Янгиликлар /

Fergyuson: Kutamiz…

12.02.2013

Tirik afsonagaaylangan murabbiy Ser Aleks Fergyuson «Real Madrid» va «Manchester Yunayted» o‘yinihaqida gapirarkan, Krishtianu Ronalduga alohida to‘xtalib o‘tdi. Serning fikricha,Ronaldu bir kun baribir jahonning buyuk futbolchilari qatorida tilga olinadi.

«Ronaldu hozir«Real» uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega kuch sifatida juda yaxshi formada, - deydiFergyuson. – 178 o‘yinda 179ta gol urganining o‘ziyoq tarix uchun yetarli bo‘ladi.U ajoyib futbolchi. Uning Madriduchun foydasi tegishini va u yerga tez moslashib ketishini bilgandim. Krishtianuhali yosh, jamoamizni tark etganida ham u dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishigashubha qilmaganman».

«Birinchi martaoldimga kelganida o‘zining texnik imkoniyatlari va individual mahoratini isbotlashgaurinayotgan kichkina bolakay edi. Uning jamoamizdagi oxirgi o‘yinini hech kim unutmaganhali…»

Bundan sal oldinroq Ronalduning o‘zi tan olgandi: «Menomadsizman, buning sababini jamoa ham biladi», degandi. Mish-mishlar esa uni yanaManchesterga qaytargandi. Lekin Ronni hali «Real» bilan shartnomasini uzaytirmadi.Kutamiz…>

Муҳокама

11.02.2013

APLning26-turidagi «MYU» – «Everton» o‘yiniga tashrif buyurgan «Real» bosh murabbiyiJoze Mourino mankunianlar ustozi Aleks Fergyuson bilan munosabatlari haqidagapirdi.

«Real» – «MYU»o‘yinini butun dunyo kutmoqda. Dunyo chempionlar Ligasining boshqa o‘yinlarinikutmayapti. Shuning uchun men umid qilamanki, biz ular kutayotgan narsani beraolamiz.

Fergyusonbilan munosabatlar? Aleks – jahon futbolida muhim shaxs, ammo bundan hammuhimrog‘i – u yaxshi odam.

Biznimunosabatlarimiz ham doim fantastik bo‘lgan. Bu «Portu»da boshlangan, keyin«Chelsi»da, «Inter» bilan bir necha o‘yinlarda hm. Endi mana «Real»da. Men hardoim «MYU» va ser Aleksga qarshi o‘ynaganman.

Albatta, men yutishni istayman, u ham shunixohlaydi. Mag‘lub bo‘lgan do‘sti uchun biroz bo‘lsa ham xursand bo‘lishimkoniga ega bo‘ladi deb o‘ylayman. Biroq yana qaytaraman, men yutmoqchiman», –deb Mourinoning so‘zlaridan keltiradi Sky Sports

Муҳокама

11.02.2013

«MYU» boshmurabbiyi Aleks Fergyuson APLning 26-turidagi o‘yinga asosiy tarkibnitanlashida «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchragani o‘z ta’siriniko‘rsatganini aytdi.

«Ha,«shaharliklar» o‘yininig natijasi meni qarorimga ta’sir etdi. Men asosiytarkibda yettita almashtirish qilmoqchi edim, ammo o‘yin natijasinieshitganimda, «Everton» bilan o‘yin ancha muhimroq degan qarorga keldim. Chunkibu uchrashuv yetakchiligimizni yanada mustahkamlashi mumkin edi. Bizalmashtirishlarni keyinroq – bu mavsumdagi boshqa o‘yinlarda qilishimiz mumkin.

Giggz? U fantastik inson. 39 yoshida u maydonda uyerdan bu yerga yugarib yuribdi. Buni ko‘rish ajoyib», – deb Fergyusonningso‘zlaridan keltiradi Sky Sports.

Муҳокама

11.02.2013

«ManchesterYunayted» yarim himoyachisi Rayan Giggz Angliya chempionati 26-turida«Everton»ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi va ajoyib natijalarini bu yil hamdavom ettirdi. 39 yoshli uelslik o‘yinchi —premer-ligaga 1992 yili asossolinganidan beri barcha mavsumlarda gol kiritib kelayotgan yagona futbolchi.

Bundan tashqari, Giggz 1990 yili hali APLga asossolinmagan bir vaqtda, «Manchester Yunayted»da Angliya chempionati doirasidadebyut qilgan holda, mana 23 mavsumdir-ki, musobaqani golsiz tark etmayapti. U«qizil iblislar uchun 900 tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan, bu o‘yinlarda u 169 tagol kiritgan. U klubning va APLning eng ko‘p maydonga tushgan futbolchisihisoblanadi

Муҳокама

11.02.2013

«Real»himoyachisi Serxio Ramos jamoasining chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi«Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirar ekan, Angliyachempionati unga yoqishini va faoliyatini tumanli albionda davom ettirishiehtimoldan holi emasligini aytib o‘tdi.

«Bizga«Manchester Yunayted» tushganidan xursandman. Tarix va an’analar jihatidanoladigan bolsak, «MYU» premer liganing eng muhim jamoalaridan biri, xuddi«Real» La-Liga uchun ko‘p nasra anglatganiday.

Bundantashqari menga ingliz futboli juda yoqadi. Bir vaqtlar menga Angliya va Italiyajamoalaridan takliflar bo‘lgan edi, lekin otam menga shunday degan edi: «Agarjamoangni almashtirmoqchi bo‘lsang, bir jamoada muvoffaqiyatga erishib,boshingni ko‘tarib yangi jamoaga ketgin, bosh egib emas».

Men faoliyatimni Ispaniyada davom ettirishni orzuqilaman, lekin meni Angliya futboli doim maftun etib kelgan. Bir qatordo‘stlarim tumanli albionda to‘p surmoqda. Bu men uchun ham yaxshigina tajribabo‘lgan bo‘lardi»,- deb futblchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi TheGuardian

Муҳокама

11.02.2013

«Barselona»klubi himoyachisi Xerard Pike Chempionlar ligasida «Manchester Yunayted» va«Real» klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahsda o‘zining sobiq klubi bo‘lmish«MYU»ga muxlislik qilishini ta’kidlab o‘tdi.

«Oldin «MYU»tarkibida o‘ynaganim uchun mankunianliklarga muxlislik qilaman. Umuman olgandahozir «Real» ham ancha kuchli ko‘rinmoqda.

Men Rio Ferdinand bilan gaplashdim,mankunianliklarning barcha ishlari joyida, ular kurashga shay», deydifutbolchi

Муҳокама

Янгиликлар /

Pepe: Qaytganimdan xursandman

11.02.2013

«Real»himoyachisi Pepe oyog‘idan olgan jarohati tufayli bir yarim oy maydonga tushaolmagan edi. Futbolchi «Sevilya»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ngChempionlar ligasida o‘ynay olishidan xursand ekanini aytib o‘tdi.

«Men «MYU»gaqarshi maydonga tusha olish uchun qattiq ishladim. Yanatarkibga qaytganimdan xursandman.

Maydon markazida «MYU»ga qarshi kechadigan o‘yinoldidan tajriba maqsadida o‘ynadim deb ayta olmayman. Bu ko‘proq Iguainningchetlatilishi tufayli ro‘y berdi», deydi futbolchi

Муҳокама

10.02.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Ispaniyachempionati g‘olibligi uchun imkoniyatlar deyarli yo‘qolgach, «Real» ustozi JozeMourino bor diqqat-e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratishini aytib o‘tdi.

«Real»ning bu yilgi mavsumdagi asosiy maqsadi- Chempionlar ligasini yutish. Ular milliy chempionatda yomon start olishdi va «Barselona»gayetib olish juda mushkul, kataloniyaliklar ajoyib futbol namoyish etishmoqda. Jozebu yilgi mavsumda Yevropa chempionlar kubogini yutishga urinib ko‘radi. Men bungashubha qilmayapman. U uch xil klubda uch bora Chempionlar ligasini yutgan yagonamurubbiyga aylanadi. Bu u uchun fantastik natija uchun o‘ziga xos chaqiruv», - deydiFergyuson

Муҳокама

10.02.2013

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Tottenxem» va Angliya terma jamosi sobiq futbolchisiPol Gaskoyn alkogolizmni yengib o‘ta olishiga umid qilmoqda.

«Gazzning boshigamusibat tushgan. Unga barcha ezgu tilaklarni tilayman va bu vaziyatdan chiqib ketishigaumid qilaman. U mening bolalikdagi kumirim bo‘lgan, unga o‘xshashni istardim. Hammau bilan bo‘layotgan ishlardan xafa.

Juda yosh paytimda u bilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazaganman.14-15 yoshimda, uning Angliya termasidagi o‘yinlarini kuzatganman, keyinroq Gazzbilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazdim. Uning to‘p bilan muomila qlishini kuzatishjuda qiziq edi. Bu men uchun katta tajriba bo‘lgan. Uyga qaytgach do‘stlarimga Gaskoynbilan mashg‘ulot o‘tkazganimni maqtanganim yodimda», - deydi Runi

Муҳокама

10.02.2013

«ManchesterSiti» jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘z jamoasining APL 26-turi doirasidagi«Sautgempton»ga qarshi uchrashuvdagi (1:3) harakatlarini qoraladi.

«Biz haqiqatdanyomon o‘yin o‘tkazdik, «Sautgempton» bizdan kuchliroq edi. Men jamoamizning hechqachon bunday ahmoqona ikki gol o‘tkazib yuborganini ko‘rmagan edim. «ManchesterSiti»dek klub, bunday gollar o‘tkazishiga ishonish qiyin. Bu kechirib bo‘lmas xatolaredi.

O‘yin juda yomonedi. Ikki-uch futbolchilarimizgina o‘z saviyalarida o‘ynashdi. Uch kishi bo‘libo‘n bir kishiga qarshi chiqish qiyin bo‘ldi.

O‘z futbolchilarimharakatlaridan hayron qoldim. Bungun yomon o‘ynaganimizdan juda jahlim chiqdi. Ha,futbolchilar terma jamoalarga ketishdi, ba’zilar faqat juma kuni qaytib kelishdi,bugun o‘ynash ularga qiyin bo‘ldi. Biroq bu bizning professional saviyamizdagi jamoagabahona bo‘lishi kerak emas.

Endi chempionatniyutishimiz qiyin bo‘ladi. Men doimo barcha imkoniyatlarga ishonch bilan qaraganman,hozirda ham shundayman, biroq vaziyat qiyin.

Endi bizning chempionlik uchun imkoniyatimiz – 10 foiz.«Manchester Yunayted» 12 ochkolik ustunlikka erishsa, bizga birinchi o‘rinni beribqo‘ymaydi», – deydi Manchini

Муҳокама