22.02.2013

Ser Aleks jamoaningportugaliyalik vingeri bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanini va uningketishiga qarshi ekanini aytdi.

Nanining shartnomasikelasi mavsum so‘nggida o‘z yakuniga yetadi va ommaviy axborot vositalari uni «OldTrafford»ni tark etishiga yuz foiz ishonch bildirdilar. Biroq ser Aleks Nani xizmatlaridanfoydalanmoqchi ekanini bildirdi: «Hech bir shubhasiz biz uni jamoada olib qolmoqchimiz.U o‘zgacha gollarni kiritishga qodir. Bu yigitcha ajoyib iqtidor sohibi, aynan shusabab biz ancha g‘alabalarni qo‘lga kiritganmiz. U g‘oliblik xarakteriga ega kamsonli futbolchilardan biri», - deydi ser Aleks manutd.com saytiga bergan intervyusichog‘ida.

«Devid Gillbir necha haftadan beri uning agenti bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Hozirda barchasiNaniga bog‘liq. O‘ylashimcha, unga klub asosiy tarkibidagi o‘rni hal qiluvchi ahamiyatgaena emas. Agar «Reding» bilan o‘yindagi harakatlarini davom ettirsa, uning o‘ziasosiy tarkibdagi o‘ringa ega chiqadi. Uni jamoada saqlab qolish uchun qo‘limizdankelgan barcha ishni qilamiz».

«Nani jarohatlarga bu yil ko‘p to‘qnash keldi, shu sababu olti va undan ham ko‘proq katta futboldan chetda bo‘ldi. Biz uni davolanishi vakuch to‘plashi uchun Portugaliyaga yubordik. Endi u tarkibga qaytdi, uning xizmatlarigamen umid bog‘laganman. Bu menga boshqa tarafdan bosh og‘rig‘i ham bo‘ladi. Nanio‘ng qanotda o‘ynashni yaxshi ko‘radi, biroq Antonio Valensiya katta ko‘lamdagiishni bajaradi va biz uchun u ham muhim. Biz Nani ba’zida chap qanotda o‘ynashiniistar edik. Bizda Eshli Yang va Rayan Giggzlar ham chap qanotda o‘ynashadi. Bizdafantastik variantlar bor, shu sabab muvaffaqiyatlarga bo‘lgan imkoniyatimiz oshadi»

Муҳокама

22.02.2013

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn RuniAngliya chempionatining 27-tur doirasida «Kuinz Park Reyndjers» klubiga qarshi bo‘ladigano‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin – deb xabar bermoqda Sky Sports.

27-yoshli hujumchi tumov kasalligidan haligacha tuzalgani yo‘q. Shu sababdanu Angliya Kubogi dorasida «Reding»ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham ishtiroketa olmagan.

Муҳокама

22.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Yevropa Chempionlar ligasidag‘oliblikka da’vogar jamoalar haqida gapirib o‘tdi.

«Shubhasiz,ushbu musobaqaning sirli jamoasi bu - «Borussiya»dir. Klub hozir Germaniyachempionatiga ko‘proq e’tibor qaratayapti, deb hisoblamayman. Ularning bor vujudlariChempionlar ligasiga qaratilgan va buning uddasidan chiqishyapti.

Bundan tashqari,doimiy kuchli bo‘lgan ikki ispan grandi bor. «Milan» ham o‘zini ko‘rsata oldi.

Bu yil jiddiyva ayovsiz raqobat bo‘ladi. Agar biz «Real»dan o‘tsak, biz ham g‘oliblikka da’vogarlargaaylanamiz», - deydi Fergyuson.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Ronalduga omad kulib boqmadi

22.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni jurnalistlarsavolidan so‘ng taqqosladi.

«Ular ikkitaboshqa-boshqa futbolchilar, biroq Messi haqiqatga sig‘mas darajada o‘ynaydi. Agardanulardan birini tanlashimni xoxlayotgan bo‘lsangiz, men uni tanlayman.

Ronalduga bir jihatdan omad kulib boqmadi, sababi agarboshqa yillarda u futbolchilik qilganida Messi erishgan yutuqlarning barini o‘zinikiqilar edi. Nima bo‘lganda ham, ular — futbol tarixidagi ikki eng yaxshi o‘yinchilar»,– deydi Runi

Муҳокама

Янгиликлар /

Tavallud ayyoming bilan, Fil!

21.02.2013

Bugun «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Fil Jonso‘zining 21 yoshini qarshi oldi.

Fil futbolchilik faoliyatini «Blekbern Rovers»da boshlagan va shu jamoa safida2011 yilgacha to‘p surgan. «Rovers» safida u 35 uchrashuvda maydonga tushgan, ueski jamoasi safida ko‘proq markaziy himoyachi rolida o‘ynagan. 2010/11 mavsumdaFil Jons tayanch yarim himoyachi rolida o‘zini ko‘rsata boshladi, aynan shu chiziqdau asosiy tarkibdan joy egalladi. 2011 yilning 13 iyun kuni «Manchester Yunayted»Jons bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Filning «Yunayted» tarkibidagidebyuti 7 avgust kuni Angliya Superkubogining «Manchester Siti»ga qarshi kechgano‘yinida yuz berdi.

Filni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz, shaxsiyhayotida omad va «Manchester Yunayted»dagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!>

Муҳокама

21.02.2013

«MYU»Rayan Tannikliffni ijaraga yuborish uchun takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Angliyayoshlar terma jamoasi vakili Tannikliff ushbu mavsumda «Yunayted» safida boshjamoada maydonga tushgan edi. Tannikliffga bir nechta Chempionship vakillariqiziqish bildirmoqda.

20 yoshlik futbolchini «Yunayted» ushbu mavsum nihoyasigayetgunicha ijaraga yubormoqchi. Ijaraga yuborish uchun bir necha klublartaklifi o‘rganilib chiqilmoqda.

Bundan avvalroq Tannikliff «Piterboro»ga o‘tganmavsumda ijaraga yuborilgan edi. U ijarada«Piterboro» safida 26 ta o‘yin o‘tkazgan edi. Tanniklif uchun «Blekpul»,«Blekbern», «Byurnli», «Bernsli», «Xaddersfild», «Charlton» va «Xall» klublariijaraga olish uchun harakatni boshlashgan

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYU» futbolchilari ijarada

20.02.2013

Jon Kofi «Notts» safidagi debyut uchrashuvida «Uelsell»mehmoni bo‘ldi. Kofi ushbu o‘yinda 78 daqiqa harakat qildi. Hisob esa 1-1durrang bilan yakunlandi.

Anhelo Enrikez garchi zahirada qayd etilgan bo‘lsa ham, Angliya Kubogida «Uigan»ning «Hadersfild»ga qarsh o‘yinida maydonga tushmadi.

Federiko Makeda ham zahirada qoldi. «Shtutgart» mehmondaqozongan g‘alabasida Makeda maydonga tushmadi.

Bebe yanamaydonga tushdi. U mehmonda o‘tgan «Rio Ave»ning «Akademika»ga qarshio‘yinining 54 daqiqasida goli kiritdi. Bugun esa u «Sporting»ga qarshi maydonga tushish ehtimoli mavjud.

Skott Vutton ijaradan qaytib keldi, u jarohat oldi va bir oyichida jarohatini tuzatish uchun vaqt sarflaydi.

David Petruchchi gol muallifi, u «Peterboro» safida «Lester»ga74 daqiqada to‘p yo‘lladi.

Maykl Kinn ham gol kiritdi. Uning «Lester» tarkibidan«Xaddersfild» darvozasiga urgan goli o‘yinning 7 daqiqasiga to‘g‘ri keldi.

Fabio jarohati bois «KPR» safidan tushib qoldi.

Uilfrid Zaxa maydonga tushdi. U «KrstalPalas»ning 4-1 hisobida erishgan g‘alabasida o‘zining hissasini qo‘shdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Smolling: Biz birdamlikga erishdik

20.02.2013

«Biz yaxshi natija qayd etish uchun imkoniyatgaegamiz,» - deya aytib o‘tdi himoyachi. «Jamoadoshlarim bilan har mavsumboshida birinchi klub bo‘lishga harakat qilamiz. Xozir jamoamiz bilan ushbunatijani to‘liq bajarishga yaqin turibmiz.»

«Biz birdamlikgaerishdik, natijani esa yaxshilashga ishonamiz. Jamoamiz uchta frontdachempionlik uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Biz yaxshi o‘ynashgava g‘alablar qozonishga harakat qilyapmiz.»

«Murabbiylarimiz bizgauchala kubokni qo‘lga kiritishimiz kerakligini aytishdi. Biz uchala kubokniqo‘lga kiritish uchun ishonchimiz bor.»

Himoyachi AngliyaKubogidagi 2004-yildan buyon jamoasining o‘zgarmay kelayotgan natijasini bu yilo‘zgartirish niyati bor ekanligini aytib o‘tdi.

«Biz natijamizniyaxshilash uchun harakat qilamiz. Jamoa bilan g‘alabali onlarni Kubokda hamnamoyish etamiz.»

«Bu bosqichda biz o‘z o‘yinimizni yuksaltiramiz. Jamoamiz bilan aynidamda ajoyib holatdamiz. Bizning to‘p surish uchun ishtiyoqimiz baland.»

Муҳокама

20.02.2013

Anders Lindegardaprelda 29 ga kiradi. Darvozabon «Yunayted»ning birinchi raqamli bo‘lish uchunDavid De Xea bilan do‘stona kurash olib borishni to‘xtatgani yo‘q. Lindegardningraqobatdoshi ajoyib formada va uni matbuotdagi tanqidlardan klub to‘liq himoyalamoqda.De Xeaning yoshini inobatga olib, Lindegard jamoaning bosh darvozaboni bo‘lishuchun kurash davom ettirishini va u «Yunayted»ning birinchi bosh darvozabonisifatida maydonga tushishni xoxlamoqda.

«Shak shubhasiz, menvaqti kelib barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman, - Anders so‘zlaridan parchakeltirmoqda ESPN nashri. - Men bu yerga ulkan niyatlar bilan kelganman vayo‘qolib qolmoqchi emasman.»

«Men bu yerga bosh darvozabon bo‘lish uchun kelganman, mening niyatimjiddiy, ancha kutdim. Xozir amalga oshgani yo‘q, ammo shahsan men «Yunayted»dabunga muvaffaq bo‘lishimni bilaman. Men jamoaning doimiy aʼzosi bo‘lmoqchiman,xar bir o‘yinda maydonga tushishni xoxlayman. Bu meningorzuyim va buni qisman amalga oshirdim.»

Муҳокама

Янгиликлар /

Devid Gill «MYU»ni tark etadi

20.02.2013

«Yunayted» ijrochi direktori Devid Gill iyul oyidalavozimidan ketadi, bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

David55 yoshda u «Yunayted»ga 1997-yil moliya masalalari bo‘yicha direktori vazifasiga tayinlangan edi. 2003-yildan ijrochi direktor vazifasini bajargan edi.

Xozir uningo‘rnini Ed Uodverd egallashi mumkin.

Gill 2012yil oktabr oyida Angliya Futbol Asossatsiyasining vitse-prezidenti vazifasiniham bajargan edi, Davidning nomzodi ushbu yil may oyida tayinlanadigan Uefaijro komitetiga qo‘yilgan.

Gill buhaqida intervyu berib o‘tdi:

«Men«Manchester Yunayted»da takrorlanmas 16 yilni o‘tkazdim, 10 yil direktorvazifasida ishladim. «MYU» dunyoning eng kuchli sport klubi, klubda ishlaganimmening baxtim.

Klub bilanikki bor treblni yutdim, bu holatlar hotiramdan chiqmaydi. Bu yerda ishlagandavrlarim hayotimdagi eng yaxshi davrim bo‘lib qoladi.

Men Edni bumaʼsuliyatli lavozimni boshqarishida omad tilayman, bu lavozimni uegallaganidan mamnunman. Ed klub kelajagi uchun anchagina ishlar qiladi va klubko‘plab kuboklar yuta oladi.

Gleyzerlaroilasiga ham rahmat aytaman. Ular menga yordam berishdi. Klub uchunqilayotgan ishlari beqiyos.»

Maʼlumoto‘rnida Devid Gill ushbu lavozimni rasman 30 iyun kuni tark etadi.

Муҳокама