Giggz: «MYU» yaxshi formada
26.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz «Real»ga qarshi Chempionlar ligasidao‘tkaziladigan uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu uchrashuvgatarkib tanlash murabbiylar uchun boshog‘rig‘i bo‘lishi aniq. Ammo bu gap yaxshima’noda aytilmoqda. «MYU ayni vaqtda juda yaxshi formada. Asosiy tarkibda maydongatushishi mumkin bo‘lgan ko‘plab futbolchilar bor. Bu holat murabbiylarga tarkibnirotatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Balki bu vaqtdako‘prog‘ini so‘rab ham bo‘lmas», deydi Giggz.
Chicharito: «MYU»ni tark etmoqchi edim
26.02.2013

«Qizil iblislar»jamoasi hujumchisi Chicharito mavsum boshida klubdan ketmoqchi bo‘lganini, biroqser Aleks bilan birga qolganidan mamnun ekanini bildirdi.
«Bir yarim yilichida vaziyat bunday o‘zgarib ketishiga ishonish qiyin. Tan olaman, mavsum boshidahaqiqatdan «Manchester Yunayted»dan ketish haqida jiddiy o‘ylab qoldim. Bu haqidajuda ko‘p o‘yladim, biroq mening do‘stim Rey Misterio menga o‘z orzuim uchun kurashishnaqadar muhim ekanini eslatdi.
Men kurashdim, tom ma’noda ko‘p narsaga erishdim. Albatta,bu ser Aleksning ishonchi bilan amalga oshdi, men unga qarzdorman. Jamoada qolganimdanmamnunman», - deydi ErnandesMourino: O‘yinga tayyormiz
26.02.2013

«Real» boshmurabbiyi Joze Mourino Ispaniya kubogi yarim finali hamda Chempionlar ligasi nimchorakfinali javob uchrashuvlariga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ta’kidladi.
— Bugun bo‘ladigano‘yin boshqa o‘yinlarimizga o‘xshamaydi. Biz chiroyli o‘yin namoyish etib, keraklinatijani qo‘lga kiritmoqchimiz. Benzema va Alonso mashg‘ulotlarda qatnashishdi vaertaga maydonga tushib qolishlari mumkin.
Oldimizda juda murakkab taqvim turgan bo‘lsa-da, hammaMYu va «Barsa»ga qarshi o‘ynashni istayapti. Biz o‘yinga tayyormiz! — deya murabbiyso‘zlaridan iqtibos keltiradi klub rasmiy saytivan Persini jarohati jiddiy emas
26.02.2013

KPR klubigaqarshi kechgan o‘yinda olingan jarohat «Manchester Yunayted» hujumchisi Robin vanPersi uchun jiddiy bo‘lib chiqmadi.
Sky Sports nashriningxabariga ko‘ra, gollandiyalik futbolchiga son qismining zo‘riqishi, degan tashhizqo‘yilgan.
Van Persi yaqin vaqt ichida mashg‘ulotlarga qaytadi,ammo, u 2 mart kuni «Norvich»ga qarshi o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi«Real» Chicharitoni sotib olmoqchi
26.02.2013

Madridning «Real»jamoasi yozgi transfer paytida Meksika terma jamoasi hamda «Manchester Yunayted»klubi hujumchisi Xaver Ernandesni sotib olish niyatida.
The Mirror nashritarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi ser Aleks Fergyuson jamoasidagi e’tibordan, kammaydonga tushayotganidan xavotirda. Holbuki, MYu rahbariyati ham «no‘xat polvon»niqo‘yib yuborishi mumkinligini bildirgan, faqat Dortmundning «Borussiya» jamoasiforvardi Robert Levandovskini sotib olgandagina.
Xabar qilinishicha, Madridning «Real» klubi meksikalikChicharito uchun 20 million yevro to‘lashga tayyorRafael: Bu mening eng chiroyli golim
24.02.2013

Jamoamiz braziliyalik himoyachisi «Kuinz Park Reyndjers» jamoasiga kiritgangoli uning faoliyatidagi eng chiroylisi bo‘lganini aytdi.
«Faoliyatimda bundan chiroyli gol urganimni eslay olmayman. «Liverpul» darvozasigakiritgan golim boshqacha edi, u yerda aniqlik muhim rol o‘ynagan edi. Mazkur golnibo‘lsa faoliyatimdagi eng yaxshisi deb hisoblayman. To‘p menga qarab harakatlanayotganiniko‘rdim va bor kuchim bilan unga zarba berdim. To‘p oyog‘ingizga qay tarzda tushganigaqarab, oldindan gol bo‘ladimi yoki yo‘qmi aytsa bo‘ladi. Men to‘p o‘z yo‘lida hechkimga urilmasligiga umid qildim. Ajoyib gol chiqdi», - deydi himoyachi.
«Biz uch ochko olganimizdan va darvozamizdahlsizligini saqlaganimizdan mamnunmiz. Biz o‘z ishimizni davom ettirishni va oldinga qadam tashlashni istaymiz.Biz qancha ko‘p darvozamizni «quruq» saqlasak, shuncha o‘zimizga bo‘lgan ishonchortadi. O‘tgan mavsum nima bo‘lagini barchamiz yaxshi eslaymiz, shu sabab biz uchunbarcha uchrashuv muhim. Biz shunchaki barcha uchrashuvdag‘alaba qozonishimiz lozim»Kagava mavsum oldi tayyorgarliklar haqida
23.02.2013

Jamoamiz yaponiyalik yarim himoyachisi 2013 yilgi mavsum oldi tayyorgarliklardoirasida «Yunayted» uning vataniga tashrif buyurishidan mamnun ekanini bildirdi.
«Serezo Osaka» - bu men professional futbolga birinchi qadamlarimni qo‘yganjamoa. Bu klub men uchun Yevropaga ko‘chishimdan oldin ko‘p narsa bergan. Aynano‘sha yerda men professional futbolchilikning birinchi saboqlarini olganman. Shusabab Osaka mening eng yaxshi ko‘rgan shaxrim», - deydi SindziKagava.
«Yokogame stadionida men Yaponiya termasi tarkibidako‘p o‘ynaganman va u yerda gollar kiritganman. Bu mening sevimli stadionim, uyerda ajoyib atmosfera hukmron. Yokogamabo‘lsa daryo oldidagi ajoyib shaharcha. O‘ylashimcha,jamoamizdagi yigitlarga u yerlar yoqib qoladi»Brayt: Uilfrid yangi «Krishtianu Ronaldu»
23.02.2013

«Kristal Pelas» klubi sobiq afsonasi Mark Brayt Uilfrid Zaxa Krishtianu Ronalduningyo‘lidan borishga va uning faoliyatini takrorlasha qodir ekanini bildirdi.
Brayt yosh angliyalik vinger«Yunayted»ga o‘tgan holda huddi Krishtianu Ronaldu kabi muvaffaqiyatga erishishigaishonmoqda: «Yunayted» juda o‘zgacha qobiliyatga ega bo‘lgan futbolchini sotib oldi.So‘nggi ikki yil davomida u juda yaxshi o‘yin namoyishetib keldi. Buning ustiga u yanada kuchliroq o‘yinchi bo‘lib yetishishi aniq»,- deydi Mark Brayt.
«U o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib «yangi KrishtianuRonaldu» bo‘la oladi. U ajoyib qobiliyat sohibi. U ikki oyog‘i bilan ham to‘pniyaxshi boshqaradi. Uilfridda tezlik va jismoniy kuch ham yuqori. U doimo o‘rganishniistaydi va Angliya termasiga ham chaqirilishni boshladi. Aminmanki, Zaxa «Yunayted»gao‘tishga qaror qilib, to‘g‘ri qildi»Uelbek: Barcha ishni to‘g‘ri bajarishimiz kerak
23.02.2013

Danni Uelbek «Kuinz Park Reyndjersga qarshi kechadigan bugungi uchrashuvdauch ochko olishni maqsad qilgan va «Manchester Yunayted» jamoasi taktikasi judayopiq o‘yin ko‘rsatadigan londonliklar himoyasini yorishiga umid bog‘lagan.
Hattoki APL birinchi va so‘nggi jamoalari to‘qnash kelishayotgan bo‘lishsa-da,Ser Aleks Fergyuson jamoasi Xarri Rednapning o‘yinchilari «Chelsi», «Tottenxem»va «Manchester Siti»dan ochko olganari esdan chiqmasligi lozim.
Poytaxtdagi uchrashuvda oson o‘yin bo‘lmaydi, biroq maqsad bittaligi aniq«Manchester Siti»ga «Chelsi» bilan yakshanba kungi o‘yin oldidan bosim o‘tkazish.
«Bizda juda qiyin bo‘ladi», - deydi Uelbek rasmiy saytga bergan intervyusida.«O‘ylashimcha, buyog‘iga ligadagi har bir o‘yin ochiqchasiga qiyin bo‘ladi. Biroqbiz to‘g‘ri hisob olishimiz va uch ochko olishga ishonishimiz kerak. Bu asosiy maqsadimiz «Siti»ga qilayotgan bosimimizni yo‘qotmaslik.
«So‘nggi vaqtlarda «KPR» yaxshi o‘ynamoqda. O‘ylaymanki, ular ikki chiziqdaniborat himoya tashkil qilishgan va bu raqibga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ular shunchakito‘pning yo‘liga turib olishadi va bu raqibga gol kiritishda qiyinchilik tug‘diradi.Biroq, biz tug‘o‘ri taktika tanlab, gol kiritishga urinib ko‘ramiz».
Mazkur uchrashuvda Fabio ijaraga shartlariga ko‘ra maydonga tusha olmaydi,biroq «Old Trafford»ning eski yoqimtoyi Ji Sung Pak haqida Uelbek esdan chiqarmadi.
«Yana Ji bilan uchrashishimiz ajoyib bo‘ladi»,- deydiUelbek. «Biz Londonga bir nechta uchrashuvga kelganimizda u bilan ko‘rishgan edikva mexmonxonada suhbatlashgandik. Shu sababdan u bizga yaqinligi juda yaxshi. Harsafar uni uchratganimda do‘stlik hissinituyaman, Fabio bilan ham huddi shunday. U ikki bora Karringtonga bu mavsum qaytdiva u bilan yana uchrashishimiz ajoyib bo‘ladi»Runi: Robin juda tortinchoq va jiddiy
22.02.2013

Jamoamiz hujumchisi Ueyn Runining ta’kidlashicha, Robin van Persi ayni damdaAngliyada hujumni muvaffaqiyatli yakunlash borasida eng moxir mutaxassis ekan, biroqgap kiynish xonasidagi xazillar haqida ketganida, Robin ancha oxirgi o‘rinlardaekan.
Jonni Evans, Tom Kleverli va Ueyn Runi birgalikda bergan intervyulari chog‘ida,Angliyalik hujumchi jamoaning eng kamgap va jiddiy o‘yinchisi kim ekanini aytdi:«Men bu Robin degan bo‘lardim! U haqiqatdan maydondan tashqarida yorqin harakatlariva gaplari bilan ajralib turmaydi. Bizning kiyinish xonamizda xazillarni yoqtirmaydiganyigitlar kam. Robin ulardan biri», - deydi Ueyn Runi.
Shu savolga Tom Kleverli quyidagicha javob berdi: «Jamoaningasosiy hazilkashlari? Bizda bundaylar juda ko‘p. Ueyn Runi doimo telefoningizniqoldirib ketsangiz, xazil tariqasida uni olib qo‘yadi. Rio, Ando, Uelbz - bularningbari kayfiyatingizniko‘taruvchi futbolchilar. Albatta, ular xazil qilishga kirishganlarida men berkinishgava voqealar rivojidan chetda qolishga intilaman»