Nistelroy: Barini mayda detallar hal qiladi
09.02.2013

«ManchesterYunayted» va «Real»ning sobiq futbolchisi Rud van Nistelroy ikki klubningChempionlar ligasi 1/8 finalidagi uchrashuvi haqida fikrlari bilano‘rtoqlashdi.
«Ushbu bellashuvda favorit yo‘q. Men uchun KrishtianuRonaldu va Robin van Persi o‘yini muhim ahamiyatga ega. Ulardan biri jamoasigamuvaffaqiyat keltiradi.
Barini mayda detallar hal qiladi deb o‘ylayman. Ikkala jamoaham hujumda kuchli o‘ynashadi.
«Real» so‘nggi vaqtlarda yaxshi o‘ynamoqda. «Granada» bilanuchrashuvni hisobga olmaganda, ajoyib jamoa. Madridlkilar «Barselona» bilankubok o‘yinida ham munostib qarshilik ko‘rsata olishdi.
«Real»ning Chempionlar ligasida g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi, «ManchesterYunayted»nikidan kuchliroq», – deya van Nistelroy so‘zlarini keltiradi Goal.comva Marca nashrlariMaykl Kerrik yangi shartnoma imzolaydi
08.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi yarim himoyachisi Maykl Kerrik mavsum yakunlanganidan so‘ng, klubbilan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar yangi shartnoma shartlarini kelishib bo‘lishgan,deya xabar beradi Goal.com sayti.
2014 yili tugaydigan amaldagi shartnoma yana ikki yilgauzaytiriladi. Ilgari xabar qilinganidek, 31 yoshli xavbekning haftalik maoshi avvalgidek– 80 ming funt bo‘lib qolaveradiFergyuson 12 ming funt jarimaga tortildi
08.02.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan12 ming funt jarimaga tortildi, deb yozadi tashkilot rasmiy sayti.
Shotlandiyalkimutaxassis Angliya premer ligasida «Tottenxem»ga qarshi uchrashuv(1:1) paytida hakamlarnitanqid qilgani uchun jarima to‘laydi.
O‘shanda FergyusonUeyn Runiga nisbatan ishlatilgan fol uchun penalti belgilash kerakligini matbuotorqali e’lon qilgandi.
Fergyuson: Tarkibimiz to’la o’yinga tayyor
08.02.2013

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson o‘yin oldi matbuot-anjumanidajamoadagi futbolchilar haqida to’xtalib o’tdi. «MYU» futbolchilari besh kunoldin terma jamoalar shtabiga yo‘l olishgan va Chicharitodan tashqari barchasi«Yunayted» ihtiyoriga qaytib kelishgan.
ShuningdekFergyuson yuzaga kelgan bir necha jarohatlar haqida ham yaxshi yangiliklarniaytib o’tdi.
«Yang va Kerrik maydonga tushishga tayyor. Kerrikningjarohati unchalik jiddiy emas. Unda barchasi joyida. Jons haqida esa mish-mishtarqalib ketdi. Unda jarohat bor, ammo jiddiy emas. Tarkibimiz to’la o’yinga tayyor.» - deydi intervyusida Fergyuson.
Runi: Asosiysi jadvaldagi o‘rnimiz
08.02.2013

«ManchesterYunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi «Everton»ga qarshi kechadigan Angliya chempionatining26-tur uchrashuvi oldidan o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bilmadim, birqadam tashlab hammasini hal qiladigan bir paytda ishni oxirigacha yetkaza olmayapmiz.Bu mavsumda o‘tgan yilga qaraganda ko‘p gol uryapmiz, ammo shu bilan birga ko‘po‘tkazyapmiz ham. Lekin, asosiysi jadvaldagi o‘rnimiz.
Bizning uch ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Sababi,raqobatchilarimiz darrov undan foydalanib qolishlari mumkin», - deydi RuniPepe CHL 1/8 da maydonga tushishi mumkun
08.02.2013

«Real» himoyachisiPepe oyog‘idagi jarohatini operatsiya qildirganidan so‘ng tiklanish jarayonini yakunlaganidanxabaringiz bor. Futbolchi hozirda asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
PortugaliyalikIspaniya chempionatining 23-turidagi «Sevilya» bilan o‘yini qaydnomasiga kiritilishikutilyapti. Chempionlar Ligasi 1/8 finalidagi 13 fevralda «Manchester Yunayted»bilan bo‘ladigan o‘yinda esa futbolchi ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishimumkin.
Eslatib o‘tamiz, Pepe so‘nggi marta o‘tgan yilning22 dekabrida «Malaga»(2:3) bilan o‘yinda maydonga chiqqandiEssen: Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz
08.02.2013

«Real» yarim himoyachisi Maykl Essen chempionlar Ligasi jamoauchun printsipial ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi. - Chempionlar Ligasi «Real» uchun ko‘p narsani anglatadi, - deb Marca Essenning so‘zlaridan keltiradi. – Jamoadagi barcha futbolchilari bu turnirdagi g‘alabani kutishmoqda. 1/8 finaldayoq bizni «Manchester Yunayted»gaqarshi juda og‘ir qarama-qarshilik kutayotganiga qaramay, chempionlar Ligasini yutishuchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Birinchi o‘yinMadridda o‘tkaziladi, shuning uchun ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz.
De Xea «Atletiko» safiga qaytishi mumkin
08.02.2013

Angliyaning«Manchester Yunayted» klubi darvozaboni David de Xea yana «Atletiko» safiga qaytishimumkin, deb yozmoqda ispan matbuoti.
Futbolchiningo‘zi Ispaniya chempionatidagi faoliyatini qayta tiklashni juda ham xohlamoqda. Agarvoqealar rivoji shu taxlit davom etadigan bo‘lsa, futbolchi ijara asosida «Atletiko»gaqaytishi mumkin.
«Atletiko» rahbarlariva murabbiylar shtabi jamoaning amaldagi posboni Tibo Kurtuaning «Chelsi»ga sotilishigaqarab de Xea ijarasi bilan shug‘ullanmoqchi.
Ma’lumot o‘rnidaaytib o‘tish kerak, Kataloniyaning «Barselona» klubi jamoa darvozaboni Viktor Valdesningshartnomani uzaytirmasligi borasidagi qaroridan keyin David de Xeani sotib olishharakatiga tushib qolishgandi.
Roy Xodjson: Aleks meni bu uchun kechiradi
08.02.2013

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson uning «ManchesterYunayted»dagi kasbdoshi ser Aleks Fergyuson unga hujumchi Ueyn Runini Braziliyagaqarshi butun 90 daqiqa davomida maydonga tushishiga ruxsat berganini bildirdi.
Ueyn «Uembli»dachorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi, bu o‘yinda angliyaliklarbraziliyaliklar ustidan so‘nggi 23 yildagi birinchi g‘alabani tantana qilishdi,Runi bo‘lsa bu o‘yinda gol urdi va bitta golga assistentlik qildi (2:1).
Bir vaqtningo‘zida, kelasi hafta Runi o‘z klubi bilan Chempionlar ligasi doirasida «Real»gaqarshi Madridda muhim o‘yinda maydonga tushishi kerak. Shunga qaramay, Xodjson FergyusondanUeyndan maydonda maksimum tarzda foydalanishga ruxsat olgan.
«Men doimo klublarmurabbiylari bilan gaplshib kelganman, ayniqsa ko‘p futbolchilari terma jamoa ixtiyorigaketadiganlari bilan. Men ularni shogirdlarini qay tarzda maydonda ishlatmoqchi ekanim,yoki boshqa rejalar bilan tanishtiraman».
«Aleks bilangaplashganimda, u Ueyn jarohatdan endi qaytganini, va o‘yin amaliyoti unga foydabo‘lishini bildirdi – huddi shu fikrni u Smolling borasida ham aytdi».
«U ko‘proq Kleverliva Uelbekning holatidan havotirda edi, ular juda ko‘p uchrashuvlar o‘tkazishdi,oldinda ham ularni nafaqat «Real»ga qarshi, balki ichki chempionatlarda ham qiyino‘yinlar kutmoqda.
«Balkim menUelbekni 15 daqiqa ko‘proq maydonda ushglab turgandurman, Biroq umid qilamanki,Aleks meni bu uchun kechiradi», - deydi Xodjson
«MYU» futbolchilari terma jamoalari safida
08.02.2013

Ueyn Runi,Tom Kleverli, Kris Smolling, Denny Uelbek - Angliyaning Braziliya ustidang‘alaba qozonishiga munosib hissa qo‘shishdi. Ueyn Runi dastlabki gol muallifiva ikkinchi gol asissentiga aylandi.
ShinjiKagava- Yaponiya terma jamoasining Latviya ustidan g‘alaba qozonishigahissasini qo‘shdi. Uning asissentligi yordamida Keysuki Xonda golkiritdi.
Jonny Evans-Shimoliy Irlandiya safida Maltaga qarshi maydonga tushdi.
Nani-Portugaliya safida Ekuador bilan o‘yinda maydonga tushdi.
AntonioValensiya- Ekuador safida Portugaliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi, ujamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. o‘yin 2-3 hisobida yakunlandi,va mehmonlar okean ortiga g‘alaba bilan qaytishdi.
Patris Evra- Fransiya safida maydonga tushdi.
Van Persi -Gollandiya safida maydonga tushdi.
Quvonarli holati Lindegard va Enrikedan tashqari hech bir futbolchi maydonga tushmay qolmadi