SAF: Umid qilamanki, ular buni uddalashadi
10.02.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson ixtiyoridagi uch asosiy hujumchi –Ueyn Runi, Robin van Persi va Chicharito mavsum oxirigacha har biri 25 tadan golkiritishi lozimligini aytib o‘tdi:
«Agarda hujumchilarimninguchalasi ham mavsum oxirigacha gollari sonini 25 tadan oshirishsa, men ulardan haqiqatanfaxrlanaman. Agar hozirgiday o‘ynashda davom etishsa, bu marrani zabt etishlarihech gap emas.
Ueynda hozir 13 ta, Xaver Ernandesda 14 ta, Robin VanPersi hisobida esa allaqachon 22 ta gol bor. Premer Ligada 13 ta o‘yinimiz qoldi.Bundan tashqari boshqa musobaqalar ham bor. Umid qilamanki, ular buni uddalashadi»Vidich: David hali juda yosh
10.02.2013

«ManchesterYunayted» sardori Nemanya Vidich «qizil iblislar» posboni David De Xeani tanqidlardanhimoya qilib, uning o‘yini borgan sari yaxshilanib borayotganini aytib o‘tdi:
«Davidga hozir juda qiyin, sababi uning pozitsiyasidauzoq yillar davomida Van Der Sar o‘ynadi. Elvindek tajribali darvozabonning o‘rninibosish juda murakkab ish. David hali juda yosh. To‘g‘ri, u bir-ikkita xato qilganbo‘lishi mumkin, lekin kim ham xato qilmaydi deysiz? Uning ajoyib o‘yinlari xatolaridanko‘pligi shubuhasiz. Odamlari uni tushunishlari kerak. Uning o‘yinlari borgan sariyaxshilanib boryapti»Fergyuson: Bu fikr o‘yinlari
09.02.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson «Real» ustozi Joze Mourinoni Chempionlarligasi 1/8 final uchrashuvi oldidan tanqid qilmoqchi emas.
«Bu fikr o‘yinlariva ularning ahamiyati juda muhim. Bu mifga o‘xshaydi. Mourino bu borada faol. Uningxayolida qanday fikr kechayotganini hech qachon topa olmaysan.
Lekin men ubilan bahslashmoqchi emasman. U aqlli va bemalol istaganini qilaversin. U baribirmenga yaxshi vino hadya qilishda davom etaveradi va men bunga qarshi emasman.
Albatta men«Real»ning kuchli tomonlari haqida bilaman, ular o‘yinini har haftada ko‘raman.«Santyago Bernabeu»da kam-kamdan o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishmoqda. U yerda ajoyibatmosfera hukmron bo‘ladi.
Men tarkibnito‘g‘ri tanlashim kerak. Bu eng asosiy muammo», – deydi Fergyuson BBCga bergan intervyusida.
«Twitter» tarmog‘ida Runi tengsiz
09.02.2013

Britaniya matbuotiAPLda ishtirok etuvchi futbolchilarning «Twitter» ijtimoiy tarmog‘idagi faoliyatiborasida o‘ziga xos tekshiruv o‘tkazdi.
Avval tarmoqdaeng ko‘p yozishuvchi, ya’ni eng faol 50 futbolchi tanlab olindi. Undan keyin qaysifutbolchini o‘sha 50 talikda mavjud bo‘lganlardan ko‘prog‘i o‘qishini aniqlashdi.
Aniqlanishicha, «Manchester Yunayted» hujumchisi UeynRunini ro‘yxatdagilardan 23 nafari o‘qir ekan. Ikkinchi o‘rindagi himoyachi JoleonLeskotning yozganlarini top-50talikdagi futbolchilarning 21 nafari et’iborsiz qoldirmasekan. Nihoyat uchinchi o‘rinni Vensen Kompani band etgan. Uning sahifasidagi«follow»lardan 16 tasi aynan ro‘yxatdagi futbolchilardirFergyuson: Bu adolatsizlik
09.02.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson chempionlar Ligasining «Real»ga qarshipley-off o‘yinlari oldidan Angliya Premer-ligasi o‘yinlari taqvimidan norozibo‘ldi. «Qizil iblislar» «Everton» bilan yakshanba kuni o‘ynashadi,Madrid klubi esa Ispaniya chempionatidagi «Sevilya» bilan uchrashuvini shanbadao‘tkazadi.
«Premer-liga televidenie bilan shartnoma imzolagan va endihamma narsa uning nazoratida. Ammo televidenie bizni Yevropada muvaffaqiyatlibo‘lish imkoniyatimizdan mahrum qilyapti.
Bu bema’nilik, ammo «Real»ning ortiqcha bir kuni borligihaqida o‘ylashga to‘g‘ri kelmoqda. Bu adolatsizlik.
Boshqa chempionatlarda Yevropadagi o‘z vakillariga yon berishadi. Endinima qilish kerak? O‘yinga chiqmaslikmi? Men shunday qilishni xohlardim», –dedi shotlandiyalikMoyes: Fellayni maydonga tusha oladi
09.02.2013

«Everton» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyesningta’kidlashicha, «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Maruan Fellayniyakshanba kuni «mankunianliklar»ga qarshi maydonga tusha oladi.
- Maruanning oyog‘i ancha lat yegan edi, biroq o‘ylashimcha, u yakshanbakunigacha o‘ziga keladi. Bizning ixtiyorimizda «Aston Villa»ga qarshi o‘ynaganbarcha futbolchilar bor. Maruan yana o‘z formasini tiklab bormoqda. O‘tganhafta u ikkita gol urdi, va bu bilan u yana ajoyib o‘ynay boshlaganini taxminqilishimiz mumkin, - deydi MoyesManchini: Bizdan yaxshirioq harakat qilishdi
09.02.2013

«ManchesterSiti» ustozi Roberto Manchini asosiy raqobatchi «Manchester Yunayted»ningchempionlar ligasida yaxshi qatnashishiga umid qilmoqda.
«Ular bizdan yaxshirioq harakat qilishgani uchun 9 ochko oldindaboishmoqda. Lekin kelayotgan uch oy davomida xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabibachrasi o‘zgarib ketishi mumkin. Biz olti uchrashuvda farqni sakkiztagacha qisqartirsak,qolgan 13 uchrashuvda ulardan o‘zib ketishimiz mumkin.
Agar «MYU» ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, biz yana chempionlik poygasiga qaytamiz.Bu uchun bizdan oldingi ikki turdagiga nisbatan yaxshirioq harakat qilish talabqilinadi. «Manchester Yunayted»ning chenpionlar ligasidagi o‘yinlarida ularniqo‘llab-quvvatlayman»,- deydi murabbiySAF: Futbolchilarning barchasiga ishonaman
09.02.2013

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusonkelayotgan qiyin o‘yinlarning tig‘iz taqimi davomida har xil tarkiblarnimaydonga tushirishini aytib o‘tdi:
«Bular har xil tarkiblar bo‘ladi. Yakshanba kungi o‘yindagi jamoa(«Everton»ga qarshi) chorshanba kungi o‘yindagi jamoaga («Real»ga qarshi)o‘xshamaydi. Men ixtiyorimdagi futbolchilarning barchasiga ishonaman. Ularninghammasi terma jamoalarda o‘ynashadi va vaziyatlarda o‘zlarini ko‘rsataolishadi»Yang mashg‘ulotlariga qaytdi
09.02.2013

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Eshli Yangyanvarning o‘rtalarida «Liverpul» bilan o‘yinda ishlab olingan tizzajarohatidan tiklanib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi, deya xabar qiladiDaily Telegraph nashri.
27 yoshli ingliz milliy chempionat 26-tur doirasidagi«Everton»ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yang ushbu mavsum Premer-liganing 15 o‘yinidaqatnashganSAF: Voqealar rivojini kuzatish qiziq bo‘ladi
09.02.2013

«Manchester Yunayted» ustozi Aleks Fergyuson Angliyachempionatida joriy qilinadigan moliyaviy feyr-pley qoidlari haqida tanqidiyfikrlar aytdi.
«Nazariy jihatdan bu juda yaxshi, lekin u qoidalarniamaliyotga tadbiq qilish oson kechmaydi. Puli borlar ulardan qaerda bo‘lsa hamfoydalana olishadi.
Bu sistema ishga tushgach voqealar rivojini kuzatish qiziq bo‘ladi. Barchao‘ylangan narsalarni amalga oshirsa ajoyib ish bo‘ladi, lekin bunga shubhabilan qarayapman. Cheklovlarni aylanib o‘ta oluvchilar hamma yerda har doimtopiladi», – deya Fergyuson so‘zlarini keltiradi Sky Sports