15.02.2013

«Real» yarimhimoyachisi Xabi Alonso «MYu»ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«MYu» gol urganimizdankeyin ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerakligini bildik. Raqib ham juda yopiqo‘yin ko‘rsatdi. «Manchester Yunayted» mehmondagi o‘yinlarda doim hamjihatlik bilanharakat qiladi. Imkoniyatlar yaratish juda qiyin bo‘ldi.

Endi «Old Trafford»gafaqat g‘alaba uchun boramiz. Biz gol urishga majburmiz va hech qanday durang bizniqoniqtirmaydi.

Muammo o‘inda emas, balki natijada. Barchasi bundandayaxshi bo‘lishi mumkin edi»,- deb futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBS

Муҳокама

15.02.2013

Kecha «Bernabeu»dakechgan o‘yindan keyin «Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand o‘z Tvittersahifasida ba’zi «haqiqatcha»larga iqror bo‘ldi.

«Kimdir o‘ylabko‘rdimi, Krishtianu Ronaldu oldin ham bugungidek gazetalar bosh mavzusiga aylanganmi?— deydi himoyachi Moskva-2008ga ishora qilib. — O‘shanda, Moskvada Krishtianuningortidan yugurgandim, golni nishonlash uchun. Bugun ham uning ortidan yugurishimgato‘g‘ri keldi... To‘g‘risi, bu safar qiynaldim!».

Муҳокама

14.02.2013

Kecha ChempionlarLigasi nimchorak finali dastlabki o‘yinlari doirasida Madridning «Real» klubi bilandurang o‘ynagan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson o‘z fikrlarinibildirdi:

«Hammasi ravshan.Menimcha, biz «Old Trafford»da gol ura olamiz. Biz ular qarshi hujumda dahshatgasoluvchi jamoa ekanliklarini bilamiz. Men ularning «Manchester Siti» bilan o‘yinlariniko‘rgandim. Ular birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilishgandi. Hozir barchasi o‘zqo‘limizda.

Biz yaxshi vaziyatlaryarata oldik, kerak bo‘lganda hujumkor futbol ham namoyish etib turdik, lekin to‘pninazorat qilishda oqsadik. De Xea ikki-uch vaziyatda a’lo darajada o‘ynab bizni qutqardi.Biroq o‘zimiz ham shunday vaziyatlardan foydalana olmadik. Ayniqsa so‘nggi daqiqalarda».

Муҳокама

Янгиликлар /

Rayan Giggz: Imkoniyatlar 50/50

14.02.2013

«ManchesterYunayted»ning tajribali yarim himoyachisi Rayan Giggz Chempionlar ligasida«Real»ga qarshi o‘tkaziladigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlarini bildiribo‘tdi.

«Men «Real»va «Manchester»ningimkoniyatlarini ellikka ellik deb baholayman. Tan olish kerak, raqib judasifatli o‘yin namoyish qildi.

Keyingi bosqichga o‘tish uchun biz yaxshihimoyalanishimiz va to‘pni nazorat qilib turishimiz kerak», deydi futbolchi

Муҳокама

14.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi hujumchisi Robin van Persi Chempionlar ligasida «Real»ga qarshio‘tkazilgan uchrashuvdagi 1:1 hisobiga rozi ekanini bildirib o‘tdi.

«Bu juda yaxshinatija. Har ikki tomonda ham g‘alaba uchun imkoniyat bo‘ldi. Menimcha bu o‘yin muxlislargaham yoqdi.

Ikkinchi bo‘limdagol urishga uchta imkoniyat bo‘ldi. Hammasidan ustunga tekkani xavfli bo‘ldi. O‘shavaqtda noto‘g‘ri tepib qo‘ydim. Oxirgi daqiqalarda ham darvozabon yaxshi o‘ynadi.Agarda o‘yindan oldin hisob 1:1 bo‘lishini aytganlarida, jamoamizda ko‘pchilik bungarozi bo‘lardi.

Bizda ustunlik bormi? Biroz. Bunday jamoalar mehmondayoki uyda o‘ynyotganini farqlab o‘tirmaydi», deydi Van Persi

Муҳокама

Янгиликлар /

Joze Mourino: Imkoniyatlar teng

14.02.2013

Madridning «Real»klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning ma’lum qilishicha, Angliyaning «ManchesterYunayted» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak final o‘yinida ingliz madaniyatiuning jamoasiga muvaffaqiyat keltiradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mourinoningso‘zlariga ko‘ra, ingliz madaniyati «MYU»ga o‘z maydonida himoyaviy o‘yin ko‘rsatishigaimkon bermaydi. Bu esa, o‘z navbatida, «Real»ga qarshi hujumlarni yuzaga keltirishuchun imkoniyat yaratadi.

Mourinoningaytishicha, Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda «Manchester» katta kuch bilan himoyalandi, shusabab ham «Real» raqib darvozasiga faqat bitta gol ura oldi. Mourinoning qayd etishicha,himoyaviy o‘yin ko‘rsatgani uchun ingliz jamoasini tanqid qilmoqchi emas, chunkihar kim o‘zi xohlaganicha o‘ynashi mumkin. «Real» ustozining ta’kidlashicha, javobo‘yini arafasida har ikkala jamoaning chorak finalga chiqish imkoniyatlari teng.

13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan «Real» – «Manchester Yunayted»o‘yini durang natija bilan yakuniga yetdi (1:1). Uchrashuvning 20-daqiqasida «MYU»futbolchisi Denni Uelbek hisobni ochdi, oradan 10 daqiqa o‘tib «Real» o‘yinchisiKrishtianu Ronaldu javob golini urdi. Jamoalarning javob o‘yini 5 mart kuni Manchester shahrida bo‘libo‘tadi

Муҳокама

13.02.2013

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi 1/8 final «Real»ga qarshi uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Ronaldu bilan Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surganman. Messi va u zamonaviy futbolning eng kuchli vakillari sanalishadi».

«Albatta «Real» safida eng katta xavfni Krishtianu Ronaldu ko‘rsatadi. U aqlbovar qilmas iqtidor egasi. Uni zararsizlantirish juda murakkab bo‘ladi. Ammo hammasi o‘z joyida bo‘lsa, bizda qoniqarli natija qayd etish uchun imkoniyat bo‘ladi».

«Real»da ajoyib tarkib shakllangan. Har bir chiziqda ajoyib futbolchilar to‘p surishadi. Bizni juda murakkab uchrashuv kutib turibdi. Alonso, O‘zil va Benzema kabi futbolchilar har daqiqada raqibni jazolashi mumkin bo‘lgan futbolchilar sanalishadi. Shunday bo‘lsada, biz puxta tayyorgarlik evaziga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olishimiz talab etiladi».

«Premer-liga uchun ham, chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun ham bir xil tayyorgarlik olib boramiz. Men har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istayman. Shunday ekan barcha uchrashuvga bir xil tayyorgarlik ko‘raman. Har bir uchrashuv oldidan odatdagidek bo‘lajak o‘yinda o‘zimni qanday tutishim, maydonda qanday harakat qilishim umuman olganda «MYU» g‘alabasini o‘ylab maydonga chiqaman», deydi Runi.

Муҳокама

13.02.2013

«ManchesterYunayted» darvozaboni David de Xea «Real»dagi hamkasbi Iker Kasilyas va «qaymoqranglilar»forvardi Krishtianu Ronaldular o‘yinidan hayratga tushishini yashirmadi.

«Kasilyasning yo‘qligi jiddiy kamchilik. U Ispaniyaterma jamosi va «Real» sardori, lekin bu jamoada yana boshqa kuchli darvozabonlarbor. Ammo bu baribir ular uchun katta yo‘qotish. Ronalduga kelsak, bubutun dunyouning qanday ekanini biladi. Uning g‘ayrioddiyligi darvozaga yo‘laydigan zarbalarida.Bunday xavfli zarbaarni faqat u bera oladi», - deydi de Xea

Муҳокама

13.02.2013

«Real» yarim himoyachisi Maykl Essen Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi.

«Biz «MYU»dan qo‘rqmaymiz. «Real» futbolchilari o‘yinga tayyor va mazkur bahsni sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Mankunianliklar safida juda tajribali hujumchilar bor. Ularni qay tarzda to‘xtatish usulini o‘ylab topishimiz kerak.

Mourino men bilan yaxshi munosabatda. U menga imkoniyatlar bermoqda va men «Real»da baxtliman. Ertaga o‘ynashga tayyorman.

«MYU»ga qarshi bir necha bora o‘ynaganman, biroq Chempionlar ligasi umuman o‘zgacha holat – bu katta o‘yin bo‘ladi», – deydi Essen.

Муҳокама

13.02.2013

«ManchesterYunayted» jamoasi himoyachisi Jonni Evans Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidoirasidagi «Real»ga qarshi uchrashuv oldidan intervyu berdi.

«Bizni qo‘rqishgahaqqimiz yo‘q – ahir biz «Manchester Yunayted»miz. Aminmanki, «Real» futbolchilaridaham aynan shunday bosim yelkalarida bor.

Bu o‘yinga boshqauchrashuvlar kabi yondoshish kerak. Biz eng yaxshilarga qarshi o‘ynashimiz kerak,biroq biz har hafta APLda o‘yinlar o‘tkazamiz, bu esa dunyodagi eng kuchli chempionat.

«Real» bilan o‘yin – bu «Manchester Siti» yoki «Liverpul»gaqarshi uchrashuvdek gap, – deydi Evans

Муҳокама