u Angliyatermasi asosiy tarkibidan joy egallashni istayotgan ekan.
«Men Angliya termasining markaziy himoya chizig‘ini o‘zimniki qilmoqchiman.Klubimda buni amalga oshirish qiyin, sababi Ferdinand va Vidich vaqti-vaqti bilansizni bu chiziqda maxrum etib turishadi. Sababi ular ajoyib himoyachilar va kattatajriba sohibilar.
Anchadan beri aytib kelmoqdaman, menga tayanch yarimhimoyachisi chizig‘idan ko‘ra, markaziy himoya chizig‘i qulay. Umid qilamanki, milliyjamoa safga qayta olaman. O‘z vatan sharafini himoya qilishdek baxtga muyassar bo‘lishistagidaman», deydi Jons2013 turne safar taqvimi
01.03.2013

«ManchesterYunayted» so‘nggi o‘yinni belgiladi va TOUR 2013 mavsum oldi turnesining to‘liqtaqvimini taqdim etdi.
13 iyul 2013 yil «Yunayted» Tailandga yo‘l oladi, Bangkokdabarcha jamoalar yulduzlariga qarshi «Radjamangala» stadionida baxs olib boradi.
20 iyul 2013 yil «Yunayted» Avstraliyaga yo‘l oladi, Sidneyda«A» Liga yulduzlariga qarshi «Avstraliya» stadionida to‘p suradi.
23 iyul 2013 yil «Yunayted» Yaponiyaga yo‘nalishni buradi,Yokagamada «Yokagama F. Marinos»ga qarshi «Yokagama» stadionida o‘yin o‘tkazadi.
26 iyul 2013 yil «Yunayted» Yaponiyada sahoyatini birozcho‘zadi, Osakada «Sareso» klubiga qarshi «Nissan» stadionida o‘yin o‘tkazadi.
29 iyul 2013 yil «Yunayted» shu yildagi tur baxslarinitugatadi, Gongkongda «Kitchi» klubiga qarshi «Gongkong» stadionida maydongatushadi.
RVP va Fil Jons maydonga tusha oladi
01.03.2013

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi ser AleksFergyuson jamoa hujumchisi Robin van Persi hamda himoyachi Fil Jons «Real»gaqarshi kechadigan o‘yinga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.
«Fil Jons yugurish mashqlarini davom ettirmoqda. Seshanbakungacha tayyor bo‘lishi uchun ancha mehnat qilishi kerak bo‘ladi. Biz ungaimkoniyat beramiz. «Norvich»ga qarshi o‘yinda u aniq maydonga tushmaydi.
Jarohatlar bilan bog‘liq boshqa muammolar yo‘q. Van Persimashg‘ulotlarda qatnashmoqda. U jarohatidan forig‘ bo‘lgan. Shanba kunimaydonga tusha oladi.
«Norvich»ga qarshi o‘yin juda muhim. «Real»ga qarshi o‘yin haqidao‘ylamayapman. Bu shundoq ham katta voqelik. Ertangi o‘yin esa kundaliko‘yinlardan biri. Bu o‘yinda ham bizga g‘alaba juda kerak», - deydi FergyusonGiggz yangi shartnoma imzoladi
01.03.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz klub bilan yangi shartnomaimzoladi. Klub tomonidan rasman ma’lum qilinishicha, yangi shartnomamuddati 2014 yilning iyuniga qadar davom etadi. Hozircha shartnoma tafsilotlarisir saqlanmoqda.
Kelgusi yil Giggz uchun «Manchester Yunayted»dagi 23 mavsum bo‘ladi.O‘ttiz to‘qqiz yoshli futbolchi mankunianliklar tarkibida ilk bora 1991 yilning2 mart sanasida maydonga tushgan edi. O‘tgan vaqt oralig‘ida Giggz «MYU»tarkibida 931 uchrashuvda maydonga tushib, 168 ta gol kiritganFergyuson: Buni hech kim bilmaydi
01.03.2013

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyusonmurabbiylik faoliyatini yakunlagach ham jamoa boshqaruvida ishlashni istashinita’kidlab o‘tdi.
«Mendan osonlikcha qutula olmaysiz. Balki murabbiylikfaoliyatimni yakunlagach «MYU» direktori bo‘lishim ham mumkin.
Qachon faoliyatimni yakunlayman? Buni hech kim bilmaydi, hatto o‘zimham. Bir narsa aniqki, shifokorlar futboldan ketishimni talab qilishganda ham,ularning aytgani bo‘yicha ish qilmayman», deydi FergyusonBEKS: Ronaldu uchun boshqacha oqshom bo‘ladi
01.03.2013

«Bu juda ajoyib o‘yin bo‘ladi. Manchesterga ilk bor qaytayotgan Krishtianu uchun esa juda boshqacha ahamiyat kasb etishi muqarrar.
«Yunayted» uning yuragida alohida o‘rin tutadi. Muxlislar uni yaxshi ko‘radilar. Avval o‘ynagan stadionga qaytish har doim yoqimli. Bu holat Krishtianuga ilhom bag‘ishlaydi.
«MYU» Madridda juda yaxshi o‘ynadi. Bizni buyuk o‘yin kutib turibdi. Maydonda kuchli tarkibga ega bo‘lgan ikki buyuk klub to‘qnash keladi», deydi Bekxem