Aguero: «MYU»ga qarshi tura olamiz
17.02.2013

«ManchesterSiti» hujumchisi Serxio Aguero shaharliklar hali ham titul uchun kurasha olishlarigaishonmoqda.
«Biz oxirigachakurashishimiz kerak, chunki men shunga ko‘nikkanman, o‘tgan yili ham kurashishdanto‘xtamaganmiz sabab chempion bo‘lgandik», - deydi Aguero.
«Futbolda hammanarsa bo‘lishi mumkin. «Manchester Yunayted»ga qarshi tura olamiz. O‘tgan mavsumdaulardan ustun kelgandik va bu yil ham shuni takrorlashimiz mumkin».
«Mening shunday fikrlashimga sabab jamoada ushbu maqsadniamalga oshira oladigan yigitlar borligidir», - deya argentinalik futbolchi so‘zlarinikeltiradi Sky Sportsvan Persi: Ahamiyatga ega o‘yinlar ham bor
17.02.2013

«MYU» hujumchisiRobin van Persi «Real»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«MYU» tarkibidato‘p sursang, barcha o‘yin katta o‘yin bo‘lishini tushunib yetdim. «Manchester Siti»yoki «Liverpul»ga qarshi o‘tadigan alohida ahamiyatga ega o‘yinlar ham bor. YokiChempionlar ligasidagi «Real»ga qarshi o‘yin kabi o‘ziga xos uchrashuvlar mavjud.Ammo oraliq o‘yinlardagi g‘alaba ham juda muhim. Sababi bunday o‘yinlar chempionatdag‘alaba qozonishga yordam beradi.
«Real»ga qarshi kechadigan javob o‘yinida qo‘limizniqovushtirib o‘tirmoqchi emasmiz», - deydi Van PersiFergyuson: Messi bunday gol ura olmas edi
17.02.2013

«MYU» ustoziser Aleks Fergyuson chempionlar ligasi nimchorak finalidagi «Real»ga qarshi uchrashuvhaqida fikr bildirdi. Uning aytishicha «Real» birinchi bo‘limda yaxshi harakat qilgan.
«Birinchi taymdanimalar bo‘lganini anglolmay qoldim. Darvozabon bir nechta aql bovar qilmas seyvlarninamoyish etdi. Nima bo‘lganda ham, mehmonda gol urganimiz yaxshi bo‘ldi, chunki«Real» - buyuk jamoa. Hali imkoniyatlarimiz juda yaxshi.
De Xea yil davomidao‘sib bordi. Birinchi bo‘limda u bitta daxshatli holatda bizni goldan saqlab qoldi.Umid qilamanki u Madriddagi o‘yinini ko‘rstishda davom etadi.
Javob uchrashuvigakeladigan bo‘lsak, raqib qarshi hujumlarda juda xavfli. Ularning hujumlari xilma-xilva har qanday raqibni shoshirib qo‘yadi.
Krishtianu Ronaldu haqida. «Ronalduning bunday harakatqilishidan faxrlanaman. Bilmayman, siz bunday gollarni qanday izohlaysiz? RonalduEvraning bo‘yi baravar sakradi. Bunday futbolchilar boshqa bo‘lmasa kerak. Albatta,Messi bunday gol ura olmas edi»,- deydi murabbiyErnandes: David top-klass darvozabon
17.02.2013

«ManchesterYunayted»ning meksikalik hujumchisi Xaver Ernandes o‘z jamoadoshi David de Xeaniqo‘llab-quvvatlamoqda. Uning fikricha 22 yoshli golkiperning «Real» bilan ChempionlarLigasi uchrashuvida o‘zini ko‘rsatgani, tanqidlar sonini ancha kamaytirgan.
«Futbolni yaxshitushunadigan kishilar, Davidning - top-klassdagi darvozabonligini yaxshi bilishadi.Shuning uchun ham «Manchester Yunayted» uni sotib olgan. Klub uning kelajagi porloqekanini yaxshi tushungan. Agar de Xea «Manchester Yunayted» darajasiga mos bo‘lmaganidau bu yerga kelmagan bo‘lardi.
Men uni kuchli golkiper deb hisoblayman. «Real» bilano‘tgan o‘yinda uning qanday seyvlarni amalga oshirganini o‘zingiz ko‘rdingiz. Uoyoqlari bilan ham yaxshi o‘ynay oladi, bu esa darvozabon uchun juda muhim sifat.Kimdir uning standart vaziyatlar paytida darvozadan chiqishda xatoliklarga yo‘lqo‘yishini gapirayotgandir, lekin menimcha David bir yoki ikki yilda dunyoning engkuchli darvozaboniga aylana oladi», - deydi ErnandesNani avtohalokatga uchradi
17.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi nani juma kuni tunda avtohalokatga uchradi. Futbolchipolitsiya mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
26 yoshli futbolchi jarohat olmagan, ammo shok holatigatushib qolgan. Politsiya avtomobili shoshilinch chaqiruv bo‘yicha ketayotgani sababliNanining 180 ming funt turadigan mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Manchester shahri politsiyasitomonidan xabar qilinishicha, politsiya mashinasi haydovchisi tegishli qoidaga ko‘raavtomobil boshqaruvidan chetlatilganFergyuson: Hozir jamoamiz kuchliroq
16.02.2013

«MYU»ustozi ser Aleks Fergyusonning ta’kidlashicha, uning hozirgi jamiasi 1999yilgiga qaraganda kuchliroq ekan. Xabaringiz bor o‘sha yilda mankunyanliklarYevropa chempionlar ligasida g‘alaba qozonishgan.
«Hozir jamoamiz 1999 yilgiga nisbatan kuchliroq.O‘sha yili biz chempionlar ligasining finaliga chiqqanimizda, Roy Kin va PolSkoulzlar diskvalifikatsiya qilinishgandi, Berg esa jarohati sabab bizga yordambera olmagan edi. Keyin men maydonga shu vaqtgacha klub tarkibida ikki martamaydonga tushgan Jonatan Grinichni tushirishga majbur bo‘lgan edim. Bu sizgao‘sha jamoaning kuchi haqida ko‘p narsani anglatishi kerak»,- deydi murabbiyFabio Kapello: «Real»ning imkoniyati qolmadi
16.02.2013

Rossiyatermasi bosh murabbiyi Fabio Kapello «Yuventus» hamda «Real» klublariningChempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
«Yo‘q,«Yuventus» Chempionlar ligasidagi eng kuchli jamoa emas. Ammo, o‘tgan yili«Chelsi» ham favorit bo‘lmagandi. Hozirgi «Yuve» men boshqargan paytdagijamoaga juda o‘xshayapti.
MirkoVuchinich fantastik hajmdagi ishlarni bajarmoqda. Pirloga kelsak: u tug‘machempiondir. «Milan»Andreani Turinga qo‘yib yuborib, ajoyib sovg‘a inom qildi.
«Real» - «Manchester Yunayted» o‘yini haqidagapiradigan bo‘lsam, menimcha birinchi uchrashuvdan so‘ng madridliklarda imkonqolmadi», - deydi «MYU»ning keyingi bosqichga chiqishiga sha’ma qilgan Kapello«MYU» Lukas Dinega qiziqish bildirmoqda
16.02.2013

FranceFootball xabar berishicha, Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Lill»ningyosh himoyachisi Lukas Dinega qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» uni yozdao‘z safiga qo‘shib olish istagida.
Premer Liga peshqadamlarining skautlari yoshfutbolchini Frantsiya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlikuchrashuvida kuzatib borishgan. 2:0 hisobida frantsuzlarning g‘alabasi bilanyakunlangan o‘yinda Dine jamoasining ilk goliga mualliflik qilgan ediFergyuson: Tushuntirishim juda qiyin
16.02.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabiiyi Ser Aleks Fergyuson Madridning «Real» klubiga qarshi o‘yindamaydonga tushmagan shogirdlaridan ba’zilari norozilik bildirishganini aytib o‘tdi:
«Ko‘p futbolchilar norozi bo‘lishdi. Masalan, Nani vaEshli Yang – terma jamoa futbolchilari, men ularga nega maydonga tushirmaganimnitushuntirishim juda qiyin bo‘ldi. Chicharitoga esa Robin Van Persi bizning asosiyhujumchimiz ekanligini tushuntirdim. Lekin unga ham baribir hali imkoniyat beramiz.U hozirgacha 14 gol urgan va mavsum so‘ngigacha bu ko‘rsatkichni 20 dan oshiradi»Mark Bosnich: De Xea maxoratini ko‘rsatmoqda
15.02.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi sobiq darvozaboni Mark Bosnich «Yunayted»ning amaldagi darvozaboniDavid de Xeaning Chempionlar ligasi doirasidagi Madridning «Real» klubiga qarshio‘yiniga ijobiy baho berdi.
«Real» bilan ko‘rsatgan o‘yini orqali, u barcha tanqidchilariningog‘zini yumib qo‘yishga mabur qildi. Bu o‘yinda u qancha seyvlar namoyish etganinibirgalikda ko‘rdik. Bunday darajadagi qutqaruvlar uni jamoasini keyingi bosqichgachiqishiga olib kelishi mumkin. De Xea Angliyaga juda yoshligida keldi va Angliyauslubiga moslashishi kerak bo‘ldi. Hozirda u butunlay jamoa bilan bir tan-u birjon bo‘lgan va o‘zining haqiqiy maxoratini ko‘rsatmoqda», — deydi Bosnich