Ferdinand: Ter to‘kishga to‘g‘ri keladi
13.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi himoyachisi Rio Ferdinand «Real»ga qarshi kechadigan YeChL pley-offbahsi oldidan o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz o‘zimizningbor tajriba, mahorat va jasoratimizni nafaqat Ronalduni to‘xtatish uchun balki,«Real»ning boshqa futbolchilarini ham to‘xtatish uchun sarflashimiz kerak. UlardaKrishtianudan tashqari boshqa xavfli o‘yinchilar ham bor.
Biz 90 daqiqadavomida Ronalduni yopishimiz mumkin, ammo uning jamoadoshlari bizga anchagina muammolarnitug‘dirishlari turgan gap.
Shuning uchun juda ko‘p ter to‘kishga to‘g‘ri keladi»,- deydi FerdinandShmeyxel: Mourino SAF bo‘lolmaydi
13.02.2013

Afsonaviy sobiqdarvozabon Peter Shmeyxel «Manchester Yunayted»ni Joze Mourino hech qachon boshqaraolmasligini aytib o‘tdi.
Shmeyxelningfikricha, Mourino Ser Aleks Fergyuson erishgan muvaffaqiyatga endi hech qachon erishaolmasligini ham ta’kidladi. «Qizil iblislar»ning kumiriga aylangan Peter, jumladan,shunday deydi: «U serchalik murabbiy bo‘lolmaydi. Menimcha, Mourino qadami yetganhar qanday klub ko‘tarila olmayapti. U murabbiylikka yaxshi nomzod bo‘lishi mumkindir,lekin tarix ko‘rsatib turibdiki, «Chelsi», «Inter» va «Real Madrid»da u 3 yildanortiq ishlay olmadi».
«Special One»rostdan ham «Chelsi» va «Inter»da 3 yildan ortiq ishlamadi. Mana, «Real»da ham buyil uchinchi yil ketayotgan bo‘lsa ham, hali ko‘zga ko‘rinarli o‘sish kuzatilmadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun yarim tunda «Real Madrid» «ManchesterYunayted»ni qabul qiladi. David De Xea esa yana Madridga qaytadi, faqat endi boshqamaqsadda!>Gonsalo Iguain: Himoyani unutmaslik kerak
12.02.2013

«Real» hujumchisi Gonsalo Iguain Chempionlar ligasida «MYU»ga qarshi o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«MYU» juda yaxshi tashkil qilingan jamoa. Ular har yili Chempionlar ligasiga chiqadilar.
Biz ularga qarshi turish uchun xushyor bo‘lishimiz kerak. Biz individual mahorat va qarshi hujum hisobiga ularga muammo yaratamiz, ammo himoyani ham unutib qo‘ymaslik lozim», deydi hujumchiSulsher: «MYU»ni boshqarishni istayman
12.02.2013

HozirdaNorvegiyaning «Molde» klubini boshqarayotgan «Manchester Yunayted» klubi sobiqhujumchisi Ule-Gunnar Sulsher o‘zining rejalari haqida gapirib o‘tdi.
«Balki,g‘alati ko‘rinar, ammo men «Manchester Yunayted»ni boshqarishni istayman. Buorzuim aniq amalga oshadi, deb ayta olmayman.
Men Aleks Fergyuson qo‘lostida bilan 15 yilfutbolchi va zaxira jamoasining murabbiyi bo‘lib ishladim. Uning uslublari menimurabbiylik sari boshladi. Biz ikkimiz ham yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratishniyoqtiramiz», - deydi SulsherEvans: Bu ikkala jamoaning o‘yini
12.02.2013

«Manchester Yunayted» himoyachisi Jonni Evans jamoasining «Real»gaqarshi o‘yini borasida faqatgina portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduga e’tiborqaratilishi noto‘g‘riligini aytib o‘tdi:
«Albatta, unga katta e’tibor qaratilishi tabiiy. Ubizda ham o‘ynagan, Nani bilan bir terma jamoad to‘p suradi. Lekin bu o‘yinfaqatgina Ronaldudan iboart emas. Bu ikkala jamoaning o‘yini. UlardaKrishtianudan tashqari ham juda kuchli o‘yinchilar ko‘p. Krishtianu esa o‘yinuslubini biroz o‘zgartirib, hozir «Real»ga moslashgan»«MYU» Garayni kuzatmoqda
12.02.2013

Argentina va Shvetsiya temra jamolario‘rtasida kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida «MYu» skautlari tomoshabinlar orasdabo‘lishgan.
Mankunianliklarningnigohi «Benfika» himoyachisi Ezikel Garayga qaratilgan.
Ser AleksFergyuson Garay nomzodini Rio Ferdinandga zaxira bo‘la oladi deb hisoblayapti.
Argentinalikfutbolchi Shvetsiya bilan uchrashuvda 87-daqiqa maydonda bo‘lgan va keyinFabritsio Kollochiniga almashtirilgandi.
Futbolchitransfer qiymati - 20 million yevroga teng. 26 yoshli «Real» sobiqfutbolchisiga ko‘plab klublar qizqish bidirishmoqda, «MYU»ga u uchun kurashoson kechmaydigan ko‘rinadi.
Mourino: «REAL» tarkibni tanlab bo‘lgan
12.02.2013

Ispannashrlari tomonidan xabar qilinishicha Mourino Chempionlar ligasida «ManchesterYunayted»ga qarshi tushiriladigan tarkibni tanlab bo‘lgan.
Murabbiyfaqat Varan va Pepelardan qay birini himoya markaziga qo‘yishda ikkilanmoqda.Tahmin qilinishicha, Mourino baribir Pepening tajribasiga suyanadi.
Qolgan futbolchilar borasida tarkib aniq bo‘libulgurgan. Maydonga Diego Lopes, Serxio Ramos, Alvaro Arbeloa, Fabiu Koentrau,Sami Xedira, Xabi Alonso, Mesut O‘zil, Anxel Di Mariya, Krishtianu Ronaldu vaKarim Benzemalar tushiriladi«Real» Vs «Yunayted» Hakamlar aniqlandi
12.02.2013

UEFA ECHL1/8 final bosqichi doirasidagi «Real» — «Manchester Yunayted» bahsidaishlaydigan hakamlar brigadasini e’lon qildi.
Musobaqarasmiy saytining xabar berishicha, mazkur uchrashuv bosh hakami 37 yoshligermaniyalik murabbiy Feliks Brix. Unga qanotlarda Mark Borsh va ShtefanLupplar yordam berishadi. Zaxira hakami etib Torsten Shiffner tayinlandi.
Aytishjoizki, Brix bu jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarni birinchi martaboshqarmayapti. Germaniyalik hakam YeChL guruh bosqichi doirasida bu mavsum «Braga» — «MYU» (1:3)o‘yinini boshqargan. O‘tgan mavsumda bo‘lsa u ECHLning «Otselul» — «MYu» (0:2)va APOEL — «Real» (0:3) o‘yinlarida hakamlik qilgan edi.
Patris Evra: Buyuk bahs bo‘ladi
12.02.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Patris Evra Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi«Real»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.
«MYU» Chempionlar ligasida o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikniyuvish istagida yonmoqda. «Real»ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutayapman.Sababi buyuk bahs bo‘ladi, maydonga eng kuchli futbolchilar tushishadi, ularniikki buyuk murabbiy boshqarib boradi. Ishonamanki, bu yil «MYU»ning bor kuchininamoyish eta olamiz, - deydi Evra «Sky Sports» gaFerdinand: Xatolikka yo‘l qo‘ymaslik kerak
12.02.2013

«ManchesterYunayted» himoyachisi Rio Ferdinand Chempionlar ligasi 1/8 final Madridning «Real»klubiga qarshi uchrashuvida sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduga qarshi madyongatushishi mumkin, futbolchi bunga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Hech kim ushubuchrashuvga befarq qaramaydi. «Real» - ajoyib jamoa. Unga qarshi o‘nashda, taktikjihatdan bilimga ega bo‘lish va maydonning har bir pozitsiyasida xatolikka yo‘lqo‘ymaslik kerak.
Ronalduga kelsakbiz u bilan smslashdik. Ammo bu kabi o‘yinlarda o‘zaro do‘stlik suhbatlari uchrashuvnihoyasiga yetgach bo‘ladi.
Muxlislar Ronalduni «MYU»da o‘ynagan kezlari hurmatqilishgan, haligacha uning nomini qo‘shiqlarga qo‘shib kuylashadi. U ham fanatlargakatta hurmat bilan yondashgan. U bu yerga juda yosh paytida keldi va dunyoning engyaxshi futbolchisi bo‘lib tark etdi», - deydi Ferdinand UEFA rasmiy saytiga berganintervyusida